Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika


Download 1.04 Mb.
bet104/133
Sana03.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1151901
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   133
Bog'liq
Ma\'ruza 3 kurs

O’qituvchilik vijdoni. Vijdon kishining o’z hatti - harakati, qilmishi, yurish - turishi uchun odamlar, jamoatchilik oldidagi mas’uliyat tuyg’usidir. U diyonat, insof, halollik, sofdillik degan ma’nolarni ham bildiradi. Abdulla Avloniy; «Vijdon deb ruhimizga, fikrimizga ta’sir qiladurg’on hissiyot, ya’ni sezuv - tuymakdan iborat ma’naviy quvvatni aytiladur»17 deb tarif bergan edi.. Uning fikricha vijdon kishining fe’l - atfori va harakatlarining yaxshi va yomonligini, foydali yoki zararligini ko’rsatadi. Vijdon inson aqli va fikrning haqiqiy mezonidir. Uning yordamida ham bir kishi o’z kamchiliklarini va boshqalarning fe’l - atvorini o’lchaydi, baholaydi. «Agar ishlagan ishi shariat, aql hikmatga muvofiq bo’lsa, muhabbat qilur, qaboxat va yomon ishlarni qilsa, nafrat qilur»18. Vijdon yaxshi hulqlarning manbai bo’lgani uchun ham vijdonli kishilar har bir ishni beg’araz va xolis niyat bilan bajaradilar va bundaylar boshqalar nazarida maqbul va suyukli kishilar hisoblanadi. Vijdonsiz kishilar esa o’z qilgan amallari oqibatida hasrat va nadomat chekib, vijdon azobiga girifdor bo’ladilar. Vijdoni salomat kishilar iymonli va e’tiqodli bo’ladilar. SHod va hurramlikda umr kechiradilar.
Pedagogik faoliyatda o’qituvchining vijdoni ta’lim - tarbiya jarayonida ahloqiy yo’l — yo’riqlarini va kasbiy burchni qanday bajarayotganini, nazorat qiluvchi ma’naviy kuchdir. O’qituvchi faoliyatida, ahloqida, hulqida vijdon o’z - o’zini nazorat qilish vositasidir. O’qituvchilik boshqa kasblardan o’zining shu jihati bilan keskin ajralib turadi. O’qituvchilik vijdoni muallimning o’z bilimi, tajribasi va qobiliyatini to’la ishga solib, boshqalarni o’qitish, tarbiyalash bilan ma’rifatli qilishga da’vat etadi. Vijdonli o’qituvchi ta’lim - tarbiya ishlarini yuksak darajada amalga oshirish uchun qo’lidan kelgan barcha ishlarni qiladi.
Agar kishida o’qituvchilik qilishga qobiliyat, pedagogik faoliyatga qiziqish, iste’dod bo’lmasa, jamiyat talab qiladigan darajada bolalarni o’qita olmasa, agar u kun o’tkazish uchungina muallimlik qilayotgan bo’lsa, bu — o’qituvchilik vijdonining yo’qligini ko’rsatadi. Vijdonli o’qituvchi kechirimli bo’ladi. Axir u ta’lim berayotgan bolalarning bilimi past, hulqida qusur, kamchilik uchrayotgan bo’lsa, bundan o’qituvchi vijdonan qiynaladi. O’qituvchining vijdonini faqat uning o’zigina nazorat qilishi mumkin. Muallim nazoratchilar ishtirok etayotganda o’quvchilar bilan oldindan tayyorlab, mashq qilib qo’ygan darsni qayta o’tishi, kuzatuvchilar buni sezmasligi yoki aniqlay olmasligi, farqlamasligi ham mumkin.
O’qituvchilik vijdoni muallimni bolalar bilan muomala - munosabatda oqilona tavakkal qilishga undaydi, pedagoglikka to’g’ri kelmaydigan hatti — harakatlaridan tiyadi, bola o’qishni bo’shashtirib yuborsa, yoki hulqida biror salbiy o’zgarish ro’y bersa, beorom qilib qo’yadi; zarur bo’lib qolsa, uy - ro’zg’or ishlarini ham yig’ishtirib qo’yib, darsdan tashqari vaqtlarda ham maktabga borib sinfdan tashqari ishlar bilan shug’ullanishga da’vat etadi. Pedagoglik vijdoni o’qituvchining sezgirligi, xushyorligini oshiradi. Pedagog uchun o’z xato, kamchiliklarini aql ko’zi bilan ham, qalb ko’zi bilan ham seza olish hislati juda muhimdir.
Ta’lim — tarbiya ishlarining samaradorligi faqat o’qituvchining o’zigagina emas, balki ota - onalar, kasbdoshlari bilan hamkorlikka ham bog’liqdir. O’qituvchilik vijdoni muallimni ahloq qoidalariga o’zi amal qilish bilan birga boshqalardan ham ahloq normalarini bajarishni talab qilishga undaydi. Vijdonli muallim o’zi yoki kasbdoshlari xato qilib qo’yishidan hijolat tortadi, nomus qiladi. O’qituvchi odobida bu tuyg’u ayniqsa, ko’zga yaqqol tashlanadi. Haqiqiy pedagog kasbdoshi yoki o’quvchisi sodir etgan qo’pollikdan ham afsuslanadi, hijolat chekadi.
O’qituvchilik vijdoni ahloqiy madaniyatlilikning ifodasidir. U faol ta’sir o’tkazish xususiyatiga ega bo’lib, bolalarda vijdon, sha’n, qadr - qimmat haqidagi tasavvurlarni hosil qiladi. SHuning uchun ham o’qituvchining vijdoni doimo pok bo’lmog’i kerak. Muallim hamma vaqt o’z - o’zini, o’z hatti - harakatlarini o’quvchilar va ota -onalar ko’zi bilan nazorat qilib borishi kerak. Muallim bolaning ko’z oldida kelajakning timsoli sifatida namoyon bo’lmog’i lozim. CHunki bugun undan saboq olayotgan o’quvchilar o’n besh - yigirma yildan co’ng jamiyat hayotida, ijtimoiy mehnatda faol qatnashadi. Muallim bugun qanday yashab, qanday ishlab, o’quvchilarni qanday o’qitgan bo’lsa, uning timsoli o’quvchilari uchun ularning hayot yo’lini yorituvchi ahloqiy nur bo’lib xizmat qiladi. Muallimning o’z vijdoniga xilof qilgan har bir ishi, nafaqat bugun uning atrofidagi kishilar uchun, balki jamiyatning kelajagi uchun ham zararlidir. Pedagoglik vijdoni o’qituvchidan bugunni emas, balki o’z o’quvchilarining kelajagini ham o’ylab qadam bosishni talab etadi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling