Navoiy innovatsiyala


Download 191.26 Kb.
bet1/12
Sana04.04.2023
Hajmi191.26 Kb.
#1328685
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Biologiyadan masala va mashqlar yechish 5-6


NAVOIY INNOVATSIYALAR INSTITUTI

“T A S D I Q L A Y M A N”


Navoiy innovatsiyalar instituti rektori


________________ B.F.Yalg’ashev


“___”_________________ 2022-yil



Biologiyadan masala va mashqlar yechish FANINING O`QUV DASTURI
(Sillabus)


Bilim sohasi: Ta`lim sohasi:
Ta`lim yo`nalishi:
100000 – Ta`lim 60110100 –Ta‘lim
60110900- Biologiya

Fanning asosiy parametrlari


( Fan/ modul kodi ) O‘quv yili 2022/2023


Semestrlar 5-6
Talim shakli kunduzgi


( Fan/ modul turi ) Ixtisoslik fanlari
Talim tili O`zbek
Haftadagi dars soatlari 4,4 soat


Fanning nomi Biologiyadan masala va mashqlar yechish
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat) 120
Mustaqil ta’lim (soat) 120
Jami yuklama (soat) 240


Auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim o’quv yuklamasi (soatlarda) ajratilgan semester bo‘yicha taqsimoti



T/r
Auditoriya mashg‘ulotlar soatlari

I II III IV V VI


1 Ma’ruza 20 20

2 Amaliy 40 40

3 Seminar

4 Laboratoriya


7

5


Jami auditoriya soatlari

Mustaqil ta’lim va mustaqil mashg‘ulotlar
60 60

60 60



6
Kurs loyihasi va kurs ishlari


8 Jami yuklama 120 120

2



Faning mazmuni

Fanning maqsadi – bo`lg`usi biologiya o`qituvchilarning ilmiy-metodik tayyorgarligini orttirish, ularda biologiyani o`qitishda masala va mashqlardan foydalanish uchun zarur bo`lgan metodik bilim, ko`nikmalarni shakllantirish.

Fanning asosiy vazifasi –
biologiyani o`qitishda qo‗llaniladigan masala va mashqlarning o‗ziga xos xususiyatlari, turlari, guruhlari, biologiyadan masala va mashqlar yechish jarayonida o‗quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish;
o‗quvchilarga tafovutlab va individual yondashish yo‗llari, o‗quvchilarni kichik guruhlarda o‗qitish, ijodiy izlanishlarni tashkil etish, o‗quvchilarda ijodiy va mustaqil fikrlashni tarkib toptirish usullari haqidagi bilimlarni berish.
biologiyani o`qitishda masala va mashqlardan foydalanish uchun zarur bo‗lgan metodik bilimlarni shakllantirish, ko‗nikmalarni tarkib toptirish, o‗quvchilarning ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko‗nikmalarini rivojlantirish maqsadida ta‘lim-tarbiya jarayonida turli mantiqiy yo‗nalishdagi masala va mashqlardan foydalanishga o‗rgatish, biologiyani o`qitishda masala va mashqlardan foydalanish bo`yicha dars, darsdan va sinfdan tashqari mashg`ulot ishlanmalarini loyihalash jarayonlarini shakllantirishdan iborat.

II. Asosiy nazariy qism (Ma‘ruza mashg‘ulotlar) Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Odam va uning salomatligini o`qitishda foydalaniladigan masala va mashqlarning turlari.
Odam va uning salomatligini o`qitishda foydalaniladigan masala va mashqlarning turlari hamda o‗ziga xos xususiyatlari haqida umumiy tushuncha. Darsdan va sinfdan tashqari mashg`ulotlarda masala va mashqlardan foydalanish orqali o`quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
2- mavzu. Organlar sistemasi va ularning anatomiyasi, fiziologiyasi, gigienasiga oid masala va mashqlar yechish.
Tayanch harakatlanish, qon va qon aylanish, nafas olish, ovqat hazm qilish bo‗yicha masala va mashqlar yechish
3-mavzu. Moddalar va energiya almashinuvi, ayirish organlari bo‘yicha masala va mashqlar yechish.
Moddalar va energiya almashinuvi, ayirish, ichki sekretsiya, nerv va sezgi organlari bo‗yicha masala va mashqlar yechish.
4- mavzu. Organizmning nerv va gumoral boshqarish tarkibi boyicha masala va mashqlar yechish.
Organizmning nerv va gumoral boshqarish tizimiga doir bo‗lgan masala va mashqlar yechish haqida umumiy tushuncha.
5-mavzu. Umumiy biologiyani o’qitishda foydalaniladigan masala va mashqlarning o‘ziga xos xususiyatlari.
Umumiy biologiyani o‗qitishda foydalaniladigan masala va mashqlaming o‗ziga xos xususiyatlari. Iqtidorli o‗quvchilar bilan ishlashda masala va mashqlardan foydalanish.
6- mavzu. Hujayra va uning organoidlari, hujayra va uning kimyoviy tarkibi.

3
Hujayra organoidlari: endoplazmatik to‗r, ribosoma, Golji apparati, lizasoma, mitoxondriya, hujayra markazi, sitoskletga doir masala va mashqlardan foydalanish yo‗llarini rivojlantirish.


7- mavzu. Biopolimerlar va lipidlar bo‘yicha masala va mashqlar yechish. Biopolimerlar: oqsillar, uglevodlar va nuklein kislotalar hamda lipidlar bo‗yicha
masala va mashqlar yechish ko‗nikmalarini shakllantirish.
8- mavzu. Plastik va energetik almashinuv bo‘yicha masala va mashqlar yechish. Oqsillar biosintezi, genetik kod hamda energshiya almashinuv bosqichlariga doir
masala va mashqlar yechish yo‗llari haqida umumiy tushuncha.
9 - mavzu. Fotosintez mavzusi bo‘yicha masalalar yechish.
Fotosintezning yorug‗lik va qorong‗ilik fazalari bo‗yicha masalalar yechish ko‗nikmalarini shakllantirish.
10- mavzu. Organizmlarning individual rivojlanishi bo‘yicha masala va mashqlar yechish.
Organizmlarning mitoz va meyoz bo‗linishi, kariotip va urug‗lanish jarayonlari hamda organizmlarning embrional va post embrional ko‗payishi bo‗yicha masala va mashqlar yechish.
11- mavzu. Genetika va seleksiya mavzulari boyicha masala va mashqlar yechish.
Mono-di-poliduragay chatishtirish, jinsga bog‗liq va birikkan holda irsiylanish, allel bo‗lmagan genlarning o‗zaro ta‘siri hamda genlarning ko‗p tomonlama ta‘siriga doir masalalar yechish.
13- mavzu. Ekologiya bo‘yicha masala va mashqlar yechish.
Ekologik omillar-biotik, abiotik, antropogen, ta‘sirlar, organizmlarning o‗zaro ta‘siri, biomassa, biogeotsenoz, ekologik piramidalar, ekologik suksessiya hamda adaptiv tiplarga doir masala va mashqlar yechish ko‗nikmalarini shakllantirish.

Download 191.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling