Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Ishning tuzilishi va hajmi


Download 116.62 Kb.
bet7/72
Sana09.01.2022
Hajmi116.62 Kb.
#255210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   72
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi (автовосстановление)

Ishning tuzilishi va hajmi: Bitiruv malakaviy ishi kirish, 2 bob, xulosa va amaliy tavsiyalar, 10 ta rasm, 4 ta jadval va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati () dan iborat bo‘lib, umumiy hajmi sahifani tashkil etadi.

I BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI. KARTOSHKA O‘SIMLIGINING UMUMIY XUSUSIYATLARI

1.1 Kartoshka o‘simligining kelib chiqishi, tarqalishi, butun dunyoda,

shu jumladan, mamlakatimizda va Navoiy viloyatidagi ekin maydoni,

hosildorligi

Kartoshka – oziq ovqat, yem-xashak va texnik ahamiyatga ega universal ekindir. U dunyo dehqonchiligida maydoni bo‘yicha bug‘doy, sholi, makkajo‘xoridan keyingi o‘rinda, ahamiyati jihatdan esa ikkinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun haqli ravishda “ikkinchi non” deb yuritiladi.

Kartoshkaning vatani Janubiy Amerika (Peru, Chili, Chiloe oroli va boshqalar) hisoblanadi. Chunki, And tog‘lari va Tinch okeani sohillarida bu ekinning hozir ham ko‘plab yovvoyi, yarim yovvoyi turlari o‘sadi. Dehqonchilikda 2 turi And kartoshkasi (S.andigenum) va Chili kartoshkasi yoki Yevropa kartoshkasi (S.tuberosum) bir yillik ekin sifatida ekiladi. Kartoshkani Amerikaning tubjoy aholisi bundan taxminan 14 ming yil ilgari ekib kelgan. Bugungi kunda Peruda yovvoyi kartoshka uchraydi, ammo yetishtirilgan navlar undan ancha farq qiladi. 14 ming yil oldin uni yetishtirishni boshlaganiga qaramay, u taxminan 5 ming yil oldin to‘liq qishloq xo‘jalik ekiniga aylandi. Akademik S.M.Bukasov, S.V.Yuzepchuklarning 1925-1932-yillardagi Markaziy va Janubiy Amerikaga safarlari tufayli kartoshkaning boy genofondi to‘plandi. Professor L.Ye.Gorbatenkoning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda kartoshkaning 211 ta turi ma’lum. Amerikadan (Chilidan) kartoshka XVI asr o‘rtalarida Ispaniyaga keltirilib, undan Yevropaning boshqa mamlakatlari Italiya, Gollandiya kabilarga tarqalgan. Belgiyaga, biroz keyinroq Fransiyaga kelgan. Germaniyada kartoshka darhol ildiz otmagan. Faqatgina 1758-1763 yillarda mamlakat urush tufayli ocharchilikka duchor bo‘lganida juda mashhur bo‘lgan.

Rossiyaga kartoshkaning keltirilishi Pyotr I nomi bilan bog‘liq bo‘lib, Yevropa uning zaif tomoni edi. U Yevropaning hamma narsasini-urf-odatlarni, kiyim-kechaklarni, oziq-ovqat mahsulotlarini tortib oldi. Shu jumladan, kartoshka ham olib keldi. Taxminlarga ko‘ra, birinchi kartoshka Gollandiyadan Rossiyaga yuborilgan va Pyotr I tomonidan uni tarqatish buyurilgan. Dastlab, ruslar yangi sabzavotni qabul qilmadilar va birinchi navbatda qaysi mamlakatda kartoshka yetishtirishni boshlaganlari bilan qiziqishmadi. Ammo shoh dehqonlarga o‘lim jazosi bilan tahdid qildi - shuning uchun hamma uni o‘stira boshladi va XX asr boshlariga kelib kartoshka asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biriga aylandi. 1995-yilda bu kartoshka kosmosda yetishtirilgan birinchi sabzavot bo‘lganligi ajablanarli emas.

XVII asr oxirlarida Gollandiyadan Kamchatka va Alyaskaga ham olib kelingan. Karoshkani bizga XIX asrning 70-yillaridan bu yerga koʻchib kelgan ruslar va tatarlar olib kelishgan. O‘zbekistonda kartoshka 140 yildan beri ekilmoqda.

Hozir kartoshka dunyoning 138 ta mamlakatida 20-22 mln gektarga ekilib, 320-335 mln tonna yalpi hosil yetishtiriladi. O‘rtacha hosildorligi dunyo bo‘yicha 15-17 t/ga ni tashkil etadi.

Kartoshka yetishtirish bo‘yicha birinchi o‘rin Yevropa mintaqasiga mansub bo‘lib, u yerda 135-138 mln tonna hosil yetishtiriladi yoki dunyoda bu ekin ekiladigan maydonning 46-47% shu mintaqa o‘zida mujassamlashtirgan. Yevropa mintaqasida Rossiya (32-35 mln.t.), Polsha (16-25 mln.t.), Ukraina (13-18 mln.t.), Germaniya (10-12 m ln.t), Belorussiya (8-8,5 mln.t.), Gollandiya (7-8 mln.t.) va Buyuk Britaniya (7 mln.t.) eng ko‘p kartoshka ishlab chiqaradigan davlatlar bo‘lib hisoblanadi.

Mamlakatimizda mahsulot yetishtirish hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Masalan, 2020-yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 23,6 trln so‘mni yoki 2019-yilning mos davriga nisbatan 103,9 % ni tashkil etdi, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari – 1,7 trln so‘mni (106,4 %) tashkil qildi. Hududlar orasida, sabzavot ishlab chiqarish tarkibida asosiy ulushni Surxandaryo viloyati egalladi, Navoiy viloyatida yuqori o‘sish sur’ati kuzatilib, 107,3 % ni tashkil etdi. Yuqori ulush Toshkent, Farg‘ona, Buxoro va Andijon viloyatlarida qayd etildi. Eng past ulush Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyatida kuzatildi. Sabzavotlar miqdorining asosini kartoshka o‘simligi tashkil etdi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik ekinlari maydoni 3396 ming gektar bo‘lsa, shundan kartoshka ekin maydoni o‘rtacha 70-75 ming gektar bo‘lib, hosildorligi 17,5-18,2 t/ga, yalpi hosili 1862,4-1902,5 ming t/ga yetgan.




Download 116.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling