Navoiy “Do٬stlik” ordenli kon-metallurgiya kombinati


Azotli birikmalar bilan zaharlanganda va kuyganda quyidagilar zarur


Download 299.52 Kb.
bet4/10
Sana02.06.2024
Hajmi299.52 Kb.
#1835014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
№ 5П-А4 (узб.-латиница)

Azotli birikmalar bilan zaharlanganda va kuyganda quyidagilar zarur:
Jabrlanganni toza havoga olib chiqish (ahvoli qoniqarli bo‘lganda ham jabrlanganning o‘zi mustaqil yurib chiqishiga yo‘l quyilmaydi). Maksimum tinchlik, jabrlanganni sovqotmasligi uchun kerakli choralarni ko‘rgan holda orqasi bilan yotqizish. Tibbiyot punktidan feldsherni chaqirish. Tezroq (agarda iloji bo‘lsa) kislorod berish. Nafas olishiga xavf tug‘ilganda yoki nafas ololmay qolganda, ehtiyotkorlik bilan sun'iy nafas oldirish. Azot kislotasi teriga to‘kilib kuydirganda uni oqib turgan suv bilan yuvib tashlash. Kislotaning ko‘zga tushganida uzoq vaqt suv bilan yuvish. Hamma hollarda hodisa joyiga feldsherni chaqirish yoki zavod tibbiyot punktiga murojaat qilish zarur.
1.3.5. AMMIAKLI SUV
Ammiakning suvdagi eritmasi. Ammiak - o‘tkir hidli va o‘yuvchi ta'mli bo‘g‘uvchi rangsiz gaz, (hidining sezilish chegarasi 0,5 mg/m3). CHREK – 20 mg/m3. Ammiakning yuqori darajadagi konsentratsiyasi ko‘zning og‘rishi va yoshlanishiga, bo‘g‘ilishga, kuchli yo‘talga, bosh aylanishi va qayt qilishga olib keladi.
Ammiak bilan zaharlanganda quyidagilar zarur: jabrlanganni toza havoga olib chiqish, soda yoki borjom mineral suvi qo‘shilgan iliq suv ichirish kerak. Ko‘zga tushganda darhol ko‘p miqdordagi suv bilan yuvib tashlash, keyin tibbiyot punktiga murojaat qilish lozim.
1.3.6. KAUSTIK SODA (o‘yuvchi natriy)
Oq shaffof, gigroskopik modda, CHREK – 0.5 mg/m3. Soda bilan ishlash jarayonida uning changi bilan nafas olganda nafas yo‘llarining ta'sirlanishiga, kon'yunktivitga olib kelishi mumkin. Mushak to‘qimalarga kuydirib ta'sir qilishi mumkin. Eritmalari yoki changi teriga, ayniqsa shilliq pardalarga tushganda, yaralar paydo bo‘ladi. “Kuyishlardan” so‘ng chandiqlar qoladi. Eritmalarning konsentratsiyasi yoki harorati qancha yuqori bo‘lsa, shuncha kuchli ta'sir qiladi. Kaustik sodaning ko‘zga tushishi eng kam miqdorda ham xavfli, faqat ko‘z pardasi emas, balki ko‘zning chuqur qismlari ham shikastlanadi. Bu ko‘rlikka olib kelishi mumkin.

Download 299.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling