Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika


Download 1.04 Mb.
bet13/133
Sana03.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1151901
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   133
Bog'liq
Ma\'ruza 3 kurs

Yusuf Xos Xojib Bolasogunda tug’ilgan, o’z asarini yoshi ellikdan o’tganda yozgan. Asarning xijriy 462 (1069 - 1070) yozib tugallanganligi, uni o’n sakkiz oyda, ya’ni 461 yilning birinchi yarmida boshlab , 462 yilning o’rtalarida tugatganligi, agar bu davrda Yusuf Xos Xojib 50 yoshlar atrofida bo’lsa, 410 (1019 milodiy) yillarda tug’ilganligi taxmin etiladi. Yusuf Xos Xojibning "Qutadg’u bilig" asari 6500 baytdan yoki 13000 misradan iborat. Buyuk mutafakkir asarni yozib tugatgach, koraxoniylar xukmdori Tavgachxon (kitobda Tavgoch Ulug Bugra Koraxon (Xoqon), Abo Ali Xasan binni Sulaymon Arslon Koraxon (xokon) nomlari bilan zikr etilgan huzuriga kelib, unga taqdim etadi. Kitob xonga manzur bo’lib, uning muallifiga Xos Xojiblik unvonini beradi. "Qutadg’u bilig" asari katta shuhrat qozonadi. Shuning uchun ham "Qutadg’u bilig" ni chinliklar (Xitoy) "Adab ul - muluk" ("Xukmdorlar odobi"), mochinliklar (Sharqiy Turkiston) "Anis ul-malolik" ("Mamlakattaning tartib usuli"), eronliklar.; "Shoxnomai turkiy", Sharq elida "Ziynat ul-umaro", ("Amirlar ziynati"),; turonliklar "Qutadg’u bilig" ba’zilar esa "Pandnomai muluk" ("Xukmdorlar nasixatnomasi") deb atagani kitob mukaddimasiga kiritiriladi. Mazkur asarning shuxrat topishi bejiz emas edi. Chunki Yusuf; Xos Xojib o’z davrining yetuk mutafakkiri, chuqur bilimli, donishmand kishisi edi. Buni asarning mundarijasi va mazmunidan ham bilsak bo’ladi. U o’z asarida tibbiyot, falakiyot, tarix, tibbiyot, geografiya, riyoziyot, xandasa, falsafa, adabiyot, ta’lim-tarbiya, fikxga oid fikralarni bayon etib, faylasuf va Qomusiy olim sifatida o’zini nomoyon etdi. Chunonchi u barcha ijtimoiy tabaqalar o’rtasidagi muomala, munosabatlarni yoritish Bilan diplomatiyaga oid qoidalar tizimini yaratdi, turli kasb egalarining kasb-koriga oid talablar va jamiyatning ahloqiy tamoyillarini tarannum etish bilan ta’lim-tarbiya sohasida o’ziga xos uslubni yaratdi.
"Qutadg’u bilig" - baxt va saodatga eltuvchi bilim, ta’lim Dega ma’noni bildiradi. Demak, asar nomidan ham uning pand-nasixatlar, ta’lim-tarbiyaga oid, Har tomonlama komil insonni tarbiyalaydigan yetuk didaktik asar ekanligi yakqol ko’rinib turibdi.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling