Navoiy innovatsion instituti Maktabgacha ta`lim fakulteti 1-kurs“5” guruh talabasi


Download 0.8 Mb.
Sana21.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1714880
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi muammolarining o`rganilishi Abdurasulova Feruza

  • TAQDIMOTI
  • Mavzu: Bolalar psixologiyasi muammolarining o`rganilishi
  • Reja:
  • Bola psixikasini o‘rganish prinsiplari.
  • Kuzatish metodi

1. Bola psixikasini o‘rganish prinsiplari. Bola psixikasini o‘rganishda tadqiqotchi bir qator prinsplar – qoidalarga tayanishi, ularga rioya etishi lozim bo‘ladi. Bu qoidalar quyidagilardan iborat; 1). Obyektivlik prinsipi – bu tadqiqotchidan ma’lumotlar bilan ularning talqinini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. Masalan: mashg‘ulot davomida “ bola oynadan tashqariga qarayotgan edi” – deb aytilsa, bu muayyan hodisa haqidagi ma’lumot bo‘lib hisoblanadi. Lekin, “bola e’tiborsiz” – deb aytish hodisaning talqinidir. Hodisaning o‘zi bilan uning talqinini aralashtirib yubormaslik kerak chunki yuqoridagi misolda ham bola oynaga qarab turgan bo‘lsada, tarbiyachining so‘zlariga katta e’tibor berayotgan bo‘lishi mumkin.

2). Sababiylik prinsipi – bu bola shaxsi va ongida yangi sifatlarning hosil bo‘lishini ta’minlovchi barcha shart – sharoit va omillarni imkon qadar o‘rganishni talb qiladi. Masalan: mashg‘ulot davomida bola tez – tez oyna tarafga qaragan bo‘lsa, bu hodisaning iloji boricha sababini aniqlash kerak: ko‘chadagi biror narsa bola e’tiborini o‘ziga tortdimi? Mashg‘ulotda bola charchab qoldimi? O‘tilayotgan material bolaga yaxshi tanishmi? va h.k;

3). Sinchkovlik va muntazamlik prinsipi – bu bola psixikasini shakllanishi jarayoni, bunda psixolog va pedogoglar ta’siri sinchkovlik bilan kuzatib borishni talab qiladi. Ushbu prinsiplarga muvofiq oldindan; а) tadqiqot joyi va qilaladigan ish mazmuni aniqlanishi kerak: b) tadqiqotda o‘rganiladigan sinaluvchilar tanlanmasi tuzilishi lozim:

s) tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oralig‘ida o‘tkazilishini belgilash zarur. Ushbu bandlar belgilangach, ulardan chetga chiqmaslik kerak, ya’ni qandaydir subyektiv sabablar bilan shoshilinch xulosalar chiqarmaslik, tadiqotni bevaqt tugatish hollariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Aks holda obyektivlik prinsipi buzilgan bo‘ladi. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy metodlaridan biri kuzatish metodidir.

Kuzatish metodi 2 ga bo‘linadi: 1) obyektiv ; 2) subyektiv kuzatish metodi. Bolalar psixologiyasida subyektiv, ya’ni o‘z–o‘zini kuzatishdan foydalanilmaydi. Bolalar psixologiyasining asosiy metodlaridan biri subyektiv, ya’ni bolalarni tashqaridan kuzatib o‘rganish metodidir. Obyektiv kuzatish metodi har doim ma’lum maksadga qaratilgan bo‘lib, uning yordamida kishilarning turli psixik protsesslari hamda shaxsiy psixologik xususiyatlari o‘rganiladi. Bunda tarbiyachi va tekshiruvchi psixolog bolalarning xulq – atvorlari va xatti harakatlarini ularning turli – tuman faoliyatlarida tabiiy sharoitda mavzuli tarzda kuzatadi.

Obyektiv kuzatish metodi quyidagi koidalarga asoslanib tashkil qilinishi kerak: 1) Har kanday kuzatishning aniq maksadi, rejasi bo‘lishi kerak. Masalan: bolalar diqqatining barqarorligini yoki tafakkur bilan bog‘liq bo‘lgan analiz qila olish qobiliyatini kuzatish. 2) Bola shaxsining yaxlitligi prinsipiga asoslanib, ya’ni analitik – sintetik nuqtai nazardan kuzatish. 3) Bolani jamoada va jamoa a’zosi sifatida o‘rganish; 4) Kuzatish tabiiy sharoitda olib borilar ekan, bolalar o‘zlarining kuzatilayotilganlarini mutlaqo bilmasliklari kerak.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling