Kurash choralari. O‘simlik qoldiqlarini yo‘qotish (kuzgi shudgorda tuproqqa ko‘mish), xo‘jayin ekinlarni bir-biriga yaqin dalalarga joylashtirmaslik, begona o‘tlar bilan kurashish, urug‘lik tuganaklarni ekishdan oldin fungitsidlar bilan dorilash, elementlar balansi saqlangan to‘la o‘g‘it hamda kaliy o‘g‘itlarini berish tavsiya qilinadi (Pidoplichko, 19776; Peresipkin, 1982; Int. Potato Center, 1982).
Alternarioz O‘zbekistonda kartoshkada o‘suv davrida va omborxonalarda saqlash paytida qayd etilgan (Kuznetsova, Tursumetova, 1970; Sagdullayeva i dr., 1990, 1995; Bo‘riyev va b., 2002), ammo uning ekinda o‘suv davrida uchrashi, tarqalish darajasi va hosilga ta’siri o‘rganilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |