Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika
Qadimgi Yunon va Rim faylasuflarining o’qituvchi va uning notiqlik san’ati haqidagi qarashlari
Download 1.04 Mb.
|
Ma\'ruza 3 kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mark Fabiy Kivintilian
Qadimgi Yunon va Rim faylasuflarining o’qituvchi va uning notiqlik san’ati haqidagi qarashlari
Har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma’naviy yuksalishini ta’minlovchi ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat kabi tushunchalar mavjud bo’lib, ular pedagogika fanidagi o’zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq xolda atroflicha o’rganishini taqozo etadi. Pedagogika tarixi ma’naviy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotning harakatlantiruvchi kuchi bo’lishi, inson kamoloti haqidagi g’oyalarni nihoyatda puxta bilishini talab etadi. Eramizdan oldingi oltinchi asrdan milodiy beshinchi asrgacha o’tgan davrda Yunonistondagi quldorlik davlatlari va Rim imperiyasida bir qadar demokratik tartiblar, respublika boshqaruvi o’rnatilgan. Bu yerda o’ziga xos ta’lim-tarbiya tizimlari va pedagoik ta’limotlar yaratilgan. YUnonistonlik olimlar – Demokrit (460-370), Suqrot (469-339), Aflotun(427-347), Arastu (383-322); shunigdek, mashhur Rim pedagogi Kvintilian (42-118)lar o’z asarlarida ta’lim-tarbiya, o’qituvchi ahloqiga doir pedagogik nazariyalar yaratganlar. Masalan, Demokrit tarbiyaning tabiatga mosligi g’oyasini o’rtaga qo’ygan. O’qitish jarayonida bolalarning qiziquvchanligini hisobga olish zarurligini uqtirgan. Ta’limning kishi tabiatiga o’zgartiruvchi qudratli kuch ekanligini, o’qitishda majburlash usulidan ko’ra, ishontirish vositasidan foydalanish afzalligini, salbiy namunalarning zararligini ta’kidlagan edi. U tarbiyada mehnatning roli muhimligini ko’rsatib, pedagoglar, ota-onalar bolani yomon o’rnakdan ehtiyot qilib, yaxshi xulq hosil qilish uchun foydali xatti-harakatlarni ko’proq mashq qildirishlari lozim, degan edi. Aflotun bola tarbiyachiga itoat qilishi zarurligi to’g’risidagi g’oyani ilgari suradi. U bolani muttasil nazorat qilib borish; uning yaxshi, itoatkorligini rag’batlantirish, itoatsizlik qilsa qo’rqitish va urib bo’lsa ham to’g’ri yo’lga solish lozimligini ta’kidlaydi. «Agar pedagog yoki ota-ona, - degan edi u, - bolaga: mana bu adolatli, bu esa- adolatsiz, bu ishni qilish yaxshi, bu esa – uyat, bu narsa – muqaddas, bu esa – nopoklik: bu ishni qilish kerak, buni qilmaslik lozim, deb aytmasa va ko’rsatmasa bolani tarbiyalay olmaydi» (Xrestomatiya po istorii zarubejnoy pedagogiki. Moskva, «Prosvesheniye», 1981, 19-bet). Arastuning «Iskandarga nasihat»i (qarang: «O’zbek pedagogikasi antologiyasi». Toshkent, «O’qituvchi». 1995, 39-46-betlar)da bayon etilgan pedagogik g’oyalar yoshlarni axloqiy tarbiyalash nuqtai nazaridan hamon qimmatini yo’qotmagan. Shuningdek, Arastuning «Afina siyosati» asarida tasvirlangan (qarang: Pisarenko V.I, Pisarenko P.YA. Pedagogicheskaya etika. Minsk, 1977. 10-11-betlar) afinaliklarning o’qituvchilarni saylash tamoili ham o’qituvchi bobida diqqatga sazovordir. CHunonchi, muallimdan yoshlarda sinfiy burchga sadoqat, intizomlik, davlatni boshqara olish kabi axloqiy fazilatlarni tarbiyalash talab etilgan. Saylab qo’yish-o’qituvchi-tarbiyachilar zimmasiga katta majburiyatlar yuklagan. Bu taomil Afina davlatida pedagoglik ishining ommaviyligini, unga katta e’tibor berilganligini ko’rsatadi. O’qituvchi etib saylangan kishi unga davlatning kelajagi – yoshlarni tarbiyalashdek ulug’ vazifa ishonib topshirilganidan faxrlangan. Davlat va tarbiyalanuvchilar bilan o’qituvchi o’rtasidagi muomala, munosabatlarini tartibga soluvchi qoidalarga amal qilish talab etilgan. Rim pedagoglaridan eng mashhuri – Mark Fabiy Kivintilian «Notiqni tarbiyalash to’g’risida» nomli asarida pedagogik muammolarni, shunigdek, o’qituvchi odobiga doir masalalarni ham bayon etadi. Kvintilian o’z zamonasining Grek va Rim pedagogik g’oyalarini yaxshi o’rganib, notiqlar maktabida ko’p yillar o’qituvchilik qilib orttirgan katta tajribasini umumlashtiradi. Uning fikricha, bola maktabda ta’lim-tarbiya olishi lozim. O’qituvchi o’zi tarbiyalayotgan har bir bolaga ehtiyotlik bilan va e’tibor berib muomala qilishi kerak, chunki befaxm va qobiliyatsiz bola kamdan-kam uchraydi. O’qituvchining o’zi o’qimishli bo’lishi, bolalarni sevishi, o’zin yaxshi tuta bilishi, bolalarni bo’lar-bo’lmasga maqtayvermasligi yoki jazolayvermasligi, o’z shogirdlari uchun o’rnak bo’lishi va ularni sinchiklab o’rganishi lozim. O’ar bir o’qituvchi o’qitishning hamma bosqichlarini o’tishi kerak. YUqori tipdagi maktab o’qituvchisi, avvalo boshlang’ich maktabda muallimlik qilishi maqsadga muvofiq. Muallim va tarbiyachilarning talaffuzi yaxshi bo’lishi kerak. O’qituvchi odobining tarixiy ildizlari haqida gap borar ekan, qadimgi YUnoniston va Rim pedagoglarining yuqorida keltirilgan g’oyalarini tilga olish o’rinli deb hisoblaymiz. CHunki Markaziy Osiyoda yashagan mutafakkirlar Hindiston, Xitoy kabi sharq mamlakatlari madaniyati, ilm-fani, pedagogikasi bilan bir qatorda qadimgi YUnoniston, Rim madaniyati, falsafasi, pedagogikasiga ham e’tibor berganlar. Jahon allomalarining ilmiy aloqalari, ma’rifatparvarlik, pedagogik, ahloqiy ta’limotlari Markaziy Osiyoda pedagogika sohasidagi fikrlar taraqqiyotining tarixiy ildizlaridan biridir. Qadimgi ajdodlarimiz yoshlarni vatanparvar, xalqparvar, sadoqatli, har qanday mashaqqatlarga bardoshli, jasur, kuchli, mard qilib tarbiyalashga e’tibor berganlar. Tarixiy shaxslar bilan bog’liq rivoyatlarda ham odamiylik, nazokat, aql - idrok, vafo - muhabbat, sadoqat, adolat kabilar ulug’lanadi. Bunday hislatlarni tarbiyalash, shakllantirish esa o’qituvchi ustozga yuklatilgan edi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling