Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Kartoshka nihollarida "qorason" va tuganaklarida yumshoq bakterioz chirish


Download 116.62 Kb.
bet21/72
Sana09.01.2022
Hajmi116.62 Kb.
#255210
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi (автовосстановление)

3. Kartoshka nihollarida "qorason" va tuganaklarida yumshoq bakterioz chirish kasalligini Erwinia turkumiga mansub bakteriyalar, jumladan Erwinia carotovora ssp. atroseptica nam va sovuq, Erwinia carotovora ssp. carotovora - iliq, Erwinia carotovora ssp. chyanthemum (=Е.chyanthemum) esa issiq iqlimli mintaqalarda qo‘zg‘atadi. Kasallik kartoshka o‘suv davrida dalada va omborxonalarda rivojlanadi.

Qo‘zg‘atuvchining belgilari. Erwinia carotovora. Bakteriya to‘g‘ri tayoqcha shaklli, o‘lchami 1,0-5,0x0,5-1,0 mkm, yakka-yakka, ba’zan kalta zanjirchalarda joylashgan. Peritrix, harakatchan. Xemoorganotrof. Voges-Proskauer reaksiyasi musbat, oltingugurt angidridi hosil qiladi, jelatinani suyultiradi. Ba’zi shtammlari D-glyukozadan gaz hosil qiladi. L-arabinoza va D-glyukozani, ba’zi shtammlari glitserin va maltozani o‘zlashtiradi. Nitratlarni tiklaydi. Katalazamusbat. O‘sish faktorlariga muhtoj emas. Koloniyalari sariq, ko‘k yoki rangsiz; ba’zi shtammlariniki mukoid, shilimshiqsimon. Erwinia amylovora turidan farqli o‘laroq, 36°C haroratda o‘smaydi. Pektatni, ba’zi shtammlari kazeinni parchalaydi. Tarkibida 5% natriy xlorid bo‘lgan muhitda o‘sa oladi. Paxta yog‘ini gidroliz qiladi.

Tuproq nam bo‘lsa, dala tez-tez sug‘orilsa, ekin butun o‘suv davrida zararlanadi. Kasal tuganakdan o‘sib chiqqan nihollarda qorason rivojlanadi - ularning ildiz bo‘g‘zida, tuproq sathidan yuqoriga qarab, qora, shilimshiq dog‘lar paydo bo‘ladi, ular poyaning pastki qismlariga tarqaladi, zararlangan joylar chiriydi, nihollar yotib yoki pakana bo‘lib qoladi, barglari sarg‘ayib, tepaga bukiladi, quriydi, o‘simlik so‘lib qoladi. Yangi mevalar ildizga birikkan joyidan boshlab chiriydi. Kasallik hosilni pasaytiradi. Tuganaklar hasharot va kasallik, hamda tashish va omborxonalarga joylash paytida yetkazilgan mexanik jarohatlar orqali bakteriya bilan zararlanganida, ularning ustida, ayniqsa ko‘zchalarida, dumaloq, botiq nekrotik dog‘lar rivojlanadi. Ular tez o‘sadi; hosil dalada yoki omborxonada saqlash paytida chirib ketadi (Int. Potato Center, 1982).

Omborxonada saqlash jarayonida tashqi ko‘rinishi sog‘lom, biroq yengil zararlangan tuganaklarda ho‘l "chirish" rivojlanadi va sog‘lomlariga tez o‘tadi. Fiziologik kuchsiz tuganaklar kuchliroq zararlanadi, odatda bu bakteriyalar zamburug‘lar zararlagan tuganaklarni ikkilamchi zararlaydi va kartoshka chirishini tugallaydi, Zararlangan tuganaklar, ayniqsa 15°S-20°S haroratda, 3-6 kun ichida batamom chiriydi.

Qo‘zg‘atuvchi zararlangan o‘simlik qoldiqpari va urug‘lik tuganaklarda saqlanadi.

Kasallikni O‘zbekistonda Erwinia cichorocearum, sinonim Erwinia solani (Zaprometov, 1974), Rossiyada esa Pectobacterium phytophthprum, sinonim Erwinia phytophthora (Peresipkin, 1982) bakteriyalari qo‘zg‘atadi, deb hisoblashgan, ammo bular Erwinia carotovora turining sinonimlari bo‘lishi taxmin qilinadi.




Download 116.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling