Navoiy-grand stroy


IX. YENGIB BOʼLMАYDIGАN KUCh (FORS-MАJOR) XOLАTLАRI


Download 21.92 Kb.
bet4/7
Sana27.12.2022
Hajmi21.92 Kb.
#1069683
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ELEGANT2

IX. YENGIB BOʼLMАYDIGАN KUCh (FORS-MАJOR) XOLАTLАRI
9.1 Аgar ushbu shartnoma boʼyicha majburiyatlar qisman yoki toʼliq bajarilmasligi tabiat xodisalari va boshqa yengib boʼlmaydigan kuch xolatlari natijasida kelib chiqsa va agar bu xolatlar mazkur shartnomaning bajarilishiga bevosita taʼsir etsa, tomonlar bunday qisman yoki toʼliq bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar.
Mazkur shartnoma boʼyicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib boʼlmaydigan kuch xolatlari amal qilgan, shuningdek ushbu xolatlar yuzaga keltirgan vaqtga mutanosib ravishda uzaytiriladi.
9.2 Аgar yengib boʼlmaydigan kuch xolatlari yoki ularning oqibatlari bir oydan koʼp vaqtga choʼzilsa, u xolda Pudratchi va Buyurtmachi ishlarni davom ettirish yoki ularni konservatsiya qilish uchun qanday choralar koʼrilishini muxokama qiladilar.
9.3 Аgar tomonlar ikki oy ichida kelisha olmasalar, u xolda tomonlarning xar biri shartnoma bekor qilinishini talab qilishga xaqlidir.
X. KАFOLАTLАR
10.1 Pudratchi:
barcha ishlar toʼliq xajmda va mazkur shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda bajarilishini;
loyixa xujjatlariga xamda qurilish meʼyorlari, qoidalari va texnik shartlariga muvofiq barcha ishlarni bajarish majburiyatini;
oʼzi tomonidan qurilish uchun qoʼllaniladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, konstruktsiya va tizimlar sifatini, ularning loyixa xujjatlarida koʼrsatilgan sertifikatsiyalarga, davlat standartlariga xamda texnik shartlarga muvofiqligini;
obʼektdan foydalanilganda muxandislik tizimlari va uskunalarning foydalanish qoidalariga muvofiqligini kafolatlaydi.
Mavjud nuqsonlar va ularni bartaraf etish muddatlari Pudratchi va Buyurtmachining ikki tomonlama dalolatnomasida qayd etiladi.
10.2 Pudratchi nuqsonlar va chala ishlar koʼrsatilgan dalolatnomani tuzishdan yoki imzolashdan bosh tortgan taqdirda, ularni tekshirib chiqish "Davarxitektqurilishnazorat" organlari tomonidan amalga oshiriladi, bu tomonlarning ushbu masala boʼyicha xoʼjalik sudiga murojaat qilishini istisno etmaydi.

Download 21.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling