Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston mustaqilligi sharoitida tashkil etilgan xalqaro konferensiyalar tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
3
Yaqin 5 yil ichida O’zbekiston o’nlab xalqaro anjumanlarga mezbonlik qildi va bu xolni butun dunyo e’tirof etmoqda. Jumladan, 2012 yil 17 - 18 fevral kunlarida Toshkent shahrida "Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti”, 2014 yil 15 - 16 may kunlari Samarqand shahrida “O‘rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati”, shu yili "Zamonaviy uy-joy qurilishi – qishloq joylarini kompleks rivojlantirish va qiyofasini o'zgartirish hamda aholi hayotining sifatini yaxshilash omili", qolaversa o’tgan yillar davomida “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish konsepsiyasi”, “O’zbekistonda oziq - ovqat zahirasi”, “O’zbekistonda sog’liqni saqlash” masalalari, qolaversa sud - huquq va ijtimoiy iqtisodiy sohalarga oid o’nlab konferensiyalar shular jumlasidan. Har bir konferensiyada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ishtirok etishi va ma’ruza qilishi bu anjumanlarning naqadar ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Zero, Prezidentimiz 1998 yilda nashr etilgan “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” risolasida quyidagi misralarni bejiz keltirmagan edi. Jumladan: “Hozir O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat SHarq, balki, umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan...Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo’lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, 4 astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o’n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftihorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kam topiladi. SHuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin, deb dadil ayta olaman.” 1
Konferensiyalarda Prezidentimiz yoshlar masalasiga ham alohida to’xtalib, bugungi kunda O’zbekiston ta’lim saohasida olib borilayotgan islohotlar va ularning samaralari haqida gapirib, jumladan: “Ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish dasturi hayotimizga muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida uzluksiz ta’limning zamonaviy talablarga javob beradigan yaxlit tizimi yaratildi. Bu tizim ta’lim jarayonlarining barcha bosqichlarini – maktabgacha va maktab ta’limidan tortib o’rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim bo’g’inini, shuningdek xalqaro me’yorlarga mos holda bevosita fan doktori darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasini nazarda tutadigan oliy ta’limdan keyingi bir bosqichli ta’limni o’ziga qamrab oldi.”
2
Prezidentimiz tomonidan belgilangan "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chukurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi" butun jahon miqyosida juda katta e’tibor qozondi. Xususan, Malayziyaning O’zbe-kistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdulaziz bin Xarun ta’kidlaganidek: "Ushbu Konsepsiya nafaqat O’zbekiston xalqi, balki xalqaro hamjamiyat tomonidan ham keng qo’llab-quvvat-lanmoqda. Uning amalga oshirilishi mamlakatimizning rivoj-langan demokratik davlatlar qatoridan mustahkam joy olishida muhim omilga aylanishi, shubhasiz. Samarqand shahrida 2014 yilning 15 -16 may kunlari “O’rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Ushbu konferensiyada Bo’lib o’tgan xalqaro konferensiyaning o’tkazilishidan asosiy maqsad: insoniyat sivilizatsiyasining beshiklaridan biri bo’lgan va o’z zamonasida
1 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Тошкент: Шарқ, 1998. 3-4 бетлар. 2 Халқ сўзи, 2012 йил, 18 феврал. 5 dunyo ilm-fani Markazlaridan biriga aylangan yurtimiz hududida o’rta asrlarda faoliyat ko’rsatgan SHarq allomalarining o’rni va hissasini jahon hamjamiyatini yana bir karra namoyon qilish. Ushbu konferensiyada muhtaram Prezidentimiz I.Karimov nutq so’zlab, jumladan quyidagilarni bayon qildi: “O’rta asrlar SHarq tarixi shundan dalolat beradiki, madaniyat va ta’lim tarbiya, tibbiyot, adabiyot, san’at va arxitektura sohalaridagi beqiyos yuksalish, ilmiy maktablarning vujudga kelishi, yangi - yangi iste’dodli avlodlar to’lqinining paydo bo’lishi va voyaga yetishi – bularning barchasi birinchi navbatda iqtisodiyot, qishloq va shahar xo’jaligining ancha jadal o’sishi, hunarmandchilik va savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlanishi, yo’llar qurilishi, yangi karvon yo’llarining ochilishi va avvalambor nisbiy barqarorlikning ta’minlanishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan... O’rta asrlarda Movarounnahr, Xuroson, Turon deb atalgan yurtlarda dunyo fanlari rivojlanishida muhim o’ringa ega. Sababi, bu davrda Al-Xorazmiy “Algoritmga” asos soldi (Al jabr val muqobala), Beruniy ilk bor globusni yaratdi va dunyoning narigi tomonida quruqlik borligini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berdi (bugun Amerika o’z tarixini Beruniyning nazariy qarashlaridan boshlash kerakligini ta’kidlamoqda), al-Farg’oniy Nil sathini o’lchovchi (Nilometr) asbob yaratdi, Az-Zamahshariy arab tili grammatikasiga asos soldi, Ibn Sino tibbiyot olamiga asos soldi, Abu Nasr Forobiy G’arb falsafiy qarashlarini SHarq xalqlariga tahlil qilib berdi, fanlarni klassifikatsiya qildi va ikkinchi muallim sifatida nom qozondi, Alisher Navoiy o’zbek tiliga asos soldi, Ulug’bek yulduzlar jadvalini yaratdi, Imom Ismoil al-Buxoriy hadis ilmining sultoniga aylandi va boshqalar. Ularning ilmiy merosidan o’sha davrlarda butun dunyo bahra olgan va foydalangan. Ma’mun Akademiyasi, Ulug’bek akademiyasi. Qolaversa o’sha vaqtlarda hukmronlik qilgan Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Temuriylar saltanatlarining ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo’shganligini jahon hamjamiyatiga yetkazish ham ayni muddaodir. 6 Darhaqiqat, ushbu xalqaro konferensiyalar natijasida dunyo ahli bilgan yangiliklarni mustahkamlab, bilmagan ma’lumotlarni anglash imkoniyatiga ega bo’ldi.
Biz albatta shu yurtda tug’ilganimizdan, buyuk bobokalonlarning munosib vorisi ekanligimizdan g’ururlanamiz, fahrlanamiz. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling