Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Download 116.62 Kb.
bet31/72
Sana09.01.2022
Hajmi116.62 Kb.
#255210
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   72
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi (автовосстановление)

Kurash choralari. Urug‘lik uchun sog‘lom tuganaklar qo‘llash, ularni sayoz ekish, kartoshka ekish qatorlariga tuproq fungitsidi kiritish, dalada tuproq kuchli zararlanmagan hollarda ekishdan oldin samarali fungitsidlar bilan dorilash, hosilni o‘z vaqtida yig‘ib olish tavsiya qilinadi (Peresipkin, 1982; Int. Potato Center, 1982).

Kartoshka fomoz (gangrena) kasalligini Phoma exigua (Int. Potato Center, 1982) va Phoma solanicola (Peresipkin, 1982) piknidali zamburug‘lari qo‘zg‘atadi.

Qo‘zg‘atuvchikarning belgilari. Phoma exigua. Piknidalar dumaloq shaklli, epidermis ostida, oldin qo‘ng‘ir, so‘ngra qorayuvchi. Piknosporalar 1 hujayrali, tuxum shaklli, uzunligi 5-7 mkm.

Askomitset bosqichi – Ophiobolus porhyrogonus. Peritetsiylari shar-konus shaklli, uchida sporalar chiqishi uchun xizmat qiluvchi naysimon organi (ustitsa) mavjud, qora tusli, o‘lchami 499x329 mkm. Xaltachalari uzunchoq, uchlari dumaloqlashgan, o‘lchami 157x4 mkm. Askosporalar rangsiz, ipsimon, o‘lchami 127x1,7 mkm.

Phoma solanicola. Piknidalar dog‘lar ustida hosil bo‘ladi, zaytun-qo‘ng‘ir tusli, so‘ngra qorayuvchi, dumaloq shaklli, o‘simlik to‘qimalarini ustitsalari yordamida yorib chiqadi, o‘lchami 90-160x80-160 mkm. Konidiyalar 1 hujayrali, rangsiz, shar yoki tuxum shaklli, o‘lchami 3,7-7x1,8-3,7 mkm.

Oldin tuganaklarning qobig‘i ostida botiq dog‘lar paydo bo‘ladi. Ular kattalashib, to‘q kulrang-qo‘ng‘ir, qizg‘ishroq-qoramtir rang oladi, chetlari aniq bo‘lib, tuganaklarning ichiga o‘tib ketgan chirigan joylar rivojlanadi.

Quruq fuzarioz chirishdan farqli o‘laroq, fomoz yaralari konsentrik doiralar hosil qilmaydi. O‘suv davrida fomoz novda, poya va barg bandlarida cho‘zinchoq dog‘lar, so‘ngra ularning ustida piknidalar hosil qiladi. Piknidalardan piknosporalar yomg‘ir paytida chiqadi, yomg‘ir tomchilari va shamol yordamida boshqa o‘simliklarni, tuproqqa tushganlari esa, yangi hosil tuganaklarini zararlaydi. Tuganaklar kavlab olish va omborxonalarga tashish paytida ham zararlanadi. Zamburug‘ ularga ko‘zchalari va har xil yaralar orqali kiradi. Omborxonalarda fomoz fuzarioz bilan birga tuganaklarning ko‘pchiligi chirib ketishiga sabab bo‘ladi.

Zamburug‘ o‘simlik qoldiqlarida 3 yilgacha saqlanishi mumkin, mavsumdan mavsumga zararlangan tuganaklar bilan ham oson o‘tadi. Fomoz bilan kurashda fuzarioz quruq chirishga qarshi ishlatiladigan chora-tadbirlar samara beradi; urug‘lik tuganaklarni ekishdan oldin fungitsidlar eritmasiga botirib, yoki uni purkab, dorilash tavsiya qilinadi (Peresipkin, 1982; Int. Potato Center, 1982).

Fomoz O‘zbekistonda dalada kam uchraydi, tuganaklarni zararlamaydi, omborxonalarda saqlanayotgan (asosan Yevropa mamlakatlari va Rossiyadan olib kelingan) kartoshkada tarqalishi bo‘yicha fuzarioz chirishdan keyingi 2-nchi o‘rinni egallagan (Xolmurodov, 2004).


Download 116.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling