Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika
Download 1.04 Mb.
|
Ma\'ruza 3 kurs
Talabchan va adolatli bo’lish. O’qituvchining professional ahloqiy fazilatlaridan biri talabchan va adolatli bo’lishdir. Muallimning talabchanligida uning bola shaxsiga chuqur hurmati, bolaning kuchi, qobiliyati va imkoniyatlariga bo’lgan ishonch ifodalanadi. Bu haqiqiy insonparvarlikning namoyon bo’lishi, ya’ni rivojlanayotgan bola shaxsi to’g’risida, jamiyat uchun foyda keltira oladigan barkamol kishini tarbiyalash to’g’risidagi g’amho’rlikdir. O’quvchilar loqaydlikni yoqtirmaydilar, aksincha yaxshi niyat bilan oqilona qilingan talabchanlik ularning muallimga hurmatini oshiradi.
O’qituvchi avvalo o’ziga nisbatan talabchan bo’lmog’i kerak, shundagina uning bolaga nisbatan qo’yayotgan talablari o’rinli, samarali bo’ladi. Muallimning talabchanligi adolatlilik bilan uzviy bog’liq, bo’lmog’i zarur. Kuch adolat va haqiqatdadir! Adolat tushunchasining mazmunida haqiqat, poklik, to’g’rilik, kuch - kudrat mujassamdir. Adolatlilik umuminsoniy va milliy ahloqimizning muxim hislatlaridan hisoblanadi. Islom ta’limotida adolat, adolatli bo’lish fazilati yuksak qadrlanadi. Adolat kishilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda odillik bilan ish tutishni taqoza qiladi. Adolatlilik kishida aql, sof mulohaza, olijanoblik va mardlik mavjudligini bildiradi. Adolatli bo’lish, o’z so’zida turish, qat’iylik demakdir. Adolatli kishi sofdil, ko’ngli xotirjam, xavf - xatar, kulfatdan uzoq, bo’ladi, odamlarning ishonchini qozonadi. Adolatlilik insoniylikning asosi hisoblanadi. Odobli va insonparvar bo’lish uchun adolatli bo’lish zarur. Adolat boshqa kishilarga muomala - munosabatda namoyon bo’ladigan fazilatdir. Adolatli kishi yaxshi xulqni odam hisoblanadi. Bunday odam o’ziga ravo ko’rmagan biror ishni boshqaga pavo ko’rmaydi. Adolatlilik va insoniylik kishini yomon ishlardan saqlash bilan birga boshqalarni ham xatoliklardan asrash, yaxshi yo’lga solish uchun zarurdir. Adolatli kishi boshqa birovga yoki jonivorlarga ozor bermaydi, zulm qilmaydi. Aql idrok bilan ish qiladi. O’qituvchi odobida halollik fazilati pedagoglik faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq holda namoyon bo’ladi. O’qituvchi odobida adolatlilik muallimning ob’ektivligida, ahloqiy tarbiyalanganlik darajasi (insoniyligi, prinsipialligi, yaxshiligi)da, o’quvchilar huquqini jamoat ishlariga munosabatini, bilimini baholashda namoyon bo’ladi. Demak, adolatlilik bir tomondan o’quvchilarga o’tkazilgan tarbiyaviy ta’sirni baholashning mezoni hisoblanadi. Muallimning o’quvchilarga va pedagogik jarayon qatnashchilariga bo’lgan munosabati manmanlikdan, noholislik, o’zboshimchalikdan holi bo’lishi lozim. SHundagina u adolatli hisoblanadi. Muallimlik ishini o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u har kuni o’quvchilar bilan uchrashadi, ularning bilimini, hulqini baxolaydi. YAxshi ishlarini rag’batlantiradi, nojo’ya hatti -harakatlari, sho’xliklari uchun tanbeh beradi. Albatta, muallimning fikri, mulohazalari, baholarida nisbiylik, sub’ektivlik belgilari mavjud. U hamma bolalarga aynan birdek, juda to’g’ri munosabatda bo’la olmasligi mumkin. Lekin o’qituvchi hammaga nisbatan holis niyatli, yaxshilik qilishga intiluvchi, bolalarning kelajigi, taqdiri to’g’risida g’amho’rlik qiluvchi, adolatli kishi ekanligiga barcha o’quvchilarning ishonchi komil bo’lmog’i darkor. O’quvchilarda muallim «yoqtiradigan», «yoqtirmaydigan» bolalar bor degan fikr tug’ilmasligi kerak. O’quvchining savollarini, javobini, ba’zan juda g’alati bo’lib tuyuladigan mulohazalarini diqqat bilan tinglash, unga to’g’ri yo’l ko’rsatish, maslahatlar berish, javobini odilona baholash muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. O’qituvchi bolaning mustaqil ijodiy fikrlarini, to’g’ri javoblarini ma’qullashi, qo’llab - quvatlashi, rag’batlantirib borishi lozim. Bolaning javobi noto’g’ri, fikrlari chalkash, xato bo’lsa, muallim buni o’quvchiga yetarli asoslar bilan isbotlab ko’rsatishi kerak. U o’z obro’sini pesh qilib, «men shunday dedimmi, demak shunday» deb turib olmasligi, balki o’z fikrini faktlar, ilmiy dalillar bilan isbotlashi talab etiladi. O’qituvchining ta’lim tarbiya sohasidagi ijtimoiy qimmatli hatti - harakatlari adolat mezoni bilan baholanadi. Adolatli muallim, odil ustoz degan nomga sazovor bo’lish har bir o’qituvchining sharafli burchidir. Bunda muallimning ishchanlik va ahloqiy fazilatlari o’z ifodasini topadi. Adolatlilik boshqalarga yaxshilik qilish fazilati bilan chambarchas bog’liq. Adolat bo’lmasa, yaxshilik bo’lmaydi. SHuningdek yaxshiliksiz adolat ham bo’lmaydi. Pedagogik odob nuqtai nazaridan adolatlilik, bu ta’lim - tarbiya jarayonini normal amalga oshirishning sharti hamdir. Pedagoglik ishida adolatli bo’lish bu o’qituvchining ishonchini qozonishdir. Buning uchun esa bolaning qalbidagina, dilidagina bilmoq, tushunmoq kerak. O’qituvchining adolatliligi bolaning bilimini baholashda ko’proq namoyon bo’ladi. Ma’lumki, umumta’lim maktablarida o’quvchining bilimi besh ballik tizim asosida baholanadi. Dastur materialini to’liq o’zlashtirgan o’quvchiga «besh» baho qo’yiladi, mutlaqo bilmagan bolaga «ikki» baho qo’yiladi, Ma’lumki, bolalarning bilimni o’zlashtirishga bo’lgan qobiliyati, qiziqishlari bir xil emas. Masalan, zehni o’tkir o’quvchi dars materialini hech qiynalmay, bir pasta o’zlashtirib olishi mumkin. Ikkinchi bola esa buning uchun ko’p mehnat qilishi, intilishi kerak bo’ladi. Muallim ana shu holatni e’tiborga olmay ish tutsa, o’quvchiga nisbatan adolatsizlikka yo’l qo’ygan bo’ladi, uning qo’ygan bahosi ayrim bolalarni olg’a intilishga da’vat etmasligi mumkin. Zehni o’tkir bo’lgani uchun mehnat qilmay, kuch sarflamay yuqori baho olish bolaning ahloqiga salbiy ta’sir etib, aqliy rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Ayrim zehni o’tkir bolalar dars jarayonida o’qituvchining fikrlarini to’liq o’zlashtirib oladi va shu bilan cheklanadi. Uyda dars tayyorlamaydi. Natijada uning aqliy rivojlanishi sekinlashadi. Va aksincha, intiluvchi, harakat qiluvchi bolaga bahoni past qo’yish ham unda o’z qobiliyati va kuchlariga, yaxshi o’qiy olishiga ishonmaslik tuyg’usini vujudga keltiradi. Bolannng bilimini baholashda muallimning adolatliligini o’quvchilar ham o’zlaricha muhokama qilib, baholab boradilar. Mualllim o’quv fanidan biror bolaga hadeb «ikki» yoki «uch» baho qo’yaversa, bu bilan o’quvchini qobiliyatsizga chiqarib qo’ygan bo’ladi, bolada o’zining insoniy qadr - qimmatiga ishonchni, bilim egallashda uchraydigan qiyinchiliklarni yengishga intilish tuyg’usini barbod qilgan bo’ladi. Muallim o’qitish jarayonida boladagi o’zgarishlarni, yutuqlarni payqab, rag’batlantirib, uni rivojlantirib borishi kerak. Ayrim muallimlar ilg’or o’quvchining bilim o’zlashtirish darajasiga qarab boshqa o’quvchiga ham baho qo’ydi. Bir maktabda a’lochi bo’lib o’qigan bola boshqa maktabga o’tganda «uch» oluvchilar safiga tushib qolishi ham mumkin. Muallim o’quvchilar bilimini baholashda adolatli bo’lish uchun har bir bolaning bilim o’zlashtirishga sarflangan kuch - g’ayrati, intilishlarini hisobga olishi kerak. O’quvchining hulqini baholashda ham muallimdan adolatli bo’lish talab etiladi. Agar muallim bolaning hulqini, hatti - harakatlarini baholashda shu hatti - harakatlarga sabab bo’lgan motivlarni e’tiborga olmasa adolatsizlikka yo’l qo’yadi. Muallim yoki ota - onaning bolaga nisbatan adolatsiz hatti - harakati, munosabati bolaning ruhiyatiga salbiy ta’sir etib, nevrozga sabab bo’lishi ham mumkin. (Nevroz — markaziy asab sistemasining buzilishi natijasida yuzaga keladigan ichki organlar faoliyatini susaytiradigan kasallik). Bola bilan bo’lgan muomala munosabatlarda uning taqdiriga nisbatan loqaydlik, unga o’rinsiz baqirish, hulq, jahil qilish kabilar shunga olib keladi. Agar o’qituvchi qo’ygan bahoni bola adolatsizlik deb qabul qilsa va muallim bolaning kundalik daftariga shu bahoni qo’yib, ota -onasiga: «Tegishli chora ko’rishni» so’rab yozib yuborsa, bunday paytlarda o’qituvchi muallimdan nafratlanishi o’qishdan ko’ngli sovib, maktabni tashlab ketish ham mumkin. Adolatsizlik qilish boshqa sohalarga nisbatan ta’lim - tarbiya ishiga katta ma’naviy -ahloqiy zarar yetkazadi. Muallimning adolatsizligi bolani qalbini jarohatlaydi, maktabning sha’niga putur yetkazadi, kattalarga bo’lgan ishonchini yo’qqa chiqaradi. SHuning uchun ham muallimning har bir hatti - harakati, amaliy ishlari adolatsizlik namunasi bo’lmog’i kerak. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling