Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika


Uqtirishga moyillik va uning sabablari


Download 1.04 Mb.
bet86/133
Sana03.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1151901
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   133
Bog'liq
Ma\'ruza 3 kurs

Uqtirishga moyillik va uning sabablari
Samarali uqtirib ta’sir ko’rsatishning zarur shartlaridan biri inson ruhiyati va uning uqtirishga moyilligidir. Uqtirishga moyillik- bu insonni boshqa odam yoki odamlar guruhi ta’sirida o’z hulqini o’zgartirishidir. Bunda u boshqa odamlar talabiga to’g’ridan-to’g’ri buysunadi, ya’ni buning uchun hech qanday mantiqqa yoki ongli motivlarga tayanmaydi. Eng muhimi shundaki, kishi boshqalar aytgan harakatlarni bajaradi va ularni o’zi mustaqil o’ylab topgandek his qiladi.
Uqtirishga moyillik inson asab tizimining me’yordagi xususiyatidir. U yosh davriga (yosh bolalarni uqtirish osonroq), jinsga (ayollar uqtirishiga ko’proq moyil bo’ladilar), ongni rivojlanishi darajasi (intelekt) ga (o’qimishli kishilarni uqtirishga moyilligi past bo’ladi), salomatlikka (charchaganda yoki kasallikdan yaqinda tuzalgan kishini uqtirish oson bo’ladi) va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. Bundan tashkari uqtirishga moyillik uqtiruvchining obro’si va uqtirish shakliga qarab ham o’zgarib turadi.
Uqtirishga moyillikning ayniqsa yosh davrlariga bog’liqligi juda sezilarli. Bolalar 7-10 yoshda juda ta’sirchan bo’ladilar, shuning uchun ular bilan ishlashda so’zning uqtiruvchi qudratini oshiradigan alohida usullarini o’ylab topishga ham zarurat qolmaydi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining hurmati juda yuqori bo’ladi, o’quvchilar uning har bir so’zi, hikoyasi yoki tanbehini aniq haqiqat deb qabul qiladilar. Yoshi kattalanib borgani sari uqtirishga moyillikni pasayib borishi individual xususiyatdir. SHuning uchun ham o’smirlar tanqidiy fikrga ega bo’ladilar, kecha erishilgan muvaffaqiyatga bugun ikkilanib qaraydilar, yakqol ko’rinib turgan haqiqatga ham tan olmaydi.
Agar kishini uqtirishga moyilligi katta yosh davrlarida ham muqarrar saqlanib qolsa, bu uning salbiy xislati bo’lib hisoblanadi. Bu uning yoki mantiqiy fikrlash qobiliyati yaxshi rivojlanmagan yoki irodaviy sifatlari yetarli darajada shakllanmagan, yoki shaxsiy e’tiqodi atrofidagi borliqni o’z hulqi va hayot tarzini baholash mezoniga ega emasligidan dalolat beradi.
Uqtirishga moyillik darajasi bilan o’z-o’zini uqtirish samaradorligining o’zaro munosabati ham juda qiziqarli: shaxsning uqtirishga moyilligi qancha yuqori bo’lsa uni o’z-o’zini uqtirish samaradorligi shuncha past bo’lgan va aksincha kishi tashqi uqtirishga qarama-qarshilik qilsa o’zini-o’zi uqtirish natijasi yuqori bo’lgan. Demak uqtirish ta’sirchanligining samaradorligini eng avvalo o’zaro muloqotga kirishgan shaxslarning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq bo’lar ekan. Lekin materialni qaysi shaklda tushuntirilishi ham ma’lum bir uqtiruvchi ahamiyatga ega bo’ladi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling