14- mavzu. Biosferaga oid masala va mashqlar yechish.
Biosferaning chegaralari, tarkibi, funksiyalari va biosfera evolyusiyasiga doir masala va mashqlar yechish ko‗nikmalarini rivojlantirish.
III. Amaliy mashg’ulotlari bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar. Amaliy mashg’ulotlar uchun tavsiya etilgan mavzular.
1 -mavzu. Odam va uning salomatligini o`qitishda foydalaniladigan masala va mashqlarning turlari, hamda o`ziga xos xususiyatlari. Odam va uning salomatligini o‗qi-tishda foydalaniladigan masala va mashqlarning turlari, didaktik maqsadi, sog‗lom turmush tarzi ko‗nikmalarini tarkib toptirish. Biologiyadan krossvord, chaynvord, rebus tuzish.
2 -mavzu. Organizm funksiyalarining boshqarilishi, sekretsiya bezlari va tayanch-harakatlanish sistemasiga doir masala va mashqlar yechish. Gumaral va nerv boshqarilish, sekresiya bezlari, suyaklarning tuzilishi, muskullarning rivojlanishi, shikastlanganda birinchi yordam ko‗rsatish mavzulariga doir masala va mashqlar tuzish va yechish.
3 -mavzu. Qon va qon aylanish sistemasiga doir masala va mashqlar yechish. Qon va uning vazifasi, kimyoviy tarkibi, eritrotsitlar, leykotsitlar, qon aylanishning ahamiyati,yurakning tuzilishi, qon aylanish doirasi, tomirlardan qon ketganda birinchi yordam ko‗rsatish mavzulariga doir masala va mashqlar tuzish va yechish.
4
4 -mavzu. Nafas olish va ovqat hazm qilishga doir masala va mashqlar yechish. Nafas olish organlarining tuzilishi, kasalliklari, boshqarilishi, o‗pka va to‗qimalarda gazlar almashinuvi, ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi, funksiyasi, boshqarilishi, kasalliklariga doir masala va mashqlar tuzish va yechish.
Do'stlaringiz bilan baham: |