Navoiy davlat peddagogika instituti tarix fakulteti


II-bob.XX asr boshlarida Buxoro jadidchilik harakati mavzusini O‘zbekiston


Download 92.74 Kb.
bet2/3
Sana17.05.2020
Hajmi92.74 Kb.
#107161
1   2   3
Bog'liq
Shomurodov Sherzod BMI


II-bob.XX asr boshlarida Buxoro jadidchilik harakati mavzusini O‘zbekiston tarixi darslarida o‘qitish usullari.

2.1 Matbuotda jadidlarning yutuq va kamchilik hamda muammolari yoritib borilishi.

Asrlar davomida dunyoga ulug‘ mutaffakkirlarni etkazib bergan ajdodlarimizning maktab va madrasalari XIX asrga kelib, zamon ruhiga javob bera olmay qolgan edi va jamiyatda ularni isloh qilish ehtiyoji tug‘ilgan edi. Jahonda sanoatlashuv jarayoni kechayotgan bir vaqtda faqat diniy bilimlar bilan olg‘a qadam tashlab bo‘lmasligini tushungan jadid taraqqiyparvarlari jamiyatni isloh qilishda ilm egallashga va maktablarga alohida e’tibor qaratishgan. Chunki, faqat zamonaviy bilimga ega bo‘lgan yoshlar bilan jamiyatni isloh qilish mumkin edi. Busiz oldinga siljish mumkin emasligini dunyo mamlakatlari tajribasi yaqqol ko‘rsatgan. Rossiya musulmonlari ham XIX asrning oxirlarida bu sohada o‘zgarishlar qilishga kirishdilar. 1884 yilda Boqchasaroyda Ismoil Gasprinskiy tomonidan usuli jadid maktabining ochilishi bilan Rossiya musulmonlari ta’lim tizimida yangilik yuz bergan. Bu bilan jadid maktabiga asos solingan edi. I.Gasprinskiyning sa’y-harakati tufayli Turkistonda ham yangi usul maktablari vujudga kela boshlagan.

Jadid taraqqiyparvarlari tomonidan o‘lkada tashkil etilgan yangi usul maktablari eski maktablardan keskin farq qilib, ularning darsxonalarida parta, doska, stol va stullar mavjud bo‘lgan. Mazkur maktablar o‘qitish uslublari bilan farqlanib, ularda “usuli savtiya” usulidan, ya’ni tovush usulidan foydalanilar, ularda o‘qish va yozish qo‘shib o‘rgatilar edi. Shuningdek, yangi maktablarda arifmetika, tabiatshunoslik, geografiya, grammatika kabi fanlar arab va fors tili yangicha darsliklar qo‘llanib, diniy ta’lim bilan bir qatorda o‘qitila boshlagan29.

1903 yilda Samarqand uyezdi Jomboy qishlog‘ida Abdushukurov va Jo‘raboev yangi usuldagi maktab ochadilar. Abdushukurov maktabida 117, Jo‘raboev maktabida 48 nafar talaba ta’lim olar edi. Ushbu maktablarda muallimlar mullalardan iborat bo‘lib, ular diniy ilmlar, arab va fors tilidan, rus-tuzem maktablarini bitirgan muallimlar arifmetika, geografiya va rus tilidan dars berardilar. Yangi usul maktablarida talabalar ma’lum bir mablag‘ hisobiga o‘qir edilar. Masalan, Farg‘ona viloyatidagi maktablarda talabalar oyiga 50 tiyindan 1r. 50 t. to‘lardilar, kambag‘al oiladan bo‘lganlar esa ko‘pincha to‘lovdan ozod qilinardi30.

“Turkiston viloyatining gazeti” sahifalaridagi “usuli jadid” maktablari haqidagi ma’lumotlar XX asr Turkiston jamiyati uchun yangilik bo‘lgan ushbu maktablarning jamiyat tomonidan qabul qilinishi murakkab bir vaziyatda kechganligini ko‘rsatadi. Chunki, asrlar bo‘yi an’anaviy maktab va madrasalarda tahsil olgan kishilar zamon ruhini jadid taraqqiyparvarlari kabi anglab etmagan edilar. Shuning uchun ham gazeta sahifalaridan turib, Rahmatullo Rahim “Bo‘zuq maktab bolasi usuli jadida”31 maqolasida “usuli jadida” maktabi bo‘zuq maktab, deb haqorat qiladi. Bu maktabning asoschilari Behbudiy va Shakuriylarni nodonlikda, bilimsizlikda ayblaydi.

1908 yil 30 yanvarda “Turkiston viloyatining gazeti”da yozilishicha, “Usuli jadid degan qaerdan chiqdi. Bu nechuk. Masalan, ota-bobolarimiz usuli qadim ila o‘qub mullo bo‘lg‘onlar. Va biz ham usuli qadim o‘qub bir nima bilib edik. Usuli jadid degan bir tariqa bid’atdirki, yaqin fursatda chiqmishdir”32. Jadid taraqqiyparvarlari jadid maktablarini himoya qilib, o‘z navbatida xalqqa bu maktabning ahamiyatini anglatishga harakat qilgan edi. Xususan, Behbudiy “Turkiston viloyatining gazeti” sahifalarida chop etilgan bunday fikrlarga o‘z vaqtida javob qaytardi. U usuli jadid maktablari “durust bo‘lsa, rivoj bersunlar, nodurust bo‘lsa, dalil ila isbot qilsinlar. Ko‘r- ko‘rona tosh oturlar... Hovlimizga maktab ochsak, biz ma’lum avlodi musulmonga imon, islom, qiroat, tajvid, amaliyot, hisob, jug‘rofiya, tarix va boshqa kerakli narsalarni ta’lim bersak, bid’at, zalolat bo‘lurmish” 33, deb yozar ekan, ularni maktablar ishini ertadan-kechgacha kuzatishni va undan keyin bu haqda bahs etishni taklif etgan holda bu faqat foydadan xoli bo‘lmasligini ta’kidlagan edi.

Ushbu gazetaning 1908 yil 20 may sonida Imomali Bo‘ronov redaksiyaga xat yozib, ba’zi kishilar usuli jadid maktablarining qanday maktab ekanligini tushunmagani sababli ularni yopish to‘g‘risida fikr bildirayotganini bayon qilib, shuning uchun “Usuli jadid nadur?” degan savolga javob berishga harakat qilgan edi.34 Mazkur muallifning fikricha, usuli jadida-yangi usul demakdur, yangi usul deganda e’tiqod va ibodatda yangilik emas, balki murakkab ahvolga tushib qolgan maktab va madrasalarni isloh qilishdir, shuningdek mudarrislarning umri zoe ketmasin, deb oz vaqtda ko‘p bilim berishga harakat qilish demakdir. Muallif “usuli savtiya” to‘g‘risida ham ma’lumot berar ekan, dunyoning barcha millatlari bu usuldan foydalanishi mumkinligi va bu o‘qitishning qulay usuli ekanligini tushuntirib beradi. Maqolada bu masala yuzasidan mahalliy aholi yakdil fikrda bo‘lmasdan, ikki tarafda tursa, qanday uyg‘onishi mumkin, degan savol qo‘yiladi.

Ammo, bu gazeta sahifalarida yangi usul maktab tarafdorlari “jadidlar” bilan eskilik tarafdorlari bo‘lgan “qadimchilar” o‘rtasidagi kurash davom etaverdi. Bunga misol qilib, Is’hoqxon Ibrat va Mulla Husanxo‘ja o‘rtasida kechgan munozarani olish mumkin. Ushbu tortishuv “Turkiston viloyatining gazeti” sahifalarida berilgan.35 1907 yilda Ibrat Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘li taklifiga binoan Toshkentga kelgan hamda shahardagi usuli jadid va usuli qadim maktablari, shu jumladan Mulla Husanxo‘ja domla maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishgan. Bu domla 1907 yilda o‘z maktabini yuzaki ravishda isloh qilib, jadid maktabi deb e’lon qilib, aslida esa maktabda eskicha usulda o‘qitilar va kitoblar ham zamon talablariga javob bermaydigan kitoblardan iborat edi.

“Qadimchilar” yangi usul maktablarida forsiy va turkiy tillarda kitoblar o‘qitilishiga qarshi chiqib, bunday kitoblarni jadidlar o‘quv dasturiga kiritganini tanqid qilgan edi. Mazkur fikrlarga javoban, Behbudiy ta’kidlashicha, bu tillarda kitob o‘qishni jadidlar kiritmadi, aksincha qadimdan bu o‘lkada yashovchi xalqlar forsiy va turkiy tillarda kitoblarni mutolaa qilishgan. Xususan, Fo‘zuliy, Navoiy, Sa’diy, Hofiz, Bedil kabi shoirlar forsiy yoki turkiy tilda ijod qilishgan36.

1911 yilning 10 martida gazetaning bosh maqolasida xalq orasida nima uchun yangi usul maktablarining nufuzi oshayotganligi sabablari haqida gapirilib, unda ta’kidlanishicha eski maktablarda o‘n yilda o‘rganadigan bilimlarni usuli jadid maktablarida ikki-uch yilda egallashlari mumkin. Bu maqolada yozilishicha, dastlab bunday maktablarga qarshi bo‘lganlar ham bu davrga kelib o‘z farzandlarini usuli jadid maktablariga o‘qishga olib kelgan.

Bu davrda matbuot sahifalarida yangi maktablarning faoliyatidagi kamchiliklar ham ro‘y - rost aytilgan. 1909 yilning 10 sentyabrida mazkur gazeta sahifalarida chop etilgan “Samarqanddan maktub” maqolasida37 muallif ta’kidlashicha, bir shaharda uchta yangi maktab bo‘lsa, ularning barchasi alohida usul bilan, bir maromnomaga asoslanmagan holda ish olib borayotgan edi. Muallifning fikricha, agar Turkistondagi taxminan 50ta yangi maktab alohida dasturlar bo‘yicha dars olib borsalar, ularning zarari eski maktablarnikidan ham kuchli bo‘ladi.

Behbudiy jadid maktablarining shu davrdagi ahvoli, ayniqsa ularning o‘quv dasturi qoniqish talabga javob bermasligidan qattiq iztirob chekkan edi. Mahmudxo‘ja Behbudiy 1907 yilda Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qon, Xo‘jandga borib, usuli jadid maktablarining ahvoli bilan tanishgani, ularning hech biriga geografiya va tarix fanlari kiritilmaganligini afsus bilan ta’kidlagan. Qo‘qondagi maktabda esa uning muallimi Mulla Salohiddin geografiya, hisob, handasa va rus tilidan xabardor bo‘lsada, lekin maktabda faqat tajviddan boshqa fan o‘qitilmayotganini yozgan. Shunga qaramay, Behbudiy yozganlaridan ko‘rinadiki, jadid maktablari “ilm diniy va olami zamoniy”38ni o‘zida mujassamlashtirishga harakat qilgan. Arxiv ma’lumotlarida kelitirilishicha, Farg‘ona viloyatidagi yangi usul maktablarida 1913 yildan boshlab tabiatshunoslik va geografiya fanlari kiritilgan edi.

1913 yilning 19 sentyabrida gazetada mavjud usuli savtiya maktablarining ahvoli tanqid ostiga olingan bo‘lib, ularda na diniy va na dunyoviy bilimlar yaxshi o‘rgatilmasligi haqida ta’kidlaydi. Maqola muallifi noma’lum bo‘lib, u taraqqiyparvarlarni bolalar va ota-onalarning bu maktablarga bo‘lgan ixlosini oshirish uchun yaxshiroq bilim berishga hamda haftasiga bir marta juma namozga masjidga olib chiqishni maslahat bergan edi.39

Shu bilan birga gazetada ba’zi jadid maktablarida o‘quv dasturini muvofiqlashtirib olib borishga harakat qilinganligi haqidagi xabarlarni ham o‘qish mumkin. Masalan, 1908 yil 18 dekabrda gazeta sahifalarida40 Samarqand shahri tashqarisida 1904 yilda ochilgan jadid maktabi Behbudiy ishlab chiqqan dasturga muvofiq faoliyat yuritayotgani ma’lum qilingan edi, o‘z navbatida mazkur dastur “Turkiston viloyatining gazeti” sahifalarida chop etilgan edi.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, jadid tarqqiyparvarlari yangi usul maktablarini tashkil etishda nafaqat mahalliy mutasiib kuchlar tomonidan, balki hukumat tomonidan ham qattiq qarshilikka uchragan edilar. Hukumatning rasmiy organi bo‘lgan ushbu gazeta hukumatning yangi maktablarga bo‘lgan siyosatini yaqqol ko‘rsatib bergan. Rossiya imperiyasi hukumati o‘lkada yangi usul maktablarining xalq orasida obro‘si oshib ketayotganidan qattiq xavotirga tushgan edi. 1909 yilda Farg‘ona viloyati o‘quv yurtlari inspektori O.Yegorov Turkistondagi rus-tuzem maktablarining ahvoliga bag‘ishlangan maxsus kengashda bu haqda shunday degan edi: “Yaqin kelajakda yangi usuldagi maktablarning keng yoyilishi va ularga nisbatan mahalliy aholi e’tiborining keskin ortib borishi bilan rus-tuzem maktablari batamom xarob bo‘ladi”. Usuli savtiya maktablarining ochilishini Rossiya imperiyasi hukumati qattiq nazorat ostiga oladi. 1909 yilda Turkiston o‘quv okrugi qoshida maxsus komissiya ishlab chiqqan “Farmoyish”ga ko‘ra, bunday maktablar ochish uchun maxsus ruxsatnoma olinishi kerak edi, uni ochish va unda o‘qitish ishlari faqat siyosiy jihatdan ishonchli bo‘lgan kishilargagina berilgan hamda qaysi millat bolalari uchun ochilgan bo‘lsa, uning muallimlari faqat o‘sha millatga mansub bo‘lishlari lozim edi. Bundan tashqari, mazkur maktablarda faqat Rossiyada senzura ruxsati bilan chop etilgan kitoblar asosida o‘qitish mumkin edi. Bu bilan maktablarda foydalanilayotgan Turkiyada chiqqan darsliklardan foydalanish ma’n qilingandi. Shuningdek, bu maktablar ro‘yxatga olib borilgan va ro‘yxatdan o‘tmagan maktablarning faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmagan. Farmoyishda talabalar qaysi millatga mansub bo‘lsa, muallim ham shu millatdan bo‘lishi kerak, deb ta’kidlanishidan maqsad tatarlar tomonidan ochilgan maktablarni yopib tashlash edi va shunday qilinishi tufayli yangi maktablar soni anchaga qisqarib ketgan.

1915 yil 5 va 8 noyabrda gazetada rus - tuzem maktablari va yangi usul maktablarining o‘quv dasturlari taqqoslab ko‘rsatib berilgan. Bu bilan gazeta “ushbu ikki xil maktablarning ta’limi xususida musulmon bolalarning otalari to‘g‘ri va ravshanroq bilmaydur va ham o‘zlarining bolalarni qaysi tariqada maktabga ta’lim chun bermoq kerak deb yaxshi bilmaydurlar”, deb ota-onalarga “to‘g‘ri” ko‘rsatma berishni maqsad qilgan va rus-tuzem maktablarining ustunligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Bu ikki maktabda ham o‘qish muddati 6 yil bo‘lib, shundan 4 yili ibtidoiy sinflarda va ikki yili rashidiya sinflarida o‘qishni tashkil etishiga alohida urg‘u berilgan. Gazeta o‘z tarafidan “sartiya xalqining bolalariga rus-tuzem maktabi o‘ng‘ayroq bo‘lsa kerak, zeroki rus-tuzem maktablarida ta’lim beriladurgan til toza sartiya tilidir va ham har xil ilmdin ul darajada Rusiya zabonining o‘qishi va bilishidur” deb, mahalliy aholiga bolalarini rus-tuzem maktablariga berishni “maslahat” beradi. Unda aytilishicha, rus-tuzem maktablarida o‘qigan talabalarga etarli darajada diniy bilimlar ham beriladi. Agar diniy bilimlarni ko‘proq bilishni xohlasa, unda o‘zi mustaqil ravishda kitoblardan o‘qib olishi mumkin, aksincha rus tilini bilmasa, dunyoviy ilmlarni ko‘paytirishga qodir bo‘lmaydi, ya’ni go‘yoki o‘zlarini xalq g‘amxo‘ri va jonkuyari qilib ko‘rsatishadi41.

Xulosa qilib aytganda, “Turkiston viloyatining gazeti” sahifalarida o‘lkada vujudga kelgan usuli jadid maktablari to‘g‘risidagi fikr - mulohazalar muntazam berib borilgan. Aksariyat holatlarda maqola mualliflari voqea ishtirokchilari - maktab muallimlari bo‘lib, shuningdek bu maktablar xususida an’anaviy maktab tarafdorlari hamda hukumat siyosatini yoqlab chiqqan gazeta tahririyatining ham qarashlari bayon qilingan. Gazetada yangi usul maktablari va an’anaviy maktablar tarafdorlari o‘rtasidagi bahslarga keng o‘rin berilgan. Maqolalar esa Turkistonning turli viloyatlaridan kelib, ularda yangi usul maktablari haqida, ularning turli muammolari, maktabda o‘qitish uslubi, uning dasturi to‘g‘risida xabarlar berib borilgan.

2.2. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro jadidlari darsida zamonoviy ta’lim - texnologiyalaridan foydalanishning samaralidorligi.

Yurtimizda demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etish, iqtisodiyotimizni bozor munosabatlariga o‘tkazish va rivojlangan davlatlar qatoridan munosib joy olish yo‘lida erishgan marralarimiz jahon ahlini xaqli ravishda hayratda qoldirmoqda.

Bundan 29 yil oldin xalqimiz o‘zining mard va donishmand sobiq rahbari boshchiligida mustaqillikka erishdi. Bu mustaqillik mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayot va milliy ma’naviyat sohalarida yangi bir davrni boshlab berdi. U ta’lim tizimini rivojlantirish sohasida ham buyuk islohotlarga yo‘l ochdi. Ta’lim tarbiya ishlarini sobiq tuzum davrida 70 yil davomida shakllanib qolganillatlardan xolos qilish ta’limdagi islohotlarning tub mohiyatini tashkil qildi. 1-Prezidentimiz Islom Karimov 1996-97 yillarga kelib, ta’lim-tarbiya tizimidagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish va bu sohani tubdan isloh etish bo‘yicha muhim dasturiy xujjatlar qabul qilish lozimligini kun tartibiga qo‘ydi. Shu boisdan ham tezda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini tuzish komissiyasi tashkil etilib, unga ilk Yurtboshimiz bevosita rahbarlik qildi. 1997 yil 5-iyunda Toshkentda ana shu komissiya yig‘ilishini 1-Prezidentimiz boshqardi. Davlatimiz rahbari tomonidan ma’naviyatni yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilayotgani e’tirof etilib, shu bilan birga, Respublikada kadrlar tayyorlash, ta’lim-tarbiya tizimida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermayotgani tanqid ostiga olindi va mavjud muommolar, ularni hal etish yo‘llari aniq ko‘rsatib berildi42.

“Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi”ni ta’lim jarayoniga tadbiq etish bilan ta’limda sifat va samaradorlikka erishish va shu orqali modernizasiya qilingan ta’lim standartlari to‘liq bajarilishini ta’min etish davri boshlandi.

Davlatimiz tomonidan yangi maktablar qurilishi, minglab maktablarni yangidan rekonstruksiya qilish, joriy ta’mirlash ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda. Maktablarimiz yangi qiyofaga, barcha qulayliklarga ega bo‘lib bormoqda. Maktablarni yangi jihozlar, asbob-uskunalar, takomillashtirilgan dasturlar, modernizasiya qilingan, tajriba-sinovdan o‘tgan standartlar, darsliklarning yangi avlodi bilan (ijara tariqasida) ta’minlash, kompyuterlashtirish Davlat umummilliy dasturi asosida izchil amalga oshirilmoqda43.

Endi o‘quv jarayonini yangilangan dastur va standart talablariga javob beradigan zamonaviy darslar asosida tashkil etish davri keldi. Boshqacha qilib aytganda zerikarli darslar o‘rniga darslarni tashkil etishga mas’uliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega, mas’uliyatli, zamonaviy, interfaol pedagogik texnologiyani mukammal o‘zlashtirib olgan, innovasiyalar asosida ta’limni tashkil eta oladigan o‘qituvchilarga talab oshib bormoqda. Ta’limda moddiy baza, standart, o‘quv rejalar, dastur va darsliklar qanchalik takomillashtirilmasin, kutilgan asosiy natijaga erishish, chuqur va puxta bilim berish, yuqori sifatdagi o‘zlashtirishga erishish bevosita nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni olib boruvchi o‘qituvchining ijodkorligi, izlanuvchanligi, malakasiga pedagogik mahoratiga bog‘lanib qolaveradi, o‘quv-biluv markazida esa talaba turmog‘ini taqozo etadi44.

XX asr boshlarida Buxoro Jadidchilik harakati mavzusini O‘zbekiston tarixi darslarida o‘qitish mavzusini interfaol usulda o‘qitishda asosiy maqsad talaba shaxsiga, uning qiziqish, xoxish istagiga, ehtiyojiga qaratilmogi kerak. Ya’ni ta’limni individuallashtirishga qaratilmog‘i talab etiladi45.

Endi ta’limni individuallashtirish nima? Degan savolga javob beraylik:

- ta’lim jarayonini individuallashtirish shunday o‘qitish usuliki, bunda har bir talaba o‘quv jarayonida faol ishtirok etib, o‘quv-biluv jarayoniga shaxsiy hissa qo‘shishi hisobga olinadi;

- ta’lim jarayonini tashkil eishda o‘qituvchining uslubiy yondashuvi, tezkorligi, talabaning shaxsiy xususiyatlari hisobga olinadi;

- o‘quv-metodik, psixologik, pedagogik tashkiliy boshqaruv ishlarini olib borishda talaba shaxsi o‘quv-biluv markazida bo‘ladi.

XX asr boshlarida Buxoro Jadidchilik harakati mavzusini o‘qitishning yangi pedagogik texnologiya vositalaridan klaster usulidan o‘qitishning ishlanmasini keltirmoqchimiz.

Klaster – (g‘uncha, bog‘lam) metodi pedagogik didaktik strategiyaning muyyan shakli bo‘lib, u talabalarga ixtiyoriy muammo mavzular xususida erkin, ochiq, o‘ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. "Klaster" metodi aniq obyektga yunaltirilmagan fikrlash shakli sinaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘lik ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning talabalar tomonidan chuqur hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Stil va Stil g‘oyasiga muvofiq, ishlab chiqilgan "Klaster" metodi puxta o‘ylangan strategiya bo‘lib, undan talabalar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida foydalanishi mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda talabalar tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmui tarzida namoyon bo‘ladi. Bu esa ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.

XX asr boshlarida Buxoro Jadidchilik harakati mavzusini o‘qitishda "Klaster" metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi.

1-shakl


"Klaster" metodi

Nimaniqi o‘ylagan bo‘lsangiz,shuni qog‘ozga yozing. Fikringizning sifati to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmay, ularni shunchaki yozib boring Belgilangan vaqt nixoyasiga yetmagunicha, yozishdan tuhamang. Agar ma’lum muddat biror bir g‘oyani o‘ylay olmasangiz, u holda qog‘ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g‘oya tugilguniga Qadar davom ettiring Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jixatlariga e’tibor bermang Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘prok; yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda mazkur g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik bog‘liklikni ko‘rsatishga harakat qiling. G‘oyalar yig‘indisining sifati va ular o‘rtasidagi aloqilarni ko‘rsatishni cheklamang

2-shakl.

"Klaster" metodining qoidalari

" XX asr boshlarida Buxoro Jadidchilik harakati mavzusini O‘zbekiston tarixi darslarida o‘qitish " mavzusini metodi muayyan fan asoslari borasidagi bir qadar murakkab mavzularni o‘zlashtirish ma’lum masalalarni har tomonlama, puxta taxlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidai eng maqbul hamda to‘g‘risini topishga yunaltirilgan texnik yondashuvlar, Ushbu metod, shuningdek, avvalgi vaziyatlarda qabul qilingan qaror (xulosa)lar moxiyatini yana bir bor taxlil etish va uni mukammal tushunishga xizmat qiladi.

XX asr boshlarida Buxoro Jadidchilik harakati mavzusini O‘zbekiston tarixi darslarida o‘qitish mavzusi o‘rganishda guruh talabalari ishtirokida qo‘llaniladigan " XX asr boshlarida Buxoro Jadidchilik harakati" mavzusini bir necha o‘n nafar talabalarning bilimlarini darajasini aniqlash ularning fikrlarini jamlash va baxolash imkonini beradi. Ta’lim jarayonida mazkur metodning qo‘llanilishi muayyan muammo yuzasida oqilona qaror qabul qilish (xulosaga kelish)da talabalar tomonida bilidirilayotgan xar bir variant, ularning maqbul hamda nomaqbul jaxatlarini mufassal taxlil etish imkoniyatini yaratadi. Mashg‘ulot jarayonida talabalar quyidagi chizma asosida tuzilgan jadvalni to‘ldiradilar (yoki ushbu tartibdagi faoliyatni olib borishda yozuv taxtasidan foydalanadilar):



"Tajriba asosida o‘qitish sikli" (D. Kolb g‘oyasi) Metodi

Mazkur metod quyidagi to‘rt omil asosida kuriladi: Reflektiv kuzatish, Abstrakt xulosalash (konseptuallash), Tajriba vositasida o‘qitish sikli, Faol tajriba olib, borishga tayyorlanish, Aniq tajriba o‘tkazish

3-shakl. "Tajriba vositasida o‘qitish sikli" metodining asosiy omillari

Yuqorida qayd etilgan omillarning har biri muayyan shior (g‘oya)ga asoslanadi. Chunonchi:

1. Talabalar uchun mashk (topshiriq)lar mazmunini tanqidiy o‘rganish va ular ustida fikr yuritish imkonini beruvchi sharoitni yarat (reflektiv kuzatish);

2. Talabalarga zarur nazariy bilimlarni berish;

3. Muammo yuzasidan bildirilgan fikrlarni umulashtirish va xulosalash; uchun sharoit yaratish (abstrakt xulosalash konseptuallash);

4. Talabalarga mukammal shakllangan, ayni vaqtda yana bir bor tekshirib chiqilishi lozim bo‘lgan mashk (topshiriq)larni ishlab chiqish imkonini berish (faol tajriba olib borishga tayyorlanish);

5. Yakuniy xulosani shaxsiy tajribadan o‘tkaz va faoliyatda undan foydalanish (aniq tajriba o‘tkazish).

Qora quti” metodi

Ta’lim jarayonida mazkur metodni qo‘llashdan maqsad talabalar tomonidan mavzuni puxta o‘zlashtirishga erishish bilan birga ularni faollikka undash, ularda hamkorlikda ishlash, ma’lum vaziyatlarda boshqarish hamda mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Metoddan foydalanishda quyidagi harakatlar tashki l etiladi:

- talabalar juftlikka biriktiriladilar;

- juftliklarga mavzu mohiyatini yorituvchi asosiy tushunchalar (tayanch so‘zlar, sanalar, raqamlar, belgilar va x-k.)ni kartochkalarga qayd etish vazifasi qo‘llanadi;

- o‘qituvchi talabalar bilan hamkorlikda guruhlar tomonidan topshiriqning bajarilishini tekshiradilar;

- topshiriqni to‘g‘ri bajargan guruhding bir a’zosi o‘qituvchi rolini bajaradi va topshiriqning yechimini yozuv taxtasiga yozadi; talabalar yozuv taxtasida qayd etilgan fikrni sharxlaydilar (tayanch so‘zlar, sanalar, rakamlar, belgilar qanday ma’noni anglatishini aytadilar);

- to‘g‘ri javob bergan talaba o‘qituvchi ro‘lni bajarib, juftliklarga mavzu mohiyatini yorituvchi shakl, jadval yoki tasvir yaratishni topshiradi va o‘qituvchi yordamida topshiriqning bajarilishini tekshiradi. "Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi,...) ortiqcha" metodi

Talabalarning mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

- o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish;

- xosil bo‘lgan tizimdan mavzuga ta’lluqli bo‘lgan to‘rtta (beshta, oltita,...) tushunchaning o‘rin olishiga erishish;

- talabalarga mavzuga ta’lluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish;

- talabalarni o‘z harakatlari mohiyatini sharxlashga undash (mavzuni mustaxkamlash maqsadida, talabalardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izox berib o‘tishlari hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liklikni asoslashlarini talab etish lozim). Mavzu mohiyatini yorituvchi tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liklikni ko‘rsata va asoslay olish talabalarda mustaqil fikrlash, shaxsiy yondashuvlarini asoslay olish, shuningdek, tengdoshlarining fikrlari bilan shaxsiy muloxazalarini o‘zaro taqqoslash ko‘nikmalarini ham shakllantiradi.


Download 92.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling