Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Kartoshka o‘simligining zararkunanda va kasalliklari hamda ularga qarshi kurash choralari


Download 116.62 Kb.
bet20/72
Sana09.01.2022
Hajmi116.62 Kb.
#255210
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi (автовосстановление)

1.4. Kartoshka o‘simligining zararkunanda va kasalliklari hamda ularga qarshi kurash choralari

Kartoshka nihollari fuzariozini Fusarium turkumiga mansub gifomitsetlar qo‘zg‘atadi. Kasallik dunyoning barcha mamlakatlarida, jumladan O‘zbekistonda ham uchraydi. Zararlangan tuganaklar (kam hollarda urug‘lar) infeksiyaning asosiy manbaidir.

Kartoshka nihollari rizoktoniozini Rhizoctonia solani zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Rizoktonioz dunyoning barcha mamlakatlarida, jumladan O‘zbekistonda ham uchraydi. Zararlangan o‘simlik qoldiqlari va kartoshka tuganaklari nihollar uchun asosiy infeksiya manbai hisoblanadi. Urug‘lik tuganaklar sovuq va nam tuproqqa ekilganda, nihollar tez unib chiqa olmaydi, tuproq ichida chiriydi, ularning ildizpoyalari va ildiz bo‘g‘zida biroz botiq, qo‘ng‘ir yaralar paydo bo‘ladi, ba’zan nihollar so‘lib qoladi (Int. Potato Center, 1982). Qo‘zg‘atuvchi organizm bazidiomitsetlar sinfiga oid Thanatephorus cucumeris (Watking, 1981) va boshqa xabar (Peresipkin, 1986) ga ko‘ra – Hupochnus solani) zamburug‘i bo‘lib, u tuproqda Mycelia sterilia guruhiga mansub, vegetativ Rhizoctonia solani shaklida, odatda o‘simlik qoldiqlarida saprotrof sifatida yashaydi, ammo kasallikka moyil ekin turlarining ildizlari zararlangan tuproq
zonasiga kirganda, zamburug‘ kuchli parazitga aylanadi.

Qo‘zg‘atuvchining belgilari: Rhizoctonia solani. Zamburug‘ tanasi kanop ipi ("shnur") shaklini hosil qiluvchi, ko‘p hujayrali, oldin rangsiz, so‘ngra jigarrang yoki qo‘ng‘ir tus oluvchi, uzunligi 1 sm yoki uzunroq, kengligi 5,5-10 mkm bo‘lgan, ko‘p hujayrali gifalardan iborat. Gifalarda uzoq vaqt saqlanishga mo‘ljallangan, to‘q-qo‘ng‘ir, o‘lchami 15-30x11-17 mkm keladigan yo‘g‘on (ba’zan "psevdokonidiyalar" deb ataluvchi) hujayralar zanjirchalari va oq, so‘ngra to‘q-qo‘ng‘ir tus oluvchi (psevdo)sklerotsiylar rivojlanadi. Vaqt o‘tishi bilan ular qora tusga kiradi va diametri 1-3 mm ga yetadi. Bu yo‘g‘on hujayralar va sklerotsiylar tuproqda 12-15 sm chuqurlikda, o‘simlik qoldiqlarida, kasallikka moyil ekin ildizlarining to‘qimalari yana paydo bo‘lgunicha, fungistazis yordamida tinim davriga kirib, saqlanadi. Zamburug‘ bazidiyalari ham gifalarda rivojlanadi, ular bir hujayrali, to‘qmoq shaklli. Bazidiya ustida nosimmetrik oval shaklli, rangsiz, o‘lchami 8-14x4-6 mkm bo‘lgan bazidiosporalar paydo bo‘ladi.

Zamburug‘ har xil ekinlarni kasallantiradi, ammo bir ekin tagidagi populyatsiya ikkinchi ekin uchun kam zararli, misol uchun, dalada kartoshkada rivojlangan sklerotsiylar boshqa ekinlarni kam zararlaydi. Bir ekin turi dalada uzoq yillar davomida o‘stirilganda, tuproqda o‘sha ekinni juda kuchli zararlaydigan populyatsiya to‘planib, yildan-yilga ko‘payib borishi aniqlangan (Watking, 1981).


Download 116.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling