Detskoselskiy navi - Butun Ittifoq O‘simlikshunoslik ilmiy tadqiqot institutida (1959) yaratilgan. Rannaya roza navi va murakkab gibrid (F2 solyanum delissum x Solyanum andigenum) solanum demissum x Solanum andegenum chatishtirib olingan o‘rta tezpishar, yuqori hosildor. Kraxmalligi o‘rtacha ftorozga chidamli. Tugunaklari yirik pushti rang, ovalsimon, ko‘zlari kam yuza joylashgan. Barglari to‘q yashil rangda.
Belorusskiy navi - Belorussiya kartoshkachilik va meva sabzavotchilik ilmiy tadqiqot institutida P. I. Alsmik boshchiligida Elikur va Priskulstiy ranniy navlari chatishtirib yaratilgan. Erta tezpishar, yuqori hosildorligi 200-250 s/ga va undan yuqori. Tugunaklarda kraxmal miqdori - 12-14 %, 2-2,5 % protein mavjud. Rak kasalligiga chidamli.
Do'stlaringiz bilan baham: |