Navoiy g‘azallarini sharhlash mezonlari Reja: 1,Shoir g‘azallarini sharhlashda yaratilish davri, qaysi devonga mansubligi, mavzusi aniqlash (bir g‘azal misolida) 2,Tanlangan g‘azalning murakkab so‘zlar lug‘ati, baytlarning nasriy bayoni, shohbaytlar talqini muhokama qilish. 3,G‘azalning badiiy xususiyatlari, umumiy mazmun-mohiyatini o‘rganish. Alisher Navoiyning “Kecha kelgumdir debon” g`azali tahlili - Alisher Navoiyning “Kecha kelgumdir debon” g`azali tahlili
Kecha kelgumdur debon, ul sarvi gulro’ kelmadi, Ko’zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi. Lahza–lahza chiqtim-u chektim yo’lida intizor, Keldi jon o’g’zimg’a-yu ul sho’xi badxo’ kelmadi. Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot, Ro’zg’orimdek ham o’lg’onda qorong’u kelmadi. Ul parvarash hajridinkim yig’ladim devonavor, Kimsa bormukim, anga ko’rganda kulgu kelmadi. Ko’zlaringdin necha suv kelgay, deb o’lturmang meni, Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha suv kelmadi. Tolibi sodiq topilmas, yo’qsa kim qo’yida qadam, Yo’lgakim, avval qadam ma’shuqa o’tru qilmadi. Ey Navoiy, boda birla xurram et ko’nglung uyin, Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg’u kelmadi. - G‘azal aruzning ramali musammani mahzuf vaznida yozilgan. Ushbu vaznning taqte’si quyidagicha:
- Foilotun foilotun foilotun foilun – V – – – V – – – V – – – V –
Ushbu g‘azal Alisher Navoiyning muhabbat mavzuida yozilgan oshiqona g‘azallaridan biridir. G‘azal badiiy qurilma (lirik kompozitsiya) si jihatidan voqeaband g‘azallar turkumiga mansubdir. U muayyan hayotiy voqea ta’siri va turtkisi bilan yaratilganligi sababli ham voqeabanddir. G‘azaldagi lirik syujet oshiq, ya’ni lirik qahramon visol uchun va’da bergan sevikli yorini kutish iztiroblari tasviri asosiga qurilgan. Asar yetti baytdan iborat bo‘lib, barcha baytlar matlada qo‘yilgan mavzuni maqtagacha izchil yoritishga safarbar etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |