Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Download 116.62 Kb.
bet18/72
Sana09.01.2022
Hajmi116.62 Kb.
#255210
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi (автовосстановление)

Yorug‘likka talabi. Kartoshka yorug‘likka talabchan o‘simlik, o‘sish davrida yorug‘lik yetishmasa, hosildorligi kamayadi. Yorug‘likka bo‘lgan talabiga ko‘ra kartoshka ko‘proq qisqa kunlik o‘simlik hisoblanadi. Ammo uzun kun bu o‘simlikning yuqori hosil berishiga to‘sqinlik qilmaydi. Qisqa kunda o‘sish jarayoni tezlashadi va tugunaklari tezda hosil beradi, uzun kun kartoshka palagining uzun

baquvvat bo‘lishiga, hosilining yuqori bo‘lishiga olib keladi.

Kartoshka tugunagi o‘ziga xos biologik xususiyatiga, ya'ni tinim davriga ega. Tinim davri kartoshka tugunagida 60-70 kun davom etib, maxsus kimyoviy moddalar ta'sirida o‘sish jarayoni tezlashishi mumkin. Kartoshkaning ko‘pchilik ertapishar navlarida shunday qonuniyat ko‘zga tashlanadi: ekishda fiziologik yosh qancha katta bo‘lsa, hosildorIik shunchalik yuqori bo‘ladi. Kartoshkaning yonidun

ko‘ra yuqorisidan o‘sib chiqqan poyalari kuchli bo‘ladi. Bevosita yuqori poyasi o‘sib chiqib rivojlanishi bilan birinchi chopiq boshlanadi. Shunga qaramasdan poyalar o‘rtasida garchi farqlar bo‘lsa ham, agar asosiy hosilning fiziologik yoshi nish urib ko‘karish yo‘li bilan tezlashtirilsa, u holda o‘simlikning bo‘yi pastroq bo‘lishi hisobiga va ertaroq qarishiga qarab, hosildorlik kamayishi (ayniqsa tuproqda namning yetishmasligi oqibatida) mumkin. Shu munosabat bilan hosiIga mo‘ljallangan tugunchalar kamroq miqdorda poya chiqarishi uchun nish urib o‘sish davrini qisqartirish tavsiya etiladi, bu esa ekilgan urug‘likning yashash qobiliyatini va ekilgandan so‘ng darhol o‘sishi, rivojlanishini ta'minlaydi.




Download 116.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling