Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika


Download 1.04 Mb.
bet49/133
Sana03.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1151901
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   133
Bog'liq
Ma\'ruza 3 kurs

1. Ko’rsatmalilik tamoyili — Komenskiy ko’rsatmalilik tamoyilini nazariy jihatdan isbotlab, mufassal bayon qilib berdi. U bu prinsipni faqat ko’rsatib o’qitish usuli tariqasidagina emas, balki barcha sezgi organlarini narsa va hodisalarni asosli va yaxshi o’zlashtirib olishga jalb etish vositasi tariqasida keng ma’noda to’g’ri tushunadi.
Ko’rsatmalilikni o’qitishning «Oltin qoidasi» deb ataydi. Ko’rsatmalilik prinsipida: a) bolaga real narsalarni ko’rsatish, b) dunyoni rasmlar orqali tushuntirish, v) narsalar modelini ko’rsatish, g) o’qituvchining so’zi. Komenskiy «Mir chuvstvenno’x vehey v kartinkax», ya’ni «Dunyodagi narsalarning rasmlarda aks etishi» asarida o’qitilayotgan, o’rganilayotgan narsalarni ushlash, ko’rish, yeyish, hidlash kerakligini aytib, bu o’rganilayotgan materialni chuqur bo’lishga va esda uzoq vaqt saqlanishiga olib keladi, deydi.
2. Onglilik tamoyili. Komenskiy onglilik tamoyilini ilgari surar ekan, o’qitishda ma’no-mazmunini tushunmay, og’zaki yodlashga qarshi chiqadi. «Aql-idrok bilan yaxshi tushunib olingan narsadan boshqa hech bir narsani zo’rlab yodlatmaslik lozim». O’quvchilar «O’rganilayotgan narsa kundalik hayotda qanday foyda yetkazishini o’qituvchi yordamida anglab olishlari kerak. SHu bilan hodisalarning sabablarini anglatmoq, har bir narsani to’la tushuntirib bo’lguncha, shu narsa ustida to’xtatmoq kerak» deb hisoblaydi.
3. Komenskiy ta’limning tizimli bo’lishini talab qiladi. O’qitilayotgan material o’quvchilarga asosiy qodilar tariqasida lo’nda bayon qilinishi kerak. O’qitishda dalillardan xulosalarga, misollardan qonunlarga o’tish, dalillar va misollarni qoidalar tizimiga solib, umumlashtirib berish lozim, aks holda hodisalarning tizimsiz uyumi hosil bo’lib qoladi. Konkretdan abstraktga, osondan qiyinga, umumiydan xususiyga o’tish kerak; avval narsa, ya’ni hodisaga umumiy tushuncha berib, keyin uning turli tomonlarini ayrim-ayrim o’rganish kerakligini ko’rsatadi.
Izchillik tamoyilida — fan asoslarini izchil bayon qilish va sistemali tarzda o’rgatish talab etiladi. Izchillik tamoyilida, kun, oy, yilga vazifa qo’yish va uni amalga oshirish uchun intilish kerakligi aytiladi. Bunda aniq vaqtni belgilash, o’qishning bola yoshiga mos bo’lishi, material izchillik bilan o’rganilishi, ya’ni bugungi material ertagi bilan bog’lanishi va keyingi o’tiladigan materialga yo’l ochish kerak.
Komenskiy materialni mustahkam, asosli o’zlashtirib olishlariga katta ahamiyat berib, «mustahkam asos» vujudga keltirish, o’qitilayotgan narsalarni bir-biriga bog’lagan holda olib borish lozim, deydi. Har bir mavzu qisqa, aniq qoidalar asosida berilishi kerak. O’tilgan materialni mashq qildirish va takrorlatish o’quvchilarning materialni mustahkam o’zlashtirishiga olib keladi. Takrorlangan dars materiali esda yaxshi saqlanib qoladi. Ovoz chiqarib takrorlashning foydasi ko’pligini ko’rsatadi. Mashqlar o’rnida bir qancha qoidalarni belgilab, takrorlash yo’llarini aniqlab beradi. O’qitishda taqrib bilan tahlilni bir-biriga qo’shib olib borish kerakligini ko’rsatadi.
Komenskiy maktablarda mashq qilish bilan yozishni, nutqni mashq qilish bilan gapirishni, ashulani mashq qilish bilan ashula aytishni, xulosalar chiqarib berish yo’li bilan xulosalar chiqarishni va shu kabilarni o’rgansinlar, toki maktab ishi qizib turgan bamisoli bir ustaxona bo’lsin deydi. SHuningdek, u o’quvchilarning bilish qobiliyatini o’stirishga, bilimga bo’lgan ishtiyoqini kuchaytirishga va ilm ishiga bo’lgan g’ayratini oshirishga intildi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling