Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti «davlat va huquq nazariyasi»


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/16
Sana19.06.2020
Hajmi1.38 Mb.
#120245
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
davlat va huquq nazariyasi tarixi.


 Siyosiy  (Konstitutsion  tuzimning  demokratlash  darajasi,  jamiyatning  siyosiy  tizimi,  siyosiy 

plyuralizm (fikrlarni xilma - xilligi) kuppartiyaviylik, xokimiyatning bo’linishi va b.); 



          Tashkiliy (qonun va qonun osti aktlariga amal qilinishini nazorat qiluvchi maxsus organlar (sud, 

militsiya, proko’ratura va b.)ning faoliyati); 

      Ijtimoiy  (qonun  bo’zarlikni  oldini  olishga  qaratilgan  jamoatchilik  tomonidan  kullaniladigan 

kompleks profilaktik chora-tadbirlar); 



G’oyaviy  (bu  xuquqiy  ong  rivojlanishining  darajasi,  fukoralar  o’rtasida  yuridik  bilimlarni 

yoyish xuquq talablariga xurmat, jamiyatda ma'naviy tarbiyaning darajasi); 



Maxsus-yuridik  (xarakatdagi  qonunchilikda  ogoxlantirish,  tugirlash,xuquq  talablarining 

bo’zilishiga  chek  quyish  maqsadida  urnatilgan  usul  yoki  ta'sirqiluvchi  omil  (ko’rollar).Maxsus 

yuridik  usul  (ko’rol)  larga  avvalam  bor  qonuniylik  talabi  ifodalangan  barcha  xuquq  normalarini 

kiritish zarurdir. 

         qonuniylikning yuridik talablari quyidagilardan iborat : 

      *  XN sini bajarmaslikni adolatli jazolash; 

      * Qonun ustunligini qonuniy mustaxkamlash, uni ko’riklash choralarini aniqlash; 

      *  qonuniylikni ko’riklashni ma'lum organlarga  

      *  Fuqarolarning  o’z  xuquqlarini  talab  qilish  (foydalanish)  ni  qonuniy  mustaxkamlash,  o’z 

xuquqlaridan  boshqa  shaxslaning  xuquqlariga  zarar  keltirish  maqsadida  foydalanishni  takiklash, 

aybsizlik prezumtsiyasi goyalarini            konstitutsiyaviy mustaxkamlash;            xuquqiy tartibot 

ijtimoiy tartibotning tarkibiy qismidir 

Umum qabul qilinishicha, tartib - zarur ijtimoiy munosabatlarni    mustaxkamlash (singdirish) 

shakli  bo’lib,  bu  barkaror  shakl  sifatida  butun  jamiyatning  manfaatlariga  javob  beruvchi  shakl 

sifatida qo’llab - kuvvatlanadi. Ular turlicha sotsial normalar - axloq, urf - odat, jamoat tashkilotlari, 

xuquq va  boshqalar bilan tartibga solingan. 

Ijtimoiy tartibot - bu jamiyat a'zolari o’rtasida mujassamlashgan barkaror ijtimoiy munosabatlar 

tizimi bo’lib, sotsial adolat goyalarini ifodalovchi, normativ tartibga solish tizimining butun ta'siri 

natijasida turmush tarzi sifatida tasdiklangan munosabatlardir. 

Huquqiy tartibot ijtimoiy tartibotning bir qismi bo’lib xisoblanadi, fakat u 

barcha  sotsial  normalarning  regulyativ  xarakati  natijasida  mujassamlashmasdan,  balki  fakatgina 

xuquq normalari orqali mujassamlanadi. 

      Shunday  ekan,  xuquqiy  tartibot  -  bu  xuquq  normalari  tomonidan  tartibga  solinadigan  ijtimoiy 

munosabatlar tizimining bir qismidir. 

Uning  xarakat  doirasida  xuquq  normalari  orqali  tartibga  solinadigan  barcha  ijtimoiy 

munosabatlar yotada. 



 

87 


      Huquqiy  tartibot  o’ziga  xos  xususiyatlari  quyidagilardan  iborat  :  Huquq  normalarida 

rejalashtirilgan;          Ushbu  normalarni  tatbiql  etish  natijasida  yo’zaga  keladi;        Davlat  tomonidan 

ta'minlanadi;Ijtimoiy  munosabatlarni  tashkiliylashtirilishi  uchun  sharoit  yaratadi,  insonni  ancha 

erkin, (mustaqil) qilib, xayot sharoitini yengillashtiradi;    Qonuniylikning natijasi sifatida yo’zaga 

chiqadi; 

     Qonuniylik  huquqiy  tartibot  bilan  o’zviy  bog’liq  bolib,  u  orqali  amalga  oshiriladi.  Huquqiy 

tartibot jamoat tartibining bir qismi bo’lib, faqat huquqiy normalarning amalga oshirilishi natijasida 

paydo bo’lib, kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy munosabatlar orqali tartibga 

soladi. Kishilar o’rtasidagi  yoki  fukoralar bilan davlat organlari o’rtasidaga munosabatlar huquqiy 

tartibot  bilan  ya’ni,  huquqiy  nurmalar  orqali  amalga  oshirilib,  qonuniylik  mustahkamlanadi. 

Qonuniylikning o’ziga hos hususiyatlari uning quyidagi prinsiplarida ifodalanadi.  

Qonunning  ustunligi  va  hamma  uchun  majburiyligi.  Bunday  O’zbekiston  Respublikasini  barcha 

qonunlari va barcha normalari mukaddas bo’lib, ularga barcha kishilar amal q’ilish kerak. Bu  prinsip 

O’zbekiston  Respublikasining  Konstututsiyasini  15-moddasida  mustahkamlangan.  «O’zbekiston 

Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstututsiyasi  va qonunlarning ustunligi so’zsiz tan 

olinadi.  

     Davlat  uning  organlari,  mansabdor  shahslar,  jamiyat  birlashmalari,  fuqarolar  Konstitutsiyasi  va 

qonunlarga muvofiq ish ko’radilar». 

     Respublika  Prezidenti  I.A.Karimov  O’zbekistonni  yangi  jamiyat  ko’rish  uchun,  bozor  iqtisodiga 

utish uchun hamma kishining qonunga amal q’ilishligini muhim pirinsip deb hisoblab, «Men uchun 

eng muhim –qonuniylikni hurmat q’ilishdir», deb kursatadi.  

     Qonuniylikni  yagonalik  prinsipi.  Bu  esa  O’zbekiston  Respublikasining  huquqiy  qonunlar  bir  hil 

qo’llainishini, hamma fuqarolar qonun oldida tenglikni bildiradi. Bu hakda O’zbekiston Respublikasi 

Konstututsiyasining  18-moddasida  shunday  deilgan.  «O’zbekiston  Respublikasida  barcha  fukoralar 

bir hil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irki, millti, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, 

shahsi va ijtimoiy movkedan qat’iy nazar, qonun oldida tengdir».  

    Qonuniylik    va    maqsadga  muvofhlik  prinsipi.  O’zbekiston  Respublikasi  hududida  amaldagi 

qonunlarni  va  boshqa  normativ  hujjatlarni  aniq  bajarish  har  bir  davlat  organi,  jamoat  birlashmalari, 

mansabdor  shahs  va  fuqarolar  uchun  shartdir.  Ammo  hayotda  shunday  kishilar  va  rahbarlar  borki, 

ular  o’zlarining  qonunga  hilob  hatti-harakatlarini,  guyo  qonunning  eskirib  qolganligi  bilan  va 

bugungi  kun  talablariga  javob  bera  olmasligi  bilan  yohud  bu  qonunda  mahalli  shoroit  hisobga 

olinmagan  degan  bahonalar  bilan  bajarmaydi.  Basharti  amaldagi  qonunlar  eskiribqolganbo’lsa,  u 

belgilangan  tartibda  O’zbekiston  Respublikasi  davlat  hokimiyatining  oliy  organi  Oliy  Majlis 

tamonidan o’zgartiriladi.  

    Qonuniylik aholining madaniy darajasi bilan, davlat organlari va jamoat birlashmalari, mansabdor 

shahslar  va  fuqarolarning  huquqiy  ongi  va  huquqiy  madaniyati  bilan  bog’liq  bo’ladi.  Kishilarning 

huquqiy ongi qanchalik yuqori bo’lsa qonun bo’zilish hollari shunchalik kamrok bo’ladi.  

    Kishilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlanirish uchun O’zbekiston Respublikasi 

Vazirar  Mahkamasi  1992  yil  14  martda  «Yuridik  ta’limotni  kayta  ko’rishning  kechiqtirib 

bo’lmaydigan chora tadbirlari to’g’risida», mahsus qaror qabul qildi. Qarorga barcha o’quv yurtlarida 

yuridik ta’limotini takomillashtirish, hozo’irgi kun talablariga javob beradigan o’quv dasturlari ishlab 

chiqish  va  amalda  qo’llaish,  qo’llainmalar  va  darsliklarni  yaratish  masalalari  va  huquqiy 

ma’lumotlarni keng ommaga yetkazish vazifasi qo’yilgan. 

     O’zbekistonda  halk  qonuniylikni  ta’minlashda  va  huquqiy  tartibotni  mustahkamlashda  keng 

ishtirok  etadi.  Bu  hakda  O’zbekiston  Respublikasining    Konstitutsiyasining  7-  moddasida  shunday 

deyilgan;  «Halk  davlat  hokimiyatining  birdan-bir  manbaidir.  O’zbekiston  Respublikasida  davlat 

hokimiyati  halk  manfaatlarini  ko’zlab  va  O’zbekiston  Respublikai  Konstitutsiyasi  hamda  uning 

asosida qabul qilingan qonunlar vakolat beorgan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. 

     Qonuniylik  demoyeratiya  bilan  bog’liq  tamoyili.  Qonuniylik  demokratiya  bilan  o’zviy  bogikdir. 

Halk davlat hokimiyatini o’zi ishonch bildirib, saylagan deputatlari, davlat Prezidenti, hokimiyat va 

boshqaruv organlari orqali boshqaradi. Qonuniylikni demokratik tartiblarga buysunishini talab qiladi, 


 

88 


dkmokratik tartiblar o’z navbatida qonuniylikni mustahkamlash va rivojlanishida asosiy shartdir. Bu 

tamoil Konstitutsiyaning 13-moddasida belgilab qo’yilgan; «O’zbekiston Respublikasida demokratiya  

umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi,  ularga ko’ra, uning hayoti, erkinligi,  sha’ni, kadr-kimmati va 

boshqa dahlsiz huquqlari Oliy qadriyat hisoblanadi. 

  Demoratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi». 

2. Qonuniylik va huquqiy tartibot kafolatlari va ularning  ta’minlash usullari.  

     Jamiyatda qonunlar bilan kishilar O’zbekiston Respublikasida turli ijtimoiy munosabatlar tartibga 

solinib  qonunlar  hayotda  to’g’ri  qo’llaish  uchun  qonuniylikni    tegishli  usullar  orqali  amalga 

oshiriladi. Bunday  usullar davlat tomonidan belgilangan bo’lib, qonuniylikni kafolati deb ataladi. 

  Qonuniylikni amalga oshirish kafolati quyidagiarldan iborat; 

    Iqtisodiy kafolat.  O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi  53-moddasiga asosan jamiyatning 

iqtisodiy negizini bozor iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilga turli hil shakllardagi mulk 

tashkil  qiladi.  Davlat  istemolchilarining    huquq  ustunligini  hisobga  olib,  iqtisodiy  faoliyat,  

tadbirorlik    va  mehnat  q’ilish  erkinligini  hisobga  olib,  iqtisodiy  faoliyat,  tadbirkorlik  va  mehnat 

q’ilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng  huquqligini muhofaza qiladi. 

      O’zbekistonda  hususiy  mulk  va  boshqa  mulk  shakllarining  hilma-hilligi,  halkning  moddiy  va 

ma’naviy  farovonligini oshirishga hizmat qiladi. Bu esa fuqarolarning mehnat q’ilish huquqi, karigan 

chogida kasal bo’lmaganida, vaqtincha mehnat kobiliyatini yo’qotganida va boshqa hollarda ijtimoiy 

ta’minot olish huquqi uchun moddiy negiz yaratadi. 

     Siyosiy  kafolat.    Bu  O’zbekiston  Respublikasining  demokratik  huquqiy  davlat  ko’rishidan, 

huquqiy  davlat  esa  umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlarga  amal  q’ilishlik,  uning  siyosiy  tizimidan, 

shuningdek, davlat va jamiyat birlashmalarini  boshqarishda keng halk ommasining ishtirok etishini 

ta’minlaydi. 

    Mafko’raviy kafolat. O’zbekiston  Respublikasida  ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafko’ralar va 

fikrlarni  hilma-hilligi  asosida  rivojlanadi.  Hech  kasi  mafko’ra  davlat  mafko’rasi  sifatida  urnatilishi 

mumkin  emas.  Bu  hol  siyosiy  mafko’ra  ishidan  holi  bo’lib,  barcha  fuqarolrni  qonunlarni  hurmat 

q’ilish va qonunlarga ogishmay himoya etish ruhida tarbiyalaydi. 

    Huquqiy  kafolat.  Qonuniylikni  amalga  oshirish  uchun  barcha  huquqiy  normalarni  bajarish,  ular 

bo’zilgan  holatlarini  aniqlab  olish  usullari,  ,  qonun  bo’zilishini  oldini    olish,  qonunni  bo’zgan 

kishilarga nisbatdan turli jazo choralari; intizomiy, ma’muriy, fuqarolik va jinoiy choralar ko’rishdan 

iborat. 


    Jamoatchilik  kafolatlari.  Qonuniylik    va  huquqiy  tartibotni  mustahkamlash  faqat  davlat 

organlarining  ishi  bo’lmasdan,  bu  barcha  jamoat  birlashmalari,  kasaba  uyushmalari,  siyosiy 

partiyalar,  hotin-kizlar,  fahriylar  va  yoshlar  tashkilotlari,  ijtimoiy  uyushmalar,  omaviy  harakatlar  va 

fuqarolarning boshqa uyushmalrining vazifasidir. 

    Bu  kafolatlar  O’zbekistonda barcha halkning qonunlar va boshqa  normativ huquqiy hujjatlariga 

amal  qilib,  qonuniylikka  rioya  q’ilishni  va  ularni  huquqiy  jihatidan  tarbiyalab,  huquqiy  ong  va 

huquqiy madaniyatni rivojlantiradi. 

    O’zbekiston Rnspublikasida qonuniylik va huquqiy tartibotni bo’zgan kishilarga nisbatan mahsus 

usullar qo’llainiadi. Bu ishontirish va majbur q’ilish usullaridir. Ishontirish usuli keng halk ommasiga 

qonunlarni va huquqiy normalarni tushuntirish orqali, bularning ular ongining yetkazish yo’li bilan va 

boshqa  tarbiyaviy  choralar  ko’rish  yo’li  bilan  amalga  oshiriladi.  Majbur  q’ilish  usulida  qonunlar  va 

boshqa    huquqiy  normalar  bo’zilgan  holdadavlat  organlari  tomonidan  uning  kuchi  bilan  majburiy 

choralar ko’rish yo’li bilan majbur etish orqali amalga oshiriladi. 

3. Qonuniylik va huquqiy tartibotni mustahkamlashda huquqni muhofaza qiluvchi 

organlarning roli va o’rni. 

        O’zbekiston demoyeratik huquqiy davlat ko’rish uchun qonuniylik va huquqiy tartibotni amalga 

oshirish  va  mustahkamlash  uchun    huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar;  sud,  proko’ratura,  ichki 

ishlar, adliya va boshqalar muhim rol uynaydi. 

        O’zbekiston  Respublikasining  sud  tizimi  besh  yil  muddatga  saylanadigan  O’zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyaviy  sudi,  Oliy  sudi,  Oliy Hujalik sudi, Karoqolpogiston  Respublikasining 



 

89 


Oliy sudi, uning Hujalik sudidan shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, 

tuman, shahar va hujalik sudlaridan iyuorat. 

  O’zbektston Rnspublikasining Konstitutsiyaviy Sudi.  

    O’zbekison  Respublikasida  Konstitutsiyaviy  nazoratning  sud  organi  bo’lib  barcha  qonunlarni, 

Prezident  farmonlarini,  hukumat  va  davlat  hokimiyati  mahalliy  idoralari  qarorlarini  va  boshqa 

normativ huquqiy aktlarni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasina mosligini anhlaydi. 

     O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi.    Fuqarolik,  jinoiy  va  ma’muriy  sudlov  ishlarini  qonuniy 

ko’rish  uchun  sud  hokimiyatining  oliy  organi  hisoblanadi.  Oliy  sud  Qorakalpog’iston  Respublikasi 

Oliy  sudi,  viloyatlar,  shahar  va  tuman  sudlarining  sudlov  faoliyati  ustidan  nazorat  olib  borish 

huquqiga ega. 

    O’zbekiston Respublikasida  mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korhonalar, muassasalar, 

tashkilotlar va tadbirkorlar o’rtasidagi, iqtisodiy sohada va uni boshqarish sohasida vujudga keladigan 

hujalik  nizolarini  Oliy  hujalik  sudi  va  sudlar  ko’radi.  Sudlar  mustaqil  bo’lib,  faqat  qonunga 

buysunadilar, Ularning odil sudlovni amalga oshirishda hech kimning aralashishiga yo’l qo’yilaydi va 

bunlay aralashish uchun muvofiq javobgarlikka tortiladi. 

    Prokuratura  organlari  O’zbekiston  Respublikasi  Bosh  Proko’rori,  Qoraqolpog’iston  Respublikasi 

proko’rori,  viloyat,  shahar  va  tuman  proko’rorlari  kiradi.  Ularning  asosiy  vaziyaasi  mamlakatning 

barcha  hududida  qonunlarning  anh  va  bir  hilda  bajarilishi  ustidan  oliy  darajada  nazoratni  amalga 

oshiradi. O’zbekiston Rnspublikasi Konstitutsiyasining 120- moddasiga binoa, proko’ratura organlari 

o’z  vaklatlarini  har  qanday  davlat  organlari,  jamoaat  birlashmalari  va  mansabdor  shahslardan 

mustaqil holda, faqat qonunga buysunib amalga oshiradi. 

    Adliya  organlari-  bu  O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  Vazirligi,  hokimlar  boshchilik  qiladigan 

halk  deputatlari  viloyat  Kengashlari  koshidagi  adliya  bo’limlari  bo’lib,  ular  qonuniylik  va  huquqiy 

tartibotni  mustahkamlash,  davlat  tadbirkorlar,  jamoat  birlashmalari  va  fuqarolarning  huquqlari  va 

qonuniy manfaatalarini himoya qiladi. 

    Militsiya  organlari.  O’zbekiston  Respublikasi  Ichki  Ishlar  Vazirligi,  viloyatlar,  tumanlar  va 

shaharlarda hokimlar boshchilik qiladigan halk deputatlari Kengashlari ho’zo’ridagi boshqarmalar va 

bo’limlar kiradi. 

    Mamlakatda jamoat  tartibini saqlash, mulkni turli shakllarini qo’riqlash, korhonalar, muassasalar, 

birlashmalar,  mansabdor  shahslar  va  fuqarolaprning  huquq  va  burchlarini  qonun  bo’zilishlaridan 

himoya q’ilish militsiyaning eng muhim vazifasi hisoblanadi. 

 

HOZIRGI ZAMONNING ASOSIY  HUQUQIY TIZIMLARI



Reja: 

1.Hozirgi zamonning asosiy huquqiy tizimlari tushunchasi va turlari. 

2.Musulmon va hind huquqiy tizimi. 

3.O’zbekistonning zamonaviy huquqiy tizimi. 

       Huquqiy  tizim  -huquq  tizimi  va    yurisdiksiyaviy  (  huquqni  muhofaza    qiluvchi)  organlar 

tizimidan  tarkib  topadi.  Har  qanday  davlatning  huquqiy  tizimi  jamiyatda  muayayn  huquq  tartibotni 

o’rnatishga  qaratilgan. Jahondagi mavjud huquqiy tizimlarni tasniflashda etnik, irqiy, ju-rofiy diniy 

tushunchalardan  tortib  to  yuridik  texnika  va    huquq  uslubi  bilan  tugaydigan  xidma  xil  omillardan 

foydalaniladi.  R.David  tomonidan  berilgan  huquqiy  oilalar  tasnifi  eng  ommaviysi  bo’lib    chiqdi.  U 

din,  falsafa,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  tarkiblarni  o’z  ichiga  olgan  mafkura  hamda  huquq  manbalarini 

asosiy  tarkib  sifatida    qamrab  oluvchi  yuridik  texnikadan  iborat  ikki  mezoning    qo’shib  olib 

borilishiga  asoslangan.  R.David  uch  huquqiy  oila:  roman-german,  ingliz-sakson  va  totalitar  oilani 

ajratib  ko’rsatishga asoslangan –oyani ol-a  surgan. 

    Asosiy  huquqiy    oilalarni  aniqlashda    quyidagi  o’zaro  bo-liq  mezonlarning  uch  guruhi  muhim 

ahamiyatga molikdir. 1) huquqiy tizimlar tarixiy genezisi ( kelib chiqishi) 2) huquq manbalari tizimi; 

3) huquqiy tizim  tarkibi. 

    Roman –german huquqiy tizimi yoki kontinental huquq tizimi yevropada Rim, muqaddas diniy  va 

mahalliy  an’analar  asosida  yuzaga  kelgan  tizimlarni  o’z  ichiga  oladi  .  U  12-16  asrlar    mobaynida 



 

90 


italyan,  fransuz,  nemis  universitetlarida  YUstinian  qonunlari  to’plami  asosida  Rim  huquqini 

o’rganish  natijasida  tarkib  topgan.Bu    qonunlar  ko’pchilik  yevropa  mamlakatlari  uchun  umumiy 

bo’lgan  yuridik  fanni  shakllantirgandi.  Bu  ta’limotda  kodekslar,  maxsus  qonunlar,  ma’muriy 

farmoyishlar,  vazirlar  dekretlarining  ahamiyati  katta.Ammo  urf  odat  huquqning  mustaqil  manbai 

mohityatini  yo’qotgan. 

     Ingliz-  amerika  huquqiy  tizimiga  mansub  davlatlarda  sud  pretsedenti,  ya’ni  sud’yalar  tomonidan 

ularning  qarorlarida  ta’riflangan  normalar  huquqning  asosiy  manbai  bo’lib  xizmat    qiladi.  Masalan 

Qirollik sudlari faoliyati davomida asta sekin to’planib borgan qarorlar jamlanmasi tarkib topgan va 

keyinchalik  shu  sudlar  ulardan    qo’llanma  sifatida    foydalana  boshlagan.  Bu  huquqiy  oilada  «Sud 

himoyasi vositasi huquqdan muhimroq» degan ta’rifni kuzatish mumkin edi. 

     1787  yilgi  Amerika  Konstitutsiyasidan  keyin  AQSHda  inglizlarga  o’xshash  presedent  huquqini 

qonun  chiqaruvchilik  bilan  qo’shib  olib  boriladigan  dualistik  tizim  tarkib  topdi.  Sudlar  tomonidan 

shunda  ham  sudlar    qarorlariga  ishora    qilish  mumkin  bo’lganidagina  Amerika  huquqiy  tizimiga 

kiradi.AQSHda  Angliya  huquqida  bo’lmagan  Kodekslar  amal    qilsada,  xuddi  Angliyadagidek, 

qonunni qo’lanilishi uni sharhlashning sud pretsedentiga bo-liq bo’ladi. 

    Lotin Amerikasi huquqiy o’z asosiga ko’ra,kodekslashgan huquq tizimi bo’lib, bu yerda kodekslar 

yevropa  namunalari  asosida  tuzilgan.  Bu  huquqda    urf  odatlarning  manba    sifatidagi  roli  turli 

mamlakatlarda 

turli 

ko’rinishlarga  ega.  Masalan  Argentinada  Urugvayga  qaraganda 



yuqoriroq.Argentina, Braziliya,Venesuela, Meksika federatsiyalardir. Demak, federatsiya  bilan uning 

a’zolari  o’rtasidagi    vakolatlar  chegaralanishi  nazarda  tutilishi  lozim.SHuningdek,  sud  amaliyoti 

huquq manbai sifatida hisoblanadi.  

     Skandinaviya  (SHimol) huquqiy oilasi roman-german, ingliz amerika huquqiy tizimlarining ayrim 

x’ususiyatlarini  o’zida  mujassamlashtirgan.  Bu  huquqiy  tizimga    Daniya,  Islandiya, 

Norvegiya,Finlyandiya  va  SHvetsiya  mamlakatlari  kiradi.  aniyadagi  «Qirol  Kristaining  Daniya 

Qonuni»Mamlakat  quqi tarixidagi  eng  muhim hujjatlardan  biri  hisoblanadi. Qonunchilik  huquqning 

bosh  manbai  hisoblanadi.  Dengiz  va  savdo  bilan  bo-liq  odatlar  huquq  manba    sifatida  muhim 

ahamiyat kasb etadi. 

     Islandiyada 930 yildan buyon ya’ni u tashkil topgandan buyon huquqiy urf odatlar keng rivoj topib  

keldi.  Island  huquqi  manbalarining  bugungi  tizimini  Konstitutsiyasi,  Kodekslar,  qirollar  chiqargan 

ayrim qonunlar tashkil etadi.  

     Norvegiyadagi  huquqiy  urf-odatlarning  yozma  nusxalari  12  asrga  to’-ri  kelgan.Masalan  1150 

yildagi  «Gulating  qonunlari»,  1190  yildagi  «Frostating  qonunlari»  hozirgi  kunga   qadar to’laligacha 

saqlanib  qolgan. Norveg huquq tizimida qonun chiqaruvchi maqsadini aniqlashga yordam beruvchi 

huquqshunos olimlarning qonun moddalari sharhiga yoxud sud hukmlariga katta ahamiyat beriladi. 

    Finlyandiya    huquqi  tarixida  shved  davlatining  1734  yilgi  Asosiy  qonunlar  to’plami  muhim 

ahamiyatga  ega.rus  shved  urushi  natijasida  Rossiyaga  qo’shib  olingan  yerlarda  ham  shved  fin  

qonunlari o’z  kuchini saqlab  qolgan.SHu bilan birga shimol davlatlarining 1870 yildan boshlangan 

o’zaro  yaqinlashuv  jarayoni  ham  Fin  qonunchiligi  rivojiga  katta  ta’sir  ko’rsatdi.1919  yilga  kelib 

mamlkata SHimoliy davlatlar hamjamiyatiga rasmiy ravishda qo’shilgan. 

    SHvetsiyada  hozirgi  zamon  huquqiy  tizimiga  1734  yilgi  qonun  bilan  asos  solingan.  Bu  yerda  urf 

odatlar  va  sud  pretsedentlari  ham  manba    hisoblanadi.  Skandinaviya  huquqiy  oilasining  o’ziga  xos  

jihati huquq retsepsiyasining keng qo’llanilishidir. Masalan SHvetsiyada  qabul qilingan muayayn bir 

qonun, agarda Norvegiya davlati uchun ma’qul deb topilsa, ya’ni parlamenti tomonidan ma’qullansa, 

ushbu qonun Norvegiyada ham kuchga kiradi. 

    O’zbekiston  mustaqil  davlat  bo’lib,  o’zining  tizimiga  ega.  Huquq  tizimini  asosini  va  uning 

yangilanishini 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi 

asoslari  to’g’risidagi  qonun,  O’z  r  Konstitutsiyasi  va  boshqa  bozor    iqtisodiga  utish  to’g’risidagi 

normativ  huquqiy    hujjatlar  tashkil  qiladi.  Huquq  tizimi  jamiyat  taraqqiyoti  mahsuli  sifatida  hayot 

talablariga  muvofiq  ravishda  o’zgarib  boradi.  Shu  bilan  birga  huquq  tizimini    tashkil  topish  va 

rivojlanishi  ob’yektiv  holda  bo’lib,  uning  huquqiy normalar, huquq institutlari va huquq sohalariga 

ajratish  ham  ob’yektiv  harakterdagi  tamoiylariga  asoslanadi.  Shuning  uchun  O’zbekiston  iqtisodiy, 


 

91 


siyosiy,  madaniy  va  huquqiy  sohada  islohatlar  o’tkazib  uning  tizimiga  kiruvchi  huquq  sohalari 

yangilanib, rivojlanib bormokda. 

O’zbekiston  Respublikasi  mustaqil  davlat  bo’lib,  jaxonda  rivojlangan  davlatlar  va  sharqona  milliy 

urf-odatlar  asosida  ko’pgina  yangi  qonunlar  qabul  qiladi.  Jumladan  mulk  to’g’risida,  davlat 

tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish to’g’risida va boshqa bozor iqtisodiga utish bilan bog’liq 

bo’lgan ko’pgina qonunlar.  Bular O’zbekiston Respublikasining  huquq tizimini umumiy va hsusiy 

huquqka bo’linishiga olib keladi. 

           Burjuaziya  huquq  fanida  uning  huquq    tizimi  umumiy 

va  hususiy  huquqka  bo’linadi.  Huquqning  bunday  bo’linishiga  qadimgi  Rim  olimi  Ulpian  asos 

solgan.  Bu  nazariya  hozirgacha  burjuaziya  davlatlarida  saqlanib,  burjuaziya  olimlarining  fikricha 

huquqning  bunday  bo’linishi  tabiiy  bo’lib,    shahs  bilan  davlat  o’rtasidagi  va  hususiy    mulkka 

asoslangan  ijtimoiy  munosabatlardan  kelib  chiqqan.  Umumiy  huquq  davlatga  taalukli  bo’lib  unga 

davlat  huquqi,  jinoyat  huquqi,  ma’muriy  huquq  sohalari  kiradi.  Hususiy  huquq  alohida  shahslarga 

taalukli bo’lib, unga fuqarolik huuki, oila va nikoh huquqi, savdo huquqi va boshqa huquq sohalari 

kiradi. 

Sobiq  sovet  davlatida  huquqning  umumiy  va  hususiy  huquqka  bo’linishini  tan  olinmadi.  Chunki, 

huquqning bunday bo’linishi hukmron ekspluatatorlar sinfiga hizmat qiladi deb  

Demak, 


huquq 

tizimi jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy tuzilishi bilan belgilangan, ob’yektiv harakterga ega  

bo’lgan bir turdagi  ijtimoiy munosabatlarning tartibga soluvchi  huquqiy normalar huquq institutlari 

va  huquq  sohalaridan  iborat.  Har  bir  huquq  sohasiga  ijtimoiy  munosabatlarning  tartibga  soluvchi 

predmet va usullariga ega. 

O’zbekiston Respublikasining asosiy huquq sohalari quyidagiarldan iborat. 

 Konstitutsiyaviy  huquq  bu  huquq  sohasi  O’zbekiston  Respublikasida  davlat  hokimiyatini  amalga 

oshiish  shaklini,  fuqarolarning  huquqiy  holatini,  inson  huquqlari  va  erkinliklarini  kafolatlovchi 

huquqiy normalarni, ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi shaklini Oliy majlis, Prezident va Vazirlar 

mahkamasi  faoliyatini  saylov  tizimi,  Proko’ratura,  moliya  va  kredit,  mudoffa  va  havfsizlikka  oid 

huquqiy  normalar  yig’indisidir.  Bu  huquqning  manbai  mustaqil  O’zbekiston  Respublikasining 

Konstitutsiyasi, turli qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlardir. 

Ma’muriy  huquq  O’zbekiston  davlatini  boshqarishni,  uning  organlarining  tashkil  topish  tartibini, 

faoliyat  va  tamoiyllarini  ,  davlat  hizmatini  utash  shartlarini,  davlatni  boshqarishda  fuqarolarning 

huquq va burchlarini urgatadi. Bu huquqning manbai O’zining ma’muiy huquqbuzarlik to’g’risidagi 

kodeksi, Prezident farmonlari, qaror, farmoishlari va boshqa normativ hujjatlardir. 

Moliya  huquqi  -  O’zbekistonda  davlat  pul  muomilasini  va  moliyaviy  foliyatini  belgilash, 

kredet berish, sugo’rta, zayomlarni tarkatish va ularga yutuk berish, banklarga rahbarlik q’ilishga oid 

huquqiy  nurmalar  yig’indisidir.  Moliya  huquqining  nurmalari  O’zRning  Kanisitututsiyasida  byodjet 

to’g’risidagi  qonunda  banklar  va  bank  foliyati  to’g’risidagi  qonunda  va  boshqa  narmatuv  huquqiy 

hujjatlarda mustahkamlangan.  

 Fukoralik huquqi-aholining moddiy va manaviy ehtiyojlarini kondirish uchundavlat organlari, jamoat 

birlashmalari bilan fukoralar o’rtasidagi mulkiy (malum kimmatga ega bo’lgan buyum, ashyolar) va 

mulkiy  bo’lmagan  shahsiy  (fukoraning  nomi,  shakni,  kadr  kimmati)  munosabatlarini    tartibga 

soladigan huquqiy nomalar yig’indisidir.  

Fukoralik  huquqining  normalari  O’zRning  Konstututsiyasida,  fukoralik  to’g’risidagi  qonunda  va 

O’zRning Fukoralik Kodeksida ifodalangan.  

 Mehnat  huquqi-hodimlarni    mulkchilikni  barcha  shaklidagi  korhonilar,  muassasalar,  tashkilotlarda 

va fukoralarning mehnat shartnomasi buicha ishlayotgan jismoniy shahslarning mehnat q’ilishga oid 

munosabatlarni  urgatadi.  Bu  huquq  nurmalari  O’zRning  Konistututsiyasida,  O’zRning  Mehnat 

Kodeksi bilan tartibga solinadi.  

Yer huquqi-davlat mulki bo’lgan yerdan, undagi urmonlardan va boshqa boyliklardan foydalanish va 

uning  samaradorligini  oshirish  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  huquqiy  nomalar  yig’indisidir.  Bu 

huquq  nurmalar  O’zRning  Konstitutsyasi,  Yer  Kodeksida  va  boshqa  yer  to’g’risidagi  nomatuv 

huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.  


 

92 


Suv  huquq  ahloki  va  halk  hujaligi  uchun  suvdvn  to’g’ri  foydalanish  va  suv  ob’yektlarini  holatini 

yaxshilash munosabatlarini urgatadi. Bu huquq normalari O’zRning Konstitutsiyasida, Suv kodeksida 

va boshqa suv to’g’risidagi qonunlarda aks ettirilgan. 

Oila fuqarolarning nikohda bo’lish  shartlarini, er-hotin, ota-onalar, bolalar va oilaning boshqa  

a’zolari  o’rtasidagi  shahsiy  va  mulkiy  farzandlikka  olish,  vasiylik,    bolalarni  tarbiyalash,  nikohni 

bekor q’ilish, fuqarolik holati aktlarini kayd q’ilish tartibini va boshqa oila munosabatlarini  huquqiy 

normalar  bilan  tartibga  soladi.  Bu  huquq  normalari  O’zRning  Konsttutsyasida  va  O’zRning  Oila 

Kodeksida mustahkamlangan. 

Jinoyat huquqi -jamiyat uchun havfli bo’lgan qanday ijtimoiy havfli qilmishlar jinoyat ekanini 

aniqlaydi,  jinoyat  ekanini  aniqlaydi,  jinoyat  sodir  qilgan  shahslarga  jazo  choralarini  belgilaydi.  Bu 

huquq sohasining manbai O’zRning Konstitutsiyasi O’zrning jinoyat kodeksidan iborat. 

Jinoyatni  ijro  etish  huquqi  sudi  tomonidan  aybdor  deb  topilgan  shahslarga  nisbitan  jinoiy  jazo 

choralarini  ijro  etish,  jazoni  utash  tartibi  va  shartlarini, mahkumlarni  ahlokini  to’zatish va ularning 

kayta    tarbiyalaydigan  huquqiy    normalar  yig’indisidir,  Bu  huquq  manbai  O’zRning  jinoyatni  ijro 

etish  kodeksi va O’zRning Konstitutsiyasidir.. 

Jinoyat  protsessual  huquqi-  sud  ,  proko’ratura,  tergov,  surishtiruv  organlari,  advokatura  va 

fuqarolar  uchun  jinoiy  ishlarni  ko’rish  tartibii  urgatadi.  Bu  huquq  normalari  O’zRning 

Konstitutsiyasida va O’zRning Jinoyat protsessual kodeksida aks ettirilgan. 

Fuqarolik  protsessual  huquqi-sud  tomonidan  fuqarolik  ishlarini  ko’rayotganda  taraflarning 

huquq  va  burchlarini  belgilaydigan  huquqiy  normalar  yig’indisidir.  Bu  huquq  normalari  O’zRning 

Konstitutsiyasida va O’zRning fuqarolik protsessual kodeksida aks ettirilgan . 

Hujalik protsessal huquqi- hujalik sudi tomonidan har hil shakldagi mulkka ega bo’lgan korhonalar,  

jamoa  hujalklari,  hususiy  korhonalar  hamda  O’zbekiston  Respublkasi  boshqa  davlatlar  o’rtasidagi 

hujalik  nizolarini  tartibga  soladi.  Bu  huquq  normalari  O’zRning  Konstitutsiyasida  va  O’zRning 

hujalik protsessual kodeksida mustahkamlangan. 

Huquq  tizimda  har  bir  huquq  sohasining  paydo  bo’lishi  va  rivojlanishi  jamiyat  iqtisodiy 

taraqqiyotining  obyektiv      qonuniyat  lari  bilan  belgilanadi.  Masalan;  hozirgi  vaqtda  O’zbekiston 

Respublikasi  bozor  iqtisodiga  utish  davrida  hususiy  mulk  huquqi,  savdo  huquqi,  hujalik  huquqi, 

hujalik protsessual huquqi va boshqa yangi sohalari kiradi. Protsessual hukklarga jinoiy, fuqarolik va 

hujalik  protsessual    huquqi  va boshqa yayengi  huquq sohalari kiradi.  Protsessual huquqlarga jinoiy, 

fuqarolik va hujalik protsessual  huquq sohalari kiradi, Moddiy va protsessual huquq sohalari bir biri 

bilan o’zviy bo’lhdir. 

Huquq  tizimida  halkaro  huquq  alohida  urinni  egallaydi,  u  biron  davlatning  huquq  tizimiga 

kirmaydi.  Halkaro  huquq  turli  ijtimoiy  sistemadagi  davlatlar  o’rtasidagi  tinch-totuv  yashash 

tamoiylariga va ular o’rtasidagi diplomatik va boshqa turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.   

Xalkaro  huquqning  sub’yekti  faqat  davlatlar  bo’ladi.  Bu  huquqning  manbai  turli    halkaro 

shartnomalar,  bitimar,  konvensiyalar  va  boshqa  halkaro  normalar  hisoblanadi.  Halkaro  huquqning 

halkaro  umumiy  va  hususiy  sohalari  mavjud.  Halkaro  dengiz  huquqi,  halkaro  havo  huquqi,  halkaro 

kosmos huquqi va boshqa huquq sohalari muhim rol uynaydi.                                                                               

4. Huquq tizimi va huquqshunoslik fanlar tizimi. 

 Huquq tizimini yuqorida ko’rib utdik. Huquq tizimida  qonunlar va huquqshunoslik fanlar tizimi 

asos qilib  olinsada, lekin bular o’rtasida farq bor. Qonunlar yok normatif huquqiy hujjatlarning tizimi 

ya’ni  tartibga  solib  nashr  etish  quyidagi  2  hil  usul  bilan  amlga  oshiriladi.  Inkorparatsiya  va 

kdifikatsiyaya. 

Inkorparatsiya  (lotincha;  (Kushish»)  hayotda  amal  qilayotgan  qonun  va  boshqa  normativ 

hujjatlarning  mazmuniga  o’zgartish  kiritmasdan  hranologik  yoki  alifbo  tartibida,  sohalar  buyicha 

alhida tizimga solib, chiqariladi. Masalan; (1938-1971 yillarda chiqarilgan O’zSSr qonunlar tuplami. 

Inkorparatsiyaning  uch  turi  mavjud;  1.  Rasmiy  inkorparatsiya-qonun  va  boshqa  normativ 

huquqiy hujjatlarni ularni chiqaorgan davat organlari tomonidan tartibga solib, nashr etib chiqariladi. 

Masalan;  O’zbekisto  Respublikasining  Oliy  Majlisi  Oliy  vaqillik  organi  bo’lib,  qonun  chiqaruvchi 

hokimiyatni  amalga  oshiradi.  Qabul    qilingan    qonunlar  va  qarorlarni  har  oyda  chiqadigan 



 

93 


O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Ahborotnomasida  chiqaradi.  O’zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  mahkamasi  hukumati  amaldagi  qonunlarga  asosan  O’zbekiston  huquqida  barcha  organlar, 

korhonalar, muasasalar, tashkilotlar, mansabdor shahslar va fuqarolar tomonidan, bajarilishi majburiy  

bo’lgan qaror va farmoishlar chiqaradi. Bu qarorlar va farmoishlarni har oyda chiqadigan O’zbekiston 

Respudlikasi huquqmatining qarorlar tuplpmidp chiqariladi. 

2.Ofitsioz  inkorparatsiya      bunda  qonun  va  boshqa  normativ    huquqiy  hujjatlarning 

tartibga solishda vakolatli davlat organlari tomonidan tuplab chiqariladi. Masalan; O’zbekiston  

Rnspublikasining  Adliya  Vazirligi  tomonidan  nashr  klingan  qonunlar  va  boshqa  normativ  huquqiy 

hujjatlar tuplami. 

Norasmiy inkorparatsiya bunda qonun va boshqa normativ huquqiy hujjatlarning mahsus vakolati 

bo’lmagan  idora  va  tashkilotlar    tomonidan  chiqariladi.  Masalan;  O’zbekistonda  yuridik  «Adolat» 

tomonidan ko’p tomlik O’zbekstonning yangi qonunlarini nashr etib chiqarilishi. 

Kodeks  (lotincha  sadeh-kitob)  huquq  normalarining  huquq  sohalari  buyicha  tartibga  solingan 

normativ  huquqiy  hujjat.  U  qonunlarni  huquq  sohalari  buyicha    tartibga  solishning  eng  mukammal 

shaklidir.  Kodeks jamiyatda kishilar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini tartibga 

soladi. Masalan; O’zbeiston Respublikasining ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi, mehnat, jinoyat, 

fuqarolik, hujalik protsessual va oshka kodekslar. 

Huquqshunoslik  fanlar tizimi, huquq tizimida keng bo’lib, ko’pgina huquqshunoslik fanlarining 

nomi  huquq  tizimiga  to’g’ri  keladi.  Masalan;  jinoyat  huquqi,  fuqaroik  huquqi,  jinoyat  protsessual 

huquqi  va  boshqalar.  Aksincha  shunday  huquqshunoslik  fanlari  tizimi    borki,  ular  huquq  tizimiga 

to’g’ri kelmaydi. Masalan; davlat va huquq nazariyasi, davlat va huquq tarizi va hokozalar. 

Huquqshunoslik  fanlari  ham  sohalarga  bo’linadi,  lekin  ular  huquq  tizimi  sohalariga  mos 

kelmaydi. Huquqshunoslik fanlari quyidagi sohalarga bo’linadi; davlat va huquq nazariyasi va tarixi, 

konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquqi, yer huquqi, jinoyat huquqi va jinoyat protsessual huquqi, 

halkaro huquq va halkaro umumiy, hususiy huquq,  kriminalistika, kriminalogiya va hujalik huquqi. 

 Yuridik adabiyotda huquqshunoslik fanlari quyidagi asosiy 4 guruhga bo’linadi; 1.umumnazariy 

metadologik  va  tarixiy  fanlar (davlat va huquq nazariyasi,  davlat va huquq tarixi; 2. Mahsus huquq 

sohalari bilan bog’liq bo’lga fanlar (konstitutsiyaviy huquq, yer, suv, jinoyat huquqi va boshqalar); 3) 

halqaro va chet el huquqini o’rganuvchi fanlar (halkaro huquq va chet mamlakatlar davlat va huquq 

tarixi);  4)  amaliy  huquqshunoslik  fanlari    (kriminalistika,  sud  meditsina,  sud  psihatriyasi,  sud 

himiyasi va hokozalar). 

O’zbekiston  Respublikasining  huquq  tizimi  jamiyatda  kishilar  o’rtasidagi  ijtimoiy 

munosabatlarning uhshash  belgilariga qarab joylashtirilib, huquqiy normalar, huquqiy institutlari va 

turli  huquq  sohalaridan  iborat.  O’zbekiston  Respublikasi  bozor  iqtisodiga  utish  davrida  bu  huquq 

sohalari  kishilar  o’rtasidagi  turli  ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga  solishda  urin  va  mavkiye  usib 

bormokda. Shuning uchun jamiyat taraqqiy etishi bilan huquq tizimi ham rivojlanib bormoqda. 



Foydalanilgan adabiyo’tlar 

1.Karimov  I.  Ozbekiston  XXI  asr  bo’sag’asida :  havfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari,  va 

taraqqiyo’t kafolatlari.T. Ozbekiston, 1997. 

2.Mustaillik va huquq. T., 1997. 

3.Sattorov A. Qonun va inson huquqlari. N., 1999. 

4. O’zbekiston Respublikasi mustaillik qonunchilikni takomillashtirish masalalari.T., 1995  

2.  

5.Saidov  A.,  T0ojihonov  U.  Davlat  va  huquq  asoslari.  T.  O’zbekiston  Respublikasi  IIB 



Akademiyasi, 2002. 

4.  5.Saidov  A.,  Tojihonov  U.  Davlat  va  huquq  nazariyasi.  T.2.  O’zbekiston  Respublikasi  IIB 

Akademiyasi, 2001,   

5. Islomov Z.M. Davlat va xuquqning umumnazariy muammolari: xuquqni tushunish, xuquqiy ong 

va xuquq ijodkorligi. – T.: TDYuI. 2005.   

6. Saburov N. Davlat va xuquq nazariyasi. (savollar, ta'riflar, tushuncha va atamalar) G` O’quv-

uslubiy qo’llanma. TDYuI. T., 2005. 

7. Xolmo’minov q.T. Davlat va xuquq nazariyasi. O’quv qo’llanmasi. – T.: 2000.  



Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling