Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti «davlat va huquq nazariyasi»
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
davlat va huquq nazariyasi tarixi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonuniylik va maqsadga muvofhlik prinsipi.
- 2. Qonuniylik va huquqiy tartibot kafolatlari va ularning ta’minlash usullari.
- 3. Qonuniylik va huquqiy tartibotni mustahkamlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning roli va o’rni.
- HOZIRGI ZAMONNING ASOSIY HUQUQIY TIZIMLARI
- 4. Huquq tizimi va huquqshunoslik fanlar tizimi.
- 2.Ofitsioz inkorparatsiya bunda qonun va boshqa normativ huquqiy hujjatlarning tartibga solishda vakolatli davlat organlari tomonidan tuplab chiqariladi
- Foydalanilgan adabiyo’tlar
Siyosiy (Konstitutsion tuzimning demokratlash darajasi, jamiyatning siyosiy tizimi, siyosiy plyuralizm (fikrlarni xilma - xilligi) kuppartiyaviylik, xokimiyatning bo’linishi va b.); Tashkiliy (qonun va qonun osti aktlariga amal qilinishini nazorat qiluvchi maxsus organlar (sud, militsiya, proko’ratura va b.)ning faoliyati); Ijtimoiy (qonun bo’zarlikni oldini olishga qaratilgan jamoatchilik tomonidan kullaniladigan kompleks profilaktik chora-tadbirlar); G’oyaviy (bu xuquqiy ong rivojlanishining darajasi, fukoralar o’rtasida yuridik bilimlarni yoyish xuquq talablariga xurmat, jamiyatda ma'naviy tarbiyaning darajasi); Maxsus-yuridik (xarakatdagi qonunchilikda ogoxlantirish, tugirlash,xuquq talablarining bo’zilishiga chek quyish maqsadida urnatilgan usul yoki ta'sirqiluvchi omil (ko’rollar).Maxsus yuridik usul (ko’rol) larga avvalam bor qonuniylik talabi ifodalangan barcha xuquq normalarini kiritish zarurdir. qonuniylikning yuridik talablari quyidagilardan iborat : * XN sini bajarmaslikni adolatli jazolash; * Qonun ustunligini qonuniy mustaxkamlash, uni ko’riklash choralarini aniqlash; * qonuniylikni ko’riklashni ma'lum organlarga * Fuqarolarning o’z xuquqlarini talab qilish (foydalanish) ni qonuniy mustaxkamlash, o’z xuquqlaridan boshqa shaxslaning xuquqlariga zarar keltirish maqsadida foydalanishni takiklash, aybsizlik prezumtsiyasi goyalarini konstitutsiyaviy mustaxkamlash; xuquqiy tartibot ijtimoiy tartibotning tarkibiy qismidir Umum qabul qilinishicha, tartib - zarur ijtimoiy munosabatlarni mustaxkamlash (singdirish) shakli bo’lib, bu barkaror shakl sifatida butun jamiyatning manfaatlariga javob beruvchi shakl sifatida qo’llab - kuvvatlanadi. Ular turlicha sotsial normalar - axloq, urf - odat, jamoat tashkilotlari, xuquq va boshqalar bilan tartibga solingan. Ijtimoiy tartibot - bu jamiyat a'zolari o’rtasida mujassamlashgan barkaror ijtimoiy munosabatlar tizimi bo’lib, sotsial adolat goyalarini ifodalovchi, normativ tartibga solish tizimining butun ta'siri natijasida turmush tarzi sifatida tasdiklangan munosabatlardir. Huquqiy tartibot ijtimoiy tartibotning bir qismi bo’lib xisoblanadi, fakat u barcha sotsial normalarning regulyativ xarakati natijasida mujassamlashmasdan, balki fakatgina xuquq normalari orqali mujassamlanadi. Shunday ekan, xuquqiy tartibot - bu xuquq normalari tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar tizimining bir qismidir. Uning xarakat doirasida xuquq normalari orqali tartibga solinadigan barcha ijtimoiy munosabatlar yotada. 87
Huquqiy tartibot o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat : Huquq normalarida rejalashtirilgan; Ushbu normalarni tatbiql etish natijasida yo’zaga keladi; Davlat tomonidan ta'minlanadi;Ijtimoiy munosabatlarni tashkiliylashtirilishi uchun sharoit yaratadi, insonni ancha erkin, (mustaqil) qilib, xayot sharoitini yengillashtiradi; Qonuniylikning natijasi sifatida yo’zaga chiqadi;
tartibot jamoat tartibining bir qismi bo’lib, faqat huquqiy normalarning amalga oshirilishi natijasida paydo bo’lib, kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy munosabatlar orqali tartibga soladi. Kishilar o’rtasidagi yoki fukoralar bilan davlat organlari o’rtasidaga munosabatlar huquqiy tartibot bilan ya’ni, huquqiy nurmalar orqali amalga oshirilib, qonuniylik mustahkamlanadi. Qonuniylikning o’ziga hos hususiyatlari uning quyidagi prinsiplarida ifodalanadi. Qonunning ustunligi va hamma uchun majburiyligi. Bunday O’zbekiston Respublikasini barcha qonunlari va barcha normalari mukaddas bo’lib, ularga barcha kishilar amal q’ilish kerak. Bu prinsip O’zbekiston Respublikasining Konstututsiyasini 15-moddasida mustahkamlangan. «O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstututsiyasi va qonunlarning ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat uning organlari, mansabdor shahslar, jamiyat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiyasi va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar». Respublika Prezidenti I.A.Karimov O’zbekistonni yangi jamiyat ko’rish uchun, bozor iqtisodiga utish uchun hamma kishining qonunga amal q’ilishligini muhim pirinsip deb hisoblab, «Men uchun eng muhim –qonuniylikni hurmat q’ilishdir», deb kursatadi. Qonuniylikni yagonalik prinsipi. Bu esa O’zbekiston Respublikasining huquqiy qonunlar bir hil qo’llainishini, hamma fuqarolar qonun oldida tenglikni bildiradi. Bu hakda O’zbekiston Respublikasi Konstututsiyasining 18-moddasida shunday deilgan. «O’zbekiston Respublikasida barcha fukoralar bir hil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irki, millti, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shahsi va ijtimoiy movkedan qat’iy nazar, qonun oldida tengdir».
qonunlarni va boshqa normativ hujjatlarni aniq bajarish har bir davlat organi, jamoat birlashmalari, mansabdor shahs va fuqarolar uchun shartdir. Ammo hayotda shunday kishilar va rahbarlar borki, ular o’zlarining qonunga hilob hatti-harakatlarini, guyo qonunning eskirib qolganligi bilan va bugungi kun talablariga javob bera olmasligi bilan yohud bu qonunda mahalli shoroit hisobga olinmagan degan bahonalar bilan bajarmaydi. Basharti amaldagi qonunlar eskiribqolganbo’lsa, u belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy organi Oliy Majlis tamonidan o’zgartiriladi. Qonuniylik aholining madaniy darajasi bilan, davlat organlari va jamoat birlashmalari, mansabdor shahslar va fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati bilan bog’liq bo’ladi. Kishilarning huquqiy ongi qanchalik yuqori bo’lsa qonun bo’zilish hollari shunchalik kamrok bo’ladi. Kishilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlanirish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirar Mahkamasi 1992 yil 14 martda «Yuridik ta’limotni kayta ko’rishning kechiqtirib bo’lmaydigan chora tadbirlari to’g’risida», mahsus qaror qabul qildi. Qarorga barcha o’quv yurtlarida yuridik ta’limotini takomillashtirish, hozo’irgi kun talablariga javob beradigan o’quv dasturlari ishlab chiqish va amalda qo’llaish, qo’llainmalar va darsliklarni yaratish masalalari va huquqiy ma’lumotlarni keng ommaga yetkazish vazifasi qo’yilgan. O’zbekistonda halk qonuniylikni ta’minlashda va huquqiy tartibotni mustahkamlashda keng ishtirok etadi. Bu hakda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 7- moddasida shunday deyilgan; «Halk davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati halk manfaatlarini ko’zlab va O’zbekiston Respublikai Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat beorgan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. Qonuniylik demoyeratiya bilan bog’liq tamoyili. Qonuniylik demokratiya bilan o’zviy bogikdir. Halk davlat hokimiyatini o’zi ishonch bildirib, saylagan deputatlari, davlat Prezidenti, hokimiyat va boshqaruv organlari orqali boshqaradi. Qonuniylikni demokratik tartiblarga buysunishini talab qiladi,
88
dkmokratik tartiblar o’z navbatida qonuniylikni mustahkamlash va rivojlanishida asosiy shartdir. Bu tamoil Konstitutsiyaning 13-moddasida belgilab qo’yilgan; «O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, kadr-kimmati va boshqa dahlsiz huquqlari Oliy qadriyat hisoblanadi. Demoratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi».
Jamiyatda qonunlar bilan kishilar O’zbekiston Respublikasida turli ijtimoiy munosabatlar tartibga solinib qonunlar hayotda to’g’ri qo’llaish uchun qonuniylikni tegishli usullar orqali amalga oshiriladi. Bunday usullar davlat tomonidan belgilangan bo’lib, qonuniylikni kafolati deb ataladi. Qonuniylikni amalga oshirish kafolati quyidagiarldan iborat; Iqtisodiy kafolat. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 53-moddasiga asosan jamiyatning iqtisodiy negizini bozor iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilga turli hil shakllardagi mulk tashkil qiladi. Davlat istemolchilarining huquq ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirorlik va mehnat q’ilish erkinligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat q’ilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqligini muhofaza qiladi. O’zbekistonda hususiy mulk va boshqa mulk shakllarining hilma-hilligi, halkning moddiy va ma’naviy farovonligini oshirishga hizmat qiladi. Bu esa fuqarolarning mehnat q’ilish huquqi, karigan chogida kasal bo’lmaganida, vaqtincha mehnat kobiliyatini yo’qotganida va boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqi uchun moddiy negiz yaratadi. Siyosiy kafolat. Bu O’zbekiston Respublikasining demokratik huquqiy davlat ko’rishidan, huquqiy davlat esa umuminsoniy va milliy qadriyatlarga amal q’ilishlik, uning siyosiy tizimidan, shuningdek, davlat va jamiyat birlashmalarini boshqarishda keng halk ommasining ishtirok etishini ta’minlaydi. Mafko’raviy kafolat. O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafko’ralar va fikrlarni hilma-hilligi asosida rivojlanadi. Hech kasi mafko’ra davlat mafko’rasi sifatida urnatilishi mumkin emas. Bu hol siyosiy mafko’ra ishidan holi bo’lib, barcha fuqarolrni qonunlarni hurmat q’ilish va qonunlarga ogishmay himoya etish ruhida tarbiyalaydi. Huquqiy kafolat. Qonuniylikni amalga oshirish uchun barcha huquqiy normalarni bajarish, ular bo’zilgan holatlarini aniqlab olish usullari, , qonun bo’zilishini oldini olish, qonunni bo’zgan kishilarga nisbatdan turli jazo choralari; intizomiy, ma’muriy, fuqarolik va jinoiy choralar ko’rishdan iborat.
Jamoatchilik kafolatlari. Qonuniylik va huquqiy tartibotni mustahkamlash faqat davlat organlarining ishi bo’lmasdan, bu barcha jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, hotin-kizlar, fahriylar va yoshlar tashkilotlari, ijtimoiy uyushmalar, omaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalrining vazifasidir. Bu kafolatlar O’zbekistonda barcha halkning qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlariga amal qilib, qonuniylikka rioya q’ilishni va ularni huquqiy jihatidan tarbiyalab, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantiradi. O’zbekiston Rnspublikasida qonuniylik va huquqiy tartibotni bo’zgan kishilarga nisbatan mahsus usullar qo’llainiadi. Bu ishontirish va majbur q’ilish usullaridir. Ishontirish usuli keng halk ommasiga qonunlarni va huquqiy normalarni tushuntirish orqali, bularning ular ongining yetkazish yo’li bilan va boshqa tarbiyaviy choralar ko’rish yo’li bilan amalga oshiriladi. Majbur q’ilish usulida qonunlar va boshqa huquqiy normalar bo’zilgan holdadavlat organlari tomonidan uning kuchi bilan majburiy choralar ko’rish yo’li bilan majbur etish orqali amalga oshiriladi.
O’zbekiston demoyeratik huquqiy davlat ko’rish uchun qonuniylik va huquqiy tartibotni amalga oshirish va mustahkamlash uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar; sud, proko’ratura, ichki ishlar, adliya va boshqalar muhim rol uynaydi. O’zbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy Hujalik sudi, Karoqolpogiston Respublikasining 89
Oliy sudi, uning Hujalik sudidan shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar va hujalik sudlaridan iyuorat. O’zbektston Rnspublikasining Konstitutsiyaviy Sudi. O’zbekison Respublikasida Konstitutsiyaviy nazoratning sud organi bo’lib barcha qonunlarni, Prezident farmonlarini, hukumat va davlat hokimiyati mahalliy idoralari qarorlarini va boshqa normativ huquqiy aktlarni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasina mosligini anhlaydi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudi. Fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sudlov ishlarini qonuniy ko’rish uchun sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. Oliy sud Qorakalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar, shahar va tuman sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega. O’zbekiston Respublikasida mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korhonalar, muassasalar, tashkilotlar va tadbirkorlar o’rtasidagi, iqtisodiy sohada va uni boshqarish sohasida vujudga keladigan hujalik nizolarini Oliy hujalik sudi va sudlar ko’radi. Sudlar mustaqil bo’lib, faqat qonunga buysunadilar, Ularning odil sudlovni amalga oshirishda hech kimning aralashishiga yo’l qo’yilaydi va bunlay aralashish uchun muvofiq javobgarlikka tortiladi. Prokuratura organlari O’zbekiston Respublikasi Bosh Proko’rori, Qoraqolpog’iston Respublikasi proko’rori, viloyat, shahar va tuman proko’rorlari kiradi. Ularning asosiy vaziyaasi mamlakatning barcha hududida qonunlarning anh va bir hilda bajarilishi ustidan oliy darajada nazoratni amalga oshiradi. O’zbekiston Rnspublikasi Konstitutsiyasining 120- moddasiga binoa, proko’ratura organlari o’z vaklatlarini har qanday davlat organlari, jamoaat birlashmalari va mansabdor shahslardan mustaqil holda, faqat qonunga buysunib amalga oshiradi. Adliya organlari- bu O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi, hokimlar boshchilik qiladigan halk deputatlari viloyat Kengashlari koshidagi adliya bo’limlari bo’lib, ular qonuniylik va huquqiy tartibotni mustahkamlash, davlat tadbirkorlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatalarini himoya qiladi. Militsiya organlari. O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimlar boshchilik qiladigan halk deputatlari Kengashlari ho’zo’ridagi boshqarmalar va bo’limlar kiradi. Mamlakatda jamoat tartibini saqlash, mulkni turli shakllarini qo’riqlash, korhonalar, muassasalar, birlashmalar, mansabdor shahslar va fuqarolaprning huquq va burchlarini qonun bo’zilishlaridan himoya q’ilish militsiyaning eng muhim vazifasi hisoblanadi.
Reja: 1.Hozirgi zamonning asosiy huquqiy tizimlari tushunchasi va turlari. 2.Musulmon va hind huquqiy tizimi. 3.O’zbekistonning zamonaviy huquqiy tizimi. Huquqiy tizim -huquq tizimi va yurisdiksiyaviy ( huquqni muhofaza qiluvchi) organlar tizimidan tarkib topadi. Har qanday davlatning huquqiy tizimi jamiyatda muayayn huquq tartibotni o’rnatishga qaratilgan. Jahondagi mavjud huquqiy tizimlarni tasniflashda etnik, irqiy, ju-rofiy diniy tushunchalardan tortib to yuridik texnika va huquq uslubi bilan tugaydigan xidma xil omillardan foydalaniladi. R.David tomonidan berilgan huquqiy oilalar tasnifi eng ommaviysi bo’lib chiqdi. U din, falsafa, iqtisodiy va ijtimoiy tarkiblarni o’z ichiga olgan mafkura hamda huquq manbalarini asosiy tarkib sifatida qamrab oluvchi yuridik texnikadan iborat ikki mezoning qo’shib olib borilishiga asoslangan. R.David uch huquqiy oila: roman-german, ingliz-sakson va totalitar oilani ajratib ko’rsatishga asoslangan –oyani ol-a surgan. Asosiy huquqiy oilalarni aniqlashda quyidagi o’zaro bo-liq mezonlarning uch guruhi muhim ahamiyatga molikdir. 1) huquqiy tizimlar tarixiy genezisi ( kelib chiqishi) 2) huquq manbalari tizimi; 3) huquqiy tizim tarkibi. Roman –german huquqiy tizimi yoki kontinental huquq tizimi yevropada Rim, muqaddas diniy va mahalliy an’analar asosida yuzaga kelgan tizimlarni o’z ichiga oladi . U 12-16 asrlar mobaynida 90
italyan, fransuz, nemis universitetlarida YUstinian qonunlari to’plami asosida Rim huquqini o’rganish natijasida tarkib topgan.Bu qonunlar ko’pchilik yevropa mamlakatlari uchun umumiy bo’lgan yuridik fanni shakllantirgandi. Bu ta’limotda kodekslar, maxsus qonunlar, ma’muriy farmoyishlar, vazirlar dekretlarining ahamiyati katta.Ammo urf odat huquqning mustaqil manbai mohityatini yo’qotgan. Ingliz- amerika huquqiy tizimiga mansub davlatlarda sud pretsedenti, ya’ni sud’yalar tomonidan ularning qarorlarida ta’riflangan normalar huquqning asosiy manbai bo’lib xizmat qiladi. Masalan Qirollik sudlari faoliyati davomida asta sekin to’planib borgan qarorlar jamlanmasi tarkib topgan va keyinchalik shu sudlar ulardan qo’llanma sifatida foydalana boshlagan. Bu huquqiy oilada «Sud himoyasi vositasi huquqdan muhimroq» degan ta’rifni kuzatish mumkin edi. 1787 yilgi Amerika Konstitutsiyasidan keyin AQSHda inglizlarga o’xshash presedent huquqini qonun chiqaruvchilik bilan qo’shib olib boriladigan dualistik tizim tarkib topdi. Sudlar tomonidan shunda ham sudlar qarorlariga ishora qilish mumkin bo’lganidagina Amerika huquqiy tizimiga kiradi.AQSHda Angliya huquqida bo’lmagan Kodekslar amal qilsada, xuddi Angliyadagidek, qonunni qo’lanilishi uni sharhlashning sud pretsedentiga bo-liq bo’ladi. Lotin Amerikasi huquqiy o’z asosiga ko’ra,kodekslashgan huquq tizimi bo’lib, bu yerda kodekslar yevropa namunalari asosida tuzilgan. Bu huquqda urf odatlarning manba sifatidagi roli turli mamlakatlarda turli ko’rinishlarga ega. Masalan Argentinada Urugvayga qaraganda yuqoriroq.Argentina, Braziliya,Venesuela, Meksika federatsiyalardir. Demak, federatsiya bilan uning a’zolari o’rtasidagi vakolatlar chegaralanishi nazarda tutilishi lozim.SHuningdek, sud amaliyoti huquq manbai sifatida hisoblanadi. Skandinaviya (SHimol) huquqiy oilasi roman-german, ingliz amerika huquqiy tizimlarining ayrim x’ususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan. Bu huquqiy tizimga Daniya, Islandiya, Norvegiya,Finlyandiya va SHvetsiya mamlakatlari kiradi. aniyadagi «Qirol Kristaining Daniya Qonuni»Mamlakat quqi tarixidagi eng muhim hujjatlardan biri hisoblanadi. Qonunchilik huquqning bosh manbai hisoblanadi. Dengiz va savdo bilan bo-liq odatlar huquq manba sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Islandiyada 930 yildan buyon ya’ni u tashkil topgandan buyon huquqiy urf odatlar keng rivoj topib keldi. Island huquqi manbalarining bugungi tizimini Konstitutsiyasi, Kodekslar, qirollar chiqargan ayrim qonunlar tashkil etadi. Norvegiyadagi huquqiy urf-odatlarning yozma nusxalari 12 asrga to’-ri kelgan.Masalan 1150 yildagi «Gulating qonunlari», 1190 yildagi «Frostating qonunlari» hozirgi kunga qadar to’laligacha saqlanib qolgan. Norveg huquq tizimida qonun chiqaruvchi maqsadini aniqlashga yordam beruvchi huquqshunos olimlarning qonun moddalari sharhiga yoxud sud hukmlariga katta ahamiyat beriladi. Finlyandiya huquqi tarixida shved davlatining 1734 yilgi Asosiy qonunlar to’plami muhim ahamiyatga ega.rus shved urushi natijasida Rossiyaga qo’shib olingan yerlarda ham shved fin qonunlari o’z kuchini saqlab qolgan.SHu bilan birga shimol davlatlarining 1870 yildan boshlangan o’zaro yaqinlashuv jarayoni ham Fin qonunchiligi rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi.1919 yilga kelib mamlkata SHimoliy davlatlar hamjamiyatiga rasmiy ravishda qo’shilgan. SHvetsiyada hozirgi zamon huquqiy tizimiga 1734 yilgi qonun bilan asos solingan. Bu yerda urf odatlar va sud pretsedentlari ham manba hisoblanadi. Skandinaviya huquqiy oilasining o’ziga xos jihati huquq retsepsiyasining keng qo’llanilishidir. Masalan SHvetsiyada qabul qilingan muayayn bir qonun, agarda Norvegiya davlati uchun ma’qul deb topilsa, ya’ni parlamenti tomonidan ma’qullansa, ushbu qonun Norvegiyada ham kuchga kiradi. O’zbekiston mustaqil davlat bo’lib, o’zining tizimiga ega. Huquq tizimini asosini va uning yangilanishini 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi qonun, O’z r Konstitutsiyasi va boshqa bozor iqtisodiga utish to’g’risidagi normativ huquqiy hujjatlar tashkil qiladi. Huquq tizimi jamiyat taraqqiyoti mahsuli sifatida hayot talablariga muvofiq ravishda o’zgarib boradi. Shu bilan birga huquq tizimini tashkil topish va rivojlanishi ob’yektiv holda bo’lib, uning huquqiy normalar, huquq institutlari va huquq sohalariga ajratish ham ob’yektiv harakterdagi tamoiylariga asoslanadi. Shuning uchun O’zbekiston iqtisodiy,
91
siyosiy, madaniy va huquqiy sohada islohatlar o’tkazib uning tizimiga kiruvchi huquq sohalari yangilanib, rivojlanib bormokda. O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat bo’lib, jaxonda rivojlangan davlatlar va sharqona milliy urf-odatlar asosida ko’pgina yangi qonunlar qabul qiladi. Jumladan mulk to’g’risida, davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish to’g’risida va boshqa bozor iqtisodiga utish bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina qonunlar. Bular O’zbekiston Respublikasining huquq tizimini umumiy va hsusiy huquqka bo’linishiga olib keladi. Burjuaziya huquq fanida uning huquq tizimi umumiy va hususiy huquqka bo’linadi. Huquqning bunday bo’linishiga qadimgi Rim olimi Ulpian asos solgan. Bu nazariya hozirgacha burjuaziya davlatlarida saqlanib, burjuaziya olimlarining fikricha huquqning bunday bo’linishi tabiiy bo’lib, shahs bilan davlat o’rtasidagi va hususiy mulkka asoslangan ijtimoiy munosabatlardan kelib chiqqan. Umumiy huquq davlatga taalukli bo’lib unga davlat huquqi, jinoyat huquqi, ma’muriy huquq sohalari kiradi. Hususiy huquq alohida shahslarga taalukli bo’lib, unga fuqarolik huuki, oila va nikoh huquqi, savdo huquqi va boshqa huquq sohalari kiradi. Sobiq sovet davlatida huquqning umumiy va hususiy huquqka bo’linishini tan olinmadi. Chunki, huquqning bunday bo’linishi hukmron ekspluatatorlar sinfiga hizmat qiladi deb Demak,
huquq tizimi jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy tuzilishi bilan belgilangan, ob’yektiv harakterga ega bo’lgan bir turdagi ijtimoiy munosabatlarning tartibga soluvchi huquqiy normalar huquq institutlari va huquq sohalaridan iborat. Har bir huquq sohasiga ijtimoiy munosabatlarning tartibga soluvchi predmet va usullariga ega. O’zbekiston Respublikasining asosiy huquq sohalari quyidagiarldan iborat. Konstitutsiyaviy huquq bu huquq sohasi O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatini amalga oshiish shaklini, fuqarolarning huquqiy holatini, inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlovchi huquqiy normalarni, ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi shaklini Oliy majlis, Prezident va Vazirlar mahkamasi faoliyatini saylov tizimi, Proko’ratura, moliya va kredit, mudoffa va havfsizlikka oid huquqiy normalar yig’indisidir. Bu huquqning manbai mustaqil O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, turli qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlardir. Ma’muriy huquq O’zbekiston davlatini boshqarishni, uning organlarining tashkil topish tartibini, faoliyat va tamoiyllarini , davlat hizmatini utash shartlarini, davlatni boshqarishda fuqarolarning huquq va burchlarini urgatadi. Bu huquqning manbai O’zining ma’muiy huquqbuzarlik to’g’risidagi kodeksi, Prezident farmonlari, qaror, farmoishlari va boshqa normativ hujjatlardir. Moliya huquqi - O’zbekistonda davlat pul muomilasini va moliyaviy foliyatini belgilash, kredet berish, sugo’rta, zayomlarni tarkatish va ularga yutuk berish, banklarga rahbarlik q’ilishga oid huquqiy nurmalar yig’indisidir. Moliya huquqining nurmalari O’zRning Kanisitututsiyasida byodjet to’g’risidagi qonunda banklar va bank foliyati to’g’risidagi qonunda va boshqa narmatuv huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan. Fukoralik huquqi-aholining moddiy va manaviy ehtiyojlarini kondirish uchundavlat organlari, jamoat birlashmalari bilan fukoralar o’rtasidagi mulkiy (malum kimmatga ega bo’lgan buyum, ashyolar) va mulkiy bo’lmagan shahsiy (fukoraning nomi, shakni, kadr kimmati) munosabatlarini tartibga soladigan huquqiy nomalar yig’indisidir. Fukoralik huquqining normalari O’zRning Konstututsiyasida, fukoralik to’g’risidagi qonunda va O’zRning Fukoralik Kodeksida ifodalangan. Mehnat huquqi-hodimlarni mulkchilikni barcha shaklidagi korhonilar, muassasalar, tashkilotlarda va fukoralarning mehnat shartnomasi buicha ishlayotgan jismoniy shahslarning mehnat q’ilishga oid munosabatlarni urgatadi. Bu huquq nurmalari O’zRning Konistututsiyasida, O’zRning Mehnat Kodeksi bilan tartibga solinadi. Yer huquqi-davlat mulki bo’lgan yerdan, undagi urmonlardan va boshqa boyliklardan foydalanish va uning samaradorligini oshirish munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy nomalar yig’indisidir. Bu huquq nurmalar O’zRning Konstitutsyasi, Yer Kodeksida va boshqa yer to’g’risidagi nomatuv huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
92
Suv huquq ahloki va halk hujaligi uchun suvdvn to’g’ri foydalanish va suv ob’yektlarini holatini yaxshilash munosabatlarini urgatadi. Bu huquq normalari O’zRning Konstitutsiyasida, Suv kodeksida va boshqa suv to’g’risidagi qonunlarda aks ettirilgan. Oila fuqarolarning nikohda bo’lish shartlarini, er-hotin, ota-onalar, bolalar va oilaning boshqa a’zolari o’rtasidagi shahsiy va mulkiy farzandlikka olish, vasiylik, bolalarni tarbiyalash, nikohni bekor q’ilish, fuqarolik holati aktlarini kayd q’ilish tartibini va boshqa oila munosabatlarini huquqiy normalar bilan tartibga soladi. Bu huquq normalari O’zRning Konsttutsyasida va O’zRning Oila Kodeksida mustahkamlangan. Jinoyat huquqi -jamiyat uchun havfli bo’lgan qanday ijtimoiy havfli qilmishlar jinoyat ekanini aniqlaydi, jinoyat ekanini aniqlaydi, jinoyat sodir qilgan shahslarga jazo choralarini belgilaydi. Bu huquq sohasining manbai O’zRning Konstitutsiyasi O’zrning jinoyat kodeksidan iborat. Jinoyatni ijro etish huquqi sudi tomonidan aybdor deb topilgan shahslarga nisbitan jinoiy jazo choralarini ijro etish, jazoni utash tartibi va shartlarini, mahkumlarni ahlokini to’zatish va ularning kayta tarbiyalaydigan huquqiy normalar yig’indisidir, Bu huquq manbai O’zRning jinoyatni ijro etish kodeksi va O’zRning Konstitutsiyasidir.. Jinoyat protsessual huquqi- sud , proko’ratura, tergov, surishtiruv organlari, advokatura va fuqarolar uchun jinoiy ishlarni ko’rish tartibii urgatadi. Bu huquq normalari O’zRning Konstitutsiyasida va O’zRning Jinoyat protsessual kodeksida aks ettirilgan. Fuqarolik protsessual huquqi-sud tomonidan fuqarolik ishlarini ko’rayotganda taraflarning huquq va burchlarini belgilaydigan huquqiy normalar yig’indisidir. Bu huquq normalari O’zRning Konstitutsiyasida va O’zRning fuqarolik protsessual kodeksida aks ettirilgan . Hujalik protsessal huquqi- hujalik sudi tomonidan har hil shakldagi mulkka ega bo’lgan korhonalar, jamoa hujalklari, hususiy korhonalar hamda O’zbekiston Respublkasi boshqa davlatlar o’rtasidagi hujalik nizolarini tartibga soladi. Bu huquq normalari O’zRning Konstitutsiyasida va O’zRning hujalik protsessual kodeksida mustahkamlangan. Huquq tizimda har bir huquq sohasining paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining obyektiv qonuniyat lari bilan belgilanadi. Masalan; hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiga utish davrida hususiy mulk huquqi, savdo huquqi, hujalik huquqi, hujalik protsessual huquqi va boshqa yangi sohalari kiradi. Protsessual hukklarga jinoiy, fuqarolik va hujalik protsessual huquqi va boshqa yayengi huquq sohalari kiradi. Protsessual huquqlarga jinoiy, fuqarolik va hujalik protsessual huquq sohalari kiradi, Moddiy va protsessual huquq sohalari bir biri bilan o’zviy bo’lhdir. Huquq tizimida halkaro huquq alohida urinni egallaydi, u biron davlatning huquq tizimiga kirmaydi. Halkaro huquq turli ijtimoiy sistemadagi davlatlar o’rtasidagi tinch-totuv yashash tamoiylariga va ular o’rtasidagi diplomatik va boshqa turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Xalkaro huquqning sub’yekti faqat davlatlar bo’ladi. Bu huquqning manbai turli halkaro shartnomalar, bitimar, konvensiyalar va boshqa halkaro normalar hisoblanadi. Halkaro huquqning halkaro umumiy va hususiy sohalari mavjud. Halkaro dengiz huquqi, halkaro havo huquqi, halkaro kosmos huquqi va boshqa huquq sohalari muhim rol uynaydi.
Huquq tizimini yuqorida ko’rib utdik. Huquq tizimida qonunlar va huquqshunoslik fanlar tizimi asos qilib olinsada, lekin bular o’rtasida farq bor. Qonunlar yok normatif huquqiy hujjatlarning tizimi ya’ni tartibga solib nashr etish quyidagi 2 hil usul bilan amlga oshiriladi. Inkorparatsiya va kdifikatsiyaya. Inkorparatsiya (lotincha; (Kushish») hayotda amal qilayotgan qonun va boshqa normativ hujjatlarning mazmuniga o’zgartish kiritmasdan hranologik yoki alifbo tartibida, sohalar buyicha alhida tizimga solib, chiqariladi. Masalan; (1938-1971 yillarda chiqarilgan O’zSSr qonunlar tuplami. Inkorparatsiyaning uch turi mavjud; 1. Rasmiy inkorparatsiya-qonun va boshqa normativ huquqiy hujjatlarni ularni chiqaorgan davat organlari tomonidan tartibga solib, nashr etib chiqariladi. Masalan; O’zbekisto Respublikasining Oliy Majlisi Oliy vaqillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Qabul qilingan qonunlar va qarorlarni har oyda chiqadigan 93
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Ahborotnomasida chiqaradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi hukumati amaldagi qonunlarga asosan O’zbekiston huquqida barcha organlar, korhonalar, muasasalar, tashkilotlar, mansabdor shahslar va fuqarolar tomonidan, bajarilishi majburiy bo’lgan qaror va farmoishlar chiqaradi. Bu qarorlar va farmoishlarni har oyda chiqadigan O’zbekiston Respudlikasi huquqmatining qarorlar tuplpmidp chiqariladi.
Rnspublikasining Adliya Vazirligi tomonidan nashr klingan qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlar tuplami. Norasmiy inkorparatsiya bunda qonun va boshqa normativ huquqiy hujjatlarning mahsus vakolati bo’lmagan idora va tashkilotlar tomonidan chiqariladi. Masalan; O’zbekistonda yuridik «Adolat» tomonidan ko’p tomlik O’zbekstonning yangi qonunlarini nashr etib chiqarilishi. Kodeks (lotincha sadeh-kitob) huquq normalarining huquq sohalari buyicha tartibga solingan normativ huquqiy hujjat. U qonunlarni huquq sohalari buyicha tartibga solishning eng mukammal shaklidir. Kodeks jamiyatda kishilar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini tartibga soladi. Masalan; O’zbeiston Respublikasining ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi, mehnat, jinoyat, fuqarolik, hujalik protsessual va oshka kodekslar. Huquqshunoslik fanlar tizimi, huquq tizimida keng bo’lib, ko’pgina huquqshunoslik fanlarining nomi huquq tizimiga to’g’ri keladi. Masalan; jinoyat huquqi, fuqaroik huquqi, jinoyat protsessual huquqi va boshqalar. Aksincha shunday huquqshunoslik fanlari tizimi borki, ular huquq tizimiga to’g’ri kelmaydi. Masalan; davlat va huquq nazariyasi, davlat va huquq tarizi va hokozalar. Huquqshunoslik fanlari ham sohalarga bo’linadi, lekin ular huquq tizimi sohalariga mos kelmaydi. Huquqshunoslik fanlari quyidagi sohalarga bo’linadi; davlat va huquq nazariyasi va tarixi, konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquqi, yer huquqi, jinoyat huquqi va jinoyat protsessual huquqi, halkaro huquq va halkaro umumiy, hususiy huquq, kriminalistika, kriminalogiya va hujalik huquqi. Yuridik adabiyotda huquqshunoslik fanlari quyidagi asosiy 4 guruhga bo’linadi; 1.umumnazariy metadologik va tarixiy fanlar (davlat va huquq nazariyasi, davlat va huquq tarixi; 2. Mahsus huquq sohalari bilan bog’liq bo’lga fanlar (konstitutsiyaviy huquq, yer, suv, jinoyat huquqi va boshqalar); 3) halqaro va chet el huquqini o’rganuvchi fanlar (halkaro huquq va chet mamlakatlar davlat va huquq tarixi); 4) amaliy huquqshunoslik fanlari (kriminalistika, sud meditsina, sud psihatriyasi, sud himiyasi va hokozalar). O’zbekiston Respublikasining huquq tizimi jamiyatda kishilar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning uhshash belgilariga qarab joylashtirilib, huquqiy normalar, huquqiy institutlari va turli huquq sohalaridan iborat. O’zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiga utish davrida bu huquq sohalari kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda urin va mavkiye usib bormokda. Shuning uchun jamiyat taraqqiy etishi bilan huquq tizimi ham rivojlanib bormoqda. Foydalanilgan adabiyo’tlar 1.Karimov I. Ozbekiston XXI asr bo’sag’asida : havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari, va taraqqiyo’t kafolatlari.T. Ozbekiston, 1997. 2.Mustaillik va huquq. T., 1997. 3.Sattorov A. Qonun va inson huquqlari. N., 1999. 4. O’zbekiston Respublikasi mustaillik qonunchilikni takomillashtirish masalalari.T., 1995 2. 5.Saidov A., T0ojihonov U. Davlat va huquq asoslari. T. O’zbekiston Respublikasi IIB Akademiyasi, 2002. 4. 5.Saidov A., Tojihonov U. Davlat va huquq nazariyasi. T.2. O’zbekiston Respublikasi IIB Akademiyasi, 2001, 5. Islomov Z.M. Davlat va xuquqning umumnazariy muammolari: xuquqni tushunish, xuquqiy ong va xuquq ijodkorligi. – T.: TDYuI. 2005. 6. Saburov N. Davlat va xuquq nazariyasi. (savollar, ta'riflar, tushuncha va atamalar) G` O’quv- uslubiy qo’llanma. TDYuI. T., 2005. 7. Xolmo’minov q.T. Davlat va xuquq nazariyasi. O’quv qo’llanmasi. – T.: 2000. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling