Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika


Download 1.04 Mb.
bet102/133
Sana03.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1151901
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   133
Bog'liq
Ma\'ruza 3 kurs

O’qituvchilik mas’uliyati. Shaxs ahloqini tavsiflaydigan belgilardan biri mas’uliyatdir. Boshqa kishilar oldidagi o’z burchini anglash va uni kishi hulqining rag’batiga aylantirish, odam o’z faoliyatini boshqalarga ko’proq yaxshilik qilishga ongli va ixtiyoriy ravishda yo’naltirishi mas’uliyat tushunchasining mazmunini tashkil etadi.
O’zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev O’zbekiston fuqarolarida ayniqsa, rahbar xodimlarda onglilik darajasini oshirish va topshirilgan ish uchun mas’uliyat hissini o’stirish muhim ekanligini qayta - qayta ta’kidlamoqda. Mamlakatimizda demokratiyani yanada rivojlantirish to’g’risida gapirib, demokratiya xalqning manfaatlariga xizmat qilishi zarur, degan edi. Hozirgi davrda demokratiya bu — berilgan huquqlardangina iborat emas, balki yuksak fuqarolik mas’uliyati hamdir. By huquqlar qanchalik ko’p bo’lsa, fuqarolarning jamiyat oldidagi mas’uliyati ham shuncha yuksak bo’ldi.
O’qituvchining mas’uliyati — mas’uliyat tushunchasining butun mazmunini saqlagan holda muallimning faoliyati va ta’lim - tarbiya jarayonining aniq vazifalarini ham o’z ichiga oladi. O’qituvchi zimmasiga bola shaxsini barkamol inson sifatida tarbiyalash mas’uliyatli yuklanadi. Muallim o’quvchilarga chuqur nazariy bilimlar berishi, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi lozim. SHu bilan birga u boladagi mavjud layoqat va qobiliyatlarni payqab, alohida yondashishi, unda mavjud bo’lgan ijobiy ahloqiy fazilatlarni avaylab o’stirishi lozim.
Muallim sinfda jamiyatning, xalqning, davlatning vakili sifatida o’qituvchilar jamoasi bilan yolg’iz o’zi ish olib boradi. Bunday sharoitda o’qituvchining mas’uliyati uning hulqini tartibga solib turadigan, boshqaradigan kuch, o’qituvchilarga ta’sir o’tkazish darajasining asosiy mezoni hisoblanadi. Jamiyatiing kelajagi, ota - onaning umidi, nuri - diydasi farzandning taqdiri, kelajagi uning qo’liga ishonib topshirilgan. Muallim o’quvchilarning bilimiga baho qo’yadi, baho esa jamiyatning, kattalarning, ota -onaning bolaga munosabatini belgilovchi mezon, omillardan biridir. YAxshilik, adolat, sha’n, qadr - qimmat, insoniylik kabilarning mavjudligiga bolada ishonchni vujudga keltirish ham o’quvchining mas’uliyatiga bog’liq. SHunisi ham borki, buni ko’pincha nazorat qilib ham bo’lmaydi. Bu muallimning vijdoniga havola qilinadi.
O’qituvchilik qilayotgan yoki muallimlik kasbini tanlagan kishilar o’z zimmalariga qanchalik yuksak sharafli mas’uliyat olayotganliklarini tasavvur etishlari lozim. Oliy yoki o’rta maxsus pedagogika o’quv yurtini bitirib, muallimlik faoliyatini boshlagan kishi barcha o’quvchilarga o’zini yaxshi o’qishi, odobi, odilligi bilan bolalarga ijobiy ahloqiy namuna ko’rsatishi zarurligini yoddan chiqarmasligi kerak.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling