Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Kartoshka namga talabchan o‘simlik


Download 116.62 Kb.
bet19/72
Sana09.01.2022
Hajmi116.62 Kb.
#255210
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi (автовосстановление)

Kartoshka namga talabchan o‘simlik, namga bo‘lgan talabi rivojlanish fazalariga qarab o‘zgarib boradi. Gullash fazasida namga o‘ta talabchan hisoblanadi. Bir tup kartoshka palagi havo harorati yuqori bo‘lganda 4-5 l suvni bug‘latadi. Kartoshka uchun kuzgi don ekinlari, sabzavotlar va oraliq ekinlari eng

yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. Kartoshkaga yomon o‘tmishdosh bo‘lgan kolorada qo‘ng‘izining keyingi paytlarda ko‘payib ketishi kartoshkani almashlab ekish dalasiga kiritishni talab qiladi.

Kartoshka salqin yoz o‘simligi deb ataladi. Kurtakchalari harorat 5 °C dan oshganda ko‘kara boshlaydi. O‘sish uchun maqbul harorat 19-23 °C. Harorat 5 °C dan past yoki 31 °C dan yuqori bo‘lganda tugunaklar zararlanadi. Kartoshkaning ildizchalari harorat +7 °C dan past bo‘lmaganda shakllana boshlaydi. Harorat 17-22 °C dan oshganda burglar jadal o‘sishdan to‘xtaydi. Haroratning -3 °C darajaga tushishi barglarning nobud bo‘lishiga olib keladi. Tugunaklarning shakllanishi uchun eng qulay harorat 18-19 °C hisoblanadi. Harorat +6 °C dan pasayganda yoki +23 °C dan oshganda tugunaklarning o‘sishi keskin sekinlashadi, tuproq 28-29 °C qiziganda esa tugunaklarning shakllanishi butunlay to‘xtaydi.

Kartoshka yorug‘sevar o‘simlik. Yorug‘lik yetishmasa tugunaklarning unib chiqishini sekinlashtiradi. Bunda tugunaklar oson sinadigan bo‘lib, ularda oq o‘simtalar paydo bo‘ladi.

Kartoshka tuproq namiga talabchan bo‘lib, uning suvga bo‘lgan ehtiyoji gullash va tugunak shakllanayotgan davrda sezilarli darajada ko‘tariladi. Tuproq nami 75-85 % bo‘lganda barg va tugunaklarning o‘sishi jadallashadi. Tuproqda nam yetishmaganda poyaning o‘sishi sekinlashadi. Hosil miqdori kamayib ketadi. Namning oshib ketishi ildizlarning chirishiga olib keladi. Chunki tuproqda havo yetishmaydi. Ko‘plab miqdorda quruq modda to‘plashi va uncha rivojlanmagan ildiz sistemasiga ega bo‘lgan kartoshka ekini o‘zining o‘sish va rivojlanishi uchun anchagina oziq modda talab qiladi. Gektaridan 200-250 sentnerdan kartoshka hosili yetishtirish uchun ekin maydoniga 100-125 kg azot, 40-45 kg fosfor va 140-200 kg kaliy solinadi. Demak kartoshka tuproqdagi mineral elementlarga yuqori talabchanligi bilan farqlanadi. O‘rta Osiyo sharoitida kartoshka tez ayniydi. Aynish deganda, noqulay sharoiti va yuqumli virus ta’sirida urug‘lik sifatini yomonlashuvini tushunish lozim. Bunda uning hosildorligi kamayadi, tugunaklarning oziq va tovar sifati yomonlashadi, ekinning zamburug‘ kasalliklariga chidamliloigi kamayadi va kartoshka keyingi reproduksiyaga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Shu sababdan ham ekin ekish davomida unga kerakli shart-sharoitlar mavjud davrni to‘g‘ri tanlay bilish juda muhim.


Download 116.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling