Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Download 116.62 Kb.
bet15/72
Sana09.01.2022
Hajmi116.62 Kb.
#255210
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   72
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi (автовосстановление)

Botanik belgilari. Kartoshka ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik, ammo odamlar o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, bu ekinni bir yillikka aylantirganlar. U, odatda, vegetativ yo‘l bilan: tugunaklari, bo‘g‘inlari va qalamchalari orqali ko‘paytiriladi. Kartoshka ituzumdoshlar (Solanaceae) oilasiga mansub, Solarium L avlodiga kiradi, ulardan Solarium tuberosum L turi eng ko‘p tarqalgan. Kartoshka poyasi deyarli tik, yashil rangda, ba'zan egilib o‘sadi. Navlari qizg‘ ish qo‘ng‘ir tusga kiradi. Poyalari qirrali 3-4 qovurg‘ali, bo‘yi 150 srn gacha bo‘ladi. Bir dona tuganagidan 5-8 ta poya beradi. Kartoshka poyalari shoxlashiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi. Ertapishar navlarida poyalari pastdan shoxlamaydi, kechpishar navlarda shoxlash asosan pastdan boshlanadi. Kechpishar navlar poyasi baquvvat va baland bo‘yli bo‘ladi. Odatda ko‘zchalari qancha ko‘ p bo‘lsa shuncha hosil bo‘ladi.

Mayda tugunaklardan ingichka va kam poya hosil bo‘ladi. Poyaning yer osti qo‘ltiq kurtaklaridan novdalar, stolon-oq yo‘g‘on o‘simtalari har bir ko‘zchada 3-5 tagacha kurtaklar bo‘ladi. Odatda bitta kurtak o‘sadi. Qolganlar o‘smay turadi, agarda noqulay sharoitda poyani sovuq ursa yoki sinib tushsa

navbatdagi kurtaklardan poya o‘sib chiqadi. Shuning uchun bahorda kartoshka poyalarini sovuq ursa yana navbatdagi novdalarning hosil bo‘lishini kutish lozim.

Tugunakdagi ko‘zchalar aylanma holda joylashgan, yuqori qismida ko‘zchalar ko‘proq, o‘rtasi va pastida ko‘zchalar kamroq bo‘ladi, yuqori ko‘zchalar tezroq o‘sib chiqadi. O‘sayotgan bargchalar rangli: yashil, qizg‘ish, binafsha va och tusda bo‘ladi. Pishib yetilgan tugunak yupqa po‘st bilan qoplangan, pishgan

paytda tez archilib ketmaydi. Xom, chala pishgan tuganaklarda po‘st tez archilib ketadi va tugunaklar qorayib, sarg‘ayib qoladi. Tugunakning ich qismida ham kraxmal ko‘proq, tugunak chetida

kamroq bo‘ladi. Tugunakning nafas oluvchi va suv bug‘latuvchi yasmiqchalari g‘ovak hujayralari ostida joylashgan. Yasmiqchalar soni va yirikligi kartoshka yetishtirish sharoitiga bog‘ liqdir.

Tugunaklaming shakli juda xilma-xil bo‘lib har bir novda o‘ziga xosdir. Ayrimlari dumaloq, cho‘zinchoq, yalpoq ko‘rinishlarda, rangi ham xar xil oq, oq sarg‘ ish, pushti, qizil dog‘lari bilan ba'zan och binafsha tusda bo‘ladi. Stolonlar poyadan ingichka bo‘lib ertapishar navlarida kalta, kechpishar navlarida

uzunroq bo‘ladi. Ildizlari popuk ildiz bo‘lib, ayrim poyalari ildizning yig‘indisidir, ular stolonlar yonida to‘da bo‘lib joylashadi. Ildizi asosan 30 sm, keyinchalik 50 sm chuqurlikka, ayrimlarigina 80-150 sm ga kirib boradi. Kartoshka ildizlari yer usti poyasining 8-10% ni tashkil qiladi. Kartoshka ildizlari tuproqdan ozuqa moddalarini yaxshi o‘zlashtiradi. Ildiz yengil qumoq tuproqda yaxshi shakllanadi. Barglari oddiy, uzuq-uzuq toq, patsimon barglar bo‘lib, bir juftdan uch juftgacha, ba'zan ko‘proq barg hosil qiladi. Har bir bargdan bir necha juft yon bargchalar, bo‘lakchalar bir-biriga qarama-qarshi joylashadi. Poyaga birikadigan joyda barg o‘qi barg bandiga aylanadi, oxirgi barg yirikroq bo‘ladi. Navlariga qarab barg yuzasi tekisroq, g‘adir-budur, och yashil, to‘q yashil tuslarda shakllanadi. Kartoshkaning guli to‘pgul bo‘lib, turli tusda: oq binafsha, pushti, guli beshtalik tipda. Gulkosasi tutashib o‘sgan 5 ta gultojbargi bor. Gulida 5 ta changchisi bor, urug‘chisi tumshuqcha, ustuncha va tugunchadan iborat, kartoshka o‘zidan changlanadi. Mevasi yumaloq, ikki uyali, sersuv rezavor meva, ko‘p yalpoq urug‘lar bor. 1000 dona urug‘ining vazni 0,5 g keladi. Hamma navlari ham meva bermaydi. Meva hosil qilish havo

harorati o‘ta issiq bo‘lganda ham kamayadi. Iste'molga solanin ko‘p saqlagani uchun yaroqsiz.

Kartoshka tugunaklari qisqargan va o‘zgargan novda hisoblanadi. Tugunaklarda daslabki paytda xlorofillsiz bargchalar ko‘zga tashlanadi. Tugunakda poya o‘sadigan kurtaklar yoki ko‘zchalar bor, ular nay xususiyatiga ko‘ra yuza va chuqurroq joylashadi.



Download 116.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling