Navoiy-grand stroy
XIII. NIZOLАRNI XАL ETISh TАRTIBI
Download 21.92 Kb.
|
ELEGANT2
XIII. NIZOLАRNI XАL ETISh TАRTIBI
13.1 Shartnomani bajarishda va bekor qilishda shuningdek yetkazilgan zararlarni qoplashda paydo boʼladigan nizoli masalalarni tomonlar xal etolmasa ular qonun xujjatlarida belgilangan tartibda iqtisodiy sudi tomonidan koʼrib chiqiladi. XIV. АLOXIDА ShАRTLАR 14.1 Mazkur shartnoma imzolangandan keyin, mazkur shartnomaga tegishli boʼlgan tomonlar oʼrtasidagi barcha oldingi yozma va ogʼzaki bitimlar, yozishmalar, tomonlarning oʼzaro kelishuvlari oʼz kuchini yoʼqotadi. 14.2 Pudratchi qurilish obʼektiga yoki uning aloxida qismlariga tegishli ish xujjatlarini Buyurtmachining yozma ruxsatisiz, subpudratchilardan tashqari, biron-bir uchinchi tomonga sotish yoki berish xuquqiga ega boʼlmaydi. 14.3 Mazkur shartnomaga barcha oʼzgartirish va qoʼshimchalar, agar ular amaldagi konunlarga asoslangan ravishda rasmiylashtirilgan va tomonlar ularni imzolashgan boʼlsa, xaqiqiy xisoblanadi. 14.4 Buyurtmachi bilan Pudratchi oʼrtasidagi mazkur shartnomadan kelib chiqmaydigan yangi majburiyatlar paydo boʼlishiga olib keladigan xar qanday axdlashuvni asoslangan xolda rasmiylashtirilishi va amaldagi konunlarga asoslanib tasdiqlashi kerak. 14.5 Аgar Pudratchi shartnoma boʼyicha ishlar yakunlangandan keyin qurilish maydonida oʼziga tegishli mol-mulkni qoldirsa, u xolda Buyurtmachi Pudratchi qurilish maydonini ozod qilish sanasigacha bajarilgan ishlar uchun unga xaq toʼlashni kechiktirishga xaqlidir. 14.6 Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan boshqa barcha xollar uchun amaldagi qonun xujjatlari normalari qoʼllaniladi. 14.7 Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʼlgan 2 (ikki) nusxada tuzildi. 14.8 Shartnoma imzolanib ,Karmana tumani boʼyicha Gʼaznachilikdan ruyxatdan utgandan sung konuniy kuchga kiradi va amal kilish muddati 31.12.2022 yilgacha xisoblanadi. 14.9 Tomonlar: - Tomonlar, ularning affilangan (oʼzaro bogʼlangan) shaxslari va xodimlari, ushbu Shartnoma boʼyicha oʼz majburiyatlarini bajarishlari davomida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablarining buzilishiga olib keladigan va/yoki korruptsiya xarakteriga ega boʼlgan, shu jumladan (ammo bu bilan cheklanmay) pora berish yoki berishni vaʼda qilish, taʼmagirlik, pora olishga bevosita yoki bilvosita rozi boʼlish xatti-harakatlari/harakatsizliklarini sodir etmaydilar. - Tomonlar, ularning affilangan (oʼzaro bogʼlangan) shaxslari va xodimlari boshqa Tomonning xodimlari yoki vakolatlangan vakillarini qandaydir tarzda ragʼbatlantirishdan, shu jumladan pul summalari, sovgʼalarni taqdim etish, ularning manziliga xizmatlarni begʼaraz koʼrsatish yoki bu xodim yoki vakolatlangan vakil tomonidan uni ragʼbatlantiruvchi Tomon foydasiga qandaydir xatti-harakatlarni/harakatsizliklar bajarilishini taʼminlashga qaratilgan ishlarni bajarishdan voz kechadilar deb maʼlum qiladilar. - Tomonda ushbu Shartnomaning 6.1-bandidagi talablarni buzish sodir etilganligi yoki sodir etilishi mumkinligi toʼgʼrisidagi shubhalar yuzaga kelgan holda, tegishli Tomon bu haqda ikkinchi Tomonni xabardor qilish, korruptsiya bilan kurashish sohasidagi Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining normalari buzilganligi faktining rad etib boʼlmaydigan dalillari mavjud boʼlgan holda esa – amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatlangan organlarni ham xabardor qilish majburiyatini oʼz zimmasiga oladi. Download 21.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling