Kurash choralari. Chidamli navlar yaratish va qo‘llash, ekish uchun quruq, sog‘lom, fungitsid (bakteritsid) bilan dorilangan urug‘lik tuganak ishlatish, nam tuproqqa ekmaslik; dalani keragidan ortiq sug‘ormaslik; almashlab ekishni joriy etish; nihollar yangi o‘sib chiqqanda va ekin gullaganda kasallarini yagana qilib, daladan chiqarib, yo‘qotish; hosilni yig‘ish, tashish, omboxonalarga joylash va saqlash jarayonida mexanik jarohat yetkazmaslik, ularni quritib, so‘ngra quruq joylarda, 2-4°S harorat va 90-95% HNN da saqlash lozim (Peresipkin, 1982; Int. Potato Center, 1982; Vyangelyauskayte i dr., 1989; Bo‘riyev va b., 2002; Sattarova va b., 2003). Kartoshkani omborxonalarda saqlash davrida ho‘l va boshqa chirishlar bilan kurash choralari haqidagi ma’lumotlar keyingi bobda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |