Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana05.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#223634
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ozbekiston mustaqilligi sharoitida tashkil etilgan xalqaro konferensiyalar tarixi

XULOSA 

 

O‘zbekiston  Respublikasining  mustaqillikdan  so‘ng  qo‘lga  kiritgan 

yutuqlarini  sarhisob  qiladigan  bo‘lsak,  olib  borayotgan  barcha  sohalardagi 

islohotlar  uzoqni  ko‘zlab,  “o‘zbek  modeli”ning  tarkibiy  qismi  bo‘lgan  

“bosqichma-bosqichlik”  tamoyili  asosida  olib  borilayotganiga  guvoh  bo‘lamiz. 

Islohotlar dastlabki bosqichda mustaqillikni mustaxkamlashga qaratilgan bo‘lsa, bu 

vazifa  asosan  ado  etilgach,  davlat  va  jamiyat  qurilishini    erkinlashtirish  sari  odim 

tashlandi.  Mamlakatimizda  turli  siyosiy    institutlar,  jumladan,  siyosiy 

partiyalarning  faoliyati  tubdan  o‘zgarib  ular  uchun  zaruriy    huquqiy  asoslar 

yaratildi.  Bu  jarayonlarning    bugungi  kun  nuqtai  nazaridan  baxolar  ekan. 

Prezidentimiz  I.A.Karimov  “Hozirgi  sharoitda  siyosiy  partiyalar  fuqorolarning 

siyosiy  partiyalar  va  ijtimoiy  faolligini  oshirish,  aholining  ayniqsa    saylov 

jaroyonlarida  xoxish-irodasi  va  fikrini  ifodalash,  markazda  va  joylarda  davlat 

hokimiyati  organlarini  shakllantirishning  muhim  ta’sir  o‘tkazuvchi  vositasiga 

aylanishi alohida ahamiyat kasb etadi” deb ta’kidlaydi.

1

 



Jamiyat  hayotida,  jamiyatning  ma’naviy  yangilanishida,  shaxs  ma’naviyatini 

shakllantirishda turli mavzulardagi konferensiyalarning roli juda kattadir.  

Bugungi  kunda  biz  yurtimizda  huquqiy  demokratik  davlat,  erkin  fuqarolik 

jamiyati  qurishga  qaratilgan  olis  va  og’ir  yo’lning  faqat  bir  qisminigina  bosib 

o’tdik,  xolos.  Uning  hal  qiluvchi  qismi  hali  oldinda.  YA’ni,  bu  yo’lda  o’z 

yechimini kutib turgan vazifalarimiz kamaygani yo’q, aksincha, zamon talabi bilan 

ularning  ko’lami  va  miqyosi  tobora  kengayib  bormoqda.  Albatta,  barchamiz  bu 

haqiqatni  yaxshi  tushunamiz  va  bu  yo’lda  yana  qanchadan-qancha  kutilmagan 

qiyinchiliklar, turli sinovlar bo’lishi mumkinligini ham o’zimizga tasavvur qilamiz.  

 Bu  borada  hayotning  ana  shunday  talab  va  mezonlarini  hisobga  olgan  holda 

ishlab  chiqilgan  va  o’tgan  davr  mobaynida  izchil  joriy  etib  kelinayotgan,  amalda 

                                                

 

1

 Karimov I.A.O’zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li.O’zbekiston  Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar 



Maxkamasi  va Prezident devonining O’z mustaqillining 16 yilligiga bag’ishlangan qo’shma majlisidagi ma’ruzasi.-

Toshkent.: 2007 –B.32 

  



 

59 


o’zini  oqlagan,  “o’zbek  modeli”  deb  nom  olgan  taraqqiyot  yo’limiz  va 

Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik 

jamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasi  o’rta  va  uzoq  istiqbolda  biz  uchun  kelajak 

Strategiyasi bo’lib xizmat qilmoqda, aniq yo’lni ko’rsatmoqda.  

O’zbekistonda  tashkil  qilingan  va  qilinayotgan  Xalqaro  konferensiyalarning 

nafaqat  ilmiy,  balki  ijtimoiy,  iqtisodiy,  madaniy,  ma’naviy  va  amaliy  axamiyati 

beqiyosdir. 

Jumladan,  2010  yilda  tashkil  etilgan  “Mamlakatimizda  demokratik 

islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish 

konsepsiyasi”  masalasida  tashkil  etilgan  konferensiyada  demokrtik  davlat  va 

fuqarolik  jamiyatini  qurishda  boshqaruvni  liberallashtirish,  sud  huquq  sohasidagi 

islohotlarni  chuqurlashtirish,  axborot  va  so’z  erkinligi,  taraqqiyotda  nodavlat 

tashkilotlarining  o’rnini  ko’tarish  kabi  masalalar  muhokamasi  orqali,  erkin  va 

farovon hayot qurish nazariyalari ilgari surilgan edi. 

2014  yil  may  oyida  tashkil  etilgan  konferensiyada  muhtaram  Prezidentimiz 

I.Karimov nutq so’zlab, jumladan quyidagilarni bayon qildi: 

“O’rta  asrlar  SHarq  tarixi  shundan  dalolat  beradiki,  madaniyat  va  ta’lim 

tarbiya,  tibbiyot,  adabiyot,  san’at  va  arxitektura  sohalaridagi  beqiyos  yuksalish, 

ilmiy  maktablarning vujudga kelishi, yangi - yangi iste’dodli avlodlar to’lqinining 

paydo  bo’lishi  va  voyaga  yetishi  –  bularning  barchasi  birinchi  navbatda 

iqtisodiyot, qishloq va shahar xo’jaligining ancha jadal o’sishi, hunarmandchilik va 

savdo-sotiqning  yuksak  darajada  rivojlanishi,  yo’llar  qurilishi,  yangi  karvon 

yo’llarining  ochilishi  va  avvalambor  nisbiy  barqarorlikning  ta’minlanishi  bilan 

bevosita bog’liq bo’lgan... 

...Tadqiqotchi  –olimlarning  fikricha,  SHarq,  xususan,  Markaziy  Osiyo 

mintaqasi  IX-XII  va  XIV-XV  asrlarda  bamisoli  po’rtanadek  otilib  chiqqan  ikki 

qudratli  ilmiy-madaniy  yuksalishning  manbai  hisoblanib,  jahonning  boshqa 

mintaqalaridagi  Renessans  jarayonlariga  ijobiy  ta’sir  ko’rsatgan  SHarq  uyg’onish 




 

60 


davri  –  SHarq  Renessansi  sifatida  dunyo  ilmiy  jamoatchiligi  tomonidan  haqli 

ravishda tan olingan.” 

O’rta  asrlarda  Movarounnahr,  Xuroson,  Turon  deb  atalgan  yurtlarda  dunyo 

fanlari  rivojlanishida  muhim  o’ringa  ega.  Sababi,  bu  davrda  Al-Xorazmiy 

“Algoritmga” avsos soldi (Al jabr val muqobala), Beruniy ilk bor globusni yaratdi 

va  dunyoning  narigi  tomonida  quruqlik  borligini  ilmiy-nazariy  jihatdan  asoslab 

berdi  (bugun  Amerika  o’z  tarixini  Beruniyning  nazariy  qarashlaridan  boshlash 

kerakligini  ta’kidlamoqda),  al-Farg’oniy  Nil  sathini  o’lchovchi  (Nilometr)  asbob 

yaratdi,  Az-Zamahshariy  arab  tili  grammatikasiga  asos  soldi,  Ibn  Sino  tibbiyot 

olamiga asos soldi, Abu Nasr Forobiy G’arb falsafiy qarashlarini SHarq xalqlariga 

tahlil  qilib  berdi,  fanlarni  klassifikatsiya  qildi  va  ikkinchi  muallim  sifatida  nom 

qozondi,  Alisher  Navoiy  o’zbek  tiliga  asos  soldi,  Ulug’bek  yulduzlar  jadvalini 

yaratdi,  Imom  Ismoil  al-Buxoriy  hadis  ilmining  sultoniga  aylandi  va  boshqalar. 

Ularning  ilmiy  merosidan  o’sha  davrlarda  butun  dunyo  bahra  olgan  va 

foydalangan. Ma’mun Akademiyasi, Ulug’bek akademiyasi. 

Qolaversa  o’sha  vaqtlarda  hukmronlik  qilgan  Somoniylar,  Qoraxoniylar, 

G’aznaviylar,  Temuriylar  saltanatlarining  ilm-fan  taraqqiyotiga  munosib  hissa 

qo’shganligini jahon hamjamiyatiga yetkazish ham ayni muddaodir. 

Ushbu  konferensiyada  Prezidentimiz  yoshlar  masalasiga  ham  alohida 

to’xtalib, bugungi kunda O’zbekiston ta’lim saohasida olib borilayotgan islohotlar 

va  ularning  samaralari  haqida  gapirib,  jumladan:  “Ta’lim-tarbiya  sohasini  isloh 

qilish  dasturi  hayotimizga  muvaffaqiyatli  joriy  etilishi  natijasida  uzluksiz 

ta’limning  zamonaviy  talablarga  javob  beradigan  yaxlit  tizimi  yaratildi.  Bu  tizim 

ta’lim  jarayonlarining  barcha  bosqichlarini  –  maktabgacha  va  maktab  ta’limidan 

tortib  o’rta  maxsus  kasb-hunar  va  oliy  ta’lim  bo’g’inini,  shuningdek  xalqaro 

me’yorlarga  mos  holda  bevosita  fan  doktori  darajasini  olish  uchun  dissertatsiya 

himoyasini  nazarda  tutadigan  oliy  ta’limdan  keyingi  bir  bosqichli  ta’limni  o’ziga 

qamrab oldi.” 




 

61 


Darhaqiqat,  ushbu  xalqro  konferensiya  natijasida  dunyo  ahli  bilgan 

yangiliklarni  mustahkamlab,  bilmagan  ma’lumotlarni  anglash  imkoniyatiga  ega 

bo’ldi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

62 


 


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling