Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti
Download 116.62 Kb.
|
Bitiruv malakaviy ishi (автовосстановление)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hamkor 1050
Red skarlett – ertapishar yuqri mahsuldornav, nav yaxshi iste’mol qilinadi va kartoshkaning saqlanuvchanligi yaxshi. Palagi tez o‘sadi. Guli och binafsha, o‘simlikni turimining zichligi yaxshi. Tugunagi uzunchoq-oval, ko‘zi yuzada joylashgan, rangi qizil, eti och sariq. Tugunagining og‘irligi 100-120 g. Rak kasalligiga chidamli.
Karotshkaning o‘rta-ertapishar navlari Baxro-30 – o‘rta-ertapishar nav. Palagi, barglari ko‘p va kuchli o‘sadi. Gullari oq. Tugunagining shakli dumaloq-oval, ko‘zlari mayda. Tugunagining o‘rtacha vazni 85-90 g. Nav noqulay ekolgik omillarga va virusli kasalliklarga chidamli. Hamkor 1050 – o‘rtacha ertapishar xo‘raki nav. Palagi o‘rta bo‘y, yaxshi o‘sadi, yaxshi shonalaydi. Tugunagi uzunchoq-oval shaklda, po‘sti va eti oq rangda. Tugunakning o‘rtacha og‘irligi 80-100 g. Kasalliklarga chidamli. Romano – ertapishar nav. Tugunagi dumaloq-oval, po‘stini rangi qizil, eti och sariq, ko‘zlari yuza joylashgan. Tugunagining o‘rtacha og‘irligi 130-140 g. U viruslarga, barg buramiga va zamburug‘larga chidamli. Kuroda – o‘rtacha ertapishar nav, tugunaklarini shakli uzunchoq-oval, ko‘zlari o‘rtacha chuqurlikda, po‘stlog‘i rangi qizil, eti sariq, tugunaklari yirik, o‘rtacha vazni 120-140 g. Ko‘ziniki qizil, etiniki och sariq. Uzoq va yaxshi saqlanadi. U virusga, barglarini naychalanishiga, nematodalarga va zamburug‘li kasalliklarga chidamli. Yuqori haroratga chidamli. Sante – ertaki va kechki nav, bahorda va yozda ekiladi. Palagi tez o‘sadi. Tuganaklari oval shaklda, ko‘zlari yuza joylashgan. Ptining rangi sariq, etiniki och sariq. Tugunaklari yirik, vazni 110-120 g. Kartoshka hamma kasalliklarga chidamli. Iste’molbop nav va fri kartoshka tayyrlashga yaroqli. Red star – ertaki va kechki nav. Bahorda va yozda ekiladi. Hsildor nav. Palagini va o‘simlikni zich turishini tez shakllantiradi. Gullashi o‘rtacha, gullari qizil binafsha rangda. Tugunaklari dumaloq-oval shaklida, ko‘zlari yuza joylashgan. Po‘stining rangi qizil, etiniki och sariq. Tugunaklarining og‘irligi 100-120 g. Hamma kasalliklarga chidamli. Juda ta’mli, tarkibida quruq modda ko‘p. O‘RTAKI KECHKI NAVLAR. Aqrab – o‘rtaki-kechki nav, kechpisharga yaqin, kraxmal miqdori yuqri. Tupi tik turadi, poyasining balandligi 90-100 sm. Poyasi o‘rtacha shoxlangan, o‘rtacha bargdor. Bargi o‘rtacha kuchsiz kesilgan, och yashil. Gullari kuchsiz, oz. Tugunagi dumaloq, ko‘zlari o‘rtacha chuqurlikda, po‘sti qizil, etiniki och sariq. Tugunagining o‘rtacha og‘irligi 100-120 g. Diamond – o‘rtaki-kechki nav. Palagining o‘sishi va shakllanishi tez. O‘simlik tukining qalinligi zich. Tugunak shakli uzun, oq, oval, ko‘zlarining chuqurligi o‘rtacha. Tugunak po‘stining rangi sariq, etiniki och sariq. Tugunakning o‘rtacha vazni 120-140 g. Xo‘raki nav. Nav virusli va zamburug‘li kasalliklarga chidamli. To‘yimli – o‘rtapishar nav.Tupining o‘rta balandligi 70-80 sm. Poyalar soni ko‘p emas, bargaining rangi to‘q yashil. Kuchsiz gullaydi. Tugunakning shakli dumaloq-oval. Po‘stining rangi sariq, eti och sariq. Viruslarga va noqulay tashqi muhitga chidamli. Umid – o‘rtapishar nav. Tup balandligi va bargdorligi o‘rtacha. Bargining rangi ko‘k. Tugunak shakli uzunchoq-oval, ko‘zi yuza joylashgan. Po‘stining rangi - sariq, ko‘ziniki - binafsha, etiniki - och sariq. Tugunagining o‘rtacha vazni 100-120 g. Nav kasalliklarga chidamli. Viktoriya – ertaki-kechki nav, o‘rtapisharlarga yaqin. Palagini shakllanishi va rivojlanishi tez boradi. Qatorda turishi zich. Gullari oq. Tugunagi uzunchoq-oval shaklda. Po‘stlog‘i va etining rangi sariq. Tugunaklari yirik va o‘rtacha vazni 100-120 g. Rak va pillasimon nematodaga chidamli. Mexanik jarohatlanishga sezgirligi oz. Navdan oilada ishlatish uchun va fri kartoshka tayyorlashda foydalaniladi. Download 116.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling