Navoiy davlat pedagogika


MDH a’zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/21
Sana29.05.2020
Hajmi1.4 Mb.
#111534
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
ozbekiston tarixi


MDH a’zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi: 
-tashqi  siyosiy  faoliyatlarni  muvofiqlashtirish,  mudofaa  siyosati  va  tashqi 
chegarani muhofaza qilish; 
-umumiy  iqtisodiy  muhitni  rivojlantirish  va  Umumevropa,  Yevroosiyo  bozorini 
shakllantirish; 
-iqtisodiy islohot o’tqazish; 
-bojxona siyosatini birga olib borish; 
-transport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish; 
-ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash; 
-uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish. 
O’zbekiston  Respublikasi  tashqi  siyosatida  hamdo’stlik  mamlakatlari  bilan  ikki 
tomonlama  hamkorlikni  yo’lga  qo’yish  va  rivojlantirishga  alohida  ahamiyat  berdi. 
O’zbekiston  ham  davlatlararo  bank  va  boshqa  hamdo’stlik  iqtisodiy  tuzilmalarining 
shakllanishida  faol  ishtirok  etdi.  «Mustaqil  davlatlar  hamdo’stligini  tashkil  qiluvchi 
mamlakatlar bilan bevosita va ko’p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish,-degan edi 
I.A.Karimov, - tashqi siyosatimizning ustuvor yo’nalishlaridan biridir». 
1991-2000 yillarda MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashlari bo’lib 
o’tdi  va  muhim  hujjatlar  imzolandi.  Ular  orasida  xavfsizlik  masalalari,  tinchlikni 
saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yib olish uchun davlatlararo iqtisodiy qo’mita 
tuzish,  iqtisodiy  integrasiyani  to’laqonli  amalga  oshirish,  bojxona  va  ittifoq  to’lovi 
masalalarini izga solib olish kabilar muhim o’rin egalladi. O’zbekiston MDH doirasida 
siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy  sohalar  bo’yicha  shartnoma  hamda  kelishuvlarni  Rossiya, 

 
182 
Ukraina,  Belorussiya,  Moldaviya  va  boshqa  mamlakatlar  bilan  imzolab,  o’zaro 
manfaatli hamdo’stlik aloqalari uchun mustahkam asos yaratdi. 
O’zbekiston  MDH  davlatlari  bilan  hamkorlikda  iqtisodiy  mintaqalararo 
munosabatlarni  mustahkamlashga  kirishar  ekan,  ularning  siyosiy  mustaqilligiga  daxl 
qilmaslik  nuqtai  nazaridan  yondashdi.  1992  yil  may  oyida  MDH  davlat  rahbarlarining 
Toshkent  uchrashuvida  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  tashabbusi 
bilan  boshlangan  kollektiv  xavfsizlik  to’g’risidagi  shartnomaning  imzolanishi  MDH 
doirasidagi  davlatlar  o’rtasidagi  aloqalarning  yangi  bosqichga  ko’tarilishiga  sabab 
bo’ldi.  1993  yil  MDH  davlatlari  bilan  imzolangan  «Iqtisodiy  ittifoq»  haqidagi 
shartnoma  ham  bu  davlatlarning  iqtisodiy  taraqqiyoti  va  o’zaro  hamkorliklarining 
yanada mustahkamlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. 
Ayni  vaqtda  O’zbekiston  1996  yili  Venada  sobiq  ittifoqdosh  davlatlar  Gruziya, 
Ukraina,  Ozarbayjon,  Moldova  davlatlari  asos  solgan  o’ziga  xos  tuzilmaga  ham  1999 
yil aprel oyida a’zo bo’ldi. Natijada, bu tuzilma unga uyushgan davlatlarning nomidan 
olingan  bosh  harflar  asosida  GUUAM,  deb  yuritila  boshlandi.  Mazkur  tuzilma 
mintaqaviy 
hamkorlik 
doirasidgi 
Osiyo-Kavkaz-Yevropa 
transport  yo’lagini 
rivojlantirish,  iqtisodiy  hamkorlikni  kengaytirishni  maqsad  qilib  oldi.  2001  yil  iyun 
oyida ana shu tashkilotga a’zo davlatlarning uchrashuvi bo’lib, unda O’zbekiston ham 
ishtirok etdi. Yaltada bo’lib o’tgan sammitda hamkorlikni mustahkamlashga doir ayrim 
masalalar  ko’rib  chiqildi.  Rossiya  Federasiyasi  bilan  mustaqillik  yillarida  bo’layotgan 
o’zaro  manfaatli  va  teng  huquqli  hamkorlik  yaxshi  samara  berayotganini  ta’kidlab 
o’tmoq  joizdir.  Bu  ikki  mamlakat  o’rtasidagi  1992  yil  o’rnatilgan  diplomatik 
aloqalardan  so’ng  siyosiy,  iqtisodiy  sohalarda  150  dan  ortiq  shartnomalar  imzolandi. 
Rossiya  Federasiyasi  Bosh  vaziri  V.Chernomirdin,  keyinroq  Ye.Primakov  1998  yil 
Rossiya  Federasiyasi  Prezidenti  B.Yelsin,  1999  yil  dekabr  va  2000  yil  may  oyida 
Prezident  V.V.Putinning  O’zbekistonga  qilgan  tashriflari  Rossiya  va  O’zbekistonning 
o’zaro  iqtisodiy  hamkorliklarini  yo’lga  qo’yishda,  diniy  ekstremizm  va  xalqaro 
terrorizmga qarshi birgalikda kurashida alohida o’rin tutdi.Bunday uchrashuvlar nafaqat 
Rossiya  Federasiyasi  bilan,  balki  Ukraina  bilan  ham  keng  yo’lga  qo’yildi.  1994  yili 
Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. O’zbekiston 
va  Ukraina  davlat  rahbarlari  o’rtasidagi  o’zaro  muloqotda  iqtisodiy  hamkorlik, 
transport,  sanoat,  qishloq  xo’jaligi,  mineral  xom  ashyo  qazib  olish,  fan-texnika 
taraqqiyotidagi  yutuqlarda o’zaro hamkorlikni  olib borish  bo’yicha  tuzilgan bitimlarni 
amalga  oshirish  bilan  aloqador  bo’lgan  masalalar  asosiy  o’rin  egalladi.  Nafaqat 
iqtisodiy,  balki  madaniy  aloqalar  ham  yo’lga  qo’yildi.  Leonid  Kuchma  o’zining 
O’zbekistonga  tashrifi  davomida  O’zbekiston  baynalmilal  madaniy  markazida  ham 
bo’ldi. O’z navbatida O’zbekiston Prezidenti ham Ukrainaga uch marta safar qildi. Bu 
ikki  davlat  o’rtasidagi  aloqalar  hozirgi  kunga  qadar  davom  etib,  tovar  ayirboshlash 
hajmi  300  million  AQSh  dollaridan  oshdi.  O’zbekiston  Ukrainaga  rangli  metall, 
gazlama  va  boshqa  turdagi  mahsulotlarni  yetkazib  bergan  bo’lsa,  Ukrainada 
O’zbekistonga  texnika  asbob-uskunalari  keltirildi.  Bugungi  kunda  O’zbekistonda  20 
dan  ortiq  o’zbek-ukraina  qo’shma  korxonalari  ishlab  turibdi.  2001  yil  MDH  tashkil 
topganligining  10  yilligi  munosabati  bilan  Rossiya  davlati  poytaxtida  MDH  davlatlari 
rahbarlari  ishtirokida  sammit  o’z  ishini  boshladi.  Sammitda  o’tgan  vaqt  mobaynida 
qilingan ishlar sarhisob qilindi va o’zaro savdodagi cheklashlarni bartaraf etish, tovarlar 
va xizmatlar oqimini ko’paytirish uchun axborot-marketing markazlarini tuzish, ta’lim, 

 
183 
madaniyat, soliq, bojxona sohalarida faoliyat ko’rsatuvchi muassasalar, xo’jalik sudlari 
hamkorligini  kengaytirish  masalalari  muhokama  etildi.  Sammit  ishtirokchilari  MDH 
tuzilganligining  o’n  yilligi  munosabati  bilan  hamda  Afg’onistondagi  vaziyatga  doir 
bayonotga  imzo  chekdilar.  O’zaro  hamkorlik  doirasidagi  bunday  uchrashuvlar  o’z 
navbatida hamkorlik, davlat chegarasini himoya qilish, MDH doirasidagi davlatlarning 
fan-texnika  taraqqiyotidagi  yutuqlaridan  o’zaro  keng  foydalanish,  iqtisodiy  aloqalarni 
keng  qamrovli  olib  borish,  ekologik  muammolarni  hal  etishda  muhim  omil  bo’lib 
xizmat qiladi.  O’zbekiston mustaqillikka erishgach Markaziy Osiyodagi yosh mustaqil 
davlatlar  Qozog’iston,  Qirg’iziston,  Tojikiston,  Turkmaniston  bilan  hamkorlik,  o’zaro 
do’stlik  aloqalari  yanada  mustahkamlandi.Bizga  ma’lumki,  asrlar  davomida  birga 
yashab kelgan dini bir, tarixi bir, ikki tilda so’zlashuvchi xalqlar sobiq Ittifok davrida 
bo’lib  tashlangan  edi.Qog’ozdagina  suveren,  aslida  esa  markazga  qaram  sho’ro 
respublikalari  barpo  etildi.  Bu  soxta  siyosat  tufayli  turmush  tarzi,  ruhiy  va  ma’naviy 
qadriyatlari bir bo’lgan xalqlar bo’lib yuborilgan edi. Ularning o’z tili, madaniyati bor. 
Ularning ma’naviy, ruhiy va fikriy yaqinligi hamma narsadan ustun kelgan. 
Shuning  uchun  ham  mavlono  Rudakiy:  «Dunyoning  shodligi  yig’ilsa  butun, 
Do’stlar  diydoridan  bo’lolmas  ustun»  deb  bejiz  aytmagan.  Markaziy  Osiyo 
davlatlarining  1990  yil  13-15  avgustda  Toshkentda  bo’lgan  uchrashuvda  maslahat 
kengashini tuzish to’g’risida bitim imzolandi. 1993 yil yanvarida Prezident I.A.Karimov 
tashabbusi bilan  Markaziy  Osiyo  davlatlari  rahbarlarining  Toshkent  uchrashuvi  tashkil 
etildi.  Oliy  darajadagi  bu  uchrashuvga  5  davlat  rahbarlari  qatnashdi  va  Hamdo’stlik 
haqidagi  bitimga  imzo  chekishdi.  Shu  tariqa  jahonda  «Markaziy  Osiyo»  degan  yangi 
atama  paydo  bo’ldi.  1993  yil  mart  oyida  Markaziy  Osiyo  davlatlarining  navbatdagi 
uchrashuvi  Kizil  O’rdada  bo’lib  o’tdi.  Unda  Orolni  qutqarish  Xalqaro  jamg’armasi 
tuzilib,  N.Nazarboyev  uning  prezidenti  etib  saylandi.  Bu  uchrashuvda  Orol  va  Orol 
bo’yidagi ekologik ahvol, uning insonlar hayoti uchun nihoyatda xavfli ekanligi va bu 
muammoni  yechish  masalalari  o’rtaga  qo’yildi.Keyingi  yillarda  O’zbekiston-
Qozog’iston munosabatlari yanada kengayib bormoqda. Hozirgi kunda Qozog’istonda 1 
mln.  o’zbek,  O’zbekistonda  1  mln.  qozoq  istiqomat  qilmoqda.  O’zbekistonda  605  ta 
qozoq  maktabi  bo’lib,  unda  15000  bola  o’qimoqda.  Toshkent  davlat  pedagogika 
universiteti,  Sirdaryo,  Jizzax,  Nukus  va  Navoiy  pedagogika  institutlarida  qozoq  tilida 
o’qish  olib  boriladigan  bo’limlar  ishlay  boshlaydi.  Jizzax  viloyatida  «Kok-tem», 
«Qozoq teatr studiyasi» ochildi. O’zbekistonda 1992 yildan boshlab qozoq tilida «Nurli 
jol»  respublika  gazetasi  nashr  qilina  boshlandi.Mustaqillik  yillarida  O’zbekistonning 
Tojikiston,  Turkmaniston  va  Qirg’iziston  bilan  ham  o’zaro  munosabatlari 
rivojlanmoqda. Mamlakatimiz rahbari juda ko’plab jahonning nufuzli tashkilotlarining 
minbarlarida so’zga chiqib bizga qo’shni bo’lgan Tojikistondagi birodarkushlik urushini 
oldini  olish  va  terrorizmga  qarshi  birgalikda  kurashish  dasturlarini  ilgari  surdi.Lekin 
ba’zi Yevropa mamlakatlari bu masalaga panja orasidan qaradi. Natijada terrorizmning 
insoniyat  uchun  nihoyatda  xavfli  ekanligi  AQShdagi  11  sentyabr  voqealaridan  keyin 
yaqqol  namoyon  bo’ldi.  O’zbek  xalqi  terrorizmning  xavfini  1999  yil  16  fevralda 
Toshkent voqealaridan juda yaxshi biladi. AQShdagi sentyabr voqealaridan so’ng butun 
dunyo hamjamiyati Afg’onistonda uya qurib olgan terrorizmning makoniga urush e’lon 
qildi.  Bu  urush  mehnatkash  Afg’on  xalqiga  emas,  qonxo’r,  kallakesar  terroristik 
guruhlarga  qaratilgan  edi.  AQShning  Afg’onistonga  qaratilgan  urushini  O’zbekiston 
rahbariyati  qo’llab-quvvatladi.  Jafokash  Afg’on  xalqiga  o’zining  beg’araz  yordamini 

 
184 
berdi.  Termizdan  har  kuni  oziq-ovqat  ortgan  mashinalar  insonparvarlik  yordamini 
Afg’on  xalqiga  yetkazib  turdi.  Nihoyat  ikki  yarim  oylik  AQSh-Afg’oniston  urushi 
to’xtadi. Afg’on xalqidan 10 yillar davomida orzu qilgan tinchlik ro’yobga chiqdi. Endi 
Afg’oniston  o’z  taqdirini  o’zi  belgilamoqda.  Lekin  20  yildan  ziyod  davom  etgan 
fuqarolar urushi uning iqtisodini butunlay izdan chiqargan edi. O’zbekiston raxbariyati 
va  xalqi  bundan  keyin  ham  Afg’on  xalqiga  o’z  yordamini  ayamaydi.  Afg’onistonda 
urushning  to’xtashi  butun  Markaziy  Osiyoda  tinchlikning  qaror  topishiga  olib  keldi. 
Tojikistonda ham ahvol yaxshilanib, iqtisodiy o’sish suratlari ko’rinmoqda. Qo’shning 
tinch  bo’lsa,  o’zing  tinch  bo’lasan.  Tinchlik  barqaror  bo’lgan  joyda  iqtisodiy  o’sish, 
xalq  farovonligi  ko’zga  tashlanadi.  Prezident  I.Karimov  tomonidan  1995  yil  5  mayda 
Oliy  Majlis  2-sessiyasida  «Turkiston-umumiy  uyimiz»  shiorining  ilgari  surilishi 
mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. 
Shu ma’noda Prezidentimizning «Yosh avlodga biz ozod va obod Vatanni meros 
qoldirmog’imiz kerakki, ular bobolarining ulug’ niyatlari va ishlarini davom ettirsinlar. 
Chunki yoshlarning ma’naviy uyg’oqligi g’aflatdan asrovchi asosiy omillardan biridir», 
- degan so’zlarini butun o’zbek xalqi ko’nglidagi fikrlar desak mubolag’a bo’lmasdi. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Karimov  I.A.  O’zbekiston:  milliy  istiqlol,  iqtisod,  siyosat,  mafkura.  1-j.  T.: 
O’zbekiston, 1996. 
2.Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-j. T.: O’zbekiston, 1996. 
3.Karimov  I.A.  O’zbekiston  XXI  asr  bo’sag’asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O’zbekiston, 1997. 
4.Karimov  I.A.  Barkamol  avlod-O’zbekiston  taraqqiyotining  poydevori.  T.: 
O’zbekiston, 1997. 
5.Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq millatni-millat qilishga xizmat etsin. 
T.: O’zbekiston, 1998. 
6.Karimov I.A. Kuchli davlatlatdan kuchli jamiyat sari. T.: Sharq, 1998. 
7.Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon turmush – pirovard maqsadimiz. 
T.: O’zbekiston, 2000. 
8.Karimov  I.A.  Milliy  istiqlol  mafkurasi-xalq  e’tiqodi  va  buyuk  kelajakka  ishonchdir. 
T.: O’zbekiston, 2000.  
9.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat”, 2008. 
10.Karimov  I.A.  O’zbekiston  demakratik  taraqqiyotning  yangi  bosqichida.  –  T.: 
“O’zbekiston”, 2005. 
11.Karimov  I.A.  O’zbekistonning  16  yillik  mustaqil  taraqqiyot  yo’li.  –  T.: 
“O’zbekiston”, 2007. 
12.Azizxo’jayev A. Davlatchilik va madaniyat. «Sharq», 1997. 
13.Leonid  Levitin,  Donald  S.Karlayl.  Islom  Karimov  –  Yangi  O’zbekiston  Prezidenti. 
T.: O’zbekiston, 1996. 
14.Murtazayeva R.H. va b. O’zbekiston tarixi (Ma’ruzalar matni). T., 2000. 
15.Usmonov Q., Sharopov Sh va b. O’zbekiston – siyosiy va huquqiy islohotlar sari. T.: 
Universitet, 1996. 
15.Usmonov  K.,  Abdug’aniyev  A  va  b.  O’zbekiston  qaramlik  va  mustaqillik  yillarida. 
T., «O’qituvchi», 1996. 
16.O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. T.: O’zbekiston, 1992. 

 
185 
17.O’zbekiston  tarixi.  1-qism.  A.Sagdullayev,  B.Eshov  tahriri  ostida.  T.:  Universitet, 
1999. II nashri. 
18.O’zbekiston yangi tarixi. 3-kitob. Mustaqil O’zbekiston tarixi. T.: Sharq, 2000. 
19. Usmonov Q., Sodiqov T. O’zbekiston tarixi (1917-1991 yil-lar) .T:Sharq, 2003. 
20. O’zbekiston tarixi 10-sinf uchun darslik “Sharq” 2000 yil. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
186 
 
O’zbekiston tarixi faniga oid internetdagi 
SAYTLAR 
 
uzbekistan.uzpak.uz
.  –  O’zbekiston tarixining “Buyuk ipak yo’li” davridan mustaqillik 
yillarigacha bo’lgan davri haqidagi sayt. 
 
zamin.freenet.uz
.  -  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi  “Davlat va jamiyat 
qurilishi Akademiyasi”ning sayti. Saytda davlatimizning  
mustaqillik  yillari  tarixi 
haqida ma’lumotlar mavjud. 
 
www.uzbekistan.uz
 – O’zbekiston buyuk kelajak sari. 
 
www.mfa.uz
  -    O’zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  Vazirligining  maxsus  sayti. 
Saytda davlatimizning xalqaro aloqalari to’g’risidagi ma’lumotlar jamlangan.  
 
www.press-service.uz.-
  Prezidentimizning asarlari va mehnatlari jamlangan sayt.       
 
www.gov.uz
 -  портал правительства Республики Узбекистан. 
 
www.natlib.uz
 /turk/ -  Туркестанский сборник. 
 
history.uzsci.net
  -  Tarix institutining “O’zbekiston tarixi” nomli jurnali. 
 
ula.uzsci.net
  – Журнал: Наука и образование Узбекистана. 
 
www.xonatlas.uz
 – O’zbekiston madaniyati to’g’risidagi sayt. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
187 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
188 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling