XV. KORRUPSIYAGА QАRShI ShАRT
15.1- Tomonlar, ularning affilangan (oʼzaro bogʼlangan) shaxslari va xodimlari, ushbu Shartnoma boʼyicha oʼz majburiyatlarini bajarishlari davomida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablarining buzilishiga olib keladigan va/yoki korruptsiya xarakteriga ega boʼlgan, shu jumladan (ammo bu bilan cheklanmay) pora berish yoki berishni vaʼda qilish, taʼmagirlik, pora olishga bevosita yoki bilvosita rozi boʼlish xatti-harakatlari/harakatsizliklarini sodir etmaydilar.
15.2- Tomonlar, ularning affilangan (oʼzaro bogʼlangan) shaxslari va xodimlari boshqa Tomonning xodimlari yoki vakolatlangan vakillarini qandaydir tarzda ragʼbatlantirishdan, shu jumladan pul summalari, sovgʼalarni taqdim etish, ularning manziliga xizmatlarni begʼaraz koʼrsatish yoki bu xodim yoki vakolatlangan vakil tomonidan uni ragʼbatlantiruvchi Tomon foydasiga qandaydir xatti-harakatlarni/harakatsizliklar bajarilishini taʼminlashga qaratilgan ishlarni bajarishdan voz kechadilar deb maʼlum qiladilar.
15.3 Tomonda ushbu Shartnomaning talablarni buzish sodir etilganligi yoki sodir etilishi mumkinligi toʼgʼrisidagi shubhalar yuzaga kelgan holda, tegishli Tomon bu haqda ikkinchi Tomonni xabardor qilish, korruptsiya bilan kurashish sohasidagi Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining normalari buzilganligi faktining rad etib boʼlmaydigan dalillari mavjud boʼlgan holda esa – amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatlangan organlarni ham xabardor qilish majburiyatini oʼz zimmasiga oladi.
15.4Ushbu shartnoma huquqiy ekspertizadan oʼtkazilgandan soʼng, Karmana tuman gʼaznachilik boʼlimidan roʼyxatdan oʼtkazilganda yuridik kuchga ega boʼladi.
XVI. TOMONLАRNING BАNK REKVIZITLАRI
VА YURIDIK MАNZILLАRI:
"NAVOIY-GRAND STROY" O/K "Karmana tuman Obodonlashtirish boshqarmasi"
Navoiy sh. Nurafshon MFY 6-21 Karmana tumani Toshkent ko’chasi 7 uy
Telefon. 99-415-94-04 Telefon. 93-745-70-40
H/r. 2020 8000 8009 4332 7001 H/r. 100022860122347062902110004
Bank nomi. Sanoat Qurilish bank Bank nomi. Markaziy bank Toshkent shaxri
Bank kodi. MFO. 00440 Bank kodi. MFO. 00014
I N N. 305 863 742 I N N. 203 005 619
PNFL. Karmana tuman g’aznachilik bo’linmasi
G’aznachilik h/r. 23402000300100001010
I N N. 201 122 919
Rahbar A.Kenbayev Rahbar S.Sadullayev
Do'stlaringiz bilan baham: |