Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Kartoshka alternarioz kasalligini


Download 116.62 Kb.
bet32/72
Sana09.01.2022
Hajmi116.62 Kb.
#255210
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi (автовосстановление)

Kartoshka alternarioz kasalligini Alternaria solani gifomitseti qo‘zg‘atadi. Sobiq ittifoq paytida bu kasallik ikkita - alternarioz va makrosporioz nomlari bilan yuritilgan, qo‘zg‘atuvchilari ham ikkita - Alternaria va Macrosporium turkumlariga mansub, deb hisoblanar edi. Hozir " Macrosporium solani " Alternaria solani ning sinonimi ekanligi isbot qilingan, " Macrosporium" va "makrosporioz" atamalarini ishlatish man etilgan.

Qo‘zg‘atuvchining belgilari. Alternaria solani. Zamburug‘ o‘simliklar to‘qimalari ustida yupqa, oq, ba’zan sal pushtiroq yoki qo‘ng‘irroq rangli mitseliy, konidiofora va konidiyalardan tashkil topgan mog‘or paydo.qiladi. Konidioforalarninguzunligi 110 mkm gacha, eni 6-10 mkm. Konidiyalar har bir konidioforada odatda bittadan paydo bo‘ladi, to‘g‘ri yoki sal buralgan, uzunchoq, to‘qmoq, teskari-to‘qmoq yoki ellipsoid shaklli, ustki qismi asta-sekin ingichkalashib, uzunligi konidiyaning uzunligiga teng yoki undan ham uzunroq bo‘lgan bo‘yincha hosil qiladi, eniga 1-9, bo‘yiga 1-2 to‘g‘ri yoki qiyshiq septali, O‘lchami 150-300x6-20 mkm, bo‘yinchasining eni 2,5-5 mkm.

Kartoshka zamburug‘ bilan, odatda, gullash fazasida zararlanadi. Barglarda, kamroq darajada novda va poyalarda qirrali (ko‘p burchakli), tomirchalar bilan chegaralangan, qo‘ng‘ir, so‘ngra to‘q-qo‘ng‘ir, nekrotik, konsentrik dog‘lar paydo bo‘ladi. Kuchli zararlangan barglar sarg‘ayadi va quriydi. Tuganaklar zararlanganida ularning ustida quruq, terisimon dog‘lar rivojlanadi, dog‘lar ostidagi to‘qimalar chiriydi. O‘suv davrida alternarioz konidiyalari bilan tarqaladi. Kasallik uchun issiq va yomg‘irli ob-havo qulay hisoblanadi. Tuproqda kaliy yetishmasligi alternariozni kuchaytiradi. Ertapishar navlar odatda kasallikka chidamsiz, kechpisharlari esa ko‘pincha chidamlilik namoyon etadi. Qo‘zg‘atuvchi o‘simlik qoldiqlarida saqlanadi. Kartoshkadan tashqari pomidor, baqlajon hamda ituzumdoshlar oilasiga mansub bo‘lgan begona o‘tlar ham zararlanadi.


Download 116.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling