Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Kartoshka tuganaklarining qora kalmaraz (rizoktonioz) kasalligini


Download 116.62 Kb.
bet30/72
Sana09.01.2022
Hajmi116.62 Kb.
#255210
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   72
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi (автовосстановление)

Kartoshka tuganaklarining qora kalmaraz (rizoktonioz) kasalligini Rhizoctonia solani zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Zamburug‘ tuproqda butun dunyoda tarqalgan, O‘zbekistonda omborxonalarda tuganaklarni zararlashi O‘GEBI xodimlari tomonidan xabar qilingan, boshqa kuzatuvlarda uning kartoshka tuganaklarida juda kam uchrashi qayd etilgan (Xolmurodov, 2004). Rizoktonioz kartoshkaning tuganak, novda, poya, ildizpoya va ildizlarini zararlaydi. Kasal tuganaklar ekilganda, rizoktonioz nihollarga katta zarar yetkazadi, ularni juda siyrak qilib qo‘yadi, chunki nihollar tuproq yuzasiga chiqmasdan yoki chiqqandan so‘ng tezda chiriydi. Urug‘lik tuganaklar chuqur ekilsa, nobud bo‘lgan nihollar soni oshadi. Ildizpoya va poyaning pastki qismida biroz botiq, hajmi va shakli har xil bo‘lgan qo‘ng‘ir dog‘lar va yaralar, ularning ustida sarg‘ish-qo‘ng‘ir gifalar qatlami paydo bo‘ladi. Zararlangan tuganaklar ustida qattiq, to‘q-qo‘ng‘ir, so‘ngra qorayuvchi, shakli har xil sklerotsiylar ri-vojlanadi. Kasallik yuqori namlik va 9-27°C (optimum 15-21°S) haroratda rivojlanadi. Zamburug‘ o‘simlik qoldiqlarida saqlanadi va sklerotsiylari yordamida kartoshka tuganaklari bilan tarqaladi. Soztuproqlarda kamroq, qumoq tuproqda ko‘proq uchraydi va o‘simliklarni kuchliroq zararlaydi. Kartoshkadan tashqari pomidor, baqlajon, qalampir, sabzi, karam, lavlagi, turp, bodring, salat, qovoq, tamaki, g‘o‘za va boshqa ko‘p ekin va begona o‘tlarni zararlaydi. Kasallikka chidamli navlar mavjud emas. Boshoqli ekinlar va o‘tlar zararlanmaydi, beda juda kam zararlanadi. Tuganaklar zararlanish darajasi bilan bog‘liq holda, rizoktonioz kartoshka hosilining 16-25 foizini yo‘qotishi aniqlangan.


Download 116.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling