Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika


Download 1.04 Mb.
bet107/133
Sana03.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1151901
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   133
Bog'liq
Ma\'ruza 3 kurs

Kompetensiya (lotincha competo- loyiq, mos, munosib degan ma’nolarni bildiradi) hamda quyidagi ma’nolarda ishlatiladi: 1) mustaqil davlat organi yoki mansabdor shaxsning qonun, ustavda belgilangan vakolatlari, huquq burchlari doirasi 2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba, mahorat.
Kompetensiya-sohaga oid bilim, ko’nikma, malaka, qarashlar majmui, shaxsning qadriyati va sifatlari, kvalifikatsiyaning namoyon bo’lishi yoki ta’sir ko’rsatish qobiliyati.
Kompetentlik-muayyan lavozimga mos o’z kasbining mohir egasi bo’lgan shaxsga xos sifat.
Inglizcha “competence” tushunchasi lug’aviy jihatdan bevosita “qobiliyat” ma’nosini ifodalaydi.
Mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish”ni yoritishga xizmat qiladi

  • Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo’llay olinishi

Kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o’zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o’zaro munosabatlarda yangi yo’l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to’la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
Kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo’ladi:
- murakkab jarayonlarda;
- noaniq vazifalarni bajarishda;
- bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda;
- kutilmagan vaziyatda harakat
rejasiga ega bo’la olishda

32-chizma

  • Ijtimoiy kompetentlik – ijtimoiy munosabatlarda faollik ko’rsatish ko’nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub’ektlar bilan muloqotga kirisha olish.

  • Maxsus kompetentlik – kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo’lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ,
    innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko’zga tashlanadi.


  • Download 1.04 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling