Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika
Bilimdonlik, halollik, rostgo’ylik
Download 1.04 Mb.
|
Ma\'ruza 3 kurs
Bilimdonlik, halollik, rostgo’ylik. Bilimdonlik, halollik, rostgo’ylik — o’qituvchining muhim ahloqiy fazilati, ma’naviy boyligi hisoblanadi. By fazilatlar insoniy munosabatlarni go’zallashtiradi. Insonning moddiy ehtiyojlari cheklangan bo’ladi va to’la qondirilishi mumkin. Lekin ma’naviy ehtiyojlar ma’naviy boyliklar singari cheksizdir. Kishi yaratgan ma’naviy boyliklarni qanchalik ko’p o’zlashtirsa, uning shaxsi shunchalik barkamol bo’ladi.
O’qituvchining boyligi, bilimdonligi xalq manfaatiga, yoshlarning baxti, istiqboli, kelajagiga qaratilishi, xizmat qilishi zarur. Mashhur mutafakkir aytganidek, agar kishi faqat o’zi uchungina ishlasa, u mashhur olim, ulug’ donishmand; ajoyib shoir bo’lishi mumkin, lekin u hech qachon haqiqiy barkamol inson bo’la olmaydi. Buyuk kishi bo’lishi uchun avvalo jamiyat taraqqiyoti yo’lida, insoniyatning buyuk orzu - istaklarini ro’yobga chiqarish yo’lida xizmat qilmoq va buning uchun zarur bo’lsa, o’z hayotini ham qurbon qilishga tayyor turmoq kerak. Muallimning bilimdon bo’lishi, insoniyat yaratgan ma’naviy boyliklarni ko’paytirishi va uni yoshlarga astoydil o’rgatishi, o’z ishidan qanoat hosil qilishi, o’z kasbini, bolalarni dildan sevib, berilib ishlashi — bularning barchasi o’quvchi shaxsining shakllanishiga ta’sir etadi. Har tomonlama bilim va yuksak madaniyatga ega bo’lgan o’qituvchi odobining talablaridan biridir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat kishisiniыg ideali insonning aqliy barkamol, ma’naviy boy, ishbilarmon, ahloq - odobli, halol, rostgo’y, «o’zini tuta oladigan bo’lishini taqozo qiladi. Maktab o’quvchilari bu idealga intiladilar. O’quvchiga ahloqiy ta’sir o’tkazishining samarasi o’qituvchining chuqur bilimli, yuksak ma’daniyatli, barkamol inson bo’lishiga bog’liq. Muallim - o’zi o’qitadigan fanini yaxshi bilishi va undan tuzukkina dars berishi bilangina bunga erisha olmaydi. Haqiqiy ustoz o’z predmetini bilish bilangina cheklanib qola olmaydi. U juda ko’p narsalarni bilishga, tushunishga, his etishga intilishi lozim. Mafkuraviy hayot, badiiy adabiyot, tasviriy san’at, teatr, kino, televideniya, musiqa, arxitektura, sport — muallim bularning barchasidan xabardor, ularni tushunadigan, qadrlaydigan bo’lishi talab etila. O’qituvchi hamma narsani ko’ra oladigan bo’lishi zarur, lekin har joydan bir shingil emas, balki, avvalo, o’z ishini, o’zi o’qitadigan fanni puxta bilishi, shu bilan birga bilimlarning boshqa sohalariga ham qiziqishi, ulardan xabardor bo’lishi kerak. O’qituvchilik faoliyati uchun bu sifatlar zaruriy hisoblanadi. Ilm — fan rivojlanib, yangi texnologiyalar joriy etilayotgan hozirgi davrda bolalar bilim oladigan manbalar yil sayin ko’payib bormoqda. Badiiy va ilmiy - ommabop kitoblar, gazeta, jurnal, radio va televizion eshittirishlar, muzey va ko’rgazmalarga bolalar juda qiziqadilar, shuning uchun ham muallim juda ko’p narsani bilishi, hamma narsadan xabardor bo’lishi kerak. O’qituvchi madaniyatning biror sohasidan ham xabarsiz qolishi mumkin emas. U bolani qiziqtiradigan barcha savollarga to’g’ri, o’rinli javob qaytarishi lozim. O’z fanidan boshqa hech narsaga qiziqmaydigan muallim o’qituvchilar uchun ideal bo’la olmaydi. Jamiyat hamma vaqt o’qituvchining umumiy madaniyatiga juda katta talabalar qo’yadi. O’qituvchining ma’naviy qiyofasida halollik, rostgo’ylik, ahloqiy poklik, oddiylik va kamtarlik muhim fazilatlardan hisoblanadi. Bu fazilatlar kishiga ichki go’zallik, ma’naviy poklik bag’ishlaydi, kishining qadr - qimmatini oshiradi. Halollik muallimning ichki va tashqi dunyosining birligini, so’zi bilan hatti - harakati to’g’ri kelishini, o’quvchilarga, hamkasblariga, ota — onalariga ochiq ko’ngil va samimiy munosabatni ifodalovchi ahloqiy fazilatdir. U inson xarakterining mohiyatidan kelib chiqadi. O’qituvchining halolligi o’z vazifasini vijdonan va ongli ravishda bajarishida namoyon bo’ladi. O’qituvchi ahloqida halollik, to’g’rilik, rostgo’ylik, mafkuraviylik, prinsipiallik, o’ziga, o’quvchilarga va boshqalarga bo’lgan ishonchni, samimiylikni, so’z bilan ish birligini, oddiylik va kamtarlikni taqozo qiladi. Rostgo’ylik o’qituvchining ma’naviy qiyofasini xarakterlaydigan ahloqiy fazilat bo’lib, kishining so’zida, gapida ifodalanadi. Rostgo’ylik kishilarga doimo haqiqatni gapirishki, to’g’ri ma’lumot berishni, aldamaslikni talab qiladi. "Qudratli insonda doimo rostlik, zaiflikdan erur yolg’onu pastlik", degan edi Abulqosim Firdavsiy, Markaziy Osiyo xalqlarining umuminsoniy va milliy qadriyatlarida rostgo’ylik va shirinso’zlik o’ta qadrlanadi. O’qituvchining halolligi, rostgo’yligi, pokligi Vatanga, xalqqa, yoshlarga munosabatida namoyon bo’ladi. Halollik va rostgo’ylik - kamtarlik va oddiylikni taqozo qiladi, halol va rostgo’y odam oddiy va kamtar bo’ladi. O’ziga ko’rsatilgan izzat - hurmatdan taltayib, gerdayib manmanlikka berilib ketmaydi. By fazilatlar o’qituvchining ahloqi kishi sifatida obro’sini oshiradi. Aksincha muallimning ikki yuzlamachiligi, soxta, qalbaki hatti - harakatlari, prinsipsizligi bola tarbiyasiga salbiy ta’sir etib ba’zan juda og’ir oqibatlarga olib keladi. Muallimning yomon hulqi ta’sirida bola ahloqsizlik qo’liga qarab ketishi mumkin. CHunki bunday voqealar bolaning qalbida chuqur iz qoldiradi. Ayrim oilalarga sofdillik, halollikdan ko’ra ikkiyuzlamachilik ustun keladigan ba’zi holatlar ham uchrab turadi. Buning ustiga yana muallim maktabda bir xil gapirib, turmushda, uyida boshqacha hayot kechirganini, boz ustiga bunday muallimni maktab direktori mukofotlaganini o’quvchi ko’rib tursa, buning oqibatini bir tasavvur qiling. Bu ahloqiy tarbiya nuqtai nazaridan juda xavfli. Buning natijasida bola muallimga ham, boshqalarga ham ishonmaydigan, kattalarni hurmat qilmaydigan, tartibbuzar bo’lib ketishi mumkin. Pedagogik jarayonda muallimning halolligi, rostgo’yligi, «o’zini tuta bilish, shirinso’zlik kabi ahloqiy sifatlari uning shaxsiy ishi emas, balki ijtimoiy qiymat va ahamiyat kasb etadi, professional zaruriy fazilatlarning tarkibiy qismi bo’lib qoladi. Ijobiy ahloqiy sifatlar bo’lmasa o’qituvchining bilimi, mahorati va boshqa hislatlari o’z qiymatini yo’qotadi. Chuqur bilim, pedagogik mahorat va ruhiy - ma’naviy hislatlar bilan bir qatorda mas’uliyat, qadr - qimmat, adolat, yaxshilik istash, halollik, rostgo’ylik, kamtarlik, vijdonlilik kabi ahloqiy fazilatlar muallimning obro’sini oshiradi. Xullas, agar muallim o’quvchilar unga xushahloq, eng barkamol inson deb qarayotganliklarini qanchalik yodda tutsa, bolalarga uning ta’siri shunchalik kuchliroq bo’ladi, uning har bir maqtagani bolaga zavq bag’ishlaydi, uning har bir tanbehi bola qalbida shunchalik chuqur iz qoldiradi, barcha tarbiyaviy ishlar ta’sirli va samarali bo’ladi. O’zining biror noo’rin hulqi bilan bolalarga yoqmay qolgan muallimning ahvoli voy bo’ladi. Muallim ahloqining pokligiga ishonch yo’qolsa, yoki unga putur yetsa, o’sha zahotiyoq o’qituvchi nutqining burdi ketadi - uning maqtashi ham, tanbehi ham o’z ahamiyatini yo’qotadi, avvallari bolalarning unga hurmati va muhabbati tufayli ko’ngilxushlik bilan osongina bitadigan ishlar endi bolalarni qiynash, majbur etish va jazo berish bilangina bajarilishi mumkin. O’qituvchining ahloqiy fazilatlaridan yana biri - o’z kuchiga ishonch, lekin manmanlik, maqtanchoqlik qilmaslikdir. Muallim har doim oldinga qarab intilishi, o’z ishiga, o’z - o’ziga nisbatan talabchan bo’lib, o’z darslariga tanqidiy qaray olishi lozim. O’quvchilar, hamkasblari, nazoratchilari uning darslarini yuqori baholasalar ham muallim bundan mag’rurlanib ketmasligi kerak. U yaxshi o’tgan darsidan qanoat hosil qilgan paytlarida bundan ko’ra ham tuzukroq; ishlashga intilsa, bu - ijodiy kamolot sari borishning to’gri yo’lidir. Qo’rqoklik, «o’z kuchiga ishonmaslik, birovning ko’magiga muhtojlik, «o’qituvchi ahloqiga, muallimlik kasbiga mutlaqo to’g’ri kelmaydi. Shuningdek, o’ziga bino qo’ygan, maqtanchoq, olifta muallimni ham bolalar xush ko’rmaydilar. O’qituvchi o’z kuchiga ishonib, o’z fanini, bolalarni, pedagoglik ishini sevgan, o’zining butun kuchini, qalb ko’rini unga sarflagan taqdirdagina o’quvchilarning hurmatiga sazovor bo’la oladi. Ma’lumki, o’qituvchining faoliyatida ayrim juz’iy xatolar, istisnolar, ba’zan biror noo’rin hatti - harakat uchrab qolishi ham mumkin. Muallim bunday paytlarda o’z xatosini tushunib, uni tan olishi, kechirim so’rashi lozim. Bu yaxshi muallimiing qadr -qimmatini tushirib yubormaydi, balki aksincha, o’quvchilar muallimning jur’atiga, uning yuksak ahloqiy fazilatlariga ishonch bilan qaraydigan bo’ladilar. O’qituvchi o’zi ikkilanadigan ayrim masalalarni, xatto o’qituvchilar bu haqda so’rab qolsalar ham, bolalarga iloji boricha, aytib qo’ymasligi maqsadga muvofiq. Chunki, mujmal, xato javob bergandan ko’ra, bu masalani hozircha chetlabroq o’tish ma’qul, navbatdagi darsgacha uni aniqlab, bilib olishi va so’ngra asosli javob qaytarishi mumkin. Boshqa kasblarga qaraganda pedagogik faoliyat odobli bo’lishni taqozo qiladi. Odatda, inson ahloqi uning odobida ifodalanadi. O’qituvchining har bir so’zi, har bir bosgan qadami ibrat, tarbiya, o’rnakdir. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling