Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Kartoshka o‘simligini yetishtirish uchun yaratilishi zarur bo‘lgan shart-sharoitlar (tuproq, issiqlik, namlik, yorug‘lik va ozuqa)


Download 116.62 Kb.
bet17/72
Sana09.01.2022
Hajmi116.62 Kb.
#255210
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi (автовосстановление)

1.3.Kartoshka o‘simligini yetishtirish uchun yaratilishi zarur bo‘lgan shart-sharoitlar (tuproq, issiqlik, namlik, yorug‘lik va ozuqa)
Kartoshka iqlimi yumshoq mamlakatlarda ekiladi. Bu o‘simlik turli tuproq iqlim sharoitlariga tez moslashadi. Kartoshka o‘sish va rivojlanishi 3 davrga bo‘linadi:

1. Unib chiqqanidan gullashgacha bo‘lgan davr. Bu vaqtda asosan yer ustki poyalari tez o‘sadi, tugunaklar o‘sishi deyarli kuzatilmaydi.

2. Gullashdan to poyasi o‘sishdan to‘xtagunicha bo‘lgan davr. Bu davrda tugunak shakllanadi va tez o‘sadi.

3. Kartoshka poyalari sarg‘ayishidan tabiiy qurishigaeha, tugunakning pishishigacha bo‘lgan davr. Bu vaqtda tugunaklar ikkinchi davrga qaraganda sustroq o‘sadi.

Bu davrlar hamma navlarda har xil bo‘ladi. Ertapishar navlarda birinchi davr tuproq-iqlim sharoitiga qarab 27-36 kun, ikkinchi davr esa 26-28 kun, uchunchi davrga ham 25-26 kun kerak.

O‘rtapishar navlari 38-42, ikkinchi davr 36-43 kun, kechpishar navlarga birinchi davr uchun 46-48 kun, ikkinchi davrga 43-45 kun va yana 36-40 kun uchinchi davrga kerak.

Kartoshka tugunaklari havo harorati 6-7°C da una boshlaydi. Ammo unib chiqish juda cho‘zilib ketadi. Havo harorati 37-40°C bo‘lganda ham palak o‘sishdan to‘xtaydi. Tuproq harorati 16-18 °C bo‘lganda o‘simlik tez ko‘karib chiqadi. Tugunaklarning unib chiqishi uchun 24-30 °C foydali harorat yig‘indisini talab qiladi. Havo harorati -1-2 °C pasayib ketsa ham tez zararlanadi. Harorat 27-29°C dan oshsa gul va

g‘unchalari to‘kiladi. Yosh maysalari -2-3°C qisqa muddatli haroratga chidamlidir. Poyalarida suvning ko‘pligi uchun tez muzlab qoladi. Tugunaklar havo harorati 21-25°C bo‘lganda yaxshi rivojlanadi, harorat 30-32°C dan oshganda barglarda fotosintez jarayoni sustlashadi, bu hol tuganaklarning o‘smay qolishiga sabab bo‘ladi. Kartoshka o‘sish davrida zarur bo‘lgan o‘rtacha harorat yig‘indisi (10 °C dan yuqori) ertapishar navlari uchun 10-12 °C, o‘rtapishar navlar uchun 12-14 °C harorat bo‘lishi lozim.




Download 116.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling