Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika


Download 1.04 Mb.
bet3/133
Sana03.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1151901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Bog'liq
Ma\'ruza 3 kurs

Tayanch so`z va iboralar
Ta’lim – tarbiya, ajdodlar merosi, o`tmish qadriyatlar, milliy meros, pedagogika tarixi fani, pedagogika tarixining maqsadi va vazifala, tarbiyaning kelib chiqishi, ibtidoiy jamiyatda tarbiya, urug`chilik jamiyatidan oldingi jamiyat yosh jihatdan bo`linish, eng qadimgi yodgorliklar, Gerodotning "Tarix" kitobi, Tumaris va Shiroq haqidagi rivoyatlar, "Urxun - Enasoy yodgorliklari", "Irq bitiklari", xalq og`zaki ijodi, "Avesto", Islom dini,Qur’oni Karim, Hadis

Ta’lim - tarbiya jarayonida ajdodlar merosidan samarali foydalanishning ahamiyati.


Uzoq va boy tarixga ega bo`lgan Markaziy Osiyo xalqlari o`zining ta’lim - tarbiyaga oid boy merosini yaratib, takomillashtirib, insoniyatning yuzlab avlodlarini insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr - oqibat, mehnatsevarlik, do`stlik, saxiylik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelgan. Xalqimiz yaratgan ma’rifiy fikr sarchashmalari qadim - qadimlarga borib taqaladi. Lekin mustaqillikka erishgunimizga qadar biz bu meroslarning baridan bebahra edik. Istiqlolimiz sharofati bilan milliy - madaniy merosimiz, qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni o`rganish va uni yanada yuksaltirish uchun imkoniyatlar yuzaga keldi.
Mamlakatimizning istiqlol yo`lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim - tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg`unlashtirish asosida jahon andozalari va ko`nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda.
Bu esa qadimiy boy ma’rifiy merosimizning qimmatli manbalarini, bebaho xazinamizni yuzaga olib chiqish, uni hozirgi ilmiy - pedagogik tafakkur iste’moliga kiritishni taqoza etadi.
O`tmish ajdodlarimiz qoldirgan boy milliy qadriyatlarimizning ahamiyatini birinchi prezidentimiz I.A.Karimov o`z asarlarida alohida ta’kidlab shunday degan edi: "Xalqimiz tayanchi - ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o`zi bir xazina. Bu xazinadan oqilona fodalanishimiz lozim".
Islom Karimov jamiyatimiz milliy mafkurasini yaratishda ham o`tmish mutafakkirlarimiz merosini muhim deb bildi. U bu mafkurani yaratishda "milliy tariximiz va umumbashariy taraqqiyot rivojiga unutilmas hissa qo`shgan olimu fuzalolarning mafkura va uning jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida qoldirgan ilmiy merosi, falsafiy qarashlarini har tomonlama o`rganish darkor. Men bu o`rinda Abu Nosir Frobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Bahovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro kabi ulug` ajdodlarimizning shu mavzuga daxldor asarlarini nazarda tutayapman.
Masalan, Forobiyning "Fozil odamlar shahri" asarini esga olaylik. Buning ming yilcha muqaddam yaratilganiga qaramasdan, bugungi o`quvchi ham bu asardan hozirgi hayotning murakkab muammolarini hal qilishda asqotadigan muhim fikr va yo`l - yo`riqlarni topa oladi", - deb yozgan edi.
Pedagogikamiz tarixini, o`tmishda ta’lim - tarbiya amaliyoti va nazariyasi qanday bo`lganligini bilmasdan turib hozirgi ta’lim - tarbiyamizda yuksak darajaga erishib bo`lmaydi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling