Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti «davlat va huquq nazariyasi»


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/16
Sana19.06.2020
Hajmi1.38 Mb.
#120245
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
davlat va huquq nazariyasi tarixi.


4. Yuridik javobgarlik turlari. 

    Shaxsni javobgarlikka tortish masalasini yechishda uning qilmishida xuquqbo’zarlikning tarqibini 

mavjudligiga ahamiyat berish xal qiluvch rol uynaydi, ya'ni xuquqqa karishi qilmishning ob'ektiv va 

sub'ektiv  tomonlarni  hamda  ob'ektiv  va  sub'ektiv  birgalikda  boglangan  xolda  o’rganish  masalaning 

mazmunini  ochib  berishga,  uni  konkretlashtirish  va  individuallashtirishga  yordam  beradi.  Xuquq  

bo’zilishining  turlariga  muvofiq  yuridik  javobgarlik  ham  to’rt  turga  bo’linadi:  Jinoiy  huquqiy, 

Fuqarolik huquqiy, Ma'muriy huquqiy,Intizomiy huquqiy javobgarlik. 

    Jinoiy huquqiy javobgarlik fuqarolar tomonidan ijtimoi  va davlat tuzimiga, mulk shakllari, xujalik 

tizimi,  shaxslar,  fuqarolarning  xuquq  va  qonun  bilan  ko’riklanadigan  manfaatlarga  va  xokozolarga 

karishi  tajovo’z  qilinganda  kelib  chiqadi.  Jinoyat  Kodeksida  ko’zda  to’tilgan  talablarni  bo’zish 

jinoyat xisoblanadi va shu jinoiy xarakat yoki xarakatsizlikka nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi. 

    Fuqarolik  -  xuquqiy  javobgarlik  fuqarolarning,  shaxslarning  mulkiy  munosabatlari  va  bu 

munosabatlar bilan bog’liq mulkiy xarakterda bo’lmagan shaxsiy munosabatlarga zarar yetkazganlik 

xolatlarida belgilanadi. Fuqarolik - xuquqiy javobgarlik Fuqarolik kodeksi, yer kodeksi, Oila kodeksi, 

Mexnat kodeksi va boshqalarda nazarda to’tilgan xolatlarda qo’llaniladi. 

   Ma'muriy - xuquqiy javobgarlik xuquqiy munosabatlarning bo’zilishi bilan bog’liq bo’lib, ularga – 

o’rnatilgan umumtartib qoidalarni bajarmaslik, masalan, yo’l xarakati qoidalarini va jamoat tartibini 

bo’zish,  tabiatni  muxofaza  etishga  qarshi  xarakatlar  va  boshqalar  kiradi.  Ma'muriy  –  huquqiy 

javobgarlik  bo’yicha  quyidagi  jazo  choralarini  kursatish  mumkin  :  ogoxlantirish;  jarima  solish; 

predmetni musodara qilish (xuquqni bo’zish quroli yoki ob'ekti bo’lsa); maxsus xuquqlardan maxrum 

etish (ov qilish, transport vositalaridan foydalanish va x.); ma'muriy hamoq; axloq to’zatish ishlari va 

boshqalar. 

   Intizomiy  -  xuquqiy  javobgarlikning  belgilanish  xolatlari  Mexnat  kodeksida,  ichki  mexnat  tartibi 

qoidalarida  hamda  maxsus  Nizomlarda  nazarda  to’tiladi.  Intizomiy  xuquq  menat  va  xizmat 

intizomlarini,  xarbiy  va  boshqa  intizomlarini  bo’zish  bilan  bog’liq  bo’lib,  ularga  idoraning  ichki 

tartib - qoidalarini bo’zish, ishga kech kelish yoki ishdan barvaqt ketish va x.kabi xollar kiradi. 

    Jinoiy va fuqarolik - xuquqiy javobgarlikni belgilash faqat sud va xujalik sudlari tomonidan amala 

oshiriladi. 

    Ma'muriy va intizomiy - xuquqiy javobgarlik ichki ishlar organlari, mansabdor shaxslar va tegishli 

vakolatga ega raxbar shaxslar (ma'muriyat) tomonidan amalga oshiriladi. 

    Yuridik  javobgarlikni  belgilashning  asosiy  maqsadi  jazolash  emas,  balki  xuquqning  umum 

maqsadlarini muayyan ifodasiga qaratilgan bo’lib, ular ijtimoiy munosabatlarning mustaxkamlanishi, 

tartibga  solinishi  va  himoyasida  o’zining  ifodasini  topadi.Bu  maqsadlar  o’z  navbatida  xuquqning 

tartibga  soluvchi  (regulyativ)  va  qo’riqlovchi  funktsiyalarini  amalda  bo’lishini  belgilaydi.  Yuridik 

javobgarlikning  asosiy  funktsiyasi  qonuniylik  va  xuquq  tartibotni  muxofaza  qilishdan  iborat. 

Muayyan  (konkret)  xuquqbo’zarga  nisbatan  javobgarlikning  qo’llanishi  birmuncha  tor  maqsadni, 



 

81 


ya'ni  aybdorni  jazolashni  ko’zlaydi.Bu  bilan  davlat  o’zining  majburlov  choralarini  amalga  oshira 

turib, yana boshqa bir maqsadni ko’zda tutadi - bu maqsad kelajakda xuquqbo’zarlikni sodir etishni 

oldini olishga yoki bu xakda ogoxlantirishga qaratilgan bo’ladi. 

    Bu  maqsadlar  o’z  navbatida  yuridik  javobgarlikning  funktsiyalarini  belgilab  beradi.  Ko’zlangan 

maqsadlarga  erishi  uchun  qo’yidagi  tamoyillarga  amal  qilinadi  :  qonuniylik;  adolatparvarlik; 

maqsadga  muvofiqlilik;  xuquq  bo’zilngan  xolda  javobgarlikning  muqarrarligi;  individuallik 

(javobgarlikni faqat xuquqbo’zarga nisbatan qulanillishi). 

    Qonuniylik. Bu tamoyilning moxiyati xuquq qoidaolari talablarini katiy va aniq tatbiqlidan iborat  

bo’lib,  yuridik  javobgarlikga  nisbatan  bu  talab,  uni  faqat  vakolatli  organlar  tomonidan  qonunda 

belgilangan asoslarda hamda urnatilgan tartibda amalga oshirilishidir. 

    Adolatparvarlik.  Bu  tamoyil  aybdor  bo’lmagan  shaxslarni  javobgarlikka  tortilish  xollariga  yo’l 

kuymaslikni  yoki  sodir  etilgan  qilmishning  isbotlanishi  zarurligini  talab  etadi.  Yuridik 

javobgarlikning adolatparvarlik tamoyili quyidagi rasmiy talablar tizimida o’z ifodasini topadi. 

-nojo’ya  qilmishlar uchun jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas; 

Javobgarlik ni belgilovchi va uni ogillashtiruvchi qonun orqaga kaytish kuchiga ega emas; 

xuquqni  bo’zilishi  natijasida  keltirilgan  zararni  koplash  zarurati  mavjut  bo’lsa,  yuridik 

javobgarlikni qo’llash orqali uning urni turdiriladi

Xar bir bo’zilgan xuquq uchun faqat bitta javobgarlik belgilanadi; 

xuquqbo’zarlik kim tomonidan sodir etilgan bo’lsa, faqat shu shaxs javobgarlikka tortiladi;  

Jazo turlari va choralari xuquqbo’zarlikning darajasiga (ogir yoki yegilligi ) bog’liq bo’ladi. 

xuquq bo’zilgan takdirda javobgarlikning mukarrarligi. Yuridik javobgarlik xuquqbo’zarlik bilan 

o’zluksiz bog’liq va bu bog’liqlikdan ushbu tamoyilning moxiyati kelib chiqadi. Ya'ni sodir etilgan 

xar qanday xuquqbo’zarlik uchun javobgarlikning qo’llanishi hamda uning mukarrarligi belgilanadi. 

Kishilarning ongida yuqoridagi bog’liqlikni, ya'ni xar qanday xuquqbo’zarlikning jazosiz kolmasligi 

to’g’risidagi  dunyoqarashni  shakllantirish  -  xuquqbo’zarlikning  darajasini  kamaytirishga  qaratilgan 

muxim omildir. 



    Maqsadga  muvofiqliq.  Sodir  etgan  qilmishga  nisbatan  javobgarlikning  muqarrarligi  bu 

tamoyilning  ma'nosini  anglatadi,  chunki  belgilanadigan  javobgarlik  maqsadga  muvofiqdir.  Yoki 

xuquqbo’zarni  qonuniy  asoslarsiz  javobgarlikdan  ozod  qilishga  yo’l  qo’yilmaslik  ham  maqsadga 

muvofiqlilikdir  va  x..  maqsadga  muvofiqlik  talablari  javobgarlikni  tatbiql  etishda  qonuniylik 

talablariga  zid  kelmasligi  kerak  va  aksincha,  maqsadga  muvofiq  emaslik  nuqtai  nazaridan  qonun 

talablarini bo’zish mumkin emas. 



    Individuallik.  Bu  tamoyilga  binoan  sodir  etilgan  xuquqbo’zarlik  uchun  faqat  aybdor  shaxsning 

o’ziga  nisbatan  javobgarlik  qo’llaniladi.  Javobgarlikni  aybdor  sub'ektdan  boshqa  sub'ektga 

o’tkazishga  yo’l  qo’yilmasligi  kerak.  Masalan,  ko’p  xollarda  raxbar  xodimlarning  ma'sulyatsizligi 

tufayli yo’l qo’yilgan xuquqbo’zarliklar uchun javobgarlik korxona yoki tashkilotlarning zimmasiga 

yuklatilishiga  xarakat  qilinadi.  Bu  tamoyilni  xayotga  to’g’ri  tatbiql  etish  uchun  xar  bir  xodimning 

funktsional  vazifalari  va  uning  bu  vazifalarini  bajarmaslik  oqibatida  kelib  chiqadigan  javobgarlik 

choralari doirasi qonunchilik va boshqa normativ xujjatlarda o’z aksini (ifodasini) topishi zarur. 

    Yuridik  javobgarlik  xuquq  normalari  qoidalariga  binoan  xuquqni  qo’llash  organning  qaroriga 

asoslanib yo’zaga keladi va uning faqtik asosi xuquqbo’zarlik xisoblanadi. 

    Shu  bilan  birga  xuquqbo’zarlik,  o’z  –  o’zidan  javobgarlikni  keltirib  chiqarmaydi  yoki  davlat 

majburlov choralarini qo’llashni yo’zaga keltirmaydi, balki bunday qo’llash uchun asos bo’ladi xolos. 

Real yuridik javobgarlikni amalga oshirish uchun esa vakolatli organnng xuquqni qo’llash akti zarur 

bo’ladi. Bunday aktlar sudning qarori. Ma'muriyat buyrugi bo’lishi mumkin. 

    Aybsizilk  prezumtsiyasi.  Gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi  yoki  sudlanuvchi  uning  jinoyat  sodir 

etishda aybdorligi qonunda nazarda to’tilgan tartibda iisbotlangunga va qonunda kuchga kirgan sud 

xukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblandi.  Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi 

o’zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas. 

    Aybdorlikka  oid  barcha  shubxalar,  basharti  ularni  bartaraf  etish  imkoniyatlari  tugagan  bo’lsa, 

gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi  yoki  sudlanuvchining  foydasiga  hal  qilinishi  lozim.  Qonun 


 

82 


qo’llanilayotganda  kelib  chiqadigan  shubxalar  gumon  qilinuvchining,  ayblanuvchining, 

sudlanuvchining foydasiga xal qilinishi kerak. Fuqaroning aybsizilk prezumtsiyasi - shaxsning xuquq 

va  erkinliklarini  mustaxkam  kafolatidir.  O’zbekiston  Respublikasi  Konstituttsiyasi  aybsizilk 

prezumtsiyasi  o’zining  ifodasini  topgan  bo’lib,  unda  jumladan,  shunday  deyiladi  :  "  Jinoyat  sodir 

etigan  likda  ayblanayotgan  xar  bir  shaxsning  ishi  sudda  qonuniy  tartibda,  oshkora  ko’rib  chiqilib, 

uning  aybi  aniqlanmaguncha  u  aybdor  hisoblanmaydi.  Sudda  ayblanayotgan  shaxsga o’zini ximoya 

qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlab beriladi…" 

    Bu  masala  O’zbekiston  Respublikasi  jinoyat  -  protsessual  kodeksining  23  -  moddasida  o’zining 

yorqin ifodasini topgan. 

    Yuridik  javobgarlik  va  qilmishning  xuquqga  xilofligini  istisno  qiluvchi  xolatlar  mavjud  bo’lib, 

ularga qo’yidagilar kiradi : 

Aqlinorosolik (shaxs o’zining xarakterlariga xisobot bermaydigan xollarda); 

Zaruriy  mudofaa  (shaxs,  jamiyat,  davlat  manfaatlar  ximoyasidan  kelib  chiqib,  zarar  yetkazuviga 

nisbatan zaruriy mudofaa doirasida qarshilik kursatish yoki zarar yetkazish); 

Oxirgi  zaruriyat  (shaxs,  jamiyat,  davlat  manfaatlari  xavf  tugdiradigan,  bu  xavfni  oldini  oltshga 

qaratilgan choralar doirasidagi xarakatlar); 

Ijtimoiy xavflilik darajasi bo’lmagan xuquqbo’zarliklar sodir etilganda

Kazus va x.  



 

   HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYAT. 

Darsning  maqsadi:  Talabalarda  qonyniylik  va  huquqiy  tartibot,  qonunchilik  tamoyillari, 

vazifasi kafolatlari to’g’risida bilim va  tushunchalar berish. Talabalarda konstitutsiya va qonunlarga 

nisbatan e’tiqodni shaklantirish. 

Dars  ko’rgazmasi:  Qonyniylik  va  huquqiy  tartibot,  qonynchilik  tamoyillari,  vazifasi,  kafolatlari 

chizmasi. 



Asosiy  so’z  va  tayanch  tushunchalar:  Huquqiy  ong,  huquqiy  madaniyat,  huquqiy  psixologiya. 

Qonunuylik, maqsadga muvofiqlik,                                   

                                                   R ye j a: 

1.Huquqiy ong va uning tuzilishi. 

2.Huquqiy ongni rivojlantirishda huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiyaning roli.  

Foydalanilgan adabiyotlar. 

1.Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.: O’zbekiston, 1994. 47-bet 

2.Karimov I.A. O’zbekiston:  bozor mynosabftlariga o’tishning o’ziga xos         yoli.T. O’zbekiston 

1993, 63-bet  

2.Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan T. O’zbekiston, 1996.   

3.Karimow I.A. O’zbekiston- bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga hos yoli. T. 1994,   

3.A. Temyr Temyr tuzuklari. T. Fan 1992,   

4. Tojihonov Y. Huquqiy mafkura va qonunga itoatkorlik. T. 1995 . 

5.  Boboyew  H.B,Odilqoriyev  H.  T.Davlat  ua  huquq  nazariyasi.  T.  «Iqtisodiyot  va  huquq  dunyosi» 

2000 y 


6. Konstitsiya ua qonunlar ustunligi- O’zbekiston taraqqiyotining kafolati. (1999 yil 17 noyabr ilmiy 

amaliy konferentsiya materiallari) T., “Adolat” 2000 y. 

7. Saidov A. Tojinonov U. Huquq nazariyasi. T. Adolat. 2001 y.  

8. Saidov A. Tojinonov U. Huquqiy madaniyat nazariyasi. T.IIB. “Akademiya”, 1998. 

                                                                  R ye j a: 

1.Huquqiy ong va uning tuzilishi. 

2.Huquqiy ongni rivojlantirishda huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiyaning roli. 

         Huquqiy  ong  bu  jamiyatda  kishilarning  huquq  to’-risidagi  qarashlaridir,  chunki  huquqiy 

normalar  jamiyatning  iqtisodiy,  siyosiy  va  madaniy  hayotida  kishilar  o’rtasida  turli  ijtimoiy 

munosabatlarni  tartibga  solishda  muhim  rol  o’ynaydi.Huquq  normalari  bilan  ijtimoiy 

munosabatlarni  tartibga  solishda  huquqiy  ong  ya’ni  kishilarning  huquqni  bilishligi,  huquq 


 

83 


normalarini  bajarishligin  katta  ahamiyatga  egadir.Huquqiy  ong  jamiyatda  ijtimoiy  ongning  boshqa 

shakllaridan  –  falsafa,  siyosat,  din,  axloqdan  farq    qiladi.  U  jamiyatda    ijtimoiy  ongning  maxsus 

shakli bo’lib hisoblanadi, chunki huquqiy ong keng tushuncha bo’lib, jamiyatda huquqiy normalarni 

qabul qilish, ularni turmushda  qo’llash, huquq to’-0risida bilimlarning, ya’ni huquqiy madaniyat va  

huquqiy tarbiya to’-risidagi murakkab ijtimoiy vazifalarni o’z ichiga oladi. 

     Huquqiy  ong    huquq  bilan  uzviy  ravishda  bo-liq.Huquqiy  ong  va  huquqning    munosabatlari 

uning quyidagi xususiyatlarida namoyon bo’ladi: 

jamiyatda  huquqiy  ong  qonun  va  boshqa  huquq  normalarini  qabul  qilishda  turli  –oyalarni 

rivojlantirishda, ularni qabul qilishda muhim rol o’ynaydi. 

Jamiyatda huquqiy ong barcha fuqarolarning, davlat organlarini, ayniqsa huquqni muhofazo’a  

qiluvchi  idoralar,  sud  ,  prokuratura,  ichki  ishlar  idoralari,  milliy  xavfsizlik  xizmati,  adliya 

organlari  va    mansabdor  shaxslarni  huquqni  hayotda  to’-ri  qo’llash  uchun  ular  bilan  turli 

ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyatga ega. 

Jamiyatda  huquqiy  ong  amadlagi  davlatning  harakatda  bo’lgan  huquqning  huquqiy 

me’yorlarini tartibga solishda, kodifikatsiya  qilishda muhim rol o’ynaydi. 

Jamiyatda  huquqiy  ong    boshqa  ijtimoiy  ong  shakllaridan  huquq,  majburiyat,  burch, 

huquqbuzarlik va unga qo’llaniladigan jazo  choralari bilan farq  qiladi. 

           Huquqiy ong davlatning huquqiy normalarni qabul qilish, huquqiy tashabbuskorlik faoliyatini 

amalga  oshirishda,  huquqiy  normalarni  turmushda    qo’llashda  ular  bilan  kishilar  o’rtasidagi  turli 

ijtimoiy  munosabatlarni  tarbibga  solishda  katta  ahamiyatga  ega.  CHunki  davlat  miyyosidagi  har  

qanday  qonun  va  boshqa  huquqiy  normalar  qabul    qilishdan  oldin  huquqshunos  mutaxassislar 

tomonidan  o’rganilib    chiqiladi.  SHuning  uchun  huquqshunoslar  siyosat  va    amaliyotni  yaxshi  

bilsa, qabul qilinadigan huquq me’yorlari  shunchalik mustahkam bo’ladi. 

          O’zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishgandan  so’ng  fuqarolarning  huquqiy  ongliligi 

natijasida,  huqushunos  olimlarning  faol  ishtirokida  bozor  iqtisodiyotining  huquqiy  asosini 

yaratuvchi ko’pgina qonunlar, Kodekslar  qabul qilindi. 

         Huquqiy ong huquq to’-risidagi  kishilarning qarashlarini o’rgatar ekan, u o’zining tuzilishiga 

egadir,  ya’ni huquiy mafkura va huquqiy psixologiyadan iborat. 

     Huquqiy mafkura deganda, jamiyatdagi turli sinflarning, tabaqa millat va elatlarning huquq to’-

risidagi  qarashlari tushuniladi. Jamiyatda qabul  qilinadigan davlatning asosiy qonuni Konstitutsiya 

va  boshqa  qonunlar,  huquqiy  normalar  jamiyatdagi    millatlar  va  elatlar  manfaati  nuqtai  nazaridan  

qabul  qilinadi. Huquqiy mafkura  har bir davlatda huquqdan tashqari, huquqshunoslik fanlarini ham 

o’z ichiga oladi. 

    Huquqi  ypsixologiya  deb  jamiyatdagi  har    bir  kishining  huquq  to’-risidagi  qarashlari,  bilimlari  

tushuniladi. Uning paydo bo’lishi va rivojlanishida jamiyatdagi barcha ijtimoiy guruhlar va  kishilar 

qatnashadi. SHuning uchun huquqiy mafkura va huquqiy psixologiya bir biri bilan bo-liqdir. 

    Jamiyatda  huquqiy  ongni  rivojlantirishda,  huquqiy  normalarni  qabul  qilishda  huquqiy  mafkura 

asosiy  hal    qiluvchi  rol  o’ynaydi.CHunki  huquqiy  mafkurajamiyatdagi  huquqiy  ustqarmaning 

mavjudligini,  talabga    javob  berishini,  huquqiy  normalarning  kishilar  o’rtasidagi  turli  ijtimoiy 

munosabatlarni  tartibga solib mustahkamlashga  va rivojlantirishga katta yordam beradi.  

      Huquqiy psixoloigya huquqiy mafkurani ta’minlab turuvchi ozuqadir.CHunki u huquq to’-risida 

alohida shaxslarni va jamoatchilikning huquqiy  ongidan tashkil topgan. 

    Huquqiy madaniyat kishilarning huquq to’-risidagi bilimga , qonunga bo’lgan hurmati, huquqiy 

me’yorlarni  bajarishi,  ularga  amal    qilmaganda  huquqbuzarliklar  sodir    qilinsa,  tegishli  jazo  

choralari olishiga aytiladi. 

      O’zbekistonda    demokratik  huquqiy  davlatni  shakllantirish  jamiyat,  mansabdor  shaxslar  va 

fuqarolarning  huquqiy  madaniyatini  oshirishni  talab      qiladi.  SHuning  uchun  huquqiy  davlatning 

muhim  beligsi-  bu  huquqiy  madanyatdir.O’zbekistonning  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishi  turli 

demokratik islohotlarni o’tkazishlarni talab  qiladi. Bu esa fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy 

madaniyatini  rivojlantirishni  talab    qiladi.Huquqiy  madaniyat  umuminsoniy  madaniyatning  bir  

qismi  hisoblanadi.  Unda  kishilar  qanchalik  madaniyatli    bo’lsa,  qanchalik  huquq  normalari  va 


 

84 


qonunlarni  bilsa,  yuridik  adabiyotlarni  bilib  ularga  amal    qilsa,  shunchalik  huquq  buzilishi  kam 

bo’ladi. SHuning uchun respublikamizda  kishilarning huquqiy madaniyatini oshirishga katta e’tibor 

berilmoqda. Jumladan, Oliy Majlisnnig !X sessiyasi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish to’-

risida  dastur    qabul    qildi.  Bu  dasturda    mamlakat  miqyosda  aholining  huquqiy  madaniyatini 

rivojlantirish  va  ,  huquqiy  savodxonligini  oshirish,  huquqiy  tarbiyani  yaxshilash,  yuridik 

adabiyotlarni  ko’paytirish,  xalqning  yuridik  sohada  bilimlarini  oshirishga  katta  e’tibor  berib, 

kishilarni  huquqiy  ongini  rivojlantirish  masalasi  qo’yildi.  Bu  borada  O’zbekiston  respublikasining 

hozirgi  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga  o’tish  davrida  huquqiy  demokratik  davlat    qurishda, 

qonunchilikni  mustahkamlashda    va  turli  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  siyosiy  islohotlar  o’tkazish  uchun 

aholini  huquqiy  jihatdan  tarbiyalash  va    huquqiy  madaniyatini  rivojlantirish  muhim  rol  o’ynadi. 

SHuning  uchun  hukumat  tomonidan  huquqiy  tarbiyani  yaxshilash,  huquqshunos  kadrlarni 

tarbiyalash  va  jamoatchilik  fikrini  o’rganish  ishini  yaxshilash  haqida    maxsus  farmonlar  qabul  

qilindi. Bu farmonlarda Respublika miqyosida aholini huquqiy tarbiyalash va huquqiy madaniyatin 

oshirish  davlat  siyosatining  asosiy  yo’nalishlaridan  biri  deb  belgilandi.  SHu  Faromnga  asosan 

respublika  miqyosida  huquqiy  tar-ibotni  amalga  oshirish  uchun  ToshDYUI  huzurida  huquqiy 

ma’rifat markazi tuzildi. Bu markazning bo’limlari viloyatlar adliya boshqarmalari huzurida tuzildi. 

Markazning vazifalari isfatida mamlakatda huquqiy ta’lim, tarbiya va huquqiy madaniyatga e’tibor 

berib, aholining huquqiy ongini rivojlantirish masalalari qo’yildi. 



 

QONUNIYLIK VA  HUQUQIY  TARTIBOT. 

 Darsning  maqsadi:  Talabalarda  qonyniylik  va  huquqiy  tartibot,  qonunchilik  tamoyillari, 

vazifasi kafolatlari to’g’risida bilim va  tushunchalar berish. Talabalarda konstitutsiya va qonunlarga 

nisbatan e’tiqodni shaklantirish. 

Dars  ko’rgazmasi:  Qonyniylik  va  huquqiy  tartibot,  qonynchilik  tamoyillari,  vazifasi,  kafolatlari 

chizmasi. 



Asosiy 

so’z 

va 

tayanch 

tushunchalar: 

Qonunuylik,maqsadga 

muvofiqlik,                                 

Iqtisodiy  kafolat,  ijtimoiy kafolat,  huquqiy     kafolat,  ma’naviy kafolat. 



Reja: 

1. Qonuniylik va huquqiy tartibot tushunchasi 

2. Qonuniylik va huquqiy tartibot kafolatlari, ularni ta’minlash usullari. 

3.  Qonuniylik  va  huquqiy  tartibotni  mustahkamlashda  huquqni  muhofaza  qiluvchi 

organlarning roli. 

Foydalanilgan adabiyotlar. 

1.Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.: O’zbekiston, 1994. 47-bet 

2.Karimov I.A. O’zbekiston:  bozor mynosabftlariga o’tishning o’ziga xos yoli.T. O’zbekiston 1993  

2.Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan T. O’zbekiston, 1996. 179-bet 

3.Karimow I.A. O’zbekiston- bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga hos yoli. T. 1994.  

3.A. Temyr Temyr to’zyklari. T. Fan 1992, 9-bet 

4. Tojihonov Y. Huquqiy mafko’ra va qonunga itoatkorlik. T. 1995 . 

5.  Boboyew  H.B,Odilqoriyev  H.  T.Davlat  ua  huquq  nazariyasi.  T.  «Iqtisodiyot  va  huquq  dunyosi» 

2000 y 

6. Konstitsiya ua qonunlar ustunligi- O’zbekiston taraqqiyotining kafolati. (1999 yil 17 noyabr ilmiy 



amaliy konferentsiya materiallari) T., “Adolat” 2000 y. 

7. Saidov A. Tojinonov U. Huquq nazariyasi. T. Adolat. 2001 y.  

8. Saidov A. Tojinonov U. Huquqiy madaniyat nazariyasi. T.IIB. “Akademiya”, 1998. 

1.Qonuniylik va huquqiy tartibot tushunchasi. 

    Qonuniylik    Qonuniylik  bu  O’zbekiston  Respublikasida  barcha  davlat  organlari,  jamoat 

birlashmalari, huquqiy hujjatlarning aniq va ogishmay bajarilishidir.  Qonuniylikning asosiy vazifasi-

O’zbekistonning ijtimoiy va davlat tuzimini mustahkamlash, bozor iqtisodini siyosatiga utish uchun 

mulkni turli shakllarini qo’riqlash, fukoralarning huquq va burchlarini mustahkamlashdir.  


 

85 


1. 

 Jamiyatda  qonuniylik  ikki  hil  ma’noda-aholining  davlat  tamonidan  bajarilishi  talab 

qilinadigan qonun-qoidalar tushuniladi. Bularga davlat tamonidan chiqarilgan konstitnsion va boshqa 

amaldagi  qonunlar,  barcha  normatuv  huquqiy  hujjatlar  kiradi.  Tor  manoda  aytganda,  qonuniylik 

davlat organlarining ish faoliyatida qonunlarga va boshqa normatuv huquqiy hujjatlarga amal q’ilishi 

kerak.  Chunki  O’zbekiston  Respublikasida  barcha  davlat  organlari,  mansabdor  shahslar,  jamoat 

birlashmalari,  fuqarolar  Konstututsiya  va  qonunlarga  asosan  ish  ko’radilar.  Mamlakatda  fuqarolik 

jamiyatini  hamda  xuquqiy  davlatni  shakllantirish  o’z  navbatida  jamiyatning  sifatli  yangi  pogona 

(axvol) ga erishishini. Jumladan, xuquq tizimi qonuniylik va xuquqiy tartibotning ham boshqa yangi 

bosqichiga erishmokligini talab etadi. 

2. 

qonuniylik va xuquqiy tartibot xuquqdan va uni tatbiql etishdan ajralmagan bo’lib, xuquqni  



tartibga  solish  solish  mexanizimida  ularning  alokasini  o’rganish  nazariy  izlanishlarning  dikkat 

markazida edi. 

     Bugungi  kunda  qonuniylik  tushunchasi  masalasida  olimlar  o’rtasida  ancha  baxs  va  tortishuvlar 

mavjud (P. A. Fefelov, N.V. Kro`lenko, N. G. Aliksandrov, P. ye. Nedbay, L. M. Ribinovich). 

      Bu to’g’risidagi jami fikrlarni umumlashtirib qonuniylikni quyidagcha talqin etish mumkin: 

     Qonuniylik – bu qonunlar va qonun osti aktlari barcha sub'ektlar tomonidan amal qilinishidir (A. 

V.  Molkko,  109  s.).Yoki  qonuniylik  –  xuquq  normalarini  barchalar  (sub'ekti)  tomonidan  birgalikda 

aniq va so’zsiz tadik etilishiga qaratilgan jamiyat hamda davlatning talabidir (S. A. Kamarov, 271 s). 

Qonuniylikni  asosiy  yurituvchisi  bo’lib  kishilarning  (V.  V.  Lazerev,  220  s.)  faoliyati  (xulqi) 

xisoblanadi. 

    Bu  yerda  kishilarning  faoliyati  qonuniylikning  xususiyatlari  normativ  yoki  xuquqni  qo’llash 

xujjatlarini to’g’ri qabul qilishda va qo’llashda namoyon bo’lishini belgilab beradi. 

    Chunki, bu xujjatlar (va munosabatlar)ning qonuniyligi yoki noqonuniyligi katta 

ahamiyatga ega. Jumladan, ba'zi normativ aktlarning aniq qonuniyligi (Konstitutsiyaga xilof qonun va 

normativ aktla  r) SSSRda 30-50 yillarda asosiz ravishdagi repressiyaga sababchi bo’lgan. 

    Qonuniylikning moxiyati (mazmuni) kup jixatdan uning tarkibidagi sub'ektlarga bog’liqdir. Ya'ni, 

ba'zi  olimlarning  fikricha,  sub'ektlar  tarkibioga  ijtimoiy  munosabatlar  ishtirokchilarining  barchasi 

kirishsa(davlat,  uning  organlari,  jamoiat  tashkilotlari,  shaxslar,  fuqarolar  va  boshqalar.)ba'zi  olimlar 

bu sub'ektlar doirasidagi fuqarolarni chiqarib tashlaydilar yoki ba'zi hollarda jamoat tashkilotlarini bu 

tarkibiga kirishtirmaydi. 

     Shunday  qilib,  qonuniylikning  sub'ektlar  doirasini  kiskartirish,  uning  umumiylik  va 

umummajburilik  goyaasini  bo’zadi,  qonun  oldidagi  barchaning  tengligi  printsipi  bo’ziladi,  amalda 

qonuniylik  rejimini  pasayishi  (susayishigsha)  olib  keladi  (masalan          Stalinning  shaxsiga  siginish 

davrida  zurovonlik  va  qonunsizlikka  olib  kelgan  bo’lsa,  turgunlik  yillarida  korruptsiyaning 

rivojlanishiga sabab bo’ldi).  qonuniylik uchun 2 tomonning bo’linishi (A. V. Molkko, 109 s.).zarur: 

-  adolatli, ilmiy asoslangan, qonunlarning bo’lishi (moxiyat jixatidan); 

-  ularni bajarilishi, aksincha eng yetuk qonunlar borligi ham kamlik qiladi (rasmiy tomoni) 

      Huquqiy    ijtimoiy  munosabatlarning  regulyatori  sifatida  o’z  funktsiyalarini  ijtimoiy  amliyotda 

xuquq  normalariga  amal  qilish,  bajarish,  foydalanish  va  ularni  qo’llash  jarayonlari  orqali  bajaradi, 

shuning uchun ham qonuniylik toki xuquqlarning xuquqiy rejimi bo’lib xisoblanadi. 

      Qonuniylik printsiplariga quyidagilar kiradi : 

1.  Qonuniylikning  birligi  (normativ  aktlarni  tushunish  va  qo’llash  mamlakatning  butun 

teritoriyasida (xdudi) bir xila bo’lishi zarur); 

2. konstitutsiya va qonunning ustunligi (Konstitutsiya va qonunlarga boshqa barcha individual 

xuquqiy aktlarning buysunishi; qanday va kanaka organ tomonidan chiqarilishidan kat'iy nazar, agar 

u akt qonunga xilof bo’lsa, qonuniylikning bo’zilishi xisoblanadi); 

3.  fuqarolarning  xuquq  va  erkinliklarini  kafolati:  bir  tomondan,  qonuniyliksiz  fuqarolarning 

xuquq va erkinliklari tatbiql etilishi mumkin emas, qonuniylik ularning kafolai bo’lib xizmat qiladi, 

ikkinchi  tomondan,  xuquq  va  erkinliklarning  o’zi  va  ularning  mavjudligi  yoki  amalga  oshishi 

qonuniylikning axvolini va jamiyatda demokratiyaning kursatkichi bo’lib xisoblanadi; 



 

86 


4.  qonuniylikning madaniyat bilan bog’liqligi (jamiyat va mansabdor shaxslarning    madaniyat 

darajasiga  qonuniylikning  axvoli  bog’liqdir  va  aksincha  qonunchilikga  amal  qilish  jamiyat 

madaniyat darajasi kursatkichining asosiy shartlaridan biri bo’lib xisoblanadi). 

5.  qonuniylikning  maqsadga  muvofiqligi  bilan  bog’liqligi  (maqsadga  muvofiqligi  bilan 

qonuniylikning  karama  -  qarshiligiga    yo’l  kuymaslik:  maqsadga  muvofiqligini  vaj  qilib  qonun 

cheklab utmaslik, u qonun ramkasida bo’lishi zarur). 

      Qonuniylik  va  huquqiy  tartibotni  ta'minlash  asosiy  ko’roli  sifatida  yuridik  ilmda  kafolat  va 

qonunchilikni ta'minlash usullari tushuniladi. 

      Kafolat  -  bu  qonun  va  qonun  osti  aktlarini  amal  qilishini  ta'minlovchi,  fuqarolar  xuquqlarini 

hamda  davlat  va  jamiyating  manfaatlarini  tusiklarsiz  amalga  oshiruvchi  ko’rol  (usul,  yo’l)  yoki 

shartlardir (sharoitlar). 

  Yoki  kafolat  deganda  jamiyatning  yashashi  (mavjud  bo’lishi)  uchun  zarur  ob'ektiv  shart    - 

sharoitlarni,  yoki  barcha  sub'ektlar  uchun  bajarilishi  shart  bo’lgan  xuquq  normalarining  davlat  va 

jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan maxsus usullar (ko’rollar) dir. 

 Karolatning quyidagi turlari ajratiladi :  

 Sotsial - iqtisodiy (bu jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilikning turli shakllari, 

iqtisodiy erkinlik va b.); 


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling