Navoiy davlat pedagogika
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi
Tayanch so’z va iboralar: Fevral inqilobi, «Shuroi Islomiya», Shuroi Ulamo, Ittifoqi muslimin, oktyabr to’ntarishi, Turkiston muxtoriyati, Muvaqqat hukumat, istiklolchilik harakati, Fargona, Buxoro va Xorazm qurboshilari, Yosh xivaliklar, XXSR, yosh buxoroliklar, BXSR. 1. 1917 yilning boshlarida Sankt-Peterburgda bo’lib o’tgan voqealar ta’sirida Turkistonda ham yangi jamiyatni shakllantirish uchun harakatlar boshlanib ketdi. Yuz minglab «mudrok» odamlar uyg’onib, siyosiy faoliyatga kirishdilar. Hukumat tuzilmalarini kayta kurishga kirishildi. Hamma joylarda ijtimoiy-siyosiy tashkilot va partiyalar tuzila boshladi. Siyosiy manfaatlarni ancha erkin ifoda kilish imkoniyati paydo bo’ldi. Fevral inqilobi Turkiston aholisi tomonidan zo’r hayajon bilan kutib olindi. Inqilobiy Ko’mita tomonidan e’lon kilingan «Ozodlik, Tenglik, Birodarlik» 98 shiorlari Rossiyaning mustamlakachilik siyosatidan ezilgan musulmonlar kalbida yorkin kelajakka umid uyg’otdi. Biz so’z erkinligi, matbuot erkinligiga egamiz. Endilikda hakikatni aytgan va yozgan paytlarimizda og’zimizni yopishmaydi. O’z huquqlarimizni talab kilgan paytda kulok solishadi»8[1]. Ko’pgina shahar va kishloklarda tartibsiz ravishda miting va norozilik yig’ilishlari boshlandi. Ularda turli demokratik jamoat tashkilotlarini yuzaga keltirish hakida karorlar kabul kilindi. Orzu-umidlar hademay amalga oshadiganday edi. 3 martda e’lon kilingan bayonnoma va 6 martda e’lon kilingan «Rossiya fukarolariga murojaatnoma»da Muvaqqat hukumat markaziy hokimiyatning organi sifatida demokratik o’zgarishlarning dikkatini tortuvchi dasturini bayon etdi. U siyosiy erkinliklar – so’z, matbuot, uyushmalar tashkil kilish, yig’ilishlar o’tkazish, halkka o’z siyosiy irodasini ifodalash huquqini berish, barcha tabaqaviy, diniy va milliy cheklanishlarni man etish; boshqarish shakli va mamlakat Konstitusiyasini qabul qilish lozim bo’lgan ta’sis Majlisini hamda, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarini umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri va yashirin ovoz berish asosida saylovlar o’tkazish, polisiyani halk milisiyasi bilan almashtirish; to’lik siyosiy amnistiya hakida tantanali ravishda bayon etdi. Tadkikotlarda 1917 yil mart kunlarida musulmon aholisining siyosiy harakati hakida ayrim ma’lumotlargina kiritildi, milliy ziyolilarning, eng avvalo, jadidlarning vatanparvarlik faoliyati buzib ko’rsatildi, mahalliy aholini mustamlakachilikning saltanat tuzilmalariga qarshi kurashi, Turkistonning milliy uyg’onishdagi safarbarlik roli kamsitildi. Holbuki, chor samoderjaviyasi apparatini tugatish va yangilanish jarayonlarini yanada chukurlashtirishda milliy tashkilot va harakatlar faol ishtirok etgan edi. Ta’kidlash kerakki, Turkiston mahalliy xalqlarining inqilobiy o’zgarishlarga ko’shilishi birhil kechmagan. O’lkaning hozirgi kuni va kelajagiga turlicha karaydigan hilma-hil kuchlar mavjud edi. Umumiy jihatdan olganda ikki mukobil okim - o’nglar va so’llarni ajratib ko’rsatish mumkin. O’nglar konservativ feodal-diniy mafkura vakillari sifatida maydonga chikishdi. Ular mahalliy ma’muriyatda mansabga ega bo’lgan va tegishli imtiyozlardan foydalangan amaldorlar, feodallar va ruhoniylar manfaatlarini ifoda etardilar. So’llar ijtimoiy tuzumning tubdan o’zgarishidan, mustamlaka-feodal siyosiy va iktisodiy institutlarni tugatishdan o’ta manfaatdor bo’lgan ijtimoiy guruh va katlamlar manfaatlarini o’zida aks ettirgan edi. O’nglar chor hokimiyati yillarida mustamlakachilik ma’muriyati va samoderjaviya siyosatini to’la-to’kis kuvvatlab kelishgandi. Ular fevralgacha bo’lgan davrda qurolli ko’zg’olon yo’li bilan ozodlik va mamlakat mustakilligiga erishish, hon hokimiyati va shariat konunlari, zamindorlar va musulmon ruhoniylarining yo’kotilgan imtiyozlarini tiklash, o’lka halk ommasini yevropacha madaniyat va ahlok ta’siridan saklash g’oyalarini ilgari surishdi. O’lka mahalliy aholisi ushbu kismining aksari karashlarini «Sho’roi Ulamo» siyosiy tashkiloti o’zida aks ettirdi. So’llar harakatidagi boshka yo’nalishda radikal kayfiyatdagi milliy ishchi, dehkon, hunarmand va boshka mehnatkashlar bor edi. Fevralgacha bo’lgan davrda ular chor samoderjaviyasiga qarshi qurolli chikishlarda faol ishtirok etishdi. Chor tuzumi ag’darilgandan so’ng ularning bir kismi hokimiyatni zo’rlik bilan egallashni maksad kilib ko’ydi va jumladan, «ishchi-musulmon va kambag’allar huquqlarini ko’lga kiritish»ga va’da bergan bolsheviklashgan sovetlarning g’oyaviy ta’siri ostida bo’ldi. Ko’pchiligi esa Muvaqqat hukumat, so’ngra sovet hokimiyati 8[1] «Hurriyat», 1917, 16 аprel. 99 siyosatidan kattik norozi bo’lib, keyinchalik keng kuloch yozgan, mustakillik uchun kurashgan ommaviy harakat – «istiklolchilik harakati»ning asosini tashkil etdi. Fevral inqilobidan keyingi sharoitlarda «Sho’roi Islomiya», «Turk odami markaziyati» firkasi, «Alash o’rda» va boshkalar musulmon «markazchilari»ning eng ko’zga ko’ringan siyosiy tashkilotlari edi. «Musulmon mehnatkashlari Ittifoqi» - «Ittifoq» mahalliy aholi siyosiy kuchlarining joylashuvida alohida o’rin tutgandi. Siyosiy yo’nalish bo’yicha «Ittifoq» a’zolari asosan «kelishuvchi» partiyalar karashlariga yakin turgan, bu partiyalar podshoh ag’darilgandan so’ng dastlabki oylarda hokimiyatni egallashni o’z oldiga maksad kilib ko’ymadi, balki milliy demokratlar kabi jamiyatni kayta kurishning muammolarini hal etishda sivilizasiyaviy usullarini taklif etdi. Ko’rsatilgan siyosiy tashkilotlar yetuk tuzilma va g’oyaviy birlashmalar emas edi. Ularning har birida izchil siyosiy tabaqalanish jarayoni ro’y berardi, yangi yo’nalishlar ajralib chikardi. Ijtimoiy shart-sharoitlar ta’sirida ularning kaysidir kismi kurashning keskinrok yo’lini tanlar, boshkasi, aksincha, ancha mo’tadil va hatto konservativ, kolok munosabatlarga o’tardi. Birok inqilobning boshlariga kelib, g’oyaviy kelishuvchiliklarga karamay, yangilanishdan manfaatdor bo’lgan barcha siyosiy guruh va musulmon jamiyati katlamlari chor mustamlaka ma’muriyatini tugatishga intilishda birdamlik namoyish etdilar. Mart oyining dastlabki kunlarida yevropalik siyosiy harakatlar tashabbusni ko’p jihatdan o’z ko’llariga oldilar. Jumladan, 2 martdayok O’rta Osiyo temir yo’li Bosh ustahonalari ishchilarining deputatlari soveti tuzildi. 3 martda Toshkent ishchi deputatlari soveti 4 martda Toshkentda soldat deputatlari Soveti tashkil etildi. Mart ohirlarida bu ikki Sovet birlashtirildi. Shundan keyin dehkon deputatlari Sovetlari ham tuzila boshladi. O’zining milliy tarkibiga ko’ra tashkil etilayotgan Sovetlar o’lka aholisining ko’prok yevropaliklar kismi vakillari bo’lib, ularning manfaatlari ko’p jihatdan mahalliy turkistonliklar manfaatlariga to’g’ri kelmasdi. Shuni aytish kerakki, boshida Sho’rolar ham yevropalik, ham musulmon aholisining ko’pchiligi tomonidan ruhlanib kutib olindi. Ko’pchilik ularda chinakkam halkchil, chor boshkaruv tuzilmalariga mukobil bo’lgan demokratik hokimiyat organlarini ko’rdi. O’lka aholisining ijroiya ko’mitalariga turli iltimos, shikoyat kabilar bilan murojaat kilishi ham shunga guvohlik beradi. «Sho’roi Islom» yaratilishining o’zi ham Sovetlar g’oyasining obro’si yuqoriligini ko’rsatib turibdi. Birok sof musulmon sho’rosini shakllantirish hakidagi karor Toshkentda dastlabki sovetlarni tashkil kilish chog’ida namoyon bo’lgan aholining yevropalik kismning etnosentrizmi va buyuk davlatchilik da’volariga javobi bo’lgan edi. Mahalliy aholi yevropaliklarning sovetida keng musulmon vakolati yo’kligi, musulmonlarga ishonchsizlikning ifodalanishi ularning milliy huquqlari kamsitilishini ko’rdilar. Ular «Sho’roi Islom»ni tashkil etish bilan fevral inqilobidan so’ng ham kolayotgan ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish hohishini namoyish etdilar. Yangi organ yevropalashgan Sovetlardan farkli ravishda islom diniga e’tikod kiluvchi mahalliy aholidan saylangan deputatlar Sho’rosi (ya’ni Sovet) deb karalgan. «Sho’roi Islomiya», ya’ni «Musulmonlar sho’rosi» nomi ham shundan olingan. 1917 yilning 14 martida bo’lib o’tgan «Sho’roi Islom» majlisida 15 kishidan iborat boshkaruvni tashkil etish hakida karor kabul kilindi. Boshkaruv tarkibiga Abdulvohid qori o’g’li, Munavvar qori Abdurashidhon o’g’li, Kattaho’ja Hidoyatboy o’g’li, Ubaydulla Ho’jayev va boshkalar kirdi. «Sho’roi Islom» va uning boshkaruvi tarkibi bu tashkilot saflarida musulmon birligi g’oyasi birlashtirgan turli 100 dunyokarashdagi vakillar mavjudligi hakida guvohlik berdi. Birok Ubaydulla Ho’jayev, Munavvar qori, Abdulla Avloniy kabi jadidchilik harakatining tanikli yo’lboshchilari «Sho’roi Islom»ning yuragi, uning faol kuchi edilar. 15 martda Munavvar qori honadonida bo’lib o’tgan tashkilot boshkaruvining birinchi yig’inida kabul kilingan vaktinchilik Nizomda «Sho’roi Islomiya»ning asosiy maksad va vazifalari kuyidagicha keltirildi: Turkiston musulmonlari orasida zamonaviy ruhdagi ilmiy va ijtimoiy islohotchilik g’oyalarini tarkatish; g’oyalar maksadlar birligi asosida Turkiston musulmonlarini jipslashtirish bo’yicha ishlarni kuchaytirish: horijiy yurtlardagi davlat hokimiyati tizimi hakida ahborot yig’ish va Ta’sis majlisiga tayyorgarlik ko’rish: targ’ibot maksadlarida shahar, kishlok va ovullarda namoyishlarni muttasil o’tkazish: eski ma’muriyatni iste’foga chikarish va yangisini tayinlash zaruriyatini tushuntirish: o’lkadagi turli milliy ko’mitalar va partiyalar bilan alokalarni yo’lga ko’yish, musulmon aholisining ehtiyojlari hakida o’z vakillari orkali ma’lumotlar yetkazish va zaruriyat tug’ilganda ulardan yordam so’rash va hokazolar9[2]. 25 martda «Sho’roi Islomiya»ning 4-umumiy majlisi bo’lib o’tdi. Unda 15 aprelga mo’ljallangan Umumturkiston musulmonlari syezdini o’tkazish bo’yicha mahsus dasturni tayyorlash bilan bog’lik bir kator muhim masalalar ko’rib chikildi; musulmon bayroklari kunlarini belgilash va ularni o’tkazish tartibini tuzish; rus vatandoshlar ushbu siyosiy tashkilotning maksad va dasturi hakida ahborot olish imkoniyatiga ega bo’lishlari uchun rus tilida gazeta nashr etish; Toshkent shahrining ruslar yashaydigan kismida «Sho’roi Islomiya»ning bo’limini ochish («Najot», 1917, 23 mart). «Sho’roi Islomiya», «Najot» va «Kengash» gazetalari uning nashr organlari sifatida faol chop etila boshladi. Bu gazetalar sahifalarida ma’rifiy harakterdagi materiallardan tashkari mahalliy turkistonliklarning siyosiy ongi va ijtimoiy faolligini uyg’otishga yo’naltirilgan makolalar ham e’lon kilindi. «Sho’roi Islomiya»ning tashkil etilishi umumturkiston mikyosida mahalliy aholining g’oyaviy-siyosiy va tashkiliy jipslanishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratdi. Jumladan «Sho’roi Islomiya» tashabbusi bilan 16-21 aprelda 1 Umumturkiston musulmonlari syezdi o’tkazildi fakat shuni aytib o’tish lozimki, mazkur siyosiy yig’inda o’sha davrning asosiy masalalari: urushga, Muvaqqat Hukumatiga munosabat, Ta’sis majlisiga tayyorgarlik, Rossiya va o’lkada boshqarishning bo’lg’usi shakllari, ozik-ovkat takchilligini yyengib o’tish yo’llari va boshka masalalar dikkat markazida turdi. 1917 yilda Toshkentda jadidchilik harakati yo’lboshchilarining tashabbusi bilan Turkiston musulmonlari Kurultoyi chakirildi, unda o’lka musulmonlari Sho’rosi saylandi. Uning tarkibiga o’sha davrning mashhur siyosiy arboblari Mahmudho’ja Behbudiy, Ubaydulla Ho’jayev, Nosirhon To’ra, Muhammadjon Tinishbayev, Mustafo Cho’kayev va boshkalar kirdilar. Shunday kilib, o’lkaning siyosiy hayoti tobora tezkor sur’atlarda rivojlana bordi. Bunda musulmon tashkilotlari harakatlarining ta’siri kundan-kunga kuchaya bordi. Ular hususan, chor ma’muriyatining eng chidab bo’lmaydigan institutlarini butunlay tugatishda sezilarli hissa ko’shdilar. Biroq g’oyaviy kelishuvga erishish mumkin bo’lmasdi. Butunrossiya mikyosida ham, Turkistonda ham turli musulmon siyosiy okimlari o’rtasida ziddiyatlar saklanib koldi. Shunday qilib, «fevral yangilanishi» jarayonlari turli-tuman natijalarga olib keldi. Fevral inqilobi Turkiston aholisida o’lkani boshqarish bo’yicha demokratik o’zgarishlar kilish, yetilgan ijtimoiy-iktisodiy va siyosiy muammolarni hal etish, mustamlaka 9[2] «Najjot», 1917, 9 аprel. 101 zulmini tugatish borasida katta umidlar uyg’otdi. Chor yakkahokimligi (samoderjaviyasi)ning barham topishi bilan ijtimoiy hayotni demokratlash, siyosiy- iktisodiy munosabatlarning yangi tuzilmalarini tarkib toptirish bo’yicha muayyan shart- sharoitlar yaratildi. Butun mamlakatda bo’lgani kabi, Turkistonda ham yangi partiya va siyosiy harakatlar jadal tashkil etildi, vakolatli ijtimoiy tashkilotlar yuzaga keldi, hokimiyat vazifalarining bir kismini o’ziga olishga intilgan sovetlar shakllandi. Fevral inqilobi tufayli, ijtimoiy hayotda yuz bergan demokratik jarayonlar tufayli Turkistonning mahalliy aholisi orasida tarihiy tarakkiyotning o’z yo’lini taklif etgan ko’p sonli milliy-siyosiy tashkilotlar yuzaga keldi. O’lkaga milliy-hududiy muhtoriyat berish pozisiyalarida turgan O’lkamusho’rosi ana shunday tashkilotlardan biridir. O’lkamussho’rosi va uni ko’llab kuvvatlovchi milliy-demokratik partiya va birlashmalar muhtoriyat g’oyasini targ’ib etish va muhtoriyatchilik harakatiga musulmon aholisining keng katlamlarini jalb etish bo’yicha katta ishlarni olib bordi. Suverenitet va milliy turmush tarzini muhofaza kilish, asriy an’analar va islomning ma’naviy kadriyatlarni asrab-avaylash kabilarni o’ziga jamlangan muhtoriyat g’oyalari Turkiston jamiyatida tobora keng tarkaldi. Birok o’lka aholisining musulmon kismini siyosiy jipslashtirish jarayoni ziddiyatli tarzda kechdi. Mahalliy aholi esa mustakil milliy rivojlanish huquqini ta’minlashga intildi. Fevraldan keyingi davrda mahalliy turkistonliklarning siyosiy faolligi tez o’sib, ularning ijtimoiy hayotdagi ta’siri kuchaydi. Birinchi navbatda, jadidchilik yo’nalishidagi siyosiy tashkilotlar musulmon aholining erkparvarlik orzu-umidlari ifodasi sifatida maydonga chikdi. 2. «Oktyabr to’ntarishi» Rossiya davlati va Turkiston tarihida yangi sahifani ochdi. Ma’lumki 1917 yil 25 oktyabrda Petrograda qurolli ko’zg’olon amalga oshirildi. O’sha kuni kech soat beshda Toshsovet ijroko’mining yashirin majlisida o’lkada qurolli chikish rejasi muhokama etildi. 28 oktyabr ertalab soat oltida yangragan bosh temiryo’l ustahonalari gudogi Toshkentda oktyabr to’ntarishi boshlaganidan darak berdi. Shundan so’ng butun hokimiyat Toshsovetga o’tdi. 1 noyabrda Toshsovet temiryo’l liniyasi orkali kuyidagi telegrammani yo’lladi: «Sovet butun hokimiyatni kabul kildi. Hokimiyatni o’z ko’lingizga olingiz». Petrogradda bolshevistik ko’zg’olonning g’alabasi va sovet hokimiyatining dastlabki hujjat va dekretlari Trukiston siyosiy hayotida murakkab jarayonlarga sabab bo’ldi. Bu paytga kelib uch asosiy yo’l ajralib chikdi. Birinchisi mahalliy aholining keng katlamlari manfaatlarini o’z ichiga olgan bo’lib, bu milliy o’z takdirini o’zi belgilashga oid huquqini ta’minlashda o’z ifodasini topdi. Rus eserlari va mensheviklari manfaatlarini ifodalovchi ikkinchi siyosiy yo’l Rossiya tarkibida cheklangan muhtor huquqlarni beruvchi demokratik jarayonlarni kengaytirishga karatilgan edi. Uchinchi yo’l - yagona sovet imperiyasi makonida hayoliy kommunistik jamiyatni barpo etishga yo’naltirilgan bo’lib, birok dastlabki paytda lenincha rahbariyat o’zining asl maksadlarini turli vositalar yordamida nikoblashga intilgan edi. Milliy chet o’lkalar keng halk ommasining siyosiy ko’llab-kuvatlanishini ta’minlashga harakat kilgan yangi sovet hukumatining boshlig’i oktyabr to’ntarishining dastlabki kunlaridayok milliy masalani keskin hal kilishning serva’da istikbollarini bayon etishga shoshildi. 1917 yil 2 noyabrda V.I.Lenin va I.V.Stalin imzosi bilan «Rossiya xalqlarining huquqlari deklarasiyasi» e’lon kilindi. Unda alohida ta’kidlash bilan xalqlar irodasini bajara borib, «Halk Komissarlari soveti Rossiya millatlari hakidagi masala bo’yicha o’z faoliyatida kuyidagilarga asoslanishini karor kildi: 1. Rossiya xalqlarining tengligi va suverenligi. 102 2. Rossiya xalqlarining ajralib chikish mustakil davlat barpo etishgacha bo’lgan o’z takdirini o’zi erkin belgilash huquqi. 3. Har kanday milliy, milliy-diniy imtiyozlar hamda cheklanishlarni ma’n etish…» ayni paytda, Halk Komisarlari Soveti (sovnarkom) Tatariston, Boshkirdiston, Turkiston, Kavkaz va Krim musulmon xalqlarining Rossiya tarkibida siyosiy loyalligini ta’minlash va saklashning favkulodda muhimligini hisobga olib, 1917 yil 20 noyabrda «Murojaat» bilan chikdi, unda shunday deyiladi: «Biz sizga, Rossiya va Sharkning mehnatkash va mazlum musulmonlariga murojaat kilmokdamiz. Rossiya musulmonlari, Volgabo’yi va Krim-tatarlari, Sibir va Turkiston kirg’izlari va sartlari, Kavkazorti turklari va tatarlari, Kavkaz chechenlari va tog’liklari, Rossiya podshohlari tomonidan masjid va ibodathonalari vayron kilingan, e’tikod va urf odatlari toptalgan. Bundan buyon sizning e’tikod va urf-odatlaringiz, sizning milliy va madaniy muassasalaringiz erkin va dahlsiz deb e’lon kilinadi. O’z milliy hayotingizni erkin va to’siksiz barpo eting. Siz bunga haklisiz. Siz o’z mamlakatingizga o’zingiz ho’jayin bo’lmog’ingiz lozim». Birok keyingi voqealar ishonarli ko’rsatilganidek, yangi hokimiyat o’ziga hos milliy rivojlanish imkoniyatini so’zlarda bayon etib, amalda ularga to’skinlik kildi. Jumladan, Boshkardiston, Tatariston, Krim va Kavkazning musulmon xalqlari hukumat «murojaati» bilan to’lik kelishgan holda o’zlarining mustakil musulmon davlatlarini tashkil etishlarini e’lon kilganda, ularning hammasi qurol kuchi bilan Rossiya tarkibiga kaytarildi. Bolshevistik markaziy rahbariyat ulug’ davlatchilik siyosatini davom ettirdi. Bu hol mahalliy kommunistlarning ochikdan-ochik shovinistik harakatlari tufayli yanada chukurlashdi. Birok oktyabrning dastlabki kunlarida yangi hokimiyatning halkka qarshi munosabati hali ochikdan-ochik ko’rinmagandi. Aksincha, ozodlik hakidagi va’dalar ezilgan xalqlarda mustamlakachilik zulmidan kutulish umidini uyg’otdi. Mahalliy aholi asosiy ommasining orzu-umidlari Rossiya Imperiyasining mustamlakachilik zulmidan ozod bo’lish, mustakil demokratik milliy davlat barpo etish, asriy urf-odatlar, an’analar, butun musulmon turmush tarzini saklab kolishdan iborat edi. Birok «Inqilob» to’lkinida hokimiyat tepasiga kelgan bolsheviklar va ularning vaktinchalik Ittifoqchilari bo’lgan so’l eserlar Turkiston xalqlarining irodasi va istaklari bilan mutloko hisoblashmadilar. Lenin hukumati va o’lkada uning siyosatini amalga oshiruvchi turkistonlik bolsheviklar o’lkaning mustamlaka holatini o’zgartirishni va uning xalqlariga yengillik berishni mutlako istamas edilar. Boshka partiyalardan farkli o’larok, mahalliy bolsheviklar turli bahonalar bilan hokimiyatni aholining 95%ni tashkil etuvchi mahalliy aholiga berishni, hatto ular bilan bo’lishib olishni ham hohlamas edi. Turkistonlik bolsheviklarning tutgan bu buyuk davlatchilik yo’li Toshkentda 1917 yil 15-22 noyabrda bo’lib o’tgan sovetlarning III o’lka syezdida ayniksa yakkol namoyon bo’ldi. Hukumat, birinchi galda bolsheviklar, mohiyatan chorizm mustamlakachilik siyosatiga amal kildilar. Shu bilan birga oktyabr to’ntarishidan keyin Rossiyada bo’lgani singari, Turkistonda ham inqilobiy akidalarga, eng avvalo sinfiylik tamoyillariga amal kilindi. Asosiy inqilobiy kuch - proletariat va kambag’al dehkonlar, aholining boshka katlamlari esa reaksion va ekspluatatar guruhlar deb e’lon kilindi. Mulkdorlar-ekspluatatorlar, ezuvchilar, milliy ziyolilar, o’kimishli, obro’-e’tiborli halk vakillari-milliy burjuaziya korchalonlari va malaylari; islom dini rahnamolari-reaksion okim deb, ularga qarshi ayovsiz kurash boshlab yuborildi. Turkiston o’lkasidagi dastlabki sovet hukumatining ziddiyatli tarkibi mintakada yevropalik aholi hukmronligini mustahkamlashga karatilgan edi. Mahalliy millatlarning 103 siyosiy jarayonga aralashtirilmaganligi o’lka xalqlarining sovet hokimiyatiga bo’lgan ishonchsizligini yanada kuchaytirdi. Hokimiyat bolsheviklar ko’liga o’tishi bilan o’lkada Muvaqqat hukumatning barcha bo’g’inlari tugatilib, o’rniga avvalo jazo organlari va sovet boshkaruv tizimi o’rnatildi. Shu vaktning o’zida Butunrossiya Favkulodda komissiya (cheka) organlari va inqilobiy tribunallar tashkil etildi. Proletariat diktaturasining bu jazo organlari ozodlik va demokratiyani bo’g’ishda, o’zgacha fikrlaydigan kishilarni katag’on kilishda muhim qurol bo’ldi. Turkiston bolsheviklari va so’l eserlari musulmon aholisining o’lkani boshqarishga bo’lgan huquqini inkor kilib, hokimiyat to’g’risidagi masalani kelishib hal kilish imkoniyatini yo’kka chikardilar va shu bilan o’lka siyosiy hayotidagi kuchlarning kelgusida muholifatga aylanishini oldindan mukarrar kilib ko’ydilar. 1917 yil 26 noyabrda Qo’qon shahrida O’lka musulmonlarining IV favkulodda syezdi ish boshladi. Unda o’lkaning barcha mintakalari va ko’pgina jamoat tashkilotlaridan 200 nafardan ortik vakil hozir bo’ldi. Kun tartibiga o’lkani boshqarish shakli, Turkiston Markaziy musulmonlar sovetini kayta saylash, Turkiston Ta’sis majlisi, milisiya, moliya va boshka masalalar qo’yildi. Syezdda Farg’onadan – 100, Sirdaryodan – 22, Samarqanddan – 21, Buxorodan – 4 va Kaspiyortidan – 1 vakil katnashayotgan edi. Shuningdek, viloyat vakillaridan tashkari syezda «Sho’roi Islom», «Sho’roi Ulamo», musulmon harbiylari kengashi, O’lka yahudiylar jamiyati (Paoley Sion), mahalliy yahudiylar vakillari katnashdilar. Muhokamadan keyin 13 kishidan iborat hay’at saylashga kelishib olindi. Ochik ovoz bilan hay’at a’zoligiga kuyidagilar saylandilar: M.Cho’kayev, U.Ho’jayev, Yu.Agayev, S.Gersfeld, O.Mahmudov, A.O’razayev, I.Shoahmedov, Kigichinboyev, Kamol Kozi, Abdul Badin, Tiliyev, Karimboyev. Syezdda uch kunlik munozaradan so’ng vakillar Turkistonning bo’lg’usi siyosiy tuzumi to’g’risida kat’iy bir fikrga yakdillik bilan kelishib oldilar. 27 noyabr kuni kechasi soat 12da 2 kishi qarshi bo’lib kabul kilingan karorda, jumladan, shunday deyiladi: «Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o’z huquqlarini o’zlari belgilash hususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni federativ Rossiya respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muhtor deb e’lon kiladi, shu bilan birga muhtoriyatning karor topish shakllarini Ta’sis majlisiga havola etadi». Shundan keyin syezd «Turkistonda yashab turgan milliy ozchilik aholi huquqlarining muttasil himoya kilinishini tantanali ravishda e’lon kiladi». 28 noyabrda tashkil topayotgan mazkur davlatning nomi «Turkiston Muhtoriyati» deb ataladigan bo’ldi. Hokimiyatni esa Ta’sis syezdi chakirilgunga kadar Turkiston muvaqqat Kengashi va Turkiston Halk (Milliy) Majlisi ko’lida bo’lishi ta’kidlandi. Shuningdek, syezdda Muvaqqat Kengash tarkibiga 12 kishidan iborat a’zolar saylash taklif etildi. Halk majlisi tarkibiga saylanadigan 54 o’rindan 18 o’rin o’lkadagi turli yevropalik aholi tashkilotlarining vakillari uchun ajratildi. Bu esa uchdan bir o’rin yevropalik aholi vakillariga tegishini bildirar edi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling