Navoiy davlat peddagogika instituti tarix fakulteti


"3/3" ("4/4", "5/5",...) metodi


Download 92.74 Kb.
bet3/3
Sana17.05.2020
Hajmi92.74 Kb.
#107161
1   2   3
Bog'liq
Shomurodov Sherzod BMI


"3/3" ("4/4", "5/5",...) metodi

Mazkur metod ham yuqorida qayd etilgan metodlarning muqobili hisoblanib, talabalardan o‘rganilayotgan mavzu (yoki bo‘lim, bob) yuzasidan taxliliy muloxaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi. Unga ko‘ra o‘qituvchi mavzu (yoki bo‘lim, bob) yuzasidan uchta (to‘rtta, beshta,...) bo‘lgan va nourin qo‘llanilgan tushunchalar (so‘zlar, belgilar, tasvirlar va boshqalar)dan iborat tizimni shakllantiradi. Talabalar ushbu tizimdan mavzu (bo‘lim, bob)ga ta’lluqli bo‘lmagan tushunchalarni ajratadilar va harakatlarining mohiyatini izoxlaydilar.

Metodni qo‘llashsa quyidagi harakatlar tashkil etiladi:

- o‘qituvchi o‘zaro teng nisbatda mavzu (bo‘lim, bob)ga oid va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalar tizimini yaratadi;

- talabalar mavzu (bo‘lim, bob)ga oid bo‘lgan va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalarni aniqdaydilar va daxldor bo‘lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar;

- talabalar o‘z harakatlarining moxdyatini izoxlaydilar. Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda talabalar tomonidan mavzuning puxta o‘zlashtirilishini ta’minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish mumkin.

Oq va yashil rangli kartochkalar bilan ishlash metodi.

Talabalar bilan ommaviy va guruh, shaklida ishlashda ushbu metodni qo‘llash nihoyatda qulay. Metoddan mashg‘ulotlar so‘ngida mavzuni mustahkamlashga oid tezkor savol-javobni tashkil etishda foydalanish mumkin. Metod quyidagi harakatlarni tashkil etish asosida qo‘llaniladi:

- o‘qituvchi tomonidan o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatni mantiqiy ketma-ketlikda yoritishga xizmat qiluvchi tushunchalarni ifoda etgan maxsus kartochkalar majmui tayyorlanadi (har bir kartochkaning orqa tomoniga mavzu mohiyatini yorituvchi "yadro" tushunchaning bittadan harfi joylashtiriladi va maxsus qoplama bilan berkitiladi);

- har bir guruhga maxsus kartochkalarning aloxida majmuasi topshiriladi va kartochkalarni ulardagi tushunchalarga asosan mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirish vazifasi qo‘llanadi;

- guruhlar tomonidan topshiriq, bajarilib bo‘lingach, kartochkalarning orqa tomoni o‘giriladi va maxsus qoplama ochilib. topshiriqning qay darajada to‘g‘ri bajarilganligi aniqlanadi.

Yuqorida bayon etilgan interaktiv metodlar talabani yakka tartibda, juftlikda, kichiq guruhlarda, katta guruhlarda ishlash, fikr yuritish, o‘z qarashlarini ximoya qila olish, tanqidiy fikrlash, ko‘nikma va malakalarini oshirish imkoniga ega bo‘ladilar.

Interfaol darslarni tashkil etish.

Reja:


1. Interfaol darslarni tashkil etish.

2. O‘quvbilim faoliyatini guruhlarda tashkil etish.

3. Trening darslari va uni samarali o‘tkazish.

1. Dars konsepsiyasini rejalashtirishga tizimli yondashuv.

2. Darsning maqsadini belgilash.

3. Dars vazifasini aniqdash.

4. Dars maqsadi va vazifalarining farqini aniq belgilash.

5. Darsdan kutilayotgan natijalar.

6. Xulosalar chiqarishni oldindan rejalashtirish darsning muvaffaqiyatli kechishini ta’minlaydi.

Interfaol darslarni tashkil etishda quyidagi bosqichlar tavsiya etiladi

1. Oriyentir. O‘yin ishtirokchilari va ekspertlarni tayyorlash bosqichi. O‘quv jarayonining ish rejasi o‘qituvchi tomonidan taklif etiladi. Talabalar bilan hamkorlikda mashg‘ulotning maqsad va vazifalari aniqdanadi. O‘quv jarayoni muammosi shakllantiriladi. O‘quv jarayonida kechadigan immitasiya, o‘yin qoidalari, umumishning borishi aytiladi, talabaga o‘quv jarayoni materiali paketi tarqatiladi.

2. O‘quv jarayoniga borishga tayyorgarlik. O‘quv materiallari, vaziyatlar, instruqsiya va boshqa paket xujjatlari bilan tanishish. O‘yin qoidalari tablosi tuziladi. Unga o‘yin senariysi, o‘yin vazifalari, qoidalari, o‘yin ketma-ketligi, olinadigan natijalar aks ettiriladi.

O‘yinning borish jarayoni aks ettiriladi. O‘yin jarayonini o‘zgartirish, unga chetdan aralashish man etiladi. Faqatgina jarayonni olish borishgina ayrim korrektiravkalarni kiritish mumkin. O‘yin belgilanganda o‘qituvchi unga aralashmay, uni kuzatib, boshqarib boradi.

Uning asosiy vazifasi muxokamani tashkil etish, o‘yinni kuzatib turish, natijalarni, olinayotgan fikr-muloxazalarni hisoblash, ishtirokchilarning savollariga javob berish.

3. O‘tkazilgan o‘yin muhokamasi - O‘tkazilgan o‘yin jarayonini taxlil etish, muhokama etish, baholashdan iborat. O‘qituvchi yakuniy muhokamani o‘tkazadi. Muhokamada ishtirokchi va ekspertlar fikr almashadilar, o‘z pozisiyalarini ximoya qiladilar, taassurotlarni tugilgan muammo va fikrlarni bildiradilar.

Yuqoridagi axborotlardan ma’lum bo‘ldiki interfaol holatda kechgan ishchanlik o‘yinlarida; o‘qituvchi-talaba, o‘qituvchi-sinf, talaba-sinf, talaba-talaba, guruh-guruhlar orasida o‘zaro muloqotlar bo‘lib o‘tishi orqali o‘quv mazmuni o‘zlashtiriladi.

Interfaol usulda ish yuritmoqchi bo‘lgan o‘qituvchilarga shuni eslatmoq mumkinki, yangicha ishlash uchun faqatgina maqola, adabiyotlar o‘qishning o‘zi kamlik qiladi. Buning uchun, ya’ni o‘qituvchi o‘z faoliyatida interfaol metodlarni qo‘llashi uchun, u shaxsan o‘zi ishchanlik o‘yinlari, aqliy xujum, munozara, debatlarda qatnashib, o‘zi tajribadan o‘tkazadi, bu ishga shaxsiy hissasini qo‘shib boradi. Buning uchun u interfaol darslarni o‘tkazishning quyidagi qoidalarini bilib, o‘zlashtirib, amalga kiritishi kerak.

Birinchidan. Interfaol mashg‘ulotlarga barcha ishtirokchilar (talabalar) jalb etilishi talab etiladi. Bunda shunday texnologiyalar tanlanishi kerakki, ish jarayonida barcha ishtirokchilarning ishtiroki yoki muhokamasi ta’minlansin.

Ikkinchidan. Mashg‘ulotga ishtirok etishni psixologik tayyorlash zarur. Darsda ishtirok etuvchilar jarayonga kirishib ketishga tayyor emasligini xisobga olmoq kerak. Yangi tashkil etilayotgan interfaol darslarda ulardagi xadiksirash, tortinchoqlik, indamaslik holatlari darsning faol kechishi, ichki imkoniyatlarni ishga solishga to‘sqinlik qilishi kuzatiladi.

Uchinchidan, talabalarni yangi texnologiyalarni ko‘plab joriy etish bilan toliqtirmaslik. Ishtirokchi imkoniyati, yangi texnologiya sifati bir-biriga mos kelgani ma’qul. Bir guruhda ishtirokchilar soni 30 kishidan oshib ketmasligi kerak. Shunday sharoitdagina kichiq guruhlarda ishlash, fikrni erkin bayon etish, muammolar yechimini topish oson kechadi.

To‘rtinchidan. Mashg‘ulot olib boriladigan xonalarni tayyorlashga alohida e’tibor berish kerak. Sinf shunday tayyorlanishi kerakki, kichiq va katta guruh bilan ishlanganda, ular erkin harakatlansinlar. Boshqacha aytganda talabaga qulay muxit yaritilishi kerak. Ayniqsa, talabaning bir-biri bilan muloqatda bo‘yin egib o‘tirishi noqulaylik keltirib chiqaradi. Stollarni 4-6 kishilik qilib qo‘yish, guruh a’zolarining bir-birlariga qarab o‘tirishi, ko‘rib, fikrlashuvga qulay muhit yaratilishi yaxshi natijalar beradi.

Beshinchidan. Ishchanlik o‘yinlarini olib borishdan oldindan uning reklamenti, ketma-ketligiga rioya qilish kerak. Unga qat’iy rioya qilishni oldindan kelishib olgan ma’qul, Har bir ishtirokchi har qanday fikrlash, nuqtai nazarga chidamli bo‘lishi, oxirigacha eshitishi, tanqid qilmasligi kerak.

Oltinchidan. Ishtirokchilarning guruhlarga bo‘linishlariga diqqat-e’tibor bilan qarash. Avvalo guruhlarni shakllantirish erkin, xoxish-istaklar asosida kechgani ma’qul. Keyinchalik guruhlarni tasodifiy shakllantirishga o‘tilgani ma’qul.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki interfaol usullar birdaniga ko‘pgina vazifalarni bajara olishga imkon beradi.

Eng muhimi u talabaning kommunikativ bilim, tushuncha, malakalarini oshiradi. Ularni hamkorlik, hamjihatlik, do‘stona munosabatlarda ishlashini ta’minlaydi. Ayniqsa bir-birlarini eshitish, fikrini bayon etish, o‘zaro hurmatga undaydi.

XULOSA

Turkiston tarixiga nazar tashlar ekanmiz, mintaqa xalqlari hayotida hech qaysi harakat jadidchilik singari o‘lkan ta’sir kuchiga ega bo‘lmaganiga guvoh bo‘lamiz. Jadidchilik harakati XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Turkiston mintaqasi, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy va ma’rifiy harakat hisoblanadi. Bu harakat namoyandalari ko‘pincha o‘zlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadid­lar deb atashgan. O‘sha davrning ilg‘or taraqqiyparvar kuchlari, birin­chi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraq­qiyo­ti­dan orqada qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruratini tushunib yetgan edilar. Jadidchilik mohiyat e’tibori bilan, avvalo, siyosiy harakat bo‘lgan. Uning shakllanish, rivojlanish va mag‘lubiyatga uchrash davrlari bo‘lib, ularni shartli ravishda to‘rtga bo‘lish mumkin. Turkiston o‘lkasi, Buxoro amirligi va Xiva xonligi hududida bu davrlar: 1-davr (1895-1905); 2-davr (1906-1916); 3-davr (1917-1920); 4-davrni (1921-1929) o‘z ichiga oladi.

Buxorodagi jadidlar Turkistondagiga nisbatan og‘ir ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga keldi. Uning tarkibi asosan Buxorodagi shahar aholisining taraqqiyparvar qismi: ziyolilar, mullavachchalar, mayda do‘kondorlar va ma’murlar, hunarmandlar, savdogarlardan iborat edi. Jadidlarning dehqonlar va askarlar o‘rtasida nufuzi avvaliga past bo‘lgan. Jadidlar iqtisod va boshqaruv sohasida bir qator talablar, chunonchi, soliqlarni kamaytirish talabi bilan chiqishdi. Ular dastlab Buxorodagi amirlik tuzumi doirasida islohotlar joriy qilmoqchi bo‘lishdi. Buxoroda vobkentlik dehqon Jo‘raboy ilk yangi usul maktabini ochgan edi. Buxorodagi jadidlar harakatiga ayrim johil mullalar, har qanday yangilik va islohotlarning dushmani bo‘lgan qadimiylar oqimi qarshi chiqdi. 20-asr boshlarida Buxoro jamiyati 2 guruhga: Ikrom domla rahbarligidagi taraqqiyparvarlar va Mulla Abdurazzoq boshchiligidagi qadimiylarga bo‘lingan edi. 1908 yil "Buxoroi sharif shirkati" tuzilib, darsliklar nashr etish va kitob savdosi bilan shug‘ullandi. Ahmadjon Hamdiy (Abusaidov), Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev (Usmon Xo‘ja), Homidxo‘ja Mehriy, Abdulvohid Burhonov, Abdulqodir Muhiddinov, Sadriddin Ayniy, Abdurahmon Saidiy shirkatning tashkilotchilari edi. 1909 yil dekabrda jadidlar Buxoroda "Tarbiyai atfol" ("Bolalar tarbiyasi") maxfiy jamiyatini tuzishdi (asoschilari: Abdulvohid Burhonov, Homidxo‘ja Mehriy, Ahmadjon Hamdiy, Mukammil Burhonov, Hoji Rafe). Bu jamiyat turkistonlik va buxorolik yoshlarni Istanbuldagi "Buxoro ta’mimi maorif jamiyati" bo‘limiga o‘qishga jo‘natdi. Xorijdagi ta’lim yoshlar dunyoqarashida tubdan burilish yasadi. jadidlar Buxoro va Turkistonda bir vaqtda boshlangan bo‘lsa ham, amirlikdagi og‘ir muhit uning taraqqiyotini tezlashtirdi. 1910 yildan boshlab Buxoroda jadidlar harakati tashkiliy tus oldi va "Tarbiyai atfol" maxfiy jamiyati asosida partiya tashkil topdi.

1918 yil fevralda Turkiston Muxtoriyati bolsheviklar tomonidan qonga botirilgach, Buxoro jadidlari harakati kuchli o‘zgarishga uchradi. Sovet rejimi bilan murosa qilishni xoxlamagan Buxoro jadidlarining katta qismi istiqlolchilik harakati saflarida va yashirin milliy tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, ayrimlari sovet hukumati idoralarida ish boshlashga majbur bo‘ldilar.

Buxoro amirligi ahvol sal boshqacharoq kechdi. 1920 yilda qizil armiya davlat hududiga bostirib kirdi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilib, jadidlar hokimiyat tepasiga kelishdi. Demak, 1920 yildan jadidlar harakati o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga, ya’ni sovetlar bilan murosa yo‘liga qadam qo‘ydi46.

1920 yil 1—7 sentyabrda Bokuda Sharq xalqlari qurultoyi chaqirildi. Qurultoyda qabul qilingan qarorlar Turkiston xalqlarining keyingi taqdirida muayyan rol o‘ynadi. Bu voqiyalardan keyin Turkistonlik millat fidoyilaridan jami 90 kishi ishtirok etdi. Qurultoy ishida Turkiyadan kelgan va shaxsan Leninning o‘zi yuborgan Anvar posho ham qatnashdi. Biroq, mazkur qurultoy bolsheviklarning Angliyaga qarshi qaratilgan do‘q-po‘pisasi ekanligi majlislarda ayon bo‘ldi. Shu bois turkistonlik 40 nafar delegat qurultoy tugagach, o‘zaro kengash o‘tkazib, unda "Turkistondagi sovet hokimiyatiga qarshi tashviqot ishlari"ni avj oldirishga va "Oktyabr inqilobining uch yilligi kunida umumxalq qo‘zg‘oloni ko‘tarish"ga axd qildilar. Biroq, ularning bu rejasi to‘liq amalga oshmadi.

Farg‘ona va Toshkentdagi voqealar yakuni jadidlarning umidlarini so‘ndira olmadi. Ular Buxoro respublikasi rahbarlari bilan bir yoqadan bosh chiqarib, ish boshladilar. Buxoroda Jadid taraqqiyparvarlar firqasi tuzildi. Bu firqa dasturiga ko‘ra, davlatni jumhuriyat raisi (prezident) va parlament boshqarishi ko‘zda tutilgan edi.

1921 yil 2—5 avgusda Buxoroda Validiy boshchiligida Turkiston milliy birligi tashkiloti tuzildi. U istiqlolchilik harakatini jipslashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Turkiston milliy birligi tashkiloti bilan Munavvarqori rahbarligidagi "Milliy ittihod" (1919 i. tuzilgan) tashkiloti o‘zaro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatdi. Har ikki tashkilotning asosiy maqsadi Buxoro respublikasi, umuman, Turkiston mintaqasini sovetlashtirish va ruslashtirish ta’siridan saqlab qolish, Turkistonning mustaqilligiga erishish bo‘lgan. 1925 yil "Milliy ittihod" tashkiloti asosida "Milliy istiqlol" tashkiloti tuziladi. Jadidlar harakatining so‘nggi yillari jadidlar harakatining so‘nggi yillari faol siyosiy kurashlar bilan ajralib turmaydi. Bu davrda sovet rejimi turli siyosiy ishlar ("O‘n sakkizlar guruhi", "Inog‘omovchilik", "Qosimovchilik", "Badriddinovchilik" va b.) tuzib, milliy ziyolilarni ommaviy ravishda qatag‘on qilishga kirishdi. 1929 yil noyabda Munavvarqori boshchiligidagi 38 kishining qamoqqa olinishi (keyinchalik ularning soni 87 kishiga yetgan) bilan jadidlar harakatiga kuchli zarba berildi. Biroq istiqlol g‘oyasi o‘z kuchida qolaverdi.

Jadidlar harakati siyosiy ma’rifatparvarlikdan Jadid taraqqiyparvarlar firqasi darajasiga ko‘tarila oldi. Bu harakat hamda firqa a’zolari o‘z faoliyati va dasturiga ko‘ra, sho‘ro adabiyotlarida aytilganidek, "bir hovuch boylar manfaatiga xizmat qiluvchi liberal burjuaziya vakillari" emas, balki Turkistonning barcha xalqlari taqdirini o‘ylab ish ko‘rgan demokratik jarayonning eng savodli, olijanob namoyandalari edi47.

O‘zbekistan Respublikasi mustaqillikka erishgach, jadidlar harakati va uning namoyandalari nomiga yepishtirilgan tavqi la’nat va soxta yorliqlar olib tashlanib, ularning asl nomlari qayta tiklandi. Tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, faylasuf, huquqshunos, san’atshunos va pedagog olimlar jadidlarning boy ilmiy va adabiy merosini o‘rganishda dastlabki natijalarni qo‘lga kiritishdi. Mustaqillik yillarida Fitrat, Cho‘lpon, A.Avloniyning 2 jildli, Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Sidqiy Xondayliqiy, Ibrat, So‘fizodaning 1 jildli, shuningdek, Fayzulla Xo‘jayev, Munavvarqori, P.Yusupovning asarlari chop qilindi. Jadidlarning 20 ta mashhur vakili kiritilgan "Unutilmas siymolar. Jadidchilik harakatining namoyandalari" (T., 1999) albom-kitobi nashrdan chiqdi. Ularning serqirra faoliyati darslik va qo‘llanmalarga kiritildi. 1999 yil 16-18 sentyabrda Toshkentda "Markaziy Osiyo 20-asr boshida: islohotlar, yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash (jadidlar, Muxtoriyatchilik, Istiqlolchilik)" mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkazilib, unda AQSH, Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Turkiya, Rossiya, Hindiston va boshqa mamlakatlardan kelgan nufuzli olimlar jadidlar va istiqlolchilik harakatlari to‘g‘risida jahon ilm-fanida to‘plangan so‘nggi xulosalar yuzasidan o‘zbekistonlik hamkasblari bilan o‘zaro fikr almashdilar. Jadidlar harakati jahonshumul ahamiyatga molik hodisa ekanligi e’tirof qilindi. Konferensiyada ushbu muammoni tadqiq qiluvchi xalqaro ilmiy kengash tuzildi.

Shunday qilib biz bugun mustaqillik sharofati bilan istiqlol shabodalari esib, buyuk tariximiz, qayguli kunlarimiz xuquqiy tasavvurga ega bo‘lgan va ularni o‘rganayotgan bir paytda, o‘z xayotimizni millat va xalq istiqboli va ozodligi uchun baxshida etgan jadid namoyondalari xaqida chuqur ma’lumotga ega bo‘lmagan, bugungi kundagi tarix haqidagi bilimlarimiz sayoz bo‘lishi tabiiy. Jadidlar harakati ularning dasturlari, g‘oyalari, bajargan amaliy ishlari va istiqbolda bajarishni rejalashtirgan maqsadlari haqida bugungi kun o‘quvchisiga kancha ma’lumot bersak, o‘rgansak, va o‘quvchilarga o‘rgatsak yoshlarning dunyoqarashi shakllanishiga xissa qo‘shgan bo‘lamiz. Bugungi kunga shukronalik, shu aziz vatan ravnaki uchun yonib yashash, el yurt madaniyatini barkamolligini orzu qilib o‘z xayotini vatan va xalq taqdiri bilan bog‘lay oladigan vatanparvar avlodni tarbiyalab yetishtirishda jadidlar harakati haqida mavzularning o‘rni beqiyos ahamiyat kasb etadi. Zero «Tarix kelajak ustozidir».

Fodalanilgan adabiyotlar ro‘yhati.
1. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. «O‘zbekiston», T. 1995.-B. 50.

2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T, «Sharq», 1998, -B. 18.

3. Karimov.I.A. Mustaqillik–barcha ezgu reja va marralarimizning mustahkam me’zonidir. O‘quv qo‘llanma. T., “O‘qituvchi”, 2013. –B. 102.

3. A’zamxo‘jayev S, Turkiston muxtoriyati (mustaqilligimiz tarixidan sahifalar) Toshkent, «Fan», 1996. –B. 60-64.

4. Alimova D. va boshqalar. Jadidchilik, islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. “O‘qituvchi”. T., -B. 9-11.

5. Barkomol avlod orzusi. Sharq nashriyoti. Toshkent. 1999. –B. 88.

6. Bobobekov H, Sh.Karimov va boshqalar. O‘zbekiston tarixi. Qisqacha ma’lumotnoma. «Sharq» nashriyoti, T-2000. –B. 203. 204.

7. Buyuk iste’dod sohibkori, Ixcham ma’lumotnoma. «Adolat». T., 2002, -B. 80.

8. Jadidchilik, islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. (Turkiston va Buxoro jadidchiligi tarixiga yangi chizgilar). Davriy to‘plam. №1. T, «Universitet», 1999. –B. 26-56-58-75-83-204-363.

12. Ismoilov N, Bo‘riyev O. O‘zbekiston tarixidan uslubiy qo‘llanma. Qarshi -1996 –B. 200.

13. Karimov Sh, Shamsutdinov R. Turkiston Rusiyo bosqini davrida. «Meros», Andijon - 1995, -B. 97.

14. Mirzayev A. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. T., Fan, 2000. –B. 7.

15. Muhammadjanova.L.P. XX asrning boshida Buxoroda ijtimoiy-siyosiy vaziyat va demokratik harakatning rivojlanishi. (1908-1920 yy.). Buxoro. 1999 y. –B. 12-15-17-25-28-30-33-35-85.

16. Rajabov Q. Yosh buxoroliklar va yosh xivaliklar. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. T, 2002, -B. 498.

17. Turdiyev Sh. Ular Germaniyada o‘qigan edilar. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, «Fan» nashriyoti, T,1991. -B. 70.

18. O‘zbekistonning yangi tarixi. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. I-kitob. T, «Sharq», 2000, -B. 412-413-414-415-417.

19. O‘zbekistonning yangi tarixi. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. 2-kitob. Toshkent, «Sharq», 2000, -B. 259-319.

20. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Jadidchilik. 3 tom. Davlat ilmiy nashriyoti. T., 2002, -B. 264-519-523.

21. Qosimov Begali. Ismoilbek Gasprali. Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi, 1992. –B. 7.



Gazeta va jurnallar.

1. Turkiston viloyatining gazeti. 1907. № 66-son.

2. Bo‘ronov Imomali. Redaksiyaga maktub. // Turkiston viloyatining gazeti. 1908, 22-son

3. Samarqanddan maktub. // Turkiston viloyatining gazeti. 1908, 69-son

4. Mahmudxo‘ja bin Behbudxo‘ja. K voprosu o novыx maktabax. // Turkiston viloyatining gazeti. 1908. № 94.

5. Turkiston viloyatining gazeti. 1908. 30 yanvar.

6. Turkiston viloyatining gazeti. 1908. 13 iyun.

7. Ehtiyoji millat, Samarqand gazetasi. 1913 yil. 26-son.

8. Ho‘qand musofir. Muallim afandilarga. // Turkiston viloyatining gazeti. 1913. №72.

9. Turkestanskiy vestnik. 1917. 9 dek.



10. Ulug Turkiston. 1917. 8 dekabr.



1 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. Toshkent, «Sharq», 1998, -B. 18.

2 Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. «O‘zbekiston», –T.: 1995. –B. 50.

3 Muhammadjanova L.P. XX asrning boshida Buxoroda ijtimoiy-siyosiy vaziyat va demokratik harakatning rivojlanishi. (1908-1920 yy.). Buxoro. 1999 y. –B. 12.

4 Alimova D.va boshqalar. Jadidchilik, islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. “O‘qituvchi”. T.1997, -B. 9. A’zamxo`jayev S, Turkiston muxtoriyati (Mustaqilligimiz tarixidan sahifalar) Toshkent, «Fan», 1996. –B. 60.

5 A’zamxo`jayev S, Turkiston muxtoriyati (Mustaqilligimiz tarixidan sahifalar). –Б. 60.

6 Alimova D.va boshqalar. Jadidchilik, islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. -B. 11.

7 Muhammadjanova L.P. XX asrning boshida Buxoroda ijtimoiy-siyosiy vaziyat va demokratik harakatning rivojlanishi. (1908-1920 yy.). Buxoro. 1999y. –B. 15.

8 Muhammadjanova L.P. XX asrning boshida Buxoroda ijtimoiy-siyosiy vaziyat va demokratik harakatning rivojlanishi. (1908-1920 yy.). –Б. 17.

9 O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. «Jadidchilik» III- tom. Davlat-ilmiy nashriyoti, Toshkent-2003. –B. 521.

10 Muhammadjanova L.P. XX asrning boshida Buxoroda ijtimoiy-siyosiy vaziyat va demokratik harakatning rivojlanishi. (1908-1920 yy.). –B. 33.

11 Murtazayeva R.H.,Eshov B.J va boshqalar. O‘zbekiston tarixi. 82-bet.

12 Shamsutdinov R. Jadidchilik: haqiqat va uydirma// «Muloqot», 1971 yil, №11, 45.

13 O‘zbekistonning yangi tarixi. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. I-kitob. -B. 413.

14 Jadidchilik, islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. (Turkiston va Buxoro jadidchiligi tarixiga yangi chizgilar). Davriy to`plam. №1. Toshkent, «Universitet», 1999. 63..

15 Mirzayev A. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. T., Fan, 2000. –B. 7.

16 Ehtiyoji millat, Samarqand gazetasi. 1913 yil, 26-son.

17 Ismoilov N, Bo`riyev O. O‘zbekiston tarixidan uslubiy qo`llanma. Qarshi -1996 –B. 200.

18 Muhammadjanova L.P. XX asrning boshida Buxoroda ijtimoiy-siyosiy vaziyat va demokratik harakatning rivojlanishi. (1908-1920 yy.). –B. 35.

19 Jadidchilik, islohot, yangilanish, Mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. Toshkent, «Universitet», 1999, -B. 204.

20 Jadidchilik, islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. (Turkiston va Buxoro jadidchiligi tarixiga yangi chizgilar). Davriy to`plam. №1.-B. 75.

21 O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Jadidchilik.. 3 tom. Davlat ilmiy nashriyoti. T., 2002, -B. 519.

22 Mirmulla Shermuxammadiy. Ittifoq zameni //Najot, 1917, 31 mart.

23 O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Jadidchilik.. 3 tom. Davlat ilmiy nashriyoti. T., 2002. –Б. 523.

24Turkestanskiy vestnik. 1917.-9 dek.

25Ulug Turkiston. 1917.-8 dek.Улуг Туркистон. 1917.-8 дек.

26 Bobobekov H, Sh.Karimov va boshqalar. O‘zbekiston tarixi. Qisqacha ma’lumotnoma. «Sharq» nashriyoti, Toshkent-2000. –B. 203.

27 O‘zbekistonning yangi tarixi. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. I-kitob. Toshkent, «Sharq», 2000, -B. 417.

28 Bobobekov H, Sh.Karimov va boshqalar. O‘zbekiston tarixi. Qisqacha ma’lumotnoma. «Sharq» nashriyoti, Toshkent-2000. –B. 204.

29 Turdiyev Sh. Ular Germaniyada o`qigan edilar. Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, «Fan» nashriyoti, 1991 yil, -B. 70.

30 Muhammadjanova L.P. XX asrning boshida Buxoroda ijtimoiy-siyosiy vaziyat va demokratik harakatning rivojlanishi. (1908-1920 yy.). –B. 85.

31 Turkiston viloyatining gazeti. 1908. 13 iyun.

32 Turkiston viloyatining gazeti. 1908. 30 yanvar.

33 Буюк истеъдод соҳибкори, Ихчам маълумотнома. Тошкент, «Адолат», 2002, -Б. 80.

34 Bo`ronov Imomali. Redaksiyaga maktub. / Turkiston viloyatining gazeti. 1908, 22 - son

35 Turkiston viloyatining gazeti. 1907, № 66

36 Mahmudxo`ja bin Behbudxo`ja. K voprosu o novыx maktabax. // Turkiston viloyatining gazeti. 1908, №94.

37 Samarqanddan maktub. // Turkiston viloyatining gazeti. 1908, 69-son

38 Mahmudxo`ja bin Behbudxo`ja. K voprosu o novыx maktabax. // Turkiston viloyatining gazeti. 1908, №94.

39 Ho`qand musofir. Muallim afandilarga. // Turkiston viloyatining gazeti. 1913, №72..

40 Mahmudxo`ja bin Behbudxo`ja. K voprosu o novыx maktabax. // Turkiston viloyatining gazeti. 1908, №95.

41 O‘zbekistonning yangi tarixi. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. I-kitob. Toshkent, «Sharq», 2000, -B. 319.

42I.A.Karimov. Mustaqillik – barcha ezgu reja va marralarimizning mustahkam me’zonidir. O‘quv qo`llanma. T., “O‘qituvchi”, 2013., 102-b.

43 Ta’lim taraqqiyoti. O‘zbekiston Respublikasining Xalq ta’limi vazirligining Axborotnomasi 2-Maxsus son, 1999 yil.

44 Yo`ldoshev J., Yo`ldosheva F., Yo`ldosheva G. Interfaol ta’lim sifat kafolati. T., 2008, -B. 29.

45 Umumiy o`rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o`quv dasturi. O‘zbekiston. - T., “Sharq”, 1999 y.

46 Karimov Sh, Shamsutdinov R. Turkiston Rusiyo bosqini davrida. «Meros», Andijon - 1995, -B. 97.

47 Rajabov Q. Yosh buxoroliklar va yosh xivaliklar. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent, 2002, -B. 498.


Download 92.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling