II BOB. O’ZBEKISTON TAJRIBASI JAHON HAMJAMIYATI
NIGOHIDA.
2.1. "Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash –
mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng
muhim sharti” mavzusidagi xalqaro konferensiya
2012 yil 17-18 fevral kunlari Toshkent shahrida xalqaro ilmiy
konferensiyasiya bo’lib o’tdi.
1
Konferensiyani o’tkazishdan maqsad - ta’lim tizimini isloh etish
masalalari – zamonaviy davlatning izchil va barqaror taraqqiyoti, avvalambor,
uning iqtisodiy rivojlanishi yo‘lidagi muammolarni yechish bilan bevosita bog‘liq
holda ko‘rilayotganiga e’tibor qaratish, ta’lim tizimida o‘quvchilarning nafaqat
keng bilim va professional ko‘nikmalarni egallashi, ayni paytda chet
mamlakatlardagi tengdoshlari bilan faol muloqot qilish, bugungi dunyoda ro‘y
berayotgan barcha voqea-hodisalar, yangilik va o‘zgarishlardan atroflicha xabardor
bo‘lish, jahondagi ulkan intellektual boylikni egallashning eng muhim sharti
hisoblangan xorijiy tillarni ham chuqur o‘rganishlari uchun katta ahamiyat
berishdir.
Konferensiyada Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Osiyo taraqqiyot
banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, dunyoning 40 dan ortiq davlatdan
kelgan taniqli olimlar, ilmiy va tadqiqot markazlari, universitetlar va boshqa oliy
o’quv yurtlari mutaxassislari ishtirok etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |