Kartoshkada ozuqa moddalar yetishmasligi kuzatilganda quyidagi belgilar rivojlanadi. Azot: oldin pastki barglar, so‘ngra butun o‘simlik sarg‘ayadi, o‘sishi buziladi. Bu belgilar rivojlanishi darajasi azotning qanchalik yetishmasligi bilan bog‘liqdir. Azotga ehtiyoj o‘simlik o‘sishi bilan birga o‘sadi. Ba’zi sharoitlarda ammoniy va nitrat tuzlari parchalanishida ajralib chiqqan azot ekinlarga zaharlilik (fitotoksiklik) namoyon etadi. Fosfor: o‘simlikning tepasi o‘sishi sekinlashadi, bo‘yi pasayadi, novdalari va poyasi ingichkalashadi, ba’zan mo‘rt bo‘lib qoladi, barglari ichkariga bukiladi va to‘qroq tus oladi. Tuganaklarning ichida, yuqori harorat qo‘zg‘atganga o‘xshash, xalqa shaklli zang dog‘lar paydo bo‘ladi. Kaliy: barglar to‘q-yashil, ko‘kish-yashil, yaltiroq, so‘ngra bronza tusiga kiradi va nekrozlar bilan qoplanib, quriydi. Tuganaklar ustida zich bo‘lmagan, qotgan, ba’zan botiq dog‘lar paydo bo‘ladi. O‘simlik va uning tuganaklari har xil kasalliklarga chidamsiz bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |