Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika
Download 1.04 Mb.
|
Ma\'ruza 3 kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2- topshiriq
- PEDAGOGIK MAHORAT VA UNING ASOSIY KOMPONENTLARI.
Mustaqil ish uchun topshiriqlar
1– topshiriq. SHarq mutafakkirlaridan Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, az-Zamaxshariy, Sa’diy SHeroziy, Zarnudjiy, Alisher Navoiy, Voiz Koshifiy va boshqalarning mudarrsilar va ularni tanlash, ularga qo’yilgan talablar, ustoz-shogirdlik munosabati, muomala madaniyati haqidagi qarashlarini konspektlashtirish va ularni Klaster usuli asosida o’rganish. 2- topshiriq: A.Komenskiy, A.Disterveg, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy va hozirgi kun pedagoglarining pedagogik mahorat va texnika haqidagi qarashlarini T-chizma usuli bilan tahliliy o’rganish. 3- topshiriq: Pedagogik faoliyat strukurasini alohida tahlil qilish bilan bog’liq N.V.Kuzmina, YU.K. Vasilev, V.A. Slastenin, U. Nishonaliyev, N.SHodiyev, A. SHcherbakovning ilmiy ishlari bo’yicha individual yoki guruhiy axborotlar tayyorlang. Pedagogik faoliyat tarkibiga kiruvchi yetakchi kasbiy-pedagogik ko’nikmalarni ajrating. Professiogramma asosida o’ta zarur ko’nikmalar ro’yxatini tuzing. So’ngra pedagogik faoliyatda pedagog shaxsining pedagogik -psixologik xislatlarining ahamiyatini qanchalik yuqoriligi masalasini muhokama qiling. Ta’lim-tarbiya islohoti davrida o’qituvchi shaxsini qaysi sifatlar va fazilatlar tavsiflaydi? Endi ish boshlayotgan o’qituvchilar o’qituvchi xarakterining qaysi xususiyatlarini o’zida mujassamlantirishni xoxlaydilar? O’quvchilar pedagogda nimani hammadan ko’ra yuqori baholaydiiar PEDAGOGIK MAHORAT VA UNING ASOSIY KOMPONENTLARI. O’qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasb. Yaxshi o’qituvchi bo’lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o’zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o’qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g’oyalar bayon etiladi. O’qituvchining yosh individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktab hayoti amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma - xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o’qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi. Shuning uchun hozirgi kun o’qituvchisi: pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon; milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, ma’naviy barkamol; O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan, vatanparvarlik burchini to’g’ri anglagan, e’tiqodli fuqaro; ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik bilim va mahoratni, shuningdek nazariy ilmlarni mukammal egallagan; o’qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi ko’radigan, har bir o’quvchi ulg’ayib, yaxshi odam bo’lishiga chin ko’ngildan ishonadigan, ularning shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko’maklashadigan; erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli bo’lmog’i darkor. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling