Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika


Muloqatga kirishish. Aloqa o’rnatish (kommunikatsiya) tushunchasi


Download 1.04 Mb.
bet83/133
Sana03.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1151901
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   133
Bog'liq
Ma\'ruza 3 kurs

Muloqatga kirishish. Aloqa o’rnatish (kommunikatsiya) tushunchasi. Kommunikativ qobiliyat ham o’qituvchining muhim qobiliyatlari jumlasidandir.
O’qituvchi o’quvchilarga biron -bir narsani o’rgata olishi uchun ular bilan munosabatga kirishishi shart. Munosabat odamlar o’rtasidagi birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog’lanishlar rivojlanishning ko’p qirrali jarayonidir. Munosabat birgalikda faoliyat ko’rsatuvchilar o’rtasida axborot ayriboshlashni o’z ichiga oladi. Bunday axborot ayriboshlanishi munosbatning kommunikativ jihati sifatida ta’riflanishi mumkin. Munosabatning ikkinchi jihati munosabatga kirishuvchilarning o’zaro birgalikdagi harakati nutq jarayonida faqat so’zlar bilan emas,balki harakatlar, hatti - harakatlar bilan ham ayriboshlashdan iborat.
Munosabatning uchinchi jihati munosabatga kirishuvchilarning bir - birlarini idrok eta olishlarini taqozo qilishdir. SHunday qilib, yagona munosabat jarayoniga shartli ravishda uchta jihatni kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o’zaro birgalikdagi harakat) va perseativ (o’zaro birgalikda idrok etish) jihatlarni alohida ko’rsatish mumkin. Kishi birgalikda faoliyat ko’rsatayotganda zaruriyatga ko’ra boshqa odamlar bilan birlashishi, ular bilan muomalaga kirishi, ya’ni aloqa o’rnatishi, o’zaro hamjihatlilikka erishishi, kerakli axborot olishi va javob tariqasida axborot berishi lozim. Munosabatning o’zaro birgalikda harakat qilish va faoliyat kursatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan umumiy narsa (avvalo) ishlab chiqarish tarzida tushunilishi ana shu umumiy narsa avvalo munosabat vositasi sifatidagi tildan iborat ekanligini bildiradi.
Kommunikatsiya tushunchasi ijtimoiy ma’noga ega bo’lgan insonlarning fikr yoki ongida paydo bo’lgan tushunchalarni boshqa insonlarga yetkazib berishdir. Boshqacha qilib aytganda yuzaga kelgan axborotni yetkazib berishdir. Bu yerda axborotni o’zga kishiga yo’llayotgan shaxs kommunikator, axborotlarni qabul qilayotgan kishi retsiyent deb ataladi.
O’qituvchining bolalar bilan muamoalasi muvaffaqiyatli bo’lishi ko’p jihatdan unda pedagogik qobiliyatni mavjudligidadir. Psixologiyada qobiliyatlar deganda, insonning xususiyatlar o’sha o’qituvchi vazifasidagi bolalarni o’qitish va bolalarga ta’lim berishda yuksak natijalarni qo’lga kiritishning sharti hisoblanadi. Ma’lumki shaxsning u yoki bu qobiliyatlarini hosil qiluvchi xislatlar va xususiyatlar orasida bir xillari yetakchi rol o’ynaydi, boshqalari esa yordamchi vazifasida bo’ladi.
Birinchi navbatda peretseptiv, ya’ni idrok qilishga hamisha ta’luqli bo’lgan xususiyatlar (ulardan eng muxim kuzatuvchanlikdir) yetakchi rol o’ynaydi. SHu o’rinda o’qituvchining kommunikativ qobiliyati eng oldingi o’rindagi ta’sir qilish vositasi ham hisoblanadi.
Kommunikativ qobiliyat faqat birgina o’qituvchi yoki birgina insonga tegishli hodisa emas balki, bu hammada yuzaga keladigan jarayondir.
Kommunikatsiya jarayoni hammada yuzaga keladi-yu, ammo uning sifat darajasi har xil bo’ladi, ya’ni odamlardagi hayotiy tajriba, bilim, malaka ko’nikmalari qobiliyatlarni bir-biridan farqlab turadi.
O’qituvchida kommunikativ qobiliyatning mavjudligi, uning mahoratli ekanligidan dalolat beradi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling