Navoiy “Do٬stlik” ordenli kon-metallurgiya kombinati
ISH BOSHLASHDAN OLDINGI XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI
Download 299.52 Kb.
|
№ 5П-А4 (узб.-латиница)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. ISH VAQTIDA XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI.
- 2-GMZ hamma bo‘linmalarida quyidagilardan foydalanish taqiqlanadi
3. ISH BOSHLASHDAN OLDINGI XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI.
Ish boshlashdan oldin ishchi majburiyatlari: 3.1.Yozma topshiriq olish va uni bajarish bo’yicha imzo qo‘ygan holda instruktaj olish. (Zavod direktori tasdiqlagan kasblar va ish turlari spiskasi (ro’yxati) asosida, har smenada uskunalarni ekspluatatsiya qilish va hizmat kursatish, unga biriktirilgan xodimlar tomonidan, yozma ravishda topshiriq yoki naryad-ruhsatnoma rasmiylashtirilmasdan bajarilishi mumkin, ushbu ishlarning havfsiz bajarilishi faqat hodimning uzi tomonidan kasbi buyicha ish joyida yuriqdan utkazish dasturiga kiritilgan mehnat muhofazasi (havfsizligi) bo’yicha yo’riqnomalarni yoki boshqa hujjatlarni talablariga rioya qilishga bog’liq. Shunday ishlar – joriy ishlarni amalga oshirish tartibidagi ishlari deb ataladi, ularni bajaradigan hodimlar esa ushbu ruyhat bilan imzo quydirgan holda tanishgan va u bilan erkin foydalana olishi kerak). 3.2. Me'yorlarga ko‘ra bepul beriladigan va bajariladigan ishga mos maxsus kiyim va poyafzalni kiyish. Sochlarni bosh kiyim ostiga yig‘ishtirish, tugmalarni qadab olish, bog‘ichlarni bog‘lab olish. 3.3. Topshirilgan ishni xavfsiz bajarish uchun kerak bo‘lgan himoya vositalarini, jihozlarni, asboblarni, so‘ri vositalarini, uskunalarni va boshqa moslamalarni tayyorlash. 3.4. Ish joyini ko‘zdan kechirib, uning yoritilganligiga, jihozlarning holatiga, xavfli joylar to‘siqlarining sozligiga, blokirovkalarga, signalizatsiya vositalariga, avariyali to‘xtatish moslamalariga, band bo‘lmagan o‘tish joylarining mavjudligiga, birlamchi o‘t o‘chirish vositalarining mavjudligi va sozligiga e'tibor berish. 4. ISH VAQTIDA XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI. 4.1. Faqat ma'muriyat tomonidan topshirilgan, o‘qitilgan va xavfsiz bajarish usullari bilan yaxshi tanishtirilgan va ta'minlangan ishni bajarish. 4.2. XT bo‘yicha ishlashga ruxsat beruvchi guvohnoma (yoki yaxshi o‘qiladigan nusxasi) yonida bo‘lganligida, mehnat xavfsizligi bo‘yicha instruktajdan o‘tgandan sung va, xavfsiz bajarish imkoniyati borligiga ishonch hosil qilgandan sung ishni bajarishga kirishish kerak. 4.3. Bajarilayotgan ishga muvofiq maxsus kiyimda va maxsus poyafzalda, sochlar yig‘ishtirilgan, maxsus kiyimning tugmalari qadalgan, bog‘ichlar bog‘langan holda ishlash zarur. 4.4. Bajarilayotgan ishga kerak bo‘lgan himoya vositalaridan, ishga yaroqli asboblardan, moslama va uskunalardan foydalangan holda ishlash zarur. 4.5. Shaxsiy xavfsizlik choralariga amal qilish, ishlash vaqtida o‘ziga va tevarak atrofidagilarga xavfli bo‘lgan usullarni qo‘llamaslik. Ish vaqtida e'tiborli bo‘lish, chalg‘imaslik va boshqalarni ham chalg‘itmaslik. 4.6. Ish faoliyati natijalari, jihozlarning va texnologik jarayonning atrofdagilarga zararli va (yoki) xavfli ta'sirini yo‘q qilish uchun keraklicha va уetarli choralarni ko‘rish. 4.7. Ish joyini tayyor mahsulotlar, chiqindilar va boshqa detallar bilan tiqilinch qilmaslik. Tayyor mahsulotlarni, zagotovkalarni, materiallarni balandligi 1,7 m dan oshmagan shtabellarga taxlash. Zagotovkalar, buyumlar va alohida detallar shtabellari orasidagi masofa o‘tish uchun qulay bo‘lishi, ammo 0,4 m dan kam bo‘lmasligi kerak. 4.8. Ish vaqtida foydalanilayotgan elektr asboblar va elektr jihozlar kuchlanish yo‘qolganda darhol tarmoqdan uzilishi kerak. 4.9. Og‘irligi sanitar me'yorlarida ko‘rsatilgangandan og‘ir bo‘lgan yuklarni qo‘lda ko‘tarmaslik va tashimaslik. O‘smirlarga yuk ko‘tarish va tashish ruxsat etilmaydi. 4.10. Zinapoya marshlari bo‘ylab zambillarda yuk tashimaslik. Balandlikda ishlash uchun kerak bo‘lgan yuklar va asboblarni arqonlardan yoki yuk ko‘targich mexanizmlaridan,sumkalardan, xaltalardan, уelka xaltalaridan foydalanib ko‘tarish zarur. 4.11. Biriktirilayotgan detallarning teshiklarning bir-biriga to‘g‘ri kelishini barmoq tiqib tekshirmaslik, jihozlarning aylanish yo‘nalishini aniqlash uchun aylanayotgan qismga har xil narsalarni tekkizmaslik. 4.12. Har narsaga muljallangan quvurlar va bug‘ quvurlarining flanetsli birikmalari boltlarini уechib olayotganda, уechib olinayotgan tomonning qarama-qarshisida turish kerak. 4.13. Gayka kalitlarini shunday tanlash kerakki, kalit og‘zi o‘lchamlari gayka o‘lchamlaridan 0,3 mm dan oshmasligi kerak. Gayka kalitlarini boshqa kalitlar va quvur bo‘laklari bilan uzaytirmaslik kerak. 4.14. Уengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklarning to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik. 4.15. Уerga to‘kilgan уengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklarni ustiga tezda qum sepish va yig‘ishtirib mahsus joylarga olish zarur. 4.16. Moy tekkan qiyqindilarni ish joyida saqlamaslik. Shunday qiyqindilarni saqlash uchun maxsus, og‘zi mahkam yopiladigan yonmaydigan materiallardan tayyorlangan idishlardan foydalaning. 4.17. O‘ralar, xandaqlar, kotlovanlar qazishda, devorlari qumloq, o’yib olingan yerlarda 1,0 m dan chuqur, qumoq tuproqli уerlarda 1,5 m dan chuqur bo’lganda mustahkamlash choralarini ko‘rish kerak. 4.18. Qazish vaqtida chiqqan tuproqni, chuqur chetidan 0,5 m nariga joylashtirish kerak. 4.19. Odamlar yuradigan joyda qazilgan kotlovanlar va xandaqlar atrofiga to‘siqlarni qo‘yish va yoritilishi lozim. 4.20. Elektr kabellari va gaz quvurlari himoya hududlarida qazish ishlari faqat elektr va gaz xo‘jaligi vakilining nazorati ostida bajarilishi kerak. 4.21. Tirab qo‘yiladigan narvonning uch qismidan 1,0 m va undan kam bo‘lgan masofada joylashgan pog‘onasida turgan holda ishlash ruxsat etilmaydi. 4.22. Tirab qo‘yiladigan narvon bo‘ylab yuk ko‘tarib chiqish va tushirish, narvonda asboblarni, boshqa narsa va materiallarni qoldirish ruxsat etilmaydi. 4.23. Narvonlarni yashchiklar, so‘rilar, yoki boshqa qo‘lga tushgan materiallar kabi qo‘shimcha tagliklar ustiga o‘rnatish ruxsat etilmaydi. 4.24. Tirab qo‘yiladigan narvonlarni uch qismini qo‘shimcha mahkamlamasdan gorizontal yuzaga nisbatan 750 dan qiya holda o‘rnatish mumkin emas. 4.25. Qo‘shimcha tutqich yoki tirgaklari bo‘lmagan qo‘sh oyoqli narvonlarning yuqorigi ikki pog‘onasida turib ishlash mumkin emas. 4.26. Qo‘sh oyoqli narvonlar ish vaqtida o‘z-o‘zidan ochilib ketishini oldini oladigan moslamalar bilan ta'minlanganligini kuzatish lozim. 4.27. Tirab qo‘yiladigan narvonlarga va qo‘sh oyoqli narvonlarga bir vaqtda faqat bir kishiga chiqib ishlash ruxsat beriladi. 4.28. Tirab qo‘yiladigan narvonda va qo‘sh oyoqli narvonda turib ishlayotganda elektr, pnevmatik va porox asboblaridan foydalanish, elektrgazpayvandlash ishlarini bajarish ruxsat etilmaydi. Tirab qo‘yiladigan narvonda va qo‘sh oyoqli narvonda turib ishlayotganda og’ir yuk, arqon va boshqalarni ko’tarmastlik kerak. 4.29. Ko‘chma tirab qo‘yiladigan va qo‘sh oyoqli narvonlarda turib 1,3 m dan balandda, ochiq teshiklar, quduqlar, bunkerlar, kotlovanlar 2m dan yaqin ishlaganda saqlash kamaridan foydalanish zarur. Panjarali to‘siqlarga 2m dan yaqin masofada bo‘lgan tagliklarda turib ishlaganda, hamda 2m dan yaqin masofada bo‘lgan to‘siqlar o‘rnatilmagan balandligi bo‘yicha farqi bo‘lgan ish joylarida (balandlik farqi 1,3 m va undan yuqori) saqlash kamarlaridan foydalanish zarur. 4.30. Kuvalda bilan urib ishlatiladigan ponalar, zubilolar va boshqa chopish asboblarini uzunligi 0,7 m kam bo‘lmagan maxsus qisqichlar bilan tutib turish kerak. 4.31. Chopadigan, zarba beriladigan va pnevmatik (otboyka bolg‘asi, pnevmosilliqlash mashinkasi) asboblarda himoya ko‘zoynaklaridan foydalangan holda ishlash kerak. Uchadigan zarralardan, yonida ishlayotganlarni himoya qilish uchun, ish joyi yaxlit yoki to‘rsimon (kataklari 3,0 mm dan katta bo‘lmagan) to‘siqlar o‘rnatilishi kerak. Ish joyini to‘siqlar bilan o‘rashning iloji bo‘lmasa, ishchi hamda uning yonida ishlayotganlar himoya ko‘zoynaklaridan yoki himoya panjaralaridan foydalanishlari zarur. 4.32. Qaychilar bilan ishlaganda, uning pichoqlari orasidagi tirqish kesilayotgan varaqli material qalinligining 0,05 qismini tashkil qilishini kuzatib borish kerak. 4.33. Jihozlarning aylanadigan va harakatlanadigan qismlarining yaqinida qo‘lqoplarda ishlash mumkin emas. 4.34. Ohakli suyuqliklar bilan va nitrobo‘yoqlardan foydalanib bajariladigan bo‘yash (oqlash) malyarli ishlarni himoyalovchi kuzoynaklardan va faqat yaxshi shamollatiladigan xonalarda amalga oshirilishi kerak. 4.35. Metall qirindilarni, o‘tkir va keskir qirrali materiallarni yig‘ishtirish qo‘lqoplarda, maxsus ilgaklarlardan (ilmoqlar) foydalangan holda amalga oshiriladi. 4.36. O’ziga yoki yonidagi ishchiga nisbatan insident, avaraya va (yoki) baxtsiz hodisaga olib keladigan oqlab bo’lmaydigan tavakkal ,harakat yoki beharakatlikka yo’l qo’ymaslik. 4.37. 2-GMZ hamma bo‘linmalarida quyidagilardan foydalanish taqiqlanadi: - kuchlanishi 42 v dan yuqori bo‘lgan ko‘chma qo‘l elektr yoritgichlaridan. Zumpflarda, barabanlarda, quduqlarda, ochiq havoda, 2-GMZning hamma ishlab chiqarish binolarida mahalliy yoritgichlar sifatida kuchlanishi 12 v dan yuqori bo‘lmagan yoritgichlaradan foydalanish zarur. 42 v va 12 v kuchlanishli elektr yoritgichlarning vilkasi 220 v va 380 v kuchlanishli rozetkalarga to‘g‘ri kelmasligi kerak. - ko‘chma yoritgichlarga kuchlanishni kamaytirib berish uchun avtotransformatorlardan foydalanish 4.38. Ko‘chma elektr yoritgichlarga kuchlanishni pasaytirish uchun foydalanadigan pasaytiruvchi tranformatorni, 12 v dan yuqori kuchlanishli elektr yoritgichlar ishlatish ruxsat etilmagan ish joylariga olib kirish mumkin emas. 4.39. Elektr yoritgich simlarini nam, issiq yoki moy tekkan yuzalarni yonidan utkazmaslik kerak. 4.40. Charxlash va parmalash dastgohlarida va umumiy foydalanaladigan mexanizatsiyalashgan, pnevmatik asboblarda (otboyka bolg‘asi, pnevmosilliqlash mashinkasida) hajmi katta bo‘lmagan ishlarni bajarish, 18 yoshga to‘lgan, tajribali ishchi rahbarligida ish bajarishning xavfsiz usul va uslublari bo‘yicha amaliy ta'lim olgan, mehnat muhofazasi bo‘yicha kerakli yo‘riqnomalar haqida bilim sinovidan o‘tgan, sex (uchastka) boshlig‘i farmoyishi asosida ishga qo‘yilgan, ish joyida mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha instruktajdan o‘tgan, bu haqda asosiy kasbi bo‘yicha xavfsizlik texnikasi guvohnomasida qayd etilgan asosiy kasbli ishchilarga va bilim sinov va malakasi guvohnomasida qayd etilgan ishchilarga ruxsat etiladi. 4.41. Elektrlashtirilgan asboblar (keyingi matnda elektr asbob) bilan ishlashga yoshi 18 dan kam bo‘lmagan, tajribali yuqori malakala ishchi rahbarligida mehnat xavfsizligi bo‘yicha amaliy ta'lim olgan, bilim sinovidan o‘tgan, ish joyi bo‘linma rahbari farmoyishi asosida ishga qo‘yilgan, bu haqda asosiy kasbi bo‘yicha xavfsizlik texnikasi guvohnomasida qayd etilgan, ish joyida mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha instruktajdan o‘tgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha malakaviy guruhi 2 guruhdan past bo‘lmagan ishchilar qo‘yiladi. 4.42. “GOSKOMPROMBEZ” Davlat inspeksiyasi nazorati ostida bo‘lgan ishlarga (erdan boshqariladigan yuk ko‘targich mashinasi operatori, bug‘ va issiq suv quvurlariga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash ishlari, stroplash ishlari (shu jumladan asosiy va yaqin kasblar), kajava ishchisi, gaz ballonlarini tashish, hisobga olish, saqlash ishlari, liftchilar, yuk ko‘tarish mashinalariga, bosim ostidagi sig‘imlarga xizmat ko‘rsatadigan elektr montyorlari va chilangar-ta'mirlovchilar, liftlar bo‘yicha elektr mexaniklar, gaz bilan ishlaydigan uskunalarga xizmat ko‘rsatish, kran mashinistlari, propan-butan qo‘llaniladigan ishlar va b.) Markaziy kon boshqarmasi o‘quv markazida maxsus ta'lim olgan, “GOSKOMPROMBEZ” Davlat inspeksiyasi inspektori ishtirokidagi komissiyaga bilimi bo‘yicha imtihon topshirgan, shu ishlarni bajarishga qo‘yilish huquqini beruvchi guvohnomani olgan, amaliy ta'lim (stajirovka) oldidan ish joyida birlamchi instruktajdan o‘tgan, zavod direktori buyrug‘i asosida ish joyida ishni xavfsiz bajarishning usul va uslublari bo‘yicha ta'limdan (stajirovka) o‘tgan, ish joyida ishni xavfsiz bajarishning usul va uslublari bo‘yicha ta'limdan (stajirovka) o‘tgandan sung 2-GMZ komissiyasida bilim sinovidan o‘tgan va zavod direktori buyrug‘iga asosan mustaqil ishlashga ruxsat etilgan ishchilar qo‘yiladi. 4.43. Ish joyini tark etish, hattoki qisqa vaqtga ham, boshliqning ijozati bilan ruxsat etiladi. 4.44. Ish tugagandan keyin ish joyini tartibga keltirish, boshliqqa yoki topshiriq bergan shaxsga ish tugagani haqida xabar berish, topshiriqlar kitobiga ish bajarganligi haqida yozib qul qo‘yish kerak. Download 299.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling