Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti «davlat va huquq nazariyasi»


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana19.06.2020
Hajmi1.38 Mb.
#120245
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
davlat va huquq nazariyasi tarixi.


                 

Huquq va iqtisodning bog’liqligi. 

    Barcha    boshqa  ijtimoiy  o’zaro  bog’liqlar  kabi  iqtisodiy  munosabatlar  normativ  shaklda 

(ko’rinishda)  mustaxkamilangan  bo’lsagina,  barqaror  amalda  bo’lishi  mumkin.  Normativ  shakllar 

xilma-xil  bo’lib,  ularning  orasida  faqat  xuquq  iqtisodiy  munosabatlarning  moxiyatiga,  ularning 

bozor bilan bog’liq tabiatiga javob bera oladi. 

    Barcha  iqtsodiy  munosabatlar  tsiklining  yuridik  asosi  sifatida  mulkka  egalik  xuquqi  yo’zaga 

chiqadi. 

    Huquq  iqtisodiy  o’z-o’zini  boshqarish  usulidir.  Bozor  iqtisodiyoti  davrida  mol  yoki  xizmat 

talabdan  kelib  chiqkan  xolda  tartibga  solinadi.  Buning  uchun  esa  barcha  mulk  egalari  yuridik 

jixatdan  erkin  bo’lishlari  zarur,  chunki  ularning  o’zlari  mustaqil  ravishda  qancha  ishlab  chiqish 

kerakligini va kaysi baxodan sotishini va b. yechishlari darkor. Yuridik erkinlik – iqtisodiy zaruratni 

anglashning muxim shartlaridan biridir. 

 

Huquq va siyosat. 



Huquq  siyosatga  bir  qancha  yunalishlar  buyicha    ta'sir  kursatadi,  jumladan:  ommaviy 

xuquqvositaligida  (Konstitutsiya,  Konstitutsiyaviy  qonunlar)  jamiyatning  siyosiy  tizimi 

mustaxkamlanadi; saylov tizimining amal qilish mexanizmi (saylo xuquq, xokimiyat taksimlanishi 

va x.k.) va fuqarolarning siyosiy erkinligi ta'minlanadi. 

   Hokimiyatga qarshi xarakat xuquqqa qarshi xarakat deb xisoblanadi. 

Huquq insonlarning xuquqiy erkinliklarini ta'minlaydi, kafolatlaydi, tatbiql etadi. 



 

47 


Huquq  va  madaniyat:  Huquq  ijod  uchun,  madaniy  boyliklarni  yaratish  uchun,  insonning 

madaniyatini rivojlantirish uchun optimal sharoit yaratadi.  Huquq 

asosida 

xuquq 


madaniyati 

shakllanadi,  uning  (tarkatuvchilariya)  tashuvchilari  bo’lib  jamiyat,  davlat  organlari,  mansabdor 

shaxslar, ijtimoiy guruxlar, siyosiy vaqillar va fuqarolar yo’zaga chiqadilar. 

              4. Huquqning moxiyati xaqida turli nazariyalar. 

Xuquq  va  uning  kelib  chiqishi  xakidagi,  shuningdek,  uni  normativ    tartibga  solish  tizimi 

to’g’risidagi  qarashlar  jamiyatning  rivojlanish  jarayoniga  karab,  xuquq  xakidagi  ilmning  usishiga 

karab hamda ob'ektiv va sub'ektiv faktorlarning ta'siriga karab o’zgarib to’rgan. 

 

Huquq to’g’risidagi tushunchalar ma'lum ilmiy yunalishlar, maktablar bo’yicha tasniflanadi: 



       Tabiiy  xuquq  nazariyasi  (maktabi);        Tarixiy  xuquq  nazariyasi,  Real  xuquq  nazariyasi;  

Normativ  xuquq  yunalishi  nazariyasi;  Sotsiologik  (ijtimoiy)  xuquq  nazariyasi.              Psixologik 

nazariyasi, Materialistik xuquq nazariyasi,    Teologik xuquq nazariyasi va  b. 

       Teologik  nazariya.  Uning  vaqillari  Aristotel,  Akvinskiy  va  boshqalar.  Bu  ta'limot  xuquqning 

paydo  bo’lish  va  moxiyatini  xudoga  bog’lab  iloxiylashtiradi.  Xuquq  fuqarolarga  xudo  tomonidan 

berilgan, u abadiy uni bajarish barcha uchun majburiydir. 

       Realistik  xuquq  maktabi.  realistik  xuquq  maktabi  vaqillari  xuquq  tashqi  faktorlar  asosida 

yo’zaga  keladi  va  rivojlanadi  deyishadi.  Bunday  faktor  bo’lib  manfaatlar  xisoblanadi  (asoschisi 

tanikli yurist Rudholf Ieringdir). Shuningek, bu nazariya xuquq davlat tomonidan qabul qilingan va 

barcha  uchun  umummajburiy  bo’lgan  normalar  yig’indisi  deb  kursatiladi.  Uning  vaqillari    nemis, 

olimi R.Cherving, rus olimi D.A.Muromtsev, AQSh olimlari D.Frank, K.Levillin va  boshqalar.     

  Psihologik  xuquq  maktabi.  psixolgik  nazariya  –  XX  asr  boshlarida  tarqalgan  nazargiya 

bo’lib,uning vaqillari nemis olimi L.Knapp, Frantsiyalik G.Tard, rus olimlari va  Karkunov bo’lgan. 

Bu  ta'limot  xuquqning  paydo  bo’lishi  va  moxiyatini  insonning  psixikasiga  bog’lab,  xuquq  -  bu 

kishlarning  kechinmalari,  o’ylanish  fikrlaridan  iborat  deb,  xuquqning  tabiiy  va  pozitivligini  uning 

jamiyatning moddiy xayoti bilan boq’liqligini tan olmaydi.Uning asoschilari L.I.Petrojitskiy, Dyugi, 

Merill, Ross va b. xuquq turmush xodisalarining psixik dunyosi bilan bog’liqdir deyishadi. 

    Markcha-Lenincha  huquqiy  nazariya  materialistik  ta'limotga  asosan  ibtidoiy  jamoa  tuzimining 

yemirilishi  bilan  xususiy  mulk  paydo  bo’lib,  jamiyat  qarama-qarshi  sinflarga  bo’linishi  sababli 

huquq  paydo  bo’lgan.  Materialistik  huquq  nazariyasi  ularning  fikricha,  xuquq  iqtisodiy  hukmron 

sinflarning erkini ifodalanishi va mustahkamlanishidir. 

    Tabiiy  huquq  nazariyasining  mazmuni  shundan  iboratki,  ya'ni  davlat  tomonidan  yaratiladigan 

pozitiv  huquq  boshqa  undan  yuqoriroq  turadigan  hamda  hamma  uchun  umumiy  bo’lgan  tabiiy 

huquqdan  iboratdir.  (yashash  xuquqi,  erkin  rivojlanish,  mexnat  qilish,  jamiyat  va  davlat  ishlarida 

ishtirok etish va b. huquqlari). 

  Uning asoschilari Lokk, Russo, Monteske, Golbak, Radishev va boshqalardir. 

   (O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 moddasida yashash xuquqi «kishining ajralmas 

xuquqi» sifatida mustaxkamlangan). 

    Tarixiy xuquq nazariyasi  – bu  nazariya vaqillari xuquqni xalqning ruxiy ifodasi deb qarashgan, 

ya'ni  bu  tarixiy  jarayon  davomida  sekin-asta  yig’ilib  shakllangan  (qonunchilik  xokimiyati  va 

davlatga bog’liq bo’lmagan xolda) deyishadi. 

     Qonunshunos xuquq sifatida shakllangan xolatni qayd qiladi xolos deb qarashadi. 

     Normativ yunalish nazariyasi – vaqillarining fikricha xuquqni ijtimoiy xayotni tashqaridan turib 

kishilarning talablarini qondirish maqsadida tartibga solishdir deyishadi.  



Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 

1.Huquq nima? 

2.Huquqning belgilarini anhlang? 

3.Ob'yektiv huquq va sub'yektiv huquq nima? 

4.Huquqning mohiyati nimada? 

5.Davlat va huquqning o’zaro munosabatlarini aniqlang. 

6.Huquq va axloq o’rtasida qanday farqlar bor? 

7.Tabiiy va pozitiv huquq nima? 



 

48 


8.Hozirgi vaqtda xuquqning mohiyati haqida qanday qarashlar mavjud? 

9.Huquqqa extiyoj nima sababdan paydo bo’ladi? 

10.Huquqning vujudga kelishi to’q’risidagi qanday nazariyalar mavjud? 

11.Huquqning kelib chhishiga doir nazariyalarning xilma-xilligining sababi nimada?  



  HUQUQ  MANBALARI VA FUNKSIYALARI. 

                                                      Reja: 

1.  Ijtimoiy normalar tizimi va unda huquqning o’rni.  

2.  Huquq manbalari. 

3.  Huquq funksiyalari. 

                   Ijtimoiy normalar tizimi va unda huquqning o’rni. 

   Kishilar o’rtasidagi munosabatlar kishilik jamiyati paydo bo’lish davridan boshlab ahloq 

normalari bilan tartibga solina boshlangan. 

    Ahloq-  ijtimoiy  normalarning  eng  asosiysi  hisoblanib,  muayyan  jamoa  a’zolari  tomonidan  rioya 

qilinishi shart bo’lgan yurish-turish qoidalaridir. 

    Ahloq -  kishilarning  bir-birlariga,  oilaga,  Vatanga,  jamiyatga bo’lgan munosabatlarida namoyon 

bo’ladigan hatti-haraktlar yig’indisidir. Ahloq har bir kishining xulqini ko’rsatadi.  

   Ahloq normalari -  yaxshilik  va  yovuzlik,  vijdon, sha’n, qadr-qimmat, adolat va  nohaqlik, burch 

va  mas’uliyat,  baxt  haqidagi  ahloqiy  tushunchalarga  muvofiq  ravishda  jamiyatda  o’rnatilgan xulq-

atvor qoidalaridir. Ahloqiy tushunchalar o’zining majmuasiga muvofiq keng qirrali hisoblanadi.  

    Tarix  shundan dalolat  beradiki, birgalikda yashashning ko’p asrli tajribasini mujassamlashtirgan 

umumiy  axloq  normalariga  qattiq  amal  qilgan,  jipslashgan  xalqlargina  omon  qolishgan,  ofatlarga, 

hujumlarga  muvaffaqiyat  bilan  bardosh  bergan.  Ana  shu  qoidalarni  buzganlarni  jamoatchilik 

qoralagan. 

    Jamiyatdagi munosabtlar ijtimoiy normalar orqali tartibga solinadi. 

Norma-bu hulq-atvor qoidalaridir

Ijtimoiy normalarning quyidagi turlari mavjud: 

  Ahloq normalari; 

  Jamoat birlashmalari normalari; 

  Milliy urf odat normalari; 

  An’ana normalari; 

  Marosimlar normalari; 

  Diniy normalar; 

  Siyosiy normalar; 

  Huquqiy normalar va boshqalar.  



Axloq  normalari  inson  hayoti  bilan  chambarchas  bog’lanib  ketgan,  inson  ongida  juda 

uzoq yillar mobaynida shakllangan tuygular - ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, burch va 

mas’uliyat, adolat va nohaqlik, mehribonlik va shafkatsizlik, hurmat va hurmatsizlik kabilarga mos 

ravishda  o’rnatilgan  xulq-atvor  qoidalaridir.  Masalan,  avtobusda  ketayotganda  keksa  bir  odam 

chiqsa  unga  joy  berish  ahloqiy  normani  bajarishni  bildiradi.  Qariya  joy  so’ramaydi,  lekin  ahloq 



normalari joy beruvchini shunga majbur qiladi. 

   Jamoat  birlashmalari  normalari  -  barcha  tashkilotlar  o’rtasidagi,  shuningdek  bu  tashkilot 

a’zolari  o’rtasidagi  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  xulq  -  atvor  qoidalaridir.  Jamoat 

birlashmalari  normalarning  boshqa  normalardan  farqi  shundaki,  ular  o’z  maqsadlaridan  kelib 

chiqqan  holda  ma’lum  tartib  qoidalar  ishlab chiqadi  va jamiyat rivojiga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, 

xotin-qizlar  jamiyati  oila,  ayol,  farzand,  ota-ona  bilan  bog’liq  munosabatlarni,  “Kamolot” 

jamg’armasi  yoshlar,  ularning  jamiyatdagi  o’rni,  bilimi,  xulqi,  odobi  bilan  bog’liq  munosabatlarni 

belgilaydi va tartibga soladi. 



   An’ana normalari - hayotda muhim o’rin tutgan qadriyatlarni asrash maqsadida yuzaga kelgan 

xulq  -  atvor  qoidalaridir.  Masalan,  ming  yillar  davomida  shakllanib  kelayotgan  o’zbek  milliy 

to’ylari, taomlari, liboslar,  óylarning tuzilishi, uy-ro’g’or anjomlari, hasharlar va boshqalar an’ana 

normalari asosida tartibga solinadi. 


 

49 


Marosim  normalari  -  an’analardan  kelib  chiqqan  holda  o’tkaziladigan  rasm-rusumlarni 

bajarishdagi  qoidalaridir.  Masalan,  milliy  to’ylariga  bog’liq  yuzlab  rasm-rusmlarni  keltirish 

mumkin  (to’ylarda  albatta  karnay-surnaylarning  bo’lishi,  olov  yoqilishi,  nahorga  osh  tortilishi, 

to’ylarni o’tkazishda mahalla-kuyning faolligi va boshqalar). 

    Diniy  normalar  -  dinga  e’tiqod  qiluvchilar,  dindorlar,  diniy  tashkilotlar  (masjid,  cherkov, 

madrasa  va  boshqalar)  hayotini,  shuningdek,  diniy  marosimlarni  tartibga  soluvchi  xulq  -atvor 

qoidalaridir.  Masalan,  O’zbekiston  aholisining aksariyat qismi dinga, xususan musulmonlar, islom 

diniga e’tiqod qiladi.  



   Siyosiy  normalar  -  alohida  shaxslar  (siyosatchilar)  va  siyosiy  birlashmalar  (partiyalar, 

harakatlar)ning hokimiyatga munosabatini tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalaridir.   

   Huquq normalari - davlat tomonidan o’rnatiladigan, kafolatlanadigan va muhofaza qilinadigan, 

barcha uchun umumiy majburiy bo’lgan xulq - atvor qoidalaridir.  

    Huquqning  ijtimoiy  normalar  orasida  tutgan  o’rni  beqiyosdir.  Huquq  ijtimoiy  munosabtlarni 

tartibga  soluvchi  tizim  sifatida    insoniyat  jamiyati  taraqqiyotining  qonunlarga  muvofiq  ravishda 

rivojlanadi. Huquqning asosiy mohiyati muayyan jamiyatda kishilar o’rtasida kelishuvni ta’minlash 

fuqarolar  osoyishtaligini  saqlashga  ko’maklashish,  davlat  ishlab  chiqqan  iqtisodiy  –  siyosiy  va 

ijtimoiy siyosatni amalga oshirish orqali jamiyat taraqqiyotini ta’minlashdan iboratdir.           

Huquq  bu  qonunlar  yig’indisi  bo’lib  muayyan  xatti-harakatlar    qoidalari  sifatida    turli 

davrlarda  va jamiyatlarda o’ziga xos hususiyatlarga ega bo’lgan. Huquqning shakllariga davlat olib 

borayotgan adolatli siyosati, tarixiy milliy an’analar ta’sir qiladi.                   

                    Huquq funksiyalari. 

   Huquqning asosiy funksiyalari ya’ni vazifalari quyidagilardan iborat: 

   Tartibga  solish.  Huquq  hayotning  har  bir  sohasiga  joriy  qilinishi  natijasida  jamiyatdagi  barcha 

ijtimoiy munosabtlarni tartibga soladi. Jamiyat a’zolarining faol xulqini ta’minlaydi.  

   Muhofaza  qilish.  Bu  funksiya  orqali  barcha  huquqiy  qoidalar  himoya  qilinadi,  ular  buzilsa  javobgarlik 

choralari belgilanadi, shu bilan birgalikda  huquq barcha shaxslar zimmasiga ma’suliyat yuklaydi.  

    Huquqning  funktsiyalari  kishilar  o’rtasidagi  ijtimoiy  munosabatlarni  xuquqiy  tartibga  solish  va 

ularni rivojlantirish bilan bog’liq asosiy vazifldardan kelib chiqadi. 

    Huquq  funktsiyalari-  bu  avvvalom  bor,  uning  maxsus  xususiyatlari,  belgilarning  yo’zaga 

chiqishida  ko’rinadi.  Funktsiyalarda  xuquqning  erkinligidan  (  mustaqilligidan)  kelib  chiqadigan 

belgilari mujassamlashadi. 

    Shuning  uchun  xuquq  funktsiyalari  ijtimoiy  munosabatlarga  ta'sir  etishning  asosiy  yuknalishlari 

xarakterlovchi belgilarini ajratib kursatish mumkin. 

   Huquqiy funktsiyasining belgilarining quyidagilarini kursatish mumkin: 

    Huquq  funktsiyalari  uning  moxiyatidan  kelib  chiqib,  jamiyatda  xuquqning  vazifasi  bilan 

aniqlanadi; 

    Huquqiy  funktsiyalari-  bu  ijtioiy  munosabatlarga  ta'sir  etish  yunalishlari  bo’lib,  uning  amalga 

oshirishga bo’lgan talab, xuquqni ijtimoiy xodisa sifatida zarurligini bildiradi

    Huquqiy  funktsiyalarining  eng  muxim  tomonlarini  kursata  turib,  xuquqni  rivojlantirish 

bosikichidagi uning oldida to’rgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan; 

     Huquqiy  funktsiyalari  ijtimoiy  munosabatlarning  ma'lum  turlarini  tartibga  solishga  qaratilgan 

uning aktiv xarakatlari  yunalishidir; 

      Huquqiy fuknktsiyalari o’zining doimiyligi hamda o’zluksiz xarakatdaligi bilan ajralib turadi. 

        Huquq funktsiyalari tizimini 5 ta guruxga bo’lish mumkin: 

   Umumxuquqiy funktsiyalar, (barcha xuquqiy soxalariga taalukli); 

   O’zarosoxaviy funktsiyalar (ikkita va undan kup, ammo barcha xuquqiy soxalariga emas); 

   Soxaviy funktsiyalar (konkret xuquq soxasiga taaluqli); 

  Huquq institutlari funktsiyalari (konkret xuquqiy institutga); 

  Huquq normasi funktsiyalari (konkret xuquqiy normasining turga taalluqli). 

     Huquqiy funktsiyalarni 2 xil nuqtai-nazardan tasniflash mumkin: 

     A) maxsus yuridik funktsiyalar regulyativ va ko’riklovchi funktsiyalarga bo’linadi. 


 

50 


     Regulyativ  funktsiyalar  –  xuquq  funktsiyalari  tizimida  bosh  va  asosiy  urinni  egallaydi,  chunki 

xuquqning asosiy ijtimoiy vazifasi ham ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. 

     Regulyativ funktsiyalar o’z navbatida: statik va dinamik funktsiyalarga bo’linadi. 

     Statik funktsiya amaldagi ijtimoiy munosabatlarni mustaxkamlashga xizmat qiladi; 

     Dinamik funktsiya ijtimoiy munosabatlarni rivojlantiradi va o’zgartirish kiritadi. 

     Qo’riqlovchi  xuquqiy  funktsiyalari  –  xuquqiy  ta'sir  etish  yunalishlari  bo’lib,  umumahamiyatga 

ega bo’lgan, birmuncha muxim bo’lgan iqtisodiy, siyosiy, milliy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni 

ko’riklashga qaratilgandir. 

    B) umumijtimoiy funktsiya (iqtisodiy, siyosiy, tarbiyaviy, ekologik funktsiyalar va b.). jumladan, 

dikkatni  yana  bir  masalaga  qaratish  zarur  bo’ladi,  ya'ni  ko’riklovchi  funktsiyalarni  regulyativ 

funktsiyalarga  karama-qarshi  quyish  kerak  emas.  Fakat  ko’riklovchi  funktsiya  –  bu  negativ 

funktsiya  bo’lib,  takiklash,  sanktsiya,  javobgarlik  kabilarni  o’z  ichiga  olsa,  regulyativ  funktsiya 

pozitiv  funktsiya  bo’lib,  xuquq  sub'ektlarining  ijobiy  faoliyatini  muvofiqlashtirishga 

yunaltirilgandir. 

    Huquq funktsiyalari tatbiql etishning 3 ta shakli mavjud bo’lib, ularga: 

Informatsion, yunaltirilgan (orientirovanno`y), xuquqiy shakllar kiradi. 

    Huquqshunos  olim  Z.Islomov  xuquqning  funktsiyasi  to’qrisida  quyidagi  fikrlarni  bildirgan. 

Xuquqning funktsiyalari uning fazifalaridan kelib chhadi. Xuquqning vazifasi davlatning iqtisodiy, 

siyosiy, madaniy va mafko’raviy vazifalarini amalga oshiradi.  U shulardan kelib chhadigan kishilar 

o’rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. 

    Huquq  kishilar  o’rtasidagi  ijtimoiy  munosabatlarni  rivojlantirib  tartibga  solsa  bu  xuquqning 

dinamik  funktsiyasi  bo’ladi.  Masalan;  O’zbekiston  Respublikasi    mexnat  kodeksining  259  – 

moddasiga  asosan  mexnat  nizolarining  xal  qilinishi.            Huquq  kishilar  o’rtasidagi  turli  ijtimoiy 

munosabatlarni  ximoya  qilsa-bu  xuquqning    qo’riqlovchi  (negativ)  funktsiyasi  bo’ladi.  Bunda 

xuquqni turli  soxalarida qarab, ijtimoiy munosabatlar ximoya qilinadi. Turli xuquqbo’zarliklarning 

jamiyat  uchun  yetkazgan  moddiy  va  ma'naviy  oqibatlariga  qarab  ,  intizomiy,  ma'muriy,  fuqarolik, 

jinoiy  va  boshqa  jazo  choralari  belgilangan.  Bulardan  tashkari  xuquq  tarbiyaviy    funktsiyaga  ega. 

Xuquq  kishilarga  goyaviy  ta'sir    kursatib,  ularning  jamiyat  uchun  zararli  bo’lgan  harakat  va 

harakatsizliklarini qilmaslikni talab qiladi. Agar fuqarolar tomonidan  xuquqbo’zarliklar sodir etilsa

ularga jazo choralari belgilab ularni tarbiyalaydi. 

Davlat  va  xuquqning  vazifasi  (moxiyati)  ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga  solishda  ko’rinadi  va 

kishilarning normal xayotiy faoliyatini ta'minlashga qaratilgan bo’ladi. 

   Davlat  va  xuquq  paydo  bo’lgani  vaqtidan  boshlab  o’zaro  mantiqiy  bog’liq  bo’lib,  bir-biriga 

ob'ektiv  ravishda,  «suyangan»  bo’ladi,  va  ular  ajralgan  xolda  bo’la  olmaydi  hamda  amal  qila 

olmaydi. 

    Shu bilan birga davlat va xuquq – nisbatan mustaqil bo’lgan xodisalar bo’lib, ularni bir-biri bilan 

kushib  yuborish  to’g’ri  kelmaydi,  chunki  ular  o’rtasida  doimo  ma'lum  bir  distantsiya  saqlanib 

koladi. 


     M.A. Arjanovning ifodalashicha, ulardagi xar bittasining o’z xayoti, o’z maqsadlari, vazifalari va 

usullari bo’lib, ular o’zaro xarakatda bo’ladilar, lekin «qorishib» va «eyishib» ketmaydilar. 

    Umuman,  davlat  va  xuquqning  o’zaro  xarakatlarini  muxim  tomonlari  ular  amal  qilayotgan 

jamiyatning  xarakteriga  bog’liq  bo’lsa  kerak,  ya'ni  bu  jamiyatning  demokratik  yoki  totalitarligi, 

xuquqiy va xuquqiy bo’lmaganligi, fuqarolik yoki fuqarolik jamiyati bo’lmaganligiga. 

    Hozirgi  zamon  adabiyotlarida  xuquq  bilan  davlat  o’rtasidagi  o’zaro  munosabatlarning  mumkin 

bo’lgan 3 ta modeli to’g’risida gapiriladi (kursatiladi), ularga: 

    Totalitar davlat xuquqdan yuqori turadi va u xuquq bilan bog’liq emas; 

    Liberal modeli (xuquq davlatdan yuqorida bo’ladi); 

    Pragmatik modeli (davlat xuquqni yaratadi va unga bog’liq). 

    Masalan,  O’zbekiston  Respublikasi  (davlati)  –  pragmatik  modeliga  to’g’riroq  keladi,  chunki  bu 

model bugun amalga oshirilish mumkin bo’lgani uchun ham. 



 

51 


     Huquqning  ijtimoiy  statusi  –  ijtimoiy  munosabatlarni  davlatning  regulyatori  sifatida  tartibga 

solishdan iborat. Ikkinchi tomondan davlatning faoliyati xuquqiy xarakterga egadir. Shuning uchun 

ham,  ulardan  qaysi  biri  muximroq  degan  savolni  qo’yishning  o’zi  o’rinli  bo’lmaydi  yoki  ulardan 

qaysi biri 1 yoki 2 degan printsip to’g’ri bo’lmaydi. 

     Shuning  uchun  ikkala  intitutning  ham  ublishi  muxim  bittasi  –  «kuchni  tashkil  etish»  sifatida, 

ikkinchi  –  erkni  ifoda  etish  shakli  sifatida.  Ularning  mantiqan  bog’liqligida  nafaqat  xuquq  balki 

davlat ham katta ahamiyat kasb etadi. 

Biroq,  davlat  bilan  xuquq  o’rtasida  qarama-qarshiliklar,  kelishmovchiliklar  (maqsadlarida, 

usullarida, intilishlarida) bo’lishi mumkin, ularning munosabatlaroi xar doim tekis bo’lavermasligi 

ko’zga tashlanadi. 

     Hokimiyat  xech kim tomonidan cheklanmaslik hamda xech kimning nazorati ostida bo’lmaslik 

tendentsiyasiga  ega,  xuquq  bo’lsa  uni  «o’z  joyiga  (urniga)  quyishga»  intiladi,  yuridik  ramkaga 

kiritishga xarakat qiladi. 

     Ammo, 

xuquq 

fakat 


printsip 

nuqtai 


nazaridan 

xokimiyatni 

cheklashi, 

tarqoqlik 

(o’zboshimchalik)ka  yo’l  qo’ymasligi  mumkin,  amalda  esa  bu  kamdan-kam  erishilishi  mumkin 

bo’lgan xol (agarda xokimiyatning o’zi unga moyil bo’lmasa). 

    Biroq, bu xokimiyatning xuquqqa buysunishi mumkin emasligini bildirmaydi, chunki bu degani 

inson xuquqlari hamda qonunlarga xurmatsizlik bilan qaralganligini bildiradi. 

   Shunday  qilib,  xuquq  va  davlatning  munosabati  uchta  bosh  aspektni  qamrab  oladi:  Birlik;  - 

farqlar; - o’zaro xarakat. 

a)  birligi  –  ularning  ishlab  chiqishida,  tipologiyasida,  anglanishi  (ifodalanishi)da,  iqtisodiy  yoki 

madaniy sharoitlarga bog’liqligida namoyon bo’ladi; 

b)  farqi  –  ularning  tushunchalarini  ifodalashning  xar  xilligida.  Xar  bittasining  ijtimoiy  ahamiyati 

hamda  rolining  farqida.  Ularning  xar  bittasi  real  borlikni  o’zlaricha  ifoda  etadi,  ijtimoiy  ong 

tomonidan turlicha baxolanadi va qabul qilinadi.. 

v) o’zaro xarakati – ularning ikkalasi ham bir-biri bilan bog’langan xolda (aralashgan) ifoda etiladi. 

Davlatning 

xuquqqa 


ta'siri, 

xuquqni 


davlat 

tomonidan 

yaratilishi, 

o’zgartirlishi, 

takomillagshtirilishida va  xuquqni ijtimoiy talab ko’rinishi davlat tomonidan tan olinishi va xuquq 

ijodkorligini amalga oshirilishida ko’rinadi. 

    Shu bilan birga, xuquq nafaqat xokimiyat o’rnatiladi, balki u jamiyat tomonidan ham yaratiladi. 

    Demak, davlatning xuquqqa ta'siri absolyut ( cheklanmagan) tarzda emas. 

     Huquqning  yordamida  davlatning  ichki  tashkiliyligi,  tuzilishi,  shakli,  boshqaruv  mexanizmi  ( 

apparati),  statusi,  turli  organlarning  va  mansabdor  shaxslarning  vakolatlari  xkoimiyatlarning 

taksimlanishi printsiplari, zarur institutlar mustaxkamlanadi. 

       Shunday  qilib,  xuquq  bilan  davlat  o’rtasida  murakkab,  k’p  qirrali  bog’liqliklar  amal  qilib,  bu 

aloqalarni  ushbu  institutlarni  nazariy  tushunishda  ham  amalda  sodir  bo’layotgan  demokratik 

jarayonlarni to’g’ri fikrlashda ( baxo berishda) albatta e'tiborga olish darkor. 



Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling