Kartoshka ifloslangan havo bilan jarohatlanishi.Oltingugurt oksidi bilan zararlangan havoda barglarda oq xloroz dog‘lari paydo bo‘ladi, barglar kuyadi va quriydi. Oftob nuri ta’sirida oksidlanib, havoni ifloslantiruvchi moddalar oldin pastki barglarni sarg‘aytiradi, so‘ngra o‘simlikni butunlay quritishi mumkin. Belgilari ozuqa moddalar yetishmasligiga o‘xshashligi tufayli, ifloslangan havo bilan zararlanishni tashxis qilish juda qiyin (Int. Potato Center, 1982).
Kartoshka barglarining virussiz buralishining sababi aniq ma’lum emas. Kasallikni ekologik faktorlar, ozuqa moddalar yetishmasligi, azot elementining zaharliligi, virusi bo‘lmagan oddiy shira bilan zararlanish va genetik faktorlar qo‘zg‘atishi ehtimol qilinadi. Kasallik odatda hosilni pasaytirmaydi (Int. Potato Center, 1982).
Do'stlaringiz bilan baham: |