Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Kartoshka barglari buralishi


Download 116.62 Kb.
bet37/72
Sana09.01.2022
Hajmi116.62 Kb.
#255210
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   72
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi (автовосстановление)

Kartoshka barglari buralishi kasalligini kartoshkaning R-virusi (Solanum virus 14) qo‘zg‘atadi. Virus dumaloq shaklli, diametri 25 nm atrofida. Bu virus guruhiga mansub turlarning kriptogrammasi R/1;2/*;S/S;S/Ap.

Kartoshka virozlari orasida bu kasallik dunyoda eng keng tarqalgani va eng zararlisidir va u tufayli tuganaklar hosilining 90 foizigachasi yo‘qotiladi.

Birinchi yil zararlangan o‘simliklar barglari och-sariq, ba’zi navlarda biroz binafsha, pushti yoki qizg‘ish tus oladi, ko‘pincha chetlari quvursimon shakl olib, tepaga bukiladi. Mavsum so‘ngida o‘simliklar tashqi belgisiz zararlanishi mumkin. Juda chidamsiz navlar tuganaklarida o‘tkazuvchi to‘qimalarning nekrozi kuzatiladi.

Ikkinchi yili zararlangan (kasal tuganaklardan o‘sib chiqqan) kartoshkaning tuberosum kenja turiga mansub o‘simliklarning pastki barglari markaziy tomiridan tepaga bukilib, quvursimon va kichik bo‘lib qoladi, oqaradi, egiluvchanligi yo‘qoladi, teriga o‘xshab qoladi, barglarining osti qizg‘ishroq tus oladi. Kartoshkaning andigena kenja turiga mansub o‘simliklar barglarining chetlari va tomirlarida xloroz rivojlanadi, barglar juda kichik bo‘lib qoladi (Int. Potato Center, 1982).

Kasallik tabiatda shira (ayniqsa Myzodes persicae) va zararlangan tuganaklar bilan tarqaladi. Ituzumdoshlar oilasiga mansub o‘simliklar, eshaksho‘ra va ba’zi boshqalar zararlanadi (Vlasov, Larina, 1982; Peresipkin, 1982; Int. Potato Center, 1982).


Download 116.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling