Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Kartoshkaning boshqa zamburug‘ kasalliklari. Un shudringni


Download 116.62 Kb.
bet34/72
Sana09.01.2022
Hajmi116.62 Kb.
#255210
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   72
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi (автовосстановление)

Kartoshkaning boshqa zamburug‘ kasalliklari. Un shudringni kartoshkada askomitsetlar Erysiphe cichoracearum (Zaprometov, 1974; Int. Potato Center, 1982) yoki Leveillula solanacearum (Golovin, 1960; Pidoplichko, 1977a; Gaponenko i dr., 1983) qo‘zg‘atadi, deb hisoblashadi. Kladosporioz (qo‘zg‘atuvchilari Cladosporium sp.) o‘simlik barglarida va omborxonada saqlanayotgan tuganaklarda dog‘lanish qo‘zg‘atadi (Sagdullayeva i dr., 1990; Xolmurodov, 2004). Oq chirish (qo‘zg‘atuvchi askomitset Sclerotinia sclerotiorum) O‘zbekistonda omborxonalarda uchrashi qayd etilgan, ammo bu tadqiqotlarda isbotlanishi lozim.

Qora chirishni askomitset Rosellinia sp. qo‘zg‘atadi. Zararlangan o‘simliklar pakana bo‘lib qoladi, tuproq osti qismlari chiriydi va qisman kulrang-oqish mog‘or bilan qoplanadi. Zararlangan tuganaklar kesib ko‘rilsa, ularga chetlaridan zamburug‘ gifalari kirib olganini ko‘rish mumkin. Qora chirish tropik mamlakatlarda tarqalgan (Int. Potato Center, 1982).

Sklerotsioz. Xabarlarga ko‘ra (Kirgizbayeva i dr., 1995; Sagdullayeva va b., 1995) O‘zbekistonda Toshkent viloyatida chiriyotgan kartoshka barglari hamda poyasidagi sklerotsiylardan suslo-agar oziqa muhitida zamburug‘ning toza kulturasi o‘stirilgan va uning apotetsiylari, xaltachalari va askosporalari o‘rganilgan. Mualliflar bu zamburug‘ Sclerotium rolfsii turiga mansubligini e’tirof qilishgan. Bu xabar noto‘g‘ri, chunki Sclerotium rolfsii turi askomitsetlar sinfiga emas, balki deyteromitsetlarning steril mitseliylar (Mycelia Sterilia) guruhiga kiradi va uning teleomorfasi bazidiomitsetlarga mansub bo‘lib Aethalium rolfsii (Agrios, 2008), yoki boshqa adabiyot manbaasiga ko‘ra (Aleoxopoulos et al., 2007) Athelia rolfsii turidir.

Xolmurodovning (2004) xabariga ko‘ra Rosellinia necatrix zamburug‘i O‘zbekistonda omborxonada saqlanayotgan kartoshkadan ajratib olingan; bu zamburug‘ tasodifan uchratilgan, chunki u sabzavot ekinlarini zararlamaydi.

Qo‘zg‘atuvchilarning belgilari. Erysiphe cichoracearum. Zamburug‘ o‘simlik organlarida (asosan barglarida) oq, ba’zan pushtiroq yoki jigarrangroq yupqa mog‘or qatlami hosil qiladi. Konidiyalar bochka, deyarli silindr yoki oval shaklli, o‘lchami 26-31x11-18 mkm, zanjirchalarda. Kleystotetsiylar kam hollarda va miqdorlarda rivojlanadi, dumaloq, quriganda sal yassi shakl oluvchi, ba’zan o‘zgaruvchan, noto‘g‘ri shaklli, qo‘ng‘ir tusli, diametri (65) 80-150 (180) mkm, har birining ichida 5-15 (36) ta xal-tacha mavjud; o‘simtalari ko‘p miqdorda, oddiy, kam hollarda, ustki qismida shoxlangan, uzunligi 200 mkm gacha. Xaltachalar tuxum yoki deyarli silindr shaklli, oyoqchali, o‘lchami 57-90x23-50 mkm, odatda har birining ichida 2 (kamroq hollarda 3-4) askospora mavjud. Askosporalar ellipsoid, ba’zan noto‘g‘ri yoki dumaloq shaklli, rangsiz, o‘lchami 20-30x9-20 mkm (Vyangelyauskayte i dr. 1989; Pidoplichko, 1977a).


Download 116.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling